O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risida ariza

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Ariza beruvchi
Ariza mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sud nomi sudiga

 

Ariza beruvchining manzilida yashovchi

 

Ariza beruvchining F.I.Sh.i tomonidan

 

AR I Z A

Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risida ariza

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sud nomi sudining Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan sana kunidagi hal qiluv qarori bilan da’vogar Ish bo‘yicha da’vogarning javobgar Ish bo‘yicha javogarga nisbatan Da’vo ariza mazmuni to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan. Ushbu hal qiluv qaroriga asosan Hal qiluv qaroriga asosan ijro varaqasi berilgan sana kuni ijro varaqasi chiqarilgan. Biz Ijro varaqasi o‘z vaqtida ijroga taqdim etilmaganligining sabab(lar)i sababli ushbu ijro varaqasini ijroga topshirolmadik.

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga ko‘ra ijroga topshirish muddati o‘tkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi. Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘ini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 453-moddasiga ko‘ra, Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra tiklanishi mumkin.

O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘riladi, biroq bu shaxslarning kelmaganligi o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 450-453-moddalariga asoslanib,

 

SO‘RAYMAN:

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sud nomi sudining Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan sana kunidagi hal qiluv qarori bo‘yicha ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklab berishingizni.

 

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar:

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar nomi

 

 

Ariza beruvchining F.I.Sh.i

 

imzo

Ariza berilgan sana yil

 

 

Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risida ariza