O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish bitimi

Hujjat tavsifi
Bitim predmeti va tomonlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Xalq taʼlimining tuman (shahar) bo‘limi ko‘rsatiladi
  • (pasportning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani)
Tomonlarning yuridik manzillari va boshqa rekvizitlari
  • (Misol uchun: Samarqand viloyati, Samarqand shahar, A. Beruniy ko‘chasi 47 uy, 45-xonadon)
  • (seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)
  • (Vasiylik va homiylik organining bank raqami MFO ko‘rsatiladi)
  • (Vasiylik va homiylik organining STIR raqami ko‘rsatiladi)
Bitim rekvizitlari

Yuklab oling

Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisida

NAMUNAVIY BITIM

 

Bitim tuzilgan sana Bitim raqami-son Bitim tuzilgan hudud

 

Xalq taʼlimi bo‘limi nomidan nizom asosida faoliyat yurituvchi boʻlim mudiri Xalq taʼlimi bo‘limi nomidan nizom asosida faoliyat yurituvchi shaxsning F.I.O. (bundan buyon matnda Vasiylik va homiylik organi deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro(lar) Er-xotin yoki alohida fuqaroning F.I.O. Er-xotin yoki alohida fuqaroning yashash manzili Er-xotin yoki alohida fuqaroning pasport maʼlumotlari Oilaviy sharoitini qisqacha tavsifi (bundan buyon matnda Tutingan ota-onalar deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb yuritiladi, mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:

1-bob. Bitim predmetis

1. Vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan sanasida tugʻilgan Voyaga yetmagan shaxsning F.I.O.ning (bundan buyon matnda Tutingan bola deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlagan holda Tutingan ota-onalarga tarbiyalash uchun topshirish majburiyatini, Tutingan ota-onalar esa mazkur Bitim shartlariga asosan Tutingan bolaning barcha huquqlarini taʼminlagan holda tarbiyalash uchun oilaga qabul qilib olish majburiyatini oladi.

2-bob. Umumiy shartlar

2. Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) amaldagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Tutingan ota-onalar tomonidan Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllaridan biri hisoblanadi.

3-bob. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

4. Vasiylik va homiylik organi quyidagi huquqlarga ega:

a) mazkur Bitimning 16-bandida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda uni muddatidan oldin bekor qilish;

b) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida istalgan vaqtda bolaning sogʻligʻi, taʼlim-tarbiyasi va turmush sharoitini borib oʻrganish;

v) Tutingan ota-onalardan oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni qabul qilish;

g) Tutingan ota-onalar oʻz huquqlaridan gʻarazgoʻylik yoki boshqa niyatlarda, Tutingan bolaga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, uni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, ularni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzgʻatish;

d) mazkur Bitim boʻyicha kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudda ishtirok etish.

5. Vasiylik va homiylik organining majburiyatlari:

a) bir yilda kamida ikki marta Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini borib oʻrganish;

b) Tutingan ota-onalarni sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilash lozimligi haqida joriy yil tugashidan bir oy oldin ogohlantirish;

v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tutingan bolani har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash va Tutingan ota-onalarga har oyda nafaqa toʻlab borish choralarini koʻrish;

g) mazkur Bitim tuzilayotganda Tutingan ota-onalarga oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda ularga belgilangan tartibda har oylik nafaqa toʻlash tartiblarini tushuntirish.

6. Tutingan ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:

a) mazkur Bitimning 15-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda uni muddatidan oldin bekor qilish yuzasidan Vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish;

b) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) huquqlariga ega boʻlish;

v) Tutingan bola nomidan hamda uning manfaatlarini koʻzlab qonun hujjatlari talablariga zid boʻlmagan barcha zarur bitimlarni tuzish;

g) Tutingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlarni naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan olish;

d) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida har oylik nafaqa olish.

7. Tutingan ota-onalarning majburiyatlari:

a) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) majburiyatlarini bajarish;

b) qonuniy vakil sifatida Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, unga oʻz huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratib berish;

v) Tutingan bolani keyingi yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning 15-dekabrigacha Vasiylik va homiylik organiga buyurtma taqdim etish;

g) oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish;

d) Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobot bilan birga mazkur mahsulotlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) taqdim etish;

ye) oʻzining sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish.

8. Tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

4-bob. Tutingan bolani taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish

9. Tutingan bolani taʼminlash, tarbiyalash va uning taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Tutingan ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.

10. Tutingan bola tarbiyalanayotgan oiladagi bolalarning umumiy soni, oʻz bolalari va Tutingan bolalar bilan birgalikda, qoida tariqasida, 8 nafardan oshmasligi kerak.

11. Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalar har yili bir marta kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlanadi. Tutingan ota-onalarga Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi.

12. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning taʼminoti, unga taʼlim-tarbiya berish va uning sogʻligʻini saqlash boʻyicha tegishli davlat organlari va muassasalaridan huquqiy, metodik, diagnostika va maslahat yordami olishi mumkin. 

13. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning taʼlim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi.

14. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qiladi.

5-bob. Bitimni bekor qilish asoslari va oqibatlari

15. Bitim quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:

uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeining oʻzgarishi, Tutingan bola bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, Tutingan ota-ona tashabbusi bilan;

Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan;

Tutingan bola ota-onasiga qaytarilganda;

Tutingan bola farzandlikka olinganda.

16. Mazkur Bitim quyidagi hollarda Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

Tutingan ota-ona bundan keyin Tutingan ota-ona vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlsa;

Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini kuzatib borish jarayonida Tutingan ota-ona mazkur Bitim shartlariga rioya qilmayotganligi aniqlansa.

17. Mazkur Bitimni Tutingan ota-ona tashabbusi bilan bekor qilish ularning arizasi asosida uch kun ichida Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

18. Mazkur Bitimning 15-bandi uchinchi – beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Bitimni bekor qilish Tutingan ota-onalarni kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

19. Mazkur Bitim bekor qilingan kundan boshlab Tutingan ota-ona Tutingan bolaga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yoʻqotadi, Tutingan ota-ona orqali Tutingan bolani zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash hamda uning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun har oylik nafaqa toʻlash toʻxtatiladi. Bunda Tutingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilingan ashyolar Tutingan bolaning oʻzida qoldiriladi.

20. Mazkur Bitim uning 15-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilingan hollarda Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uni joylashtirish choralarini koʻradi.

6-bob. Nizolarni hal qilish

21. Tutingan ota-ona Vasiylik va homiylik organining mazkur Bitimni tuzish, ijro etish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.

22. Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

23. Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tutingan bola oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi.

24. Mazkur Bitimga qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan va/yoki Tomonlarning kelishuviga muvofiq yozma shaklda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bitimning qonun hujjatlari asosida belgilangan shartlari oʻzgartirilishi mumkin emas.

25. Mazkur Bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.

26. Mazkur Bitim ikki nusxada tuziladi, Vasiylik va homiylik organi hamda Tutingan ota-onalarda bir nusxadan saqlanadi.

 

8-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va boshqa rekvizitlari

 

Tutingan ota-onalar

Yashash manzili: Tutingan ota-onaning yashash manzili

Pasport maʼlumotlari: Tutingan ota-onaning pasport maʼlumotlari

Tutingan ota-onaning F.I.O.

 

 

 

 

___________________(imzo)

 

 

Vasiylik va homiylik organi

Yuridik manzili:Vasiylik va homiylik organining yuridik (joylashgan) manzili

Bank rekvizitlari: Vasiylik va homiylik organining bank rekvizitlari

MFO:Bank raqami

STIR: STIR raqami

Vasiylik va homiylik organining rahbarining F.I.O.

 

_____________________ (imzo, muhr)

 

 

Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish bitimi