BUYRUQ
Buyruq qabul qilingan sana |
Buyruq raqami |
Buyruq qabul qilingan joy |
Mutaxassis sifatida yuborish to‘g‘risida
Mehnat kodeksining 282-moddasi. Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli to‘lovlar
Ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda quyidagi hollarda ozod etishi shart:
saylov huquqini amalga oshirayotganda;
deputatlik vazifalarini, shuningdek o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining vazifalarini bajarayotganda;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etayotganda;
harbiy majburiyatlarni bajarayotganda;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida chaqirilganda;
sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etayotganda;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etganda;
xodim davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab harakatlarni amalga oshirganda (avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, shuningdek boshqa hollarda);
O‘zbekiston Respublikasi qonunida yoki Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasiga muvofiq,
BUYURAMAN
1. Huquqni muhofaza qiluvchi organning nomining Huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan chiqarilgan xat sanasidagi “Mutaxassis jalb qilish haqida”gi xatini inobatga olib, Mutaxassis sifatida yuborilayotgan xodimning F.I.O.si Xodimning lavozimi Huquqni muhofaza qiluvchi organning nomiga mutaxassis sifatida yuborilsin.
Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi |
_______________ |
Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si |
(imzo)
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasi, Huquqni muhofaza qiluvchi organning nomining talabnoma xati.