Sh A R T N O M A
Turur joy qurib berish xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb yuritiladigan Buyurtmachi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Buyurtmachi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi Buyurtmachi vakili sifatida shartnoma tuzuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, hamda Pudratchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda «Pudratchi» deb yuritiladi) nomidan Pudratchi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish ko‘ruvchi Pudratchi vakili sifatida shartnoma tuzuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomondan Foydalanishga tayyor holda qurilishi rejalashtirilgan ob’ektning nomi ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.
I. Tariflar
1. Mazkur shartnomada quyidagi tariflar qo‘llaniladi:
ijro hujjatlari – naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o‘zgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob’ekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o‘rnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo‘llanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ayrim mas’uliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
qurilish maydoni– mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma bo‘yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi.
Ob’ektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo‘yiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo‘yiladi;
vaqtinchalik inshootlar – Pudratchi tomonidan qurilish maydonida o‘rnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
berkitiladigan ishlar – sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin bo‘lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
shartnoma narxini bo‘lib chiqish – ishlarning har bir bosqichi va/yoki turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo‘yicha ob’ektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.
II. Shartnoma mavzusi
2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga Amalga oshirilish lozim bo‘lgan loyiha nomida ko‘zda tutilgan ob’ektni foydalanishga tayyor holda qurish bo‘yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
III. Shartnoma bo‘yicha ishlar qiymati
3. Mazkur shartnoma bo‘yicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining Tender komissiyasining qarori sanasidagi qarori va Tender komissiyasi qarori raqami-son bayonnoma bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yig‘imlar va ajratmalarni o‘z ichiga olgan holda joriy narxlarda Shartnomaning umumiy qiymatini tashkil etadi.
4. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
qurilish qiymatini ko‘paytirishga yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo‘lganda;
ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan o‘zgartirilganda;
ob’ektning qurilishi bir yildan ortiqqa o‘zgartirilganda.
5. Qurilish muddati bir yildan ortiq bo‘lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Tegishli asoslar mavjud bo‘lganda, sanab o‘tilgan o‘zgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi o‘rtasidagi shartnomaga qo‘shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
IV. Pudratchining majburiyatlari
7. Mazkur shartnoma bo‘yicha Pudratchi mazkur shartnomaning II bo‘limida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga qilingan ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda o‘zining kuchlari va jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
Ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash;
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
Buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili to‘g‘risida xabardor qilish;
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, o‘tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo‘yicha zarur tadbirlar bajarilishini ta’minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o‘rnatish;
qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish;
mazkur shartnoma bo‘yicha ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini o‘ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo‘shatish;
qurilish maydoni qo‘riqlanishini ta’minlash;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
8. Pudratchi mazkur shartnoma bo‘yicha barcha ishlarning o‘z kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda ob’ektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida to‘liq mulkiy javob beradi.
Pudratchining boshqa majburiyatlari
V. Buyurtmachining majburiyatlari
9. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnoma ilovasiga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo‘lgan qurilish maydonini ob’ekt qurilishi va qurilish tugallangungacha bo‘lgan davrda dalolatnoma bo‘yicha Pudratchiga berish;
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni ta’minlash;
Pudratchining barcha murojaatlarini o‘n kun muddatda ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
moliyalashtirish jadvaliga binoan Pudratchiga mazkur shartnoma ilovasiga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida Pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ijro hujjatlari ro‘yxatini taqdim etish;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarish majburiyatini oladi.
Buyurtmachining boshqa majburiyatlari
VI. Ishlarni bajarish muddatlari
10. Shartnoma:
milliy valyuta «so‘mda» o‘zaro hisob-kitob qilinganda – tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab;
keyinchalik valyutaga konvertatsiya qilgan holda m illiy valyutada «so‘mda» o‘zaro hisob-kitob qilinganda – shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans to‘lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
12. Tanlov savdolari natijasi bo‘yicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan e’tiboran Ob’ektni qurishga ketadigan muddatni tashkil etadi.
13. Mazkur shartnoma bo‘yicha ishlar ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. To‘lovlar va hisob-kitoblar
14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining Ishlarning umumiy qiymatidan kelib chiqib to‘lanadigan umumiy avans miqdori foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga Bir oyda to‘lanadigan avans miqdori foizdan) bo‘lgan holda avans o‘tkazadi, bu Umumiy avans summasi so‘mni tashkil etadi.
15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi.
16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq ob’ektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining Bajarilgan ishlarni moliyalashning umumiy summaga nisbatan maksimal foizi foizigacha doirasida amalga oshiriladi.
17. Ob’ektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan Ob’ekt qabul qilingandan keyin ikkinchi bosqichda to‘lanadigan pul mablag‘i miqdori foizi uchun Buyurtmachi va Pudratchi o‘rtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda;
ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab Ob’ekt qabul qilingandan keyin birinchi bosqichda to‘lanadigan miqdor oy mobaynida - ishlar qiymatining kamida Ob’ekt qabul qilingandan keyin ikkinchi bosqichda to‘lanadigan pul miqdori foizi miqdorida;
mazkur shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo‘lgandan keyin-ishlar qiymatining Kafolat muddati tugagandan so‘ng to‘lanadigan to‘lov miqdori foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi.
18. Pudratchi ob’ekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma bo‘yicha ob’ektga mulk huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ob’ekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar ob’ektning tasodifiy yo‘q qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida bo‘ladi.
19. Buyurtmachi mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashdan ozod qilinmaydi.
VIII. Ishlarni bajarish
20. Buyurtmachi qurilish maydonida o‘z vakilini – texnik auditorni tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davri mobaynida ishlarning barcha turlari bilan to‘siqsiz tanishish huquqiga egadir.
22. Pudratchi texnik auditorni ishlash uchun joy bilan ta’minlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan o‘tkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalarni hal qilish bo‘yicha yig‘ilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI bo‘limida ko‘rsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan o‘z rejasi va jadvaliga binoan ob’ektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
24. Pudratchi ob’ektda ishlarni olib borish tartibini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
25. Qurilish maydonida umumiy tartibni ta’minlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda qurilish maydonini belgilash bo‘yicha ishlarni bajarish va ob’ektni privyazka qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan ob’ektning to‘g‘ri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek balandlik belgilari, o‘lchamlari va bo‘lish o‘qlarining muvofiqligi to‘g‘ri joylashganligi uchun javob beradi.
Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan bo‘lish va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa, Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni o‘z hisobidan kiritadi.
29. Pudratchi geodeziya bo‘lish ishlarida o‘rnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarining joylashishi sxemalari va jadvallarini saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnoma bo‘yicha Buyurtmachiga beradi.
30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
31. Pudratchi o‘zi tomonidan qurilishda qo‘llaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va tizimlar sifati loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan spesifikatsiyalarga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq bo‘lishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega bo‘lishini kafolatlaydi.
32. Alohida mas’uliyatli konstruksiyalar va berkitiladigan ishlar tayyor bo‘lishiga qarab ularni qabul qilish boshlanishidan Ob’ektni topshirish haqida buyurtmachini xabardor qilish muddati Pudratchi Buyurtmachini va «Davarxitektqurilishnazorat» inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan mas’ul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning «Davarxitektqurilishnazorat» inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdig‘isiz bajarilgan bo‘lsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan bo‘lsa, yoki kechikib xabardor qilingan bo‘lsa, u holda uning talabi bo‘yicha Pudratchi Buyurtmachining ko‘rsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini o‘z hisobidan ochishga, so‘ngra esa uni tiklashga majburdir.
Pudratchi Buyurtmachining manfaatlariga jiddiy ta’sir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga ta’sir etmaganligini isbotlasa javobgar hisoblanmaydi.
36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa, u holda Pudratchi o‘z kuchlari bilan va qurilish qiymatini ko‘paytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini ta’minlash uchun kelishilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 34-bandining ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatlarda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga to‘laydi.
37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash ko‘cha polosasini, shu jumladan yo‘l uchastkalari va yo‘laklarni supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydondan qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan ko‘rsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallangungacha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarning borishi, Buyurtmachi va Pudratchining o‘zaro munosabatlarida ahamiyatga ega bo‘lgan hollar va holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom bo‘lishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi, o‘tkazilgan sinovlar, materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi bilan bog‘liq to‘xtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qurilishni tugallashning uzil-kesil muddatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlar) aks ettiriladi.
Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o‘z fikrini bayon qiladi.
Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko‘rsatilgan kamchiliklarni Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
IX. Ishlarni qo‘riqlash
39. Pudratchi ishlar boshlanishidan qurilish tugallangungacha va qurilishi tugallangan ob’ekt Buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingunga qadar chetlari to‘silgan qurilish maydoni hududida materiallar, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qo‘riqlanishini ta’minlaydi.
40. Tiklangan binolar va imoratlar, shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk ob’ekt qabul qilib olinganidan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.
X. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari
41. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir etsa, tomonlar bunday qisman yoki to‘liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
42. Agar yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan ko‘p vaqtga cho‘zilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar ko‘rilishini muhokama qiladilar.
43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
XI. Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish
44. Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda bo‘lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
45. Ob’ektlar ularning foydalanishga tayyorligi to‘g‘risida Pudratchining yozma bildirishnomasi Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab Buyurtmachi tomonidan ob’ektni qabul qilib olish muddati kun mobaynida qabul qilib olinadi.
46. Pudratchi qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish boshlanishidan 5 kun oldin mazkur shartnomaning V bo‘limiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilangan tarkibda ikki nusxada ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar to‘plami amalda bajarilgan ishlarga to‘liq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob’ekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.
XII. Kafolatlar
48. Pudratchi:
barcha ishlar to‘liq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
loyiha hujjatlariga hamda qurilish me’yorlari, qoidalari va texnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni bajarish sifatini;
o‘zi tomonidan qurilish uchun qo‘llaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan sertifikatsiyalarga, texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiqligini;
ishlarni qabul qilish va ob’ektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf qilishni;
ob’ektdan foydalanilganda muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
49. Ob’ekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolatli muddati tomonlar qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida 3 oy etib belgilanadi. Ob’ekt tomining kafolatli muddati kamida Ob’ektning tom qismining kafolat muddati oy etib belgilanadi.
50. Agar ob’ektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning o‘z hisobidan bartaraf etiladi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar Pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko‘rsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII bo‘limida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar ko‘rsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish «Davarxitektqurilishnazorat» organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilishini istisno etmaydi.
XIII. Shartnomani bekor qilish
52. Buyurtmachi:
shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Pudratchi tomonidan bir oydan ko‘p vaqtga kechiktirilganda;
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga ko‘paygan holda, Pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish me’yorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
53. Pudratchi:
ishlarning bajarilishi Pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yilganda;
Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qo‘shma qaroriga ko‘ra tugallanmagan qurilish bir oy muddatda Buyurtmachiga beriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga to‘laydi.
55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur bo‘lim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani to‘laydi.
57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi
58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:
ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlariga rioya qilmaganligi, o‘z vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Majburiyatlarni bajarmaganlik uchun Buyurtmachi tomonidan to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Penya to‘lanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga o‘zi tasdiqlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 0.4 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
61. Pudratchi ob’ektni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining Majburiyatlarni bajarmaganlik uchun Pudratchi tomonidan to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi ob’ekt shartnomaviy joriy qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining Pudratchi tomonidan to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining 50 foizdan oshmasligi kerak.
Penya to‘lash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar ko‘rsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish me’yorlari va qoidalariga, ish hujjatlariga muvofiq bo‘lmasa, u holda Buyurtmachi «Davarxitektqurilishnazorat» inspeksiyasining xulosasi asosida ob’ektni qabul qilish va uning uchun haq to‘lashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada bo‘lmagan ishlar qiymatining Pudratchi tomonidan to‘lanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima undirish huquqiga ega.
63. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yo‘qotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
64. Muddat o‘tkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya to‘lash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
XV. Nizolarni hal etish tartibi
65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo bo‘ladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
XVI. Alohida shartlar
66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli bo‘lgan tomonlar o‘rtasidagi barcha oldingi yozma va og‘zaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning o‘zaro kelishuvlari o‘z kuchini yo‘qotadi.
67. Pudratchi qurilish ob’ektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega bo‘lmaydi.
68. Mazkur shartnomaga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi.
69. Buyurtmachi bilan Pudratchi o‘rtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo bo‘lishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
70. Agar Pudratchi shartnoma bo‘yicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida o‘ziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga haq to‘lashni kechiktirishga haqlidir.
71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qo‘llaniladi.
72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan Shartnomaning nusxasi soni nusxada tuzildi.
XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
Buyurtmachi |
|
Pudratchi: |
Yuridik manzil:Buyurtmachining yuridik manzili |
|
Yuridik manzil: Pudratchining yuridik manzili |
Hisob-kitob raqami: Buyurtmachining hisob raqami |
|
Hisob-kitob raqami: Pudratchining hisob raqami |
Bank : Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
|
Bank kodi Pudratchining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
STIR: Buyurtmachining STIR raqami |
|
STIR: Pudratchining STIR raqami |
Telefon: Buyurtmachining telefon aloqa raqami |
|
Telefon: Pudratchining aloqa raqami |
Buyurtmachi vakili sifatida shartnoma tuzuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si _______
M.O‘.
|
|
Pudratchi vakili sifatida shartnoma tuzuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si ______
M.O‘.
|