O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Muayyan muddatga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq

Hujjat tavsifi
Buyruq rekvizitlari
Taraflar

Yuklab oling

BUYRUQ

Buyruq qabul qilingan sana

Buyruq raqami

Buyruq qabul qilingan joy

 

Muayyan muddatga ishga qabul qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-moddasida quyidagi hollarda xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yiladi:

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi o‘zida saqlanib qoladigan, yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun;

vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish vaqti uchun;

tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun;

ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlarni (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlar), shuningdek ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmini oldindan ma’lum bo‘lgan vaqtinchalik (bir yilgacha) kengaytirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun;

ta’sis hujjatlariga binoan oldindan belgilangan muddatga tashkil etilgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan;

ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda muddatli xususiyatga ega bo‘lgan, oldindan belgilangan ishlarni bajarish uchun qabul qilinadigan shaxslar bilan;

ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani o‘tash uchun;

mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ishlarga yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan;

muqobil xizmatni o‘tash uchun yuborilgan fuqarolar bilan;

O‘zbekiston Respublikasiga uning hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan tuziladi.

Muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunga muvofiq o‘zga hollarda ham tuzilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111–113-moddalariga muvofiq, 

 

BUYURAMAN

1. Xodimning F.I.O si - Tashkilot nomiga Xodimning lavozimiga muayyan muddatga, ya’ni, Ishning boshlanish sanasidan Ishning tugash sanasiga qadar ishga qabul qilinsin.

 

2. Xodimga ish haqi to‘lovlari mehnat shartnomasiga muvofiq ishbay asosda to‘lanishi belgilab qo‘yilsin.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 127, 492-moddalari, Xodimning F.I.O si bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi.

 

Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi

_________________

Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si

(imzo)

 

 

 

Muayyan muddatga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq