Uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish
toʻgʻrisida Shartnoma raqami-son
SHARTNOMA
(Asosiy shartnoma)
Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan joy
Quruvchiga pasport berilgan sana da berilgan pasporti seriyasi Quruvchining pasporti raqami va seriyasi,keyingi oʻrinlarda “Yakka tartibda imorat quruvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Quruvchining F.I.O. bir tomondan, keyinchalik “Buyurtmachi” deb ataladigan hamda Nizom va Buyurtmachiga ishonchnoma berilgan sana va raqam-son bosh ishonchnoma asosida ish koʻruvchi “Ipotekaga oluvchi” deb ataladigan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi masʼuliyati cheklangan jamiyat nomidan Buyurtmachining nomi filiali direktori Korxona raxbarining F.I.O. ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchi, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Asosiy tushunchalar
1.1. Keyinchalik ushbu Shartnoma matnida uchraydigan barcha atamalar, agar matndan oʻzgacha maʼno kelib chiqmasa, ushbu boʻlimda bayon qilingan taʼriflarga egadir:
namunaviy loyiha –tabiiy-iqlim sharoitlari va joyning relyefi, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlari hisobga olingan holda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarni qoʻllab namunaviy uy-joylar qurishga “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Namunaviy loyiha quyidagilardan iboratdir: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari; poydevorlar, yertoʻlalar, qavatlar, uy-joyning kesimlari va old tomonlari aks ettirilgan holda yer uchastkasining rejasi; smeta-moliya hisob-kitobi;
yakka tartibdagi quruvchi – tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
pudratchi –tanlov savdolari natijalari boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartlarida uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat qurilish tashkiloti;
uzil-kesil toʻlov –yakka tartibdagi uy-joyning boshlangʻich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov (bunday tafovut mavjud boʻlganda).
2. Shartnoma predmeti
2.1. Buyurtmachi Naʼmunaviy loyiha raqami-son bilan tasdiqlangan namunaviy loyihaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi,Naʼmunaviy loyiha amalga oshiriladigan, hudud manzil manzilda joylashgan “tayyor holda topshirish sharti bilan” Qurilishi rejalashtirilgan uy raqami-son yakka tartibdagi uy-joyni (keyingi oʻrinlarda Obyekt deb ataladi) qurishga buyurtmachi funksiyalarini bajarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi, Yakka tartibda imorat quruvchi esa Shartnomada qayd etilgan narxni toʻlash va Obyektni qabul qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
3.1. Yakka tartibda imorat quruvchi quyidagilarni zimmasiga oladi:
3.1.1. Obyekt qurilishiga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda oʻz mablagʻlarini va/yoki jalb etilgan pul mablagʻlarini yoʻnaltirish.
3.1.2. Buyurtmachiga ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan bajarilishiga tegishli boʻlgan toʻlov hujjatlari va boshqa hujjatlar nusxalarini taqdim etish.
3.1.3. Ushbu Shartnomaga muvofiq Buyurtmachidan Obyektni qabul qilish topshirish dalolatnomasi boʻyicha qabul qilish majburiyatini oladi.
3.2. Yakka tartibda imorat quruvchi quyidagi huquqlarga egadir:
3.2.1. Qurilishning borishini kuzatish, takliflar kiritish hamda Buyurtmachi va pudratchiga daʼvolar taqdim etish.
3.2.2. Qurilishi tugallangan Obyektni foydalanishga qabul qilish boʻyicha qabul qilish komissiyasi ishida qatnashish.
3.2.3. Ushbu Shartnomaga va pudrat shartnomasiga muvofiq qabul qilish-topshirishning oraliq va uzil-kesil dalolatnomalarini qabul qilish va imzolashda qatnashish orqali Buyurtmachi bilan birgalikda Obyekt boʻyicha ishlarning bajarilishini tekshirish va nazorat qilish jarayonida qatnashish.
3.2.4. Qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan chetga chiqish yoki ishlarni bajarishni tekshirish va nazorat qilishda aniqlangan hamda ish sifatini yomonlashtiradigan boshqa kamchiliklar toʻgʻrisida darhol Buyurtmachiga maʼlum qilish.
3.3. Buyurtmachi quyidagilarni zimmasiga oladi:
3.3.1. Obyekt qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish.
3.3.2. Qurilishni boshqarishni tashkil etish.
3.3.3. Pudratchilar orasida Obyekt qurilishiga buyurtmalarni tanlov asosida joylashtirish, potensial pudratchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan belgilanadigan hollar bundan mustasno.
3.3.4. Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash, pudratchi — tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnomani imzolash.
3.3.5. Obyektni foydalanishga qabul qilish va uni Yakka tartibda imorat quruvchiga berish, qabul qilish-topshirish hujjatlarini imzolash.
3.3.6. Yakka tartibda imorat quruvchiga uning talabi boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish va amalga oshirish hamda Obyekt qurilishi boʻyicha ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida maʼlum qilish.
3.3.7. Qurilish-montaj ishlarining loyiha hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish.
3.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga egadir:
3.4.1. Obyekt qurilishi boʻyicha ishlarni bajarish tartibini oʻz xohishi boʻyicha belgilash.
3.4.2. Ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda ushbu Shartnoma bekor qilinishidan bir oy oldin bu haqda Yakka tartibda imorat quruvchini yozma shaklda xabardor qilgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.
4. Shartnoma boʻyicha obyekt qurilishi qiymati va uni toʻlash tartibi
4.1. Buyurtmachiga topshiriladigan Obyektni qurish qiymati tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilanadi va Shartnomaviy joriy narx (shu jumladan maʼmuriy xarajatlar va tabiiy-iqlim sharoitlari va yer mavzesi relyefi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar) Obyektni qurish qiymati soʻmni tashkil etadi, undan:
(a) Boshlang‘ich badal miqdori soʻm – Obyekt boshlangʻich narxining Boshlang‘ich badal foizi foizidan kam boʻlmagan miqdoridagi boshlangʻich badal;
(b)Ipoteka krediti miqdori soʻm – Ipoteka krediti ajratgan bank nomining filiali
(keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) ipoteka krediti;
(v) Yetishmayotgan pul miqdori soʻm – Obyektni qurish uchun mablagʻlarning yetishmayotgan qismi (bunday toʻlov toʻlanishi zarur boʻlganda uzil-kesil toʻlov).
4.2. Uzil-kesil toʻlovni toʻlash Shartnoma tuzilgandan keyin, Obyekt qurilishi boshlangan paytdan, biroq Obyekt qurilishiga ipoteka krediti yoʻnaltirilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
4.3. Obyekt qiymatini moliyalashtirish bank tomonidan Yakka tartibda imorat quruvchining yozma topshirigʻi asosida Buyurtmachining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga naqd pulsiz shaklda pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan Shartnomaga muvofiq quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
(a) Buyurtmachi tomonidan Obyekt qurilishi boʻyicha ishlar qiymatining Avansning maksimal foizi foizigacha miqdorda pudratchiga avans berish uchun boshlangʻich badal mablagʻlari – Buyurtmachining “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga mablagʻlar oʻtkazishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgandan keyin;
(b) Buyurtmachi tomonidan pudratchini har oyda joriy moliyalashtirish va Obyekt qurilishi boʻyicha ishlarning qolgan qiymati uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun ipoteka krediti mablagʻlari – Obyekt qurilishini joriy moliyalashtirish boshlangandan hamda Buyurtmachi xodimlari tomonidan joyning oʻziga borib bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan va bajarilgan ishlarning oraliq dalolatnomasi va/yoki uzil-kesil dalolatnomasi tuzilgandan keyin;
(v) ushbu bandning “b” kichik bandiga muvofiq Buyurtmachi tomonidan pudratchini har oyda joriy moliyalashtirish va Obyekt qurilishi boʻyicha ishlarning qolgan qiymati uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun uzil-kesil toʻlov mablagʻlari (bunday tafovut mavjud boʻlganda).
4.4. Yakka tartibda imorat quruvchining xohishi boʻyicha qoʻshimcha qurilish amalga oshirilishi yoxud qurilish materiallari va asbob-uskunalarning loyihada nazarda tutilgan qimmatroq qurilish materiallari va asbob-uskunalar bilan almashtirilishi Tomonlarning qoʻshimcha bitimi asosida Yakka tartibda imorat quruvchining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4.5. Buyurtmachi tasdiqlangan loyihalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish majburiyatini oʻz zimmasiga olmaydi.
5. Ishlarni bajarish muddatlari
5.1. Qurilishning qancha davom etishi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ishlarni bajarish muddatlari pudratchini tanlash boʻyicha tanlov savdolari natijalariga muvofiq belgilanadi. Qurilish ishlari Qurilish boshlanish muddatida boshlanadi.Qurilish ishlari Qurilish yakunlash muddatida tamom boʻladi.
5.2. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzgarishi yoki Tomonlarga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar paydo boʻlishi natijasida Tomonlarning ushbu Shartnomada kelishilgan oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun toʻsiqlar yuzaga kelgan taqdirda qurilishning muddatlari va shartnomaviy narxini tegishli ravishda Tomonlar qoʻshimcha bitim bilan oʻzgartirishi mumkin.
6. Obyektning Yakka tartibda imorat quruvchitomonidan qabul qilinishi
6.1. Shartnomada kelishilgan namunaviy loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlarining barcha hajmi bajarilgandan keyin Obyekt davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
6.2. Pudratchi tomonidan qurilgan va Buyurtmachiga berilgan Obyekt Yakka tartibda imorat quruvchiga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha beriladi. Bunda uzil-kesil toʻlov boʻyicha Yakka tartibda imorat quruvchining Buyurtmachidan qarzi mavjud boʻlgan taqdirda Obyektni Yakka tartibda imorat quruvchiga berish qarzdorlik qoplanguniga qadar kechiktiriladi.
6.3. Yakka tartibda imorat quruvchi bank va Buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha toʻliq qurilmagan uy-joyni qurish toʻgʻrisidagi oʻz buyurtmanomasini rad etgan taqdirda (shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilganda) uy-joy boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob qilingandan keyin uy-joyga nisbatan ushbu buyurtmanoma boʻyicha boshqa Yakka tartibda imorat quruvchi bilan Shartnoma tuziladi va zakalat olib qolingan holda Yakka tartibda imorat quruvchining oʻz mablagʻlari bankda Yakka tartibda imorat quruvchining nomiga ochilgan jamgʻarma hisob raqamiga qaytariladi, zakalat ushlamaslik toʻgʻrisida Tomonlarning bitimi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno. Qurilishi tugallangan Obyektni qabul qilish Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan asosli ravishda rad etilgan taqdirda Obyekt boshqa Yakka tartibda imorat quruvchiga sotiladi va Yakka tartibda imorat quruvchining oʻz mablagʻlari Obyekt sotilgandan keyin unga qaytarilishi kerak. Bunda Yakka tartibda imorat quruvchining oʻz mablagʻlari bankda Yakka tartibda imorat quruvchining nomiga ochilgan jamgʻarma hisob raqamiga qaytariladi. Boshlangʻich badal hamda Obyektning boshlangʻich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymatining qolgan qismi yuridik shaxs, yaʼni Yakka tartibda imorat quruvchining ish beruvchisi tomonidan toʻlangan taqdirda, ushbu mablagʻlar u bilan kelishuv boʻyicha uning hisob-kitob raqamiga qaytariladi.
7. Fors-major
7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo boʻlgan, Tomonlar oldindan koʻrishi, oqilona choralar bilan bartaraf etishi mumkin boʻlmagan yengib boʻlmas kuch holatlari (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadilar.
7.2. Yengib boʻlmas kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabi bilan tegishli organ tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak.
7.3. Ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi.
8.Shartnomaning bajarilishini taʼminlash
8.1. Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan Obyektning butun qiymati toʻlanishini taʼminlash va ushbu Shartnoma boʻyicha uning boshqa majburiyatlari bajarilishi uchun Yakka tartibda imorat quruvchining boshlangʻich badal va uzil-kesil toʻlov jami summasining kamida Zakalat miqdori foizi miqdoridagi pul mablagʻlari zakalat hisoblanadi va ushbu pul mablagʻlari Buyurtmachining tasarrufida boʻladi.
8.2. Agar Yakka tartibda imorat quruvchi ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki Obyektdan voz kechsa (shu jumladan ushbu Shartnomaning buzilishi) – zakalat Buyurtmachining ixtiyoriga oʻtadi.
8.3. Agar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar na Buyurtmachi, na Yakka tartibda imorat quruvchi javob bermaydigan holatlar boʻyicha muddatida bajarilmasa – zakalat Tomonlarning kelishuvi boʻyicha Yakka tartibda imorat quruvchiga qaytariladi yoki Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan koʻrsatilgan shaxsning hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.
8.4. Agar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilsa – zakalat Obyektning narxini toʻlashga hisoblanadi.
9. Tomonlarning javobgarligi
9.1. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Shartnoma bilan oʻzlariga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun javob beradilar.
9.2. Yakka tartibda imorat quruvchi Shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun Buyurtmachiga:
ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun – muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Quruvchiga nisbatan shartnomaning penya hisoblanadigan qismi foizi, biroq shartnomaviy narxning Penya hisoblanadigan eng yuqori miqdori foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi;
Yakka tartibda imorat quruvchi Obyektning berish uchun tayyorligi toʻgʻrisida bildirishnoma olgan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq qurilishi tugallangan Obyektni qabul qilishni boshlash kechiktirilganligi uchun – muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Quruvchiga nisbatan shartnomaning penya hisoblanadigan qismi foizi, biroq shartnomaviy narxning Penya hisoblanadigan eng yuqori miqdor foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
9.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda u Obyekt qurilishi tamom boʻlishi kechiktirilganligi uchun Yakka tartibda imorat quruvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Buyurtmachiga nisbatan shartnomaning penya hisoblanadigan qismi foizi, biroq Obyekt shartnomaviy narxning Penya hisoblanadigan eng yuqori miqdori foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
9.4. Neustoyka toʻlash Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar bajarilishidan ozod qilmaydi.
9.5. Kompleksda boshqa uy-joylar bilan birgalikda uy-joy qurilishi amalga oshirilishi munosabati bilan, uy-joylar qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan kommunikatsiya va infratuzilma tizimlarini amalga oshirish boʻyicha ishlar boshqa pudratchilar tomonidan oʻz vaqtida bajarilmaganligi yoxud boshqa Yakka tartibda imorat quruvchilar tomonidan oʻz majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi natijasida Buyurtmachi oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganda Buyurtmachi javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda Buyurtmachi Yakka tartibda imorat quruvchiga uning talabi boʻyicha bunday holatning boshlanganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etishi kerak.
10. Nizolarni hal etish
10.1. Ushbu Shartnomani bajarish davomida paydo boʻladigan nizoli masalalarni Tomonlar muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etadilar.
10.2. Ushbu Shartnoma boʻyicha nizolarni tartibga solishning daʼvo qoʻzgʻash tartibi majburiy hisoblanadi. Daʼvolarni koʻrib chiqish muddati ular olingan paytdan boshlab 10 (oʻn) kalendar kunni tashkil etadi.
10.3. Agar kelishmovchiliklar va nizolarni Tomonlar muzokaralar yoʻli bilan Nizolarni o‘zaro hal qilish muddati kalendar kun mobaynida hal etishmagan taqdirda, ushbu Nizolarni Tomonlar umumiy asoslarda sud tartibida hal etadilar.
11. Alohida shartlar
11.1. Obyektdan hamda unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallar va ishlardan foydalanishning kafolatli muddati Buyurtmachi va pudratchi tomonidan qurilishi tugallangan Obyektni qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma imzolangan kundan boshlab Kafolat muddati oy etib belgilanadi.
Agar Obyektdan foydalanishning kafolatli muddati davrida ular bartaraf etilgunga qadar Obyektdan foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati tegishli ravishda nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlarni bartaraf etish Buyurtmachi va pudratchi tomonidan taʼminlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan kafolatlar uchinchi shaxslar tomonidan Obyektni qasddan shikastlantirish holatlariga joriy etilmaydi.
11.2. Ushbu Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11.3. Tomonlar oʻrtasidagi Shartnomada nazarda tutilmagan yangi vaziyatlarga olib keladigan har qanday ahdlashuv, agar uni Tomonlar qoʻshimcha bitim shaklida yozma shaklda tasdiqlagan boʻlsa haqiqiy deb hisoblanadi.
11.4. Ushbu Shartnoma uch nusxada tuzilgan, ulardan biri bankka beriladi, qolgan ikkitasi esa Tomonlarga beriladi. Barcha nusxalar bir xil va bir xil yuridik kuchga ega.
12. Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari
Yakka tartibda imorat quruvchi Quruvchining F.I.O. to‘liq Quruvchining manzili va telefon raqami Quruvchining tug‘ilgan sanasi Quruvchining tug‘ilgan joyi Quruvchining STIR raqami ___________________________
|
Buyurtmachi Buyurtmachining to‘liq nomi Buyurtmachining manzili va telefon raqami Buyurtmachining banki haqida maʼlumotlar (h/r, MFO) Buyurtmachining STIR raqami Buyurtmachi korxona raxbarining F.I.O. M.Oʻ. _______________________ |