O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Uy-joydan majburiy tartibda chiqarish to‘g‘risida da’vo ariza

Hujjat tavsifi
Da’vo ariza rekvizitlari
Da’vogar
Javobgar
Da’vo ariza mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

Da’vogar: Da’vogarning manzilida yashovchi

 

Da’vogar shaxsning F.I.O.si

Telefon: Da’vogar tarafning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Da’vogar tarafning elektron pochta manzili

 

Javobgar: Javobgarlarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarlarning F.I.Sh.i

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron pochta manzili

Da’vo mazmuni: Javobgarlar Javobgarlarning F.I.Sh.ilarni uy-joydan majburiy tartibda chiqarish to‘g‘risida

 

 

 

DA’VO ARIZA

 

Men yuqorida ko‘rsatilgan uy-joyni Da’vogar javobgarlar noqonuniy ravishda yashab kelayotgan uyni sotib olgan sana kunidagi notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga asosan javobgarlar Javobgarlarning F.I.Sh.idan sotib olganman. Ushbu xonadon bo‘yicha menga egalik huquqini belgilangan va guvohnoma berilgan.

Shartnomaga ko‘ra, javobgarlar Javobgarlarning F.I.Sh.i bir oylik muddatda uy-joydan chiqib ketishlari va uyni men va oila a’zolarim yashashimiz uchun bo‘shatib berishi kerak edi. Biroq, ular hozirga qadar mening uyimda noqonuniy ravishda yashab, uyni bo‘shatib bermasdan kelmoqda.

Men javobgarlarga bir necha marta og‘zaki murojaat qilishimga qaramasdan, menga tegishli bo‘lgan uyni javobgarlar bo‘shatib bermasdan kelmoqda.

Ushbu fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasida ko‘rsatilgan uy-joy mulkdorining, ya’ni mening oila a’zolarim hisoblanmaydilar. Hozirgi kunda uy-joyga kirishim va ushbu uy-joydan foydalanishim uchun ular qarshilik qilib kelmoqda. Shuning uchun sudga berishga majbur bo‘ldim.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasida “mulk xuquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, xar qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish xuquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir” deb ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228-moddasiga asosan mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi talabiga ko‘ra, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Yuqoridagilarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asosan

 

SO‘RAYMAN:

1. Javobgarlar Javobgarlarning F.I.Sh.ilarni menga tegishli bo‘lgan Da’vogarning manzilidan majburiy tartibda chiqarish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishingizni.

 

Da’vo arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar:

Da’vo arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar nomi

 

 

Da’vogar shaxsning F.I.O.si

 

 

imzo

Ariza berilgan sana yil

 

 

 

Uy-joydan majburiy tartibda chiqarish to‘g‘risida da’vo ariza