Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug‘urta qilish ShARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Keyingi o‘rinlarda «Xodim» deb ataladigan Xodim ishlaydigan tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli korxonasida Xodimning egallab turgan lavozimi (vazifasi) lavozimida ishlovchi Xodimning F.I.O.si,bir tomondan va keyingi o‘rinlarda «Sug‘urtalovchi» deb ataladigan Sug‘urta tashkilotiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma asosida harakat qiluvchi Sug‘urta tashkilotining nomi, tashkiliy huquqi shaklining direktori Sug‘urta tashkiloti direktorining F.I.O.si ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar
1. Shartnomaning predmeti
1. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomaga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda xodimning aybi bilan tashkilotga zarar yetkazilganda ushbu zararni to‘lash majburiyatini oladi.
2. Sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti
2. Sug‘urta puli ushbu shartnoma bo‘yicha Sug‘urta pulining umumiy miqdori (so‘mda) so‘m.
3. Sug‘urta mukofoti ushbu shartnoma bo‘yicha Sug‘urta mukofot puli miqdori (so‘mda) so‘mni tashkil qiladi.
4. Sug‘urta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi
3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana (kalendar) kuniga qadar amal qiladi.
Sug‘urtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi soat 0000 daqiqadan boshlab kuchga kiradi va majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining oxirgi sanasidagi soat 2400 daqiqada tugaydi.
6. Sug‘urta mukofoti ish beruvchi tomonidan sug‘urtalovchining hisob raqamiga naqd pulni o‘tkazish yoki kiritish yo‘li bilan to‘lanadi. Pul mablag‘larining sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
7. Xodim quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Xodim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodimning boshqa huquqlari
8. Xodim:
sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi;
yillik ish haqi miqdori o‘zgargan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi;
sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni zaraz yetkazilgan tashkilotga yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi;
sug‘urtalovchini ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berganligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi;
agar sug‘urta tovoni zarar yetkazilgan tashkilot tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida asossiz ravishda to‘langan bo‘lsa, ortiqcha to‘langan sug‘urta tovoni haqida sug‘urtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha to‘langan mablag‘larni sug‘urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.
Xodimning boshqa majburiyatlari
9. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Xodim ishtirokidagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish;
sug‘urta mukofotini aniqlash uchun sug‘urta xavfini baholash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchining boshqa huquqlari
10. Sug‘urtalovchi:
sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan xodimni tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, xodim yoki zarar yetkazilgan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, xodim sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi;
o‘zi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart.
Sug‘urtalovchi zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Sug‘urtalovchining boshqa majburiyatlari
5. Tomonlarning javobgarligi
11. Tomonlar majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
6. Nizolarni hal etish tartibi
12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
7. Yakuniy qoidalar
13. Ushbu shartnomani o‘zgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin to‘xtatish tartibi sug‘urta bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Tomonlarning rekvizitlari:
Xodim: |
|
Sug‘urtalovchi: |
||
Yuridik manzil:Xodim ishlayotgan tashkilotning manzili |
|
Yuridik manzil: Sug‘urta tashkilotining manzili |
||
Pasport seriya: Xodimning pasport seriyasi va raqami |
|
Hisob-kitob raqami: Sug‘urta tashkilotining hisob raqami |
||
Xodim pasporti berilgan sana da berilgan |
|
MFO: Sug‘urta tashkilotining MFO raqami |
||
Xodimga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan |
|
STIR: Sug‘urta tashkilotining STIR raqami |
||
STIR: Xodimning STIR raqami |
|
Telefon: Sug‘urtalovchining telefon raqami |
||
Telefon: Xodimning telefon raqami |
|
Faks: Sug‘urta tashkilotining faks raqami |
||
Xodim: Xodimning F.I.O.si |
_________ |
|
Sug‘urtalovchi: Sug‘urta tashkiloti direktorining F.I.O.si |
_________ |
|
(imzo) |
|
|
(imzo, M.O‘)
|