O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Iqtisodiy sudga qayta ekspertiza tayinlash to‘g‘risida ariza

Hujjat tavsifi
Iltimosnoma rekvizitlari
Iltimosnoma beruvchi
Iltimosnoma mazmuni
  • Izoh: Sabablar to‘liq, aniq va asoslangan bo‘lishi lozim
  • Izoh: Iltimosnomaga ish holatiga oid, iltimosnomani asoslovchi barcha hujjatlar, iltimosnoma nusxasi taraflarga yuborilganligini, tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Iltimosnoma berilgan iqtisodiy sud nomi sudiga

 

Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

Manzil: Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxsning yuridik manzili

 

 

AR I Z A

Qayta (takroriy) ekspertiza tayinlash haqida

 

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Iltimosnoma berilgan iqtisodiy sud nomi sudi tomonidan da’vogar Ish bo‘yicha da’vogarning F.I.O.sining javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.siga nisbatan Da’vo ariza mazmuni to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilayotgan iqtisodiy ish ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur ish bo‘yicha Ekspertiza tayinlangan sana kuni Tayinlangan ekspertiza turi ekspertizasi tayinlangan. Mazkur ekspertiza Ekspertiza xulosasi berilgan sana kuni Ekspertiza xulosaning mazmuni to‘g‘risida xulosa bergan.

Men Iltimosnoma beruvchi ekspertiza xulosasini asossiz deb hisoblashining sabablari sabablarga ko‘ra mazkur xulosani asossiz deb hisoblayman.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual Kodeksining 80-86-moddalariga ko‘ra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.

Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.

Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.

Qayta ekspertiza o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual Kodeksining 80-86-moddalariga “Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qonunining 18-moddasiga asosan,

SO‘RAYMAN:

 

Mazkur iqtisodiy ish bo‘yicha qayta (takroriy) ekspertiza tayinlashingizni so‘rayman.

 

Ilova: Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

Iltimosnoma berilgan sana

Iqtisodiy sudga qayta ekspertiza tayinlash to‘g‘risida ariza