O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risida ariza (notarial tartibda rasmiylashtirilgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida)

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Arizachi
Javobgar
Ariza mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

Arizachi: Arizachining manzilida yashovchi

 

Arizachi shaxsning F.I.O.si

Telefon: Arizachi tarafning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Arizachi tarafning elektron manzili

 

Javobgar:Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron manzili

Ariza mazmuni: Javobgarning F.I.O.sidan Javobgarga berilgan qarz miqdori ( raqam va so‘z bilan ko‘rsatilishi lozim) so‘m miqdoridagi notarial tartibda rasmiylashtirilgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida

 

ARIZA

(Notarial tartibda rasmiylashtirilgan qarzdorlikni undirish t to‘g‘risida)

 

Ish bo‘yicha javobgar Javobgarning F.I.O.si mening oldimga kelib qarz so‘radi. Shundan so‘ng men Javobgarga qarz berilgan sana kuni Qarz shartnomasini rasmiylashtirgan notarial idora nomi notarial idorasi tomonidan tasdiqlangan qarz shartnomasiga asosan javobgarga Javobgarga berilgan qarz miqdori ( raqam va so‘z bilan ko‘rsatilishi lozim) so‘m miqdorida qarz berdim.

Javobgar mendan olgan Javobgarga berilgan qarz miqdori ( raqam va so‘z bilan ko‘rsatilishi lozim) so‘m qarzini Javobgar qarzni qaytarishi lozim bo‘lgan sana kuniga qadar qaytarishi lozim lozim edi, shunday bo‘lsada javobgar qarzini qaytarmasdan kelayapti. Shu kunga qadar javobgarga bir necha bor qarzni qaytarishni so‘rab murojaat qildim, lekin javobgar turli xil bahonalar bilan qarzni qaytarmasdan kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 324-moddasiga ko‘ra, qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.

Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, — da’vo qo‘zg‘atilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.

Fuqarolik kodeksi 734-moddasida, agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi.

Agar qarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda foizlar to‘lanishi kerak.

Foizlar to‘lash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar to‘lash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bo‘lmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda to‘lanadi.

Fuqarolik kodeksining 735-moddasida esa qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu davrda javobgar qarzni qaytarmaganligi sababli Javobgar qarzni qaytarmaganligi sababli u to‘lashi so‘ralayotgan ustama (bank foizi) summasi so‘m miqdorida bank foizi ham undirish lozim deb hisoblayman.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324, 734-735 moddalariga asosan suddan,

 

So‘rayman:

 

Javobgarning F.I.O.sidan mening foydamga Javobgarga berilgan qarz miqdori ( raqam va so‘z bilan ko‘rsatilishi lozim) so‘m asosiy qarz hamda qarzni o‘z vaqtida qaytarmaganligi sababli Javobgar qarzni qaytarmaganligi sababli u to‘lashi so‘ralayotgan ustama (bank foizi) summasi so‘m miqdorida bank foizi undirib berishingizni.

Ilova qilingan hujjatlar:

Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

Arizachi Arizachi shaxsning F.I.O.si

_____________

 

Ariza berilgan sana

 

 

 

 

 

Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risida ariza (notarial tartibda rasmiylashtirilgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida)