O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilish toʻgʻrisida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINIXARID QILISH TOʻGʻRISIDA SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Yetkazib beruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Yetkazib beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi bir tomondan va Sotib oluvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Sotib oluvchi” deb yuritiladi) nomidan Sotib oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Sotib oluvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani kuyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

Yetkazib beruvchi tovarni yetishtirish (ishlab chiqarish, Sotib oluvchi esa, ushbu tovarni qabul qilib olish va mazkur shartnoma shartlari asosida haqini toʻlash majburiyatini oladi.

Mazkur yetkazib berish shartnomasining narsasini (predmetini) quyidagi tovarlar tashkil etadi:

Mazkur yetkazib berish shartnomasining narsasi nomi

KAFOLAT MUDDATI

Yetkazib beruvchi yetkazib berilayotgan tovarlarning sifatiga kafolat beradi.

Tovarni qabul qilish, shuningdek kafolat muddati davomida qayta ishlash jarayonida uning mazkur shartnoma shartlariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, Yetkazib beruvchining vakili chaqirtirilishi shart.

 

YETKAZIB BERISH MUDDATLARI, TARTIBI VA SHARTLARI

Tovarni yetkazib berish taraflar kelishgan joyda Yetkazib beruvchi tomonidan Sotib oluvchiga Tovarni yetkazib berish tartibi yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Yetkazib beruvchi har bir turkum tovarni muddatidan oldin, bu haqda Sotib oluvchini tovarni joʻnatishdan oldin yozma ravishda xabador qilgan holda yetkazib berishga haqli.

Tovarning tasodifan nobud boʻlishi yoki shikastlanishi xavfi Yetkazib beruvchida.

BAHO

4.1. Tovarning bahosi Tovarning bahosi soʻmni tashkil qiladi.

4.2.Sotib oluvchi toʻlovni amalga oshirganligi haqida Yetkazib beruvchini xabardor qilishi shart.

TARAFLARNING MAJBURIYATLARI

Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni toʻliq yetkazib bermagan Yetkazib beruvchi yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini ushbu shartnoma amal kilish muddati doirasidagi keyingi davrlarda toʻldirishi lozim.

Tovarni yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, Sotib oluvchi bu haqda Yetkazib beruvchini xabardor qilgan holda tovarni qabul qilishni rad etishga haqli. Yetkazib beruvchi bildirish xatini olguncha yetkazib berilgan tovarlarni Sotib oluvchi qabul qilishi va ularning haqini toʻlashi lozim.

Bir nomdagi tovarlarni shartnomada nazarda tutilgandan koʻproq miqdorda yetkazib berish shu assortimentga kiradigan boshqa nomdagi toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻldirish sifatida taraflarning yozma kelishuvi boʻlmasdan turib hisobga olinmaydi.

Tovar sifati va assortimenti jihatidan ushbu shartnoma bilan belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, Sotib oluvchi tomonidan koʻzdan kechirilishi va qabul qilinishi lozim.

Sotib oluvchi qonunchilik hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan asoslarsiz Yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda, Yetkazib beruvchi Sotib oluvchidan tovar turkumining haqini rad etilgan (qabul qilishdan bosh tortilgan) paytdagi mavjud baho boʻyicha toʻlashini talab qilishga haqli.

Yetkazib beruvchi tovarlarni ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan yoki Sotib oluvchining lozim darajada sifatli boʻlmagan tovarlarni almashtirish toʻgʻrisidagi talablarini bajarmagan taqdirda, Sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan olib, ularni olish bilan bogʻliq barcha zarur xarajatlarni Yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.

JOʻNATISH VA TASHISH

Tovarni ortish (tushirish) majburiyati Tovarni ortish (tushirish) majburiyatini bajaruvchi tarafga yuklatiladi. Agar ikkinchi taraf ushbu ishni bajargan boʻlsa, birinchi taraf oʻzaro kelishuvga muvofiq unga bajarilgan ishlar qiymatini qoplashi shart.

Yetkazib beruvchi tovar joʻnatilganligi toʻgʻrisida Sotib oluvchini xabardor qilishi shart.

TOVARNI TOPSHIRISH

Tovarni topshirish (topshirish-qabul qilish)Tovarni topshirish (topshirish – qabul kilish) tartibida amalga oshiriladi.

Sotib oluvchining tovar haqini toʻlash yuzasidan majburiyatlarini bajarish sanasi hisob-kitob hujjatida bank muassasasining toʻrtburchak tamgʻasida koʻrsatilgan sana hisoblanadi.

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

Ushbu shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddatigacha amal kiladi.

Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 5 kun qolganda taraflardan birortasi ham uni oʻzgartirish yoki bekor qilish istagini bildirmasa, ushbu shartnomaning amal qilish muddati 1 yil muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Ushbu shartnoma shartlarini buzganlik uchun aybdor taraf amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda buning natijasida yetkazilgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani ikkinchi tarafga toʻlaydi.

Yetkazib beruvchi tovarning sifati va navi pastligi uchun quyidagi tartibda javobgardir:

bunday tovarni sifati lozim darajada boʻlgan tovarga almashtirish;

bozor sharoitida shunday tovarga mos keladigan darajaga mutanosib miqdorda tovarning bahosini kamaytirish.

Ushbu shartnoma bilan nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

USHBU SHARTNOMA BYICHA MAJBURIYATLARNI TAʼMINLASH

Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga sarflangan mablagʻlarni qaytarish va fyuchers kontraktlari boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash usullari quyidagilar hisoblanadi:

Yetkazib beruvchining tez sotiluvchi mol-mulkini

garovga qoʻyish shartnomasi;

“Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta tashkiloti bilan tuzilgan sugʻurta shartnomasi;

Boshqa hollarda.

 

NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

USHBU SHARTNOMA SHARTLARINI ZGARTIRISH

Ushbu shartnomaning shartlari taraflarning uzaro roziligi bilan yozma hujjatni tuzish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Taraflardan hech biri ushbu shartnoma boʻyicha oʻzining huquqlarini ikkinchi tarafning roziligisiz uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas.

BOSHQA SHARTLAR

Ushbu shartnoma ikki asl nusxada tuzilgan boʻlib, taraflarga bir nusxadan tegishlidir.

Ushbu shartnoma imzolangandan keyin u boʻyicha barcha dastlabki muzokaralar, yozishmalar, dastlabki kelishuvlar, bayonnomalar va u yoki bu tarzda ushbu shartnomaga aloqador boʻlgan hujjatlar oʻzining yuridik kuchini yoʻqotadi.

FORS-MAJOR

Taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati boʻlmagan holatlar (yengib boʻlmas kuch) oqibatida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflardan birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar emasdir.

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

YETKAZIB BERUVCHI:

Yuridik manzili: Yetkazib beruvchining yuridik manzili

H/R: Yetkazib beruvchining hisob raqami

Bank kodi Yetkazib beruvchining bank kodi

STIR: Yetkazib beruvchining STIR raqami

Yetkazib beruvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

SOTIB OLUVCHI:

Yuridik manzili: Sotib oluvchining yuridik manzili

H/R Sotib oluvchining hisob raqami

Bank kodi Sotib oluvchining bank kodi

STIR: Sotib oluvchining STIR raqami

Sotib oluvchining telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilish toʻgʻrisida shartnoma