O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Suv xo‘jaligi foydalanuvchi tashkilotlari hamda sanoat va energetika korxonalari o‘rtasidagi tuziladigan texnik suv yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Suv yetkazib beruvchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: raisi S.Karimov, direktori I. Alimov
“Suv isteʼmolchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: raisi S.Karimov, direktori I. Alimov
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

SUV XOʻJALIGI FOYDALANUVCHI TASHKILOTLARI HAMDA

SANOAT VA ENERGETIKA KORXONALARI OʻRTASIDAGI TUZILADIGAN

TEXNIK SUV YETKAZIB BERISH TOʻGʻRISIDA SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami -son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ushbu shartnoma “Suv yetkazib beruvchi” taraf (tashkilot) nomi irrigatsiya tizimi (magistral kanali) boshqarmasi nomidan boshqarma “Suv yetkazib beruvchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda – “Suv yetkazib beruvchi”) boshqarmaning amaldagi Nizomiga asosan bir tomondan, va “Suv isteʼmolchi” taraf (tashkilot)ning nomi korxonasi nomidan uning rahbari “Suv isteʼmolchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda – “Suv isteʼmolchisi”) ikkinchi tomondan oʻzaro texnik suv yetkazib berish boʻyicha tuzildi.

 

I. UMUMIY QOIDALAR

 

1.1. Taraflar texnik suv yetkazib berishda Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3672-sonli, 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5055-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 82-sonli, 2021-yil 17-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga doir ayrim qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 573-sonli hamda 2018-yil 12-dekabrdagi “Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1008-sonli qarorlari talablariga qatʼiy rioya qiladilar.

1.2. Irrigatsiya tizimida suv berish tartibi tizimning quyi qismidan boshlab, Suv isteʼmolchilarning talabnomasiga asosan oʻrnatiladi.

1.3. “Suv yetkazib beruvchi” mazkur shartnomaning ilovasida belgilangan miqdor va muddatlarda suvni “Suv isteʼmolchisi”ga yetkazib berishni, “Suv isteʼmolchisi” esa ushbu shartnoma shartlariga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.4. “Suv isteʼmolchisi”ga suv beriladigan joylar suvni boshqarish (darvoza) va uni oʻlchash (gidropost) vositalari bilan jihozlangan boʻlishi, ular esa taʼmirlangan, pasportlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan, kimning tasarrufida boʻlsa shu suv xoʻjaligi tashkiloti tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda gidropostlar attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi zarur.

 

II. SHARTNOMA PREDMETI

 

2.1. “Suv yetkazib beruvchi” tomonidan “Suv isteʼmolchisi”ga yetkazib beriladigan suvning miqdori, manbasi va muddatlari mazkur shartnomaning 1-ilovasida keltiriladi.

2.2. “Suv isteʼmolchi”si tomonidan “Suv yetkazib beruvchi”ga toʻlanadigan toʻlovlar miqdori va muddatlari mazkur shartnomaning 2-ilovasida keltiriladi.

 

III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. “Suv yetkazib beruvchi”ning huquqlari:

“Suv isteʼmolchisi” bilan tuzilgan qoʻshimcha kelishuvga asosan suv olish limitlariga oʻzgartirishlar kiritish (manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno);

manbalarda suv hajmi kamaygan yoki koʻpaygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori turuvchi tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish rejasining parametrlari oʻzgartirilmasdan, tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;

3.2. “Suv yetkazib beruvchi”ning majburiyatlari:

“Suv isteʼmolchisi”ga ushbu shartnomaning ilovasiga asosan tasdiqlangan suv isteʼmoli rejasiga koʻra ajratilgan suv olish limiti miqdorida oʻz vaqtida suv yetkazib berishni taʼminlaydi;

limit boʻyicha suvni roʻyxatga olingan quyidagi manbalardan ajratishni (berishni) amalga oshiradi:

tabiiy manbalar boʻyicha Ushbu shartnomaga ko‘ra tabiiy manbalar bo‘yicha ajratiladigan suv olish limiti miqdori

(suv olinadigan jilgʻa, daryo, soy va boshqalar hamda yer osti suvi manbasi nomlari, suv berish inshootlari nomlari, ularning joylashgan joyi, suv olish uchun oʻrnatilgan nasoslar nomi)

sunʼiy manbalar boʻyicha Ushbu shartnomaga ko‘ra sunʼiy manbalar bo‘yicha ajratiladigan suv olish limiti miqdori

(suv olinadigan ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar nomlari, suv berish inshootlari nomlari, ularning joylashgan joyi, nasoslar nomi)

“Suv isteʼmolchisi”ning suv olish joylaridagi suv inshootlarini suvni oʻlchash vositalari bilan jihozlaydi va ularni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;

manbada suv kamaygan yoki koʻpaygan hollarda, yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) yuz berganda hamda yuqori turuvchi suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkiloti tomonidan limitlarga oʻzgartirishlar kiritilganda “Suv isteʼmolchisi”ni yozma ravishda (avariya holatlarida – telefon orqali) xabardor qiladi;

manbada suv kamaygan taqdirda suvdan navbatlab foydalanish va suvni iqtisod qilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni koʻradi;

har kuni soat 7:00 va 19:00larda “Suv isteʼmolchisi”ning vakolatli shaxsi bilan suv beriladigan joylarda suvning hisobini yuritadi hamda har oʻn kunda oʻzaro dalolatnoma rasmiylashtiradi.

“Suv isteʼmolchisi”ga berilgan suv resurslaridan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan boshqa shartlarga asosan hamda sugʻorish tarmoqlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar beradi.

“Suv yetkazib beruvchi” qonunchilik hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.

3.3. “Suv isteʼmolchisi”ning huquqlari:

tasdiqlangan suvdan foydalanish rejasi asosida “Suv yetkazib beruvchi”dan suv berishni talab qilish;

suv olishga zarurat boʻlmaganda yoki suv olishga tayyor boʻlmaganda suv olishdan voz kechish yoki uni “Suv yetkazib beruvchi” bilan kelishgan holda boshqa muddatga koʻchirish;

“Suv yetkazib beruvchi”dan suv olish joylarida oʻrnatilgan suv oʻlchash vositalarining (gidropostlarning) attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni talab qilish, vositalarning ishlashiga shubha paydo boʻlganda “Suv yetkazib beruvchi”dan navbatdan tashqari qoʻshimcha oʻlchov oʻtkazilishini talab qilish va ushbu oʻlchov jarayoniga, haqqoniylikni taʼminlash maqsadida, boshqa mutaxassislarni jalb etish;

“Suv yetkazib beruvchi”dan manba boʻyicha suv xoʻjaligi holati va taʼminot darajasi toʻgʻrisidagi axborotlarni olish;

manbadagi suv resurslaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida takliflar kiritish;

berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;

suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;

manbaning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda, suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish.

“Suv isteʼmolchisi” qonunchilik hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

3.4. “Suv isteʼmolchisi”ning majburiyatlari:

ajratilgan suv limitidan suvdan foydalanish rejasida belgilangan maqsadlarda samarali foydalanishni, ekin maydonlaridan va sugʻorish tarmoqlaridan suvni behuda tashlab yuborishga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlaydi;

suv obyektlaridan, ular qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan boʻlsa, faqat shu maqsadlarda foydalanadi;

suv bilan taʼminlash boʻyicha xizmat koʻrsatadigan hududida joylashgan suv isteʼmolchilarining meʼyor boʻyicha suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi;

“Suv yetkazib beruvchi” tomonidan oʻziga ajratilgan suv limiti doirasida suv bilan taʼminlash boʻyicha xizmat koʻrsatadigan hududidagi suv isteʼmolchilariga suv limitlarini belgilaydi;

suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda foydalaniladigan sugʻorish tarmoqlari va boshqa suv obyektlari, ulardagi suv taqsimlash inshootlari, suv oʻlchash vositalaridan ehtiyotkorona va oqilona foydalanadi hamda ularni oʻz vaqtida taʼmirlaydi;

“Suv yetkazib beruvchi”dan suv olish uchun, tasdiqlangan suvdan foydalanish rejasiga asosan oʻn kun oldin yozma talabnoma rasmiylashtirib, “Suv yetkazib beruvchi”ga taqdim etib boradi;

har kuni soat 7:00 va 19:00larda “Suv yetkazib beruvchi”ning vakolatli mutaxassisi bilan kundalik suvning hisobini yuritib, suvdan qanday maqsadlarda foydalanilayotganligi toʻgʻrisida “Suv yetkazib beruvchi”ga maʼlumot taqdim etib boradi hamda har 10 kunda oʻzaro dalolatnoma tuzadi;

olingan suvni iqtisod qiluvchi ilgʻor tajribalarni va texnologiyalarni joriy qilish ishlarini kengaytiradi, suvning samaradorligini oshirish choralarini koʻrib boradi;

yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) yuz berganda, “Suv yetkazib beruvchi”ning soʻrovi bilan bunday holatlarning oqibatlarini bartaraf etishda texnika va ishchi kuchi bilan ishtirok etishni tashkil etadi;

“Suv isteʼmolchisi” qonunchilik hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.

 

IV. SHARTNOMA BAJARILISHI

 

4.1. Suv obyektlaridan suv olish faqat “Suv isteʼmolchisi”ning yozma buyurtmanomalari boʻyicha uning suvdan foydalanish va suv isteʼmoliga tayyorligiga koʻra, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.

4.2. Suv resurslarini olish yuzasidan buyurtmanomalar “Suv isteʼmolchisi” tomonidan “Suv yetkazib beruvchi”ga, suv olish boshlanishidan oʻn kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek, olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni isteʼmol qilishning maqsadi koʻrsatilgan holda beriladi.

4.3. Suv manbaidan suv olish uchun, buyurtmanomada koʻrsatilgan suv resurslari miqdori tasdiqlangan suv olish limitidan va hisob-kitob meʼyoridan ortiq boʻlmasligi kerak.

4.4. Suv resurslarini olish hajmini kamaytirish yoki toʻxtatish zarur boʻlgan taqdirda, “Suv isteʼmolchisi” bu toʻgʻrida “Suv yetkazib beruvchi”ga yozma ravishda (avariya holatlarida – telefon orqali) xabar qilishi kerak.

4.5. “Suv isteʼmolchisi”ga suv beriladigan joylar suvni boshqarish (darvoza) va uni oʻlchash (gidropost) inshootlari bilan jihozlangan, ular esa taʼmirlangan, pasportlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan, kimning tasarrufida boʻlsa, shu suv xoʻjaligi tashkiloti tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan, gidropostlar attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.

4.6. Suvning hisobi “Suv yetkazib beruvchi” hamda “Suv isteʼmolchisi”ning vakolatli mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

4.7. “Suv isteʼmolchisi” har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun toʻlovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xoʻjaligi tashkilotlarining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazib beradi.

V. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. “Suv yetkazib beruvchi” shartnomada koʻrsatilgan texnik suvni yetkazib bergandan soʻng, “Suv isteʼmolchisi” har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun toʻlovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun “Suv isteʼmolchisi”, oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.

Shuningdek,  taraflar tomonidan ushbu shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizom” hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

VI. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

6.1. Ushbu shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar qonunchilik hujjatlari belgilangan tartibda tegishli iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

VI. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

6.1. Ushbu shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar qonunchilik hujjatlari belgilangan tartibda tegishli iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

VII. FORS-MAJOR

 

7.1. Taraflardan biri shartnomani fors-major holatlar, yaʼni yengib boʻlmaydigan kuch (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) tufayli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.

7.2. Ushbu shartnoma shartlarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi toʻgʻrisida taraflar zudlik bilan bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

7.3. Agar fors-major holati shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

VIII. YAKUNIY QOIDALAR

 

8.1. Ushbu shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, tegishli suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkiloti tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng kuchga kiradi hamda Shartnomani amal qilish muddati tugaydigan kun gacha amal qiladi.

8.2. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 3 nusxada tuziladi hamda ilovalari shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

8.3. Mazkur shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilish taraflar oʻrtasida tuziladigan qoʻshimcha kelishuv asosida amalga oshiriladi. Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

IX.TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

“Suv yetkazib beruvchi” taraf (tashkilot) nomi

 

“Suv isteʼmolchi” taraf (tashkilot)ning nomi

Manzil: “Suv yetkazib beruvchi” tarafning manzili

 

Manzil: “Suv isteʼmolchi” taraf manzili

Bank “Suv yetkazib beruvchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: “Suv isteʼmolchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: “Suv yetkazib beruvchi” tarafning hisob raqami

 

H/R: “Suv isteʼmolchi” tarafning hisob raqami

STIR: “Suv yetkazib beruvchi” tarafning STIR raqami

 

STIR: “Suv isteʼmolchi” tarafning STIR raqami

Telefon: “Suv yetkazib beruvchi” tarafning telefon raqami

 

Telefon: “Suv isteʼmolchi” tarafning telefon raqami

“Suv yetkazib beruvchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

 

“Suv isteʼmolchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

_________________

 

 

_________________

 

 

 

Huquqshunos xulosasi: Huquqshunos xulosasining mazmuni

 

_______________Huquqshunosning F.I.O.si

 

 

 

Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqarma nomi boshqarmasi tomonidan Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana kuni Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqam-son raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazildi.

 

Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqarma nomi boshqarmasi boshligʻining suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari

 

 

 

Suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosarning F.I.Osi

___________

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Suv xo‘jaligi foydalanuvchi tashkilotlari hamda sanoat va energetika korxonalari o‘rtasidagi tuziladigan texnik suv yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma