TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI KO‘RSATISh ShARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami |
Shartnoma tuzilgan sana |
Operatorning nomi tashkiliy huquqiy shakli (keyingi (korxona nomi) o‘rinlarda "Operator" deb yuritiladi) nomidan Operatorga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Operator tashkilotining rahbari F.I.O.si bir tomondan va Abonent tashkilotining nomi tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda (tashkilot, korxona, xo‘jalik nomi) "Abonent" deb yuritiladi) nomidan Abonentga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Abonent tashkilotining rahbari F.I.O.si ikkinchi tomondan, quyidagilar (vazifasi, familiyasi, ismi) to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar:
1. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma shartlariga muvofiq Operator Abonentga quyidagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish, hamda o‘z balansidagi aloqa inshootlari bilan aloqa vositalarini ta’mirlash va belgilangan tartibda ularning soz va saqlangan holda bo‘lishini ta’minlash majburiyatini oladi: Abonent toifasi Abonent toifasi (budjet hisobidagi, xo‘jalik hisobidagi) Oxirgi qurilma turlari, ularning soni Qurilmaning turlari va ularning soni
№ t/b |
Ko‘rsatiladigan xizmat turi |
Apparatlar miqdori |
Raqamlari |
1oylik tarif |
1 |
Shahar ichidagi telefon aloqasi |
|
|
|
2 |
Tuman ichidagi telefon aloqasi |
|
|
|
3 |
Parallel va qo‘shimcha telefonlar |
|
|
|
4 |
Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi |
|
|
|
5 |
Telegraf xizmati |
|
|
|
6 |
Alohida va qo‘shimcha xizmatlar |
|
|
|
1.2. Abonent ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilish, Aloqa narxini belgilagan tashkilot nomi tomonidan Aloqa narxlari belgilangan vaqtda tasdiqlangan narxnoma bo‘yicha telefon-telegraf aloqasi va qo‘shimcha xizmatlar haqini to‘lash majburiyatini oladi.
1.3. Ushbu shartnoma bahosi Aloqa narxi so‘mni tashkil etadi va tarif miqdorining oshishi yoki kamayishiga qarab o‘zgarishi mumkin.
1.4. Ushbu shartnoma taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati gacha amal qiladi.
2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
2.1. Operatorning majburiyatlari:
a) ushbu shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan sifatli telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
b) telefon - telegraf aloqasi tizimidagi nosizliklar to‘g‘risidagi Abonentning talabnomalarini o‘z vaqtida hisobga olish va nazorat muddatlarida bartaraf etish;
v) Abonentning yangi telefon raqamlari berish yoki telefonini uzib qo‘yish haqidagi talabnomalarini o‘z vaqtida hisobga olish va bajarish;
g) Abonent sotib olgan aloqa vositalari hamda oxirgi qurilmalarni (telefaks, teleks, videoteks, modem, ma’lumotlar uzatish apparatlari, radiotelefon va h.) ro‘yxatga olish;
d) yangi telefon stansiyalari ishga tushirilishi, telefon tarmoqlarining qayta jihozlanishi munosabati bilan telefon raqamining o‘zgartirilishi to‘g‘risida Abonentni kamida 10 kun oldin yozma ravishda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish;
Operatorning boshqa majburiyatlari
2.2. Operatorning huquqlari:
a) yangi telefon stansiyalari ishga tushirilishi va telefon tarmoqlarining qayta jihozlanishi munosabati bilan Abonentning roziligisiz telefon raqamini almashtirish;
b) Abonent o‘zboshimchalik bilan telefon liniyasiga ulangan, Operator ro‘yxatiga olinmagan taqdirda, tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish va tegishli sertifikatlari bo‘lmagan oxirgi qurilmalarni uzib tashlash;
v) kunning istalgan vaqtida oxirgi qurilmalarning texnik nazoratini amalga oshirish;
g) to‘lov kobiliyatiga ega bo‘lmagan Abonentning telefonlari va boshqa oxirgi qurilmalarini uzib qo‘yish;
Operatorning boshqa huquqlari
2.3. Abonentning majburiyatlari:
a) ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushbu shartnomada belgilangan tartibda va miqdorda haq to‘lash;
b) Operator balansidagi va Abonent foydalanayotgan kabellar, telefon simlari va boshqa asbob-uskunalarning soz va butun holatda saqlash, o‘ziga tegishli yoki boshqa shaxslardan ijaraga olingan telekommunikatsiya vositalarining texnik me’yorlarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash;
v) aloqa xizmatidagi barcha nosozliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida Operatorga xabar berish;
g) Operatorning ruxsatisiz, ro‘yxatga olinmagan va muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan holda qo‘shimcha telefon rozetkalari o‘rnatmaslik, parallel telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalarni ulamaslik;
d) har oyda Operator bilan hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini tuzish.
ye) telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish qoidalari va mazkur shartnoma shartlariga rioya qilinishini tekshirish yoki o‘zining talabnomasi bo‘yicha ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun kelgan Operatorning xodimlarini o‘z hududiga to‘siqsiz o‘tishini ta’minlash va xizmat vazifalarini bajarish uchun sharoit yaratish.
Abonentning boshqa majburiyatlari
2.4. Abonentning huquqlari:
a) sifatli telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini talab qilish;
b) Operatorning aybi bilan aloqa xizmati ko‘rsatilmagan davr uchun bu haqda Operatorga talabnoma berilgan sanadan boshlab aloqa tiklangan sanaga qadar xizmat haqini to‘lamaslik;
v) telefon raqamini saqlash sharti bilan oxirgi qurilmani ma’lum bir vaqtgacha uzib qo‘yish haqida ariza berish;
g) telefon raqamini saqlamasdan oxirgi qurilmani uzish haqida ariza berish.
Abonentning boshqa huquqlari
3. IShLAR (XIZMATLAR) QIYMATI VA HISOB-KITOB QILISh TARTIBI
3.1. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun Abonent oldindan to‘lov tartibida har oylik abonent to‘lovining 100 % ni to‘lov topshiriqnomasi orkali pul o‘tkazish yo‘li bilan har oy boshlanishidan kamida 3 kun oldin to‘laydi.
3.2. Yangi avans summasini Operator taqdim etgan hisobvaraqfakturaga asosan o‘tkazib berish uchun javobgarlik Abonentga yuklatiladi. Avans summasi to‘liq sarflangandan so‘ng keyingi muddat uchun to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda Operator xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishga va aloqa vositalarini telefon tarmog‘idan uzib qo‘yishga haqli.
3.3. Abonentning aybi bilan xizmatni ko‘rsatish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda, jumladan telefon va boshqa oxirgi qurilmalar uzib qo‘yilgan holda, ular ishlamagan vaqt uchun to‘lov butunlay to‘lanishi kerak.
3.4. Operator ko‘rsatadigan xizmatlar uchun tariflar o‘zgargan taqdirda, u bu haqda telefonogramma yoki ommaviy axborot vositalari orqali Abonentni xabardor qiladi va taraflar ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yangi tariflar to‘g‘risidagi bayonnomani imzolaydilar. Abonent bayonnomani imzolashdan sababsiz bosh tortgan taqdirda Operator ushbu shartnomani bir taraflama bekor qilishni talab qilishga haqli.
3.5. Abonent ko‘rsatilgan xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda, u to‘lov amalga oshirilayotgan kunda amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha haq to‘laydi.
3.6. Abonent ko‘rsatilgan xizmat uchun olingan haq summasiga nisbatan e’tirozlari bo‘lgan taqdirda (so‘zlashuv davom etgan vaqt, so‘zlashuv kimga taalluqliligi, qaysi telefon raqami orqali so‘zlashilganligi va hokazo), u hisobvaraq-faktura berilgan paytdan boshlab 30 kun davomida Operatorning hisob-kitob guruhiga yozma ravishda murojaat qilishi va Operatorning xodimlari bilan birgalikda talab qanchalik asosli ekanligini tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zining vakilini yuborishi lozim.
4. XIZMAT KO‘RSATISh TARTIBI
4.1. Operator ushbu shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan xizmatlarni “Mahalliy telefon aloqasidan foydalanish Qoidalari” va shartnoma shartlariga muvofiq shaxsan o‘zi ko‘rsatishi shart.
4.2. Telefon aloqasi va telegraf xizmati kechayu-kunduz ko‘rsatiladi. Operator Abonentga har oyda ko‘rsatilgan telefon aloqasi xizmatlarining ro‘yxatini va ko‘rsatilgan xizmat haqi miqdorini qayd etgan holda har oy tugagandan so‘ng 3 kun ichida taqdim etadi.
4.3. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan kommunikatsiya xizmatining turlarini biridan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, Abonent bu haqda yozma ravishda Operatorga bildirishnoma berishi lozim. Operator Abonentning bildirishnomasini olib uning xodimlari aloqa xizmatidan voz kechganlikni tegishli tartibda rasmiylashtirgan kundan boshlab voz kechilgan xizmat turi uchun haq hisoblash to‘xtatiladi.
4.4. Telefon tarmog‘i abonenti bo‘lmagan yuridik shaxs telefonlashtirilgan xonani (bino)larni egallagan yoki Abonent o‘z hisobida turuvchi telefon o‘tkazilgan xonani (binoni) boshqa shaxsga ijaraga bergan taqdirda har bir telefon apparati uchun ro‘yxatga olish to‘lovi to‘langan holda 1 oylik muddat ichida ijarachi yoki boshqa uchinchi shaxs nomiga qayta rasmiylashtirishi lozim. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Abonentning telefoni tarmoqdan uzib qo‘yiladi va telefon raqami Operatorga qaytarib beriladi.
4.5. Qo‘riqlash signalizatsiyasi uchun foydalaniladigan telefon apparatlari qo‘riqlash bo‘limiga yozma bildirishnoma berilgandan so‘ng 30 kun ichida juftlangan sxemaga ulanadi.
4.6. Abonentning yozma arizasiga ko‘ra, uning arizasida ko‘rsatilgan muddatga telefon raqami saqlangan va abonentning saqlanishi uchun abonement to‘lovi to‘langan holda apparat tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yilishi mumkin.
5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI. NIZOLARNI HAL QILISh
5.1. Operator ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, u keltirgan zararni Buyurtmachiga 360 to‘lig‘icha to‘lashi shart, lekin bu to‘lov ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
5.2. Shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga, jumladan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida" gi Qonuni va Mahalliy telefon aloqasidan foydalanish Qoidalariga muvofiq belgilanadi.
5.3. Mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar O‘zbekiston Respublikasi Savdosanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qat’iy va majburiy hisoblanadi.
6. ShARTNOMA NUSXALARI SONI, UNI O‘ZGARTIRISh YoKI BEKOR QILISh TARTIBI
6.1. Ushbu shartnoma ikki asl nusxada tuzilgan bo‘lib, birinchi nusxasi Operatorda va ikkinchi nusxasi Abonentda saqlanadi.
6.2. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
6.3. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yetkazilgan zarar qoplangan holda yo‘l qo‘yiladi.
6.4. Shartnomani bekor qilish haqida qarorga kelgan taraf ikkinchi tarafga 15 kun oldin yozma bildirishnoma yuborishi shart.
7. FORS-MAJOR
7.1. Taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati bo‘lmagan holatlar (yengib bo‘lmas kuch) oqibatida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflardan birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar emasdir.
7.2. Tegishli Savdo-sanoat palatasi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan berilgan guvohnoma yengib bo‘lmas kuchning mavjudligi va amal qilishining davomiyligini tasdiqlash uchun yetarli hujjatdir.
7.3. o‘z majburiyatlarini bajara olmayotgan taraf yengib bo‘lmas kuchning mavjudligi va uning shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga ta’siri haqida ikkinchi tarafga xabarnoma berishi lozim.
7.4. Agar yengib bo‘lmas kuch holatlari uzluksiz 3 oy davomida amal qilib tursa va yaqin muddatda bekor qilinishi ehtimoli bo‘lmasa, mazkur shartnoma taraflardan birining tashabbusi bilan ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborish yo‘li bilan bekor qilinishi mumkin.
Yuridik manzil: Operatorning yuridik manzili |
|
Yuridik manzil: Abonentning yuridik manzili |
Hisob-kitob raqami: Операторнинг ҳисоб рақами |
|
Hisob-kitob raqami: Abonentning hisob raqami |
STIR Operatorning STIR raqami |
|
STIR Abonentning STIR raqami |
Telefon Operatorning telefon raqami |
|
telefon Abonentning telefon raqami |
|
|
|
|
|
|