O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ichki mehnat-tartib qoidalari

Hujjat tavsifi
Меҳнат қоидалари реквизитлари
Меҳнат қоидаларининг мазмуни

Yuklab oling

 

Mehnat qoidalari tasdiqlanayotgan tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli ning ichki mehnat tartibi

QOIDALARI

 

Mehnat qoidalari tuzilgan vaqt

 

Mehnat qoidalari tuzilgan joy

 

 

I. Umumiy qoidalar

 

1.  Mehnat qoidalari tasdiqlanayotgan tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli ichki mehnat tartibi qoidalari (keyingi o‘rinlardaQoidalar deb yuritiladi) Mehnat qoidalari tasdiqlanayotgan tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlardaMuassasa deb yuritiladi)xodimlarining mehnat tartibi va sharoitlarini belgilaydi.Muassasaning har bir xodimi,shu jumladan yangi ishga qabul qilinayotgan xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan so‘ng Qoidalar bilan imzo qo‘ygan holda tanishtirilishi shart.

2. Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga,mehnat to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib,mehnat shartnomasini tuzish,o‘zgartirish,bekor qilish,ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanish,mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarga oid masalalarni tartibga soladigan asosiy ichki normativ hujjat hisoblanadi.

3. Qoidalar Muassasa direktori (keyingi o‘rinlardaish beruvchi deb yuritiladi)tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

4. Qoidalarga rioya qilish ish beruvchi va xodim uchun majburiy hisoblanib,uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

5. Ish beruvchining majburiyatlari:

xodimlarning mehnatini tashkil etish;

xodimlarga amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berish;

xodimga u bajargan ish uchun ish haqini o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash;

mehnat va ishlab chiqarish intizomini hamda mehnat muhofazasi sharoitlarini ta’minlash;

qonun hujjatlariga,jamoa va mehnat shartnomalariga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirilishini,bunda ularga kafolatli to‘lovlar to‘lanishini ta’minlash;

mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Ish beruvchining boshqa majburiyatlari

6. Xodimning majburiyatlari:

o‘zining xizmat vazifalarini o‘z vaqtida,to‘liq,halol va vijdonan bajarish;

mehnat va ijro intizomiga rioya etish,Muassasa direktori va direktor tomonidan xodimlar bilan ishlash vazifasi yuklatilgan boshqa shaxslarning buyruq va ko‘rsatmalarini,topshiriqlarini o‘z vaqtida,to‘liq va lozim darajada bajarish;

mehnatni muhofaza qilish,texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;

Muassasaga tegishli mol-mulkdan to‘g‘ri foydalanish,uni asrab-avaylash;

Muassasaning ichki hujjatlariga va qonunchilikka binoan konfidensial deb belgilangan ma’lumotlarni va axborotlarni oshkor qilmaslik,tarqatmaslik bo‘yicha tartib-qoidalarga qatiy rioya qilish;

-Mehnat (ichki mehnat tartibi qoidalari,ustavlar va qoidalar)intizomiga va kasb etikasiga rioya qilish;

-Ijro (ish vaqti,xizmat vazifalarini belgilangan muddatda va lozim darajada bajarish va hokazo)intizomiga rioya qilish;

-Xizmat vazifalarini hamda ish beruvchining qonuniy topshiriq va farmoyishlarini belgilangan muddatlarda va lozim darajada bajarish;

-Mehnatni muhofaza qilish,xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;

Muassasa tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari bilan ishdan tashqari munosabatlarga kirishmaslik,ularning shaxsiga oid ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik;

-Tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil tadbirlar uchun pul mablag‘lari yoki boshqa moddiy-qimmatliklarni talab qilmaslik;

-O‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik xususan,tarbiyalanuvchilarga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazmaslik,ularga nisbatan kuch ishlatmaslik;

-Mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda,korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik,tovlamachilik qilmaslik,biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxsning noqonuniy xizmatlaridan foydalanmaslik,mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

-Boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorlanilayotgan noqonuniy hatti-harakatlar to‘g‘risidaIsh beruvchiga zudlik bilan xabar berish;

Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Xodimning boshqa majburiyatlari

7. Xodimlarning mehnat shartnomasida hamda ushbu Qoidalarda tartibga solinmagan yoki to‘liq tartibga solinmagan mehnat shartlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

II. Mehnat shartnomasini tuzish,o‘zgartirish

va bekor qilish tartibi

 

8. Muassasaga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi.

9. Ishga qabul qilinayotgan xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida quyidagilar haqida mehnat shartnomasi tuziladi:

xodim ishga qabul qilinayotgan lavozim va ish joyi;

mehnat shartnomasi muddati;

ishning boshlanish kuni;

taraflarning mehnat majburiyatlari;

ish vaqti hamda mehnat ta’tili berish tartibi;

mehnatga haq to‘lash tartibi;

mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlar.

Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan hollarda,ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi.

Muddatli mehnat shartnomasini tuzish mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

10. Mehnat shartnomasi yozma shaklda bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi hamda har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.Xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartnomasi (kontrakt)u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt)bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi.

Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi.

Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchining imzolari bilan mustahkamlanib,imzolangan sana qayd etiladi.Ish beruvchining imzosi Muassasaning muhri bilan tasdiqlanadi.

11. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uni tomonlar imzolagan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.Xodim mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan kundan boshlab mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishadi.Agar unda ishning boshlanish sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa,xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ishga tushishi kerak.

12. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi mehnat shartnomasining mazmuniga muvofiq ravishda ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi va xodimni buyruq bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtiradi.

13. Ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasida dastlabki sinov to‘g‘risida shartlashilgan bo‘lishi mumkin.Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.Sinov to‘g‘risidagi shart ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda aks ettiriladi.Dastlabki sinov bilan ishga qabul qilingan xodimning mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish haqidagi yozuv dastlabki sinov haqidagi shartlar ko‘rsatilmagan holda kiritiladi.

Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.Dastlabki sinovning aniq muddati (uch oy doirasida)mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi asosida belgilanadi.Taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar ish beruvchi (sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgan taqdirda), shuningdek xodim (mehnatga oid munosabatlarni davom ettirish istagi bo‘lmagan taqdirda)ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib,mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli.

Agar taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmasa,mehnat shartnomasining amal qilishi davom etadi va uni bundan keyin bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi.

Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va uzrli sabablarga ko‘ra xodim ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.

Dastlabki sinov davrida xodimga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va Muassasaiy apparat xodimlari uchun belgilangan mehnat shartlari to‘liq tatbiq etiladi.

Xodimni boshqa ishga o‘tkazishda sinov muddati belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

14. Muassasaning kadr ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan Muassasada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 402, 29.01.1998 y.) qoidalariga muvofiq mehnat daftarchasi yuritiladi,o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

15. Mehnat shartlarini o‘zgartirish Mehnat kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi.

16. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida ekanligi haqida ikki hafta oldin ariza bilan ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirishi shart.Ogohlantirish muddati ariza ro‘yxatga olingan sanadan qatiy nazar,ariza berilgan kunning ertasidan boshlanadi.

Xodim tomonidan berilgan ariza,ariza berilgandan keyingi kundan kechiktirilmay ish beruvchiga taqdim etiladi.

17. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi,shuningdek,muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra uning muddati tugashidan oldin bekor qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:

1) tashkilot o‘z muassislarining qarori bilan tugatilganligi;

2) texnologiyaning,ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi,ishlar hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot,yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi;

3) xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;

4) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi.Avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodim tomonidan takroran intizomiy nojo‘ya harakat sodir etilganligi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzishdir;

5) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.

18. Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi,idora butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.

19. Ish beruvchi xodimning aybli xatti-harakati uchun quyidagi asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega:

xodim o‘z xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzganda;

xodim o‘z xizmat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganda.

Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi.

20. Mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir marta qo‘pol buzishlarga quyidagilar kiradi:

ijro intizomini buzish

ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik (ishda uzrli sabablarsiz ish kuni mobaynida uzluksiz yoki ishda bo‘lmagan vaqtni jamlab hisoblaganda 3(uch)soatdan ko‘proq vaqt bo‘lmaganlik);

alkogolli ichimlik,giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida kelish;

Muassasaning mol-mulkiga zarar yetkazish yoki uni o‘g‘irlash;

xodim tomonidan mansab (xizmat)vazifasini (vakolatini)suiist’emol qilishi (lavozimi bo‘yicha berilgan vakolatlardan xizmat manfaatlariga zid ravishda foydalanish)va g‘ayriahloqiy ko‘rinishdagi xatti-harakatlarni sodir etish;

Muassasa xodimlarining,shu jumladan,o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tarzda texnika xavfsizligi,sanitariya qoidalarini qo‘pol ravishda buzish;

o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘z huquqlarini suiste’mol qilish.

21. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

 

III. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik

 

22. Muassasada mehnat intizomi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga,jamoa shartnomasi shartlariga,ushbu Qoidalarga va boshqa mehnat intizomini tartibga soluvchi ichki hujjatlarga,mehnatni muhofaza qilish talablari,texnika xavfsizligi,ishlab chiqarish sanitariyasi,shuningdek,har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi.

23. Mehnat vazifalarini lozim bo‘lgan darajada bajarganligi,mehnatda yuqori natijalarga erishganligi,uzoq vaqt davomida benuqson ishlaganligi hamda ishdagi boshqa yutuqlari uchun Muassasa xodimlariga nisbatan quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanilishi mumkin:

tashakkurnoma e’lon qilish;

faxriy yorliq bilan taqdirlash;

pul mukofoti bilan taqdirlash;

qimmatli sovg‘a bilan taqdirlash;

24. Qoidalarning 23-bandida ko‘rsatib o‘tilgan rag‘batlantirishlar muassasa direktorining buyrug‘i bilan e’lon qilinadi.

25. Xodimga nisbatan u mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

hayfsan;

o‘rtacha oylik ish xaqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.Xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalari muntazam ravishda buzganda xizmat vazifalari bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga doir aybli xatti-harakat sodir qilinganda xodim o‘rtacha oylik ish xaqining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda jarimaga tortilishi mumkin;

mehnat shartnomasini bekor qilish.

26. Intizomiy jazoning amal qilish muddati uni qo‘llash kunidan boshlab bir yildan oshishi mumkin emas.Agar ana shu muddat davomida xodim yangi intizomiy jazoga tortilmasa u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.Bunday holda intizomiy jazoni bekor qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilmaydi.Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi bir yil tugashiga qadar uni o‘zining tashabbusiga ko‘ra,xodimning iltimosiga binoan,mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra bekor qilishga haqlidir.Xodimdan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash muasasasa direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

27. Xodim tomonidan muassasa mol-mulkiga bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazilganda,intizomiy jazo qo‘llanilganligidan qat’iy nazar qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka ham tortiladi.

 

IV. Ish vaqti,dam olish vaqti va ulardan foydalanish

 

28. Xodim ushbu Qoidalarga va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘zining mehnat majburiyatlarini bajarishi kerak bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

29.  Xodimning ish vaqti boshlanishi va tugash vaqti taraflar o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi.

30. Ish vaqtidan tashqari xodimlarni ishga jalb etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

31. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin,uning muddati tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi.

 

V. Mehnat shartnomasi bo‘yicha tomonlar o‘rtasidagi

nizolarni hal etish

 

32. Har bir xodim qonun hujjatlarida,mazkur Qoidalarda,boshqa ichki hujjatlarida va mehnat shartnomasida belgilangan huquqlarini qonunchilikda nazarda tutilgan vositalar va usllar orqali himoya qilishga,o‘zining huquqlari buzilgan deb hisoblaganda mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi orqali ish beruvchiga murojaat qilishga haqlidir.Ushbu murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib,natijasi haqida xodimga ma’lum qilinadi.

 

VI. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish kiritish tartibi

 

33. Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va huquqni qo‘llash amaliyotiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda mazkur Qoidalar qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishi mumkin.

 

 

Mehnat qoidalarini tasdiqlagan mansabdor shaxsning lavozimi Mehnat qoidalarini tasdiqlagan mansabdor shaxsning F.I.Sh.i

 

Ichki mehnat-tartib qoidalari

Ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatdir.

Ichki mehnat tartibi qoidalari Mehnat kodeksining 15-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi oʻziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarga ushbu ustavlar va nizomlarga zid boʻlmagan qismi boʻyicha qoʻllaniladi.