Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga
|
Fuqaro: Voyaga yetmagan shaxs onasining yashash manzilida yashovchi |
Voyaga yetmgan shaxs onasining F.I.O.si Telefon: Aloqa uchun telefon raqami Elektron pochta manzili: Aloqa uchun elektron pochta manzili
|
|
|
DA’VO ARIZA
(to‘liq muomalaga layoqatli deb topish haqida)
Mening farzandim Bolaning F.I.O.si,Bolaning tug‘ilgan vaqtida tug‘ilgan, bugungi kunda mehnat shartnomasi asosida Bolaning ish joyi ishlaydi. Men vasiylik va homiylik organiga farzandimni to‘liq muomalaga layoqatli deb topish haqida ariza bergan edim, lekin mazkur organ arizamni rad etdi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 28-moddasiga asosan, o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Qayd qilingan holatlar va qonun talabidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 42, 188, 189-191, 293 va 324-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga, asosan,
SO‘RAYMAN:
Farzandim, Bolaning F.I.O.sini mehnat shartnomasi asosida ishlayotganini inobatga olgan holda to‘liq muomalaga layoqatli shaxs deb topishingizni so‘rayman.
Ilova:
1. Ariza nusxaci.
2. Mehnat shartnomasi nusxasi.
3. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq nusxasi.
4. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
Fuqaro Voyaga yetmgan shaxs onasining F.I.O.si
Ariza berilgan sana