UMRBOD TA’MINLASh ShARTI BILAN UY-JOY (KVARTIRA)NI BOSHQA SHAXSGA BERISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana |
Oluvchining F.I.O.si,keyingi o‘rinlarda “Oluvchi” deb yuritiladi, bir tomondan va Boshqa shaxsga beruvchi F.I.O.si,keyingi o‘rinlarda “Boshqa shaxsga beruvchi” deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar.
1. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Shartnomaga muvofiq Oluvchi yoshi yoki sog‘lig‘i tufayli mehnatga layoqatsiz Boshqa shaxsga beruvchini natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam ko‘rsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlash majburiyatini oladi, Boshqa shaxsga beruvchi esa Oluvchiga Oluvchiga berilayotgan uy-joyning manzili manzilda joylashgan va unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy-joyni mulk qilib berish majburiyatini oladi.
1.2. Oluvchi Boshqa shaxsga beruvchiga quyidagi moddiy ta’minot turlari berilishi ta’minlaydi Oluvchining Boshqa shaxsga berishi lozim bo‘lgan moddiy taʼminot turi va uning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosi Moddiy taʼminotning pul bilan ifodalangan bahosi co‘mni tashkil etadi.
1.3.Boshqa shaxsga beruvchi tomonidan Oluvchiga mulk qilib berayotgan uy-joyining qiymati Mulk qilib berilayotgan uy-joyning umumiy mulk qiymati co‘mni tashkil etadi.
2. TARAFLARNING MAJBURIYaTLARI
2.1. Oluvchi:
a) Boshqa shaxsga beruvchini shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan tartib va miqdorda moddiy ta’minlash;
b) shartnoma amal qilib turgan davrda Boshqa shaxsga beruvchining uy-joyini sotish, hadya qilish, garovga qo‘yish va unga bo‘lgan mulk huquqini og‘irlashtiradigan boshqa harakatlarni amalga oshirishmaslik;
v) Boshqa shaxsga beruvchining uy-joyiga o‘z qarzlari bo‘yicha undirishni qaratmaslik maburiyatlarini oladi.
2.2. Boshqa shaxsga beruvchi shartnoma imzolangandan keyin Boshqa shaxsga beruvchi uy-joyni oluvchiga mulk qilib berish muddati kun ichida Oluvchiga mazkur shartnomaning 1.1. va 1.3- bandlarida ko‘rsatilgan uy-joyni mulk qilib berish majburiyatini oladi.
3. ShARTNOMANING MUDDATIDAN OLDIN BEKOR QILISh ShARTLARI
3.1. Shartnoma quyidagi hollarda muddatidan oldin Oluvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:
a) uning moddiy ahvoli o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Boshqa shaxsga beruvchiga shartlashilgan ta’minotni bera olmaydigan darajada o‘zgarsa;
b) Boshqa shaxsga beruvchi mehnat qobiliyatini tiklasa;
v) mol-mulkdan shartnomada nazarda tutilgan tartibda va belgilanishi bo‘yicha foydalanmasa. 3.2. Shartnoma muddatidan oldin Boshqa shaxsga beruvchining tashabbusi bilan Oluvchi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa bekor qilinishi mumkin.
3.3. Shartnoma uning
3.1. va 3.2-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda uy-joy Boshqa shaxsga beruvchiga qaytarilishi lozim.
3.4. Shartnoma Boshqa shaxsga beruvchining talabiga ko‘ra bekor qilingan taqdirda Oluvchi shartnoma amalda bo‘lgan vaqtda Boshqa shaxsga beruvchini ta’minlash va uy-joyni saqlab turishga qilgan xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI. NIZOLARNI HAL QILISh TARTIBI
4.1. Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
4.2. Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida hal etiladi. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Nizolarni hal qilish yuzasidan belgilangan sud nomi sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur sudning hal qiluv qarori taraflar uchun qat’iy va majburiy hisoblanadi.
5.ShARTNOMANING QO‘ShIMChA ShARTLARI
5.1. Shartnomasi bo‘yicha Boshqa shaxsga beruvchidan olingan uy-joyning tasodifan nobud bo‘lishi Oluvchini shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilmaydi.
5.2 Oluvchi vafot etgan taqdirda mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlar uning vorislariga o‘tadi. Oluvchining vorislari bo‘lmaganida yoki ular shartnomani bajarishdan voz kechganlarida Oluvchiga berilgan uy-joy Boshqa shaxsga beruvchiga qaytariladi.
6. ShARTNOMANING BOShQA ShARTLARI
6.1. Mazkur shartnoma Shartnomaning kuchga kirish sanasidan kuchga kiradi va muddatsiz hisoblanadi.
6.2. Shartnoma 2 nusxada tuzilgan, notarial tasdiqlangan bo‘lib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega.
6.3. Shartnomaga kiritilayotgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda tuzilgan, ikkala taraf tomonidan imzolangan va notarial tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
6.4. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
TARAFLARNING MANZILI VA IMZOLARI
Oluvchi: |
|
Boshqa shaxsga beruvchi: |
||
Manzil: Oluvchining doimiy yashash manzili |
|
Manzil: Boshqa shaxsga beruvchining doimiy yashash manzili |
||
H/R: Oluvchining bank hisob raqami |
|
H/R: Boshqa shaxsga beruvchining hisob raqami |
||
Elektron manzil: Oluvchining elektron pochta manzili |
|
Elektron manzil: Boshqa shaxsga beruvchining elektron manzili |
||
Telefon: Oluvchining telefon raqami |
|
Telefon: Boshqa shaxsga beruvchining telefon raqami |
||
Oluvchining F.I.O.si _______________ |
_______________ |
|
Boshqa shaxsga beruvchi F.I.O.si _______________ |
_______________ |
|
(Imzo) |
|
|
(Imzo) |