Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlarni investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida berish boʻyicha
IJARA SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Kelgusida “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Ijaraga beruvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Ijaraga beruvchi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va kelgusida “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Ijaraga oluvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi Ijaraga oluvchi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi: |
I. Shartnomaning mavzusi
1. Ijaraga beruvchi Ijaraga beriladigan yer topshiriladigan sana dan Ijara muddati yil muddatga Ijaraga berilayotgan yerning manzili da joylashgan Ijaraga berilayotgan yerning maydoni hajmi gektar yer uchastkasini ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi.
Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan xaritada koʻrsatilgan.
II. Ijara haqi
2. Yer uchun ijara haqi yer soligʻi tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha va muddatlarda toʻlanadi.
3. Yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari
4. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda, belgilangan almashlab ekishlarga muvofiq foydalanilishi kerak.
10. Ichki xoʻjalik obyektlari qurishda va keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yer uchastkalari ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablagʻlari hisobiga qayta madaniylashtiriladi.
IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
5. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni Ijaraga oluvchidan talab qilish;
yer uchastkasining kuchsizlanganligi darajasini aniqlash.
Ijaraga beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini taʼminlash;
yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda Ijaraga oluvchining koʻrgan zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini toʻlash;
qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni sugʻorish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini taʼminlash;
Ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.
Ijaraga beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
7. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda taʼsis hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda ish yuritish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxt koʻchatlariga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga uchinchi shaxslarga berish huquqisiz ikkilamchi ijaraga berish;
yer uchastkasida mavjud boʻlgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
sugʻorish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
yerlar olib qoʻyilgan taqdirda oʻziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani Ijaraga beruvchidan belgilangan tartibda talab qilish.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
8. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 2-bandiga muvofiq saqlash;
yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik.
ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
belgilangan shakllardagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda toʻlash;
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini (uch yil ichidagi oʻrtacha yillik hisobda) yerlarning normativdagi kadastr bahosidan past boʻlmagan darajada boʻlishini taʼminlash;
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquq (servitut)laridan foydalanishini taʼminlash;
ochiq elektron tanlovda jamgʻargan ballari boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish.
Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasinioʻzgartirish va bekor qilish
9. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Yer uchastkalari ijaraga berish (shu jumladan ikkilamchi ijara) shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi barcha hujjatlar faqat qishloq xoʻjaligi ekinlari yigʻishtirib boʻlingan muddatda rasmiylashtiriladi.
10. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda:
yuridik shaxs tugatilganda, shu jumladan, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq u iqtisodiy nochor boʻlgan taqdirda tugatilganda;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
ochiq elektron tanlovda jamgʻargan ballari boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganda;
yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda;
qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilmaganda;
samarasiz foydalanilganda, yaʼni Ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil ichida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;
yerlarning ekologik holati ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;
yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlariga yoʻl qoʻyilganda, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonun hujjatlar talablariga zid ravishda qurilishni toʻxtatib turish boʻyicha choralari koʻrilmaganda;
agar ijaraga oluvchi yer uchastkasi olingan paytdan boshlab bir yil ichida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmasa bekor qilinishi mumkin.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi oʻlchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi shart.
Shartnoma amaldagi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
VII. Tomonlarning javobgarligi
11. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
12. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday qonun buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.
13. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish moʻljali toʻgʻrisida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda moʻljallanayotgan bekor qilish sanasidan olti oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
VIII. Nizolarni hal etish
14. Ijara shartnomasi shartlarining oʻzgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va toʻxtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tomonlarning biri shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda ikkinchisining talabiga koʻra ijara shartnomasi tegishli sudning qarori bilan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo boʻladigan nizolar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
TARAFLARNING REKVIZITLARI
IJARAGA BERUVCHI: Yuridik manzili: Ijaraga beruvchining yuridik manzili H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami Bank kodi: Ijaraga beruvchining bank kodi STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami Ijaraga beruvchining telefon raqami |
IJARAGA OLUVCHI: Yuridik manzili: Ijaraga oluvchining yuridik manzili H/R: Ijaraga oluvchining hisob raqami Bank kodi: Ijraga oluvchining bank kodi STIR: Ijaraga oluvchining STIR raqami Ijaraga oluvchining telefon raqami |