O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Moddiy texnik resurslarini yetkazib berish shartnomasiUZOZRU

Hujjat tavsifi
Саволлар
Shartnoma rekvizitlari
Xo‘jalik
Yetkazib beruvchi
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 0,5 % dan oshmasligi lozim.
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 50 % dan oshmasligi lozim.
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 0,5 % dan oshmasligi lozim.
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 50 % dan oshmasligi lozim.

Yuklab oling

SHARTNOMA

(Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish toʻgʻrisida)

Shartnoma tuzilgan joy

 

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan vaqt

 

 

asosida faoliyat koʻrsatuvchi, Xo‘jalikning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Xo‘jalik rahbarining lavozimi Xo‘jalik rahbarining F.I.Oorqali bir tomondan (keyingi oʻrinlarda “Xoʻjalik” deb yuritiladi) bir tomondan va

asosida faoliyat koʻrsatuvchi, Yetkazib beruvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Yetkazib beruvchi rahbarining lavozimi Yetkazib beruvchi rahbarining F.I.Oorqali bir tomondan (keyingi oʻrinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka Yetkazib beriladigan moddiy texnika resurslarining nomi va rusumi (keyingi oʻrinlarda - “Moddiy-texnika resurslari” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xoʻjalik” esa ularni qabul qilish va qiymatini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

“Moddiy-texnika resurslari”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:

“Yetkazib beruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;

“Moddiy-texnika resurslari” “Xoʻjalik”ning hisobidan transportda tashilganda “Yetkazib beruvchi”dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;

“Yetkazib beruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat va assortimentdagi “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishini talab qilish;

zarur sifatga ega boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmagan taqdirda oʻz tanlashiga koʻra:

zarur sifatga ega boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” shunga oʻxshash “Moddiy-texnika resurslari” bilan almashtirilishini;

kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xoʻjalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplashni;

bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;

mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Yetkazib beruvchi”dan talab qilish.

Xo‘jalikning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlari

2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:

oʻz buyurtmanomasi boʻyicha yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;

“Moddiy-texnika resurslari”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan narx boʻyicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari uchun haq to‘lash muddatikun mobaynida haq toʻlash.

Xo‘jalikning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa majburiyatlari

2.3. “Yetkazib beruvchi”ning huquqlari:

Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oldindan haq toʻlanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xoʻjalikdan talab qilish;

berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.

Yetkazib beruvchining shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlari

2.4. “Yetkazib beruvchi”ning majburiyatlari:

“Xoʻjalik”ka “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;

agar “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish jarayonida “Yetkazib beruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Xoʻjalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni Yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslarida aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati kun muddatda tekin tuzatib berish.

Yetkazib beruvchining shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa majburiyatlari

 

III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi

3.1. Mazkur shartnomaning bahosi Shartnomaning umumiy qiymati soʻmni tashkil etadi. Yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada koʻrsatilgan.

3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlarni “Yetkazib beruvchi” koʻtaradi.

Mahsulot “Xoʻjalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Yetkazib beruvchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham oʻz ichiga olgan holda amaldagi massa boʻyicha).

3.3. “Xoʻjalik” yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari” summasining Yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari uchun oldindan to‘lanadigan summa (foiz)foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin Moddiy-texnika resurslari uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasining uzil-kesil hisob-kitob qilinishi muddati kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.

3.4. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun naqd pul yoʻli bilan hisob-kitob qilinadi.

 

IV. Shartnomaning bajarilishi

4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.

Agar tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.

4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.

4.3. “Moddiy-texnika resurslari” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.

4.4. “Xoʻjalik”ning roziligi bilan “Moddiy-texnika resurslari” muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va “Xoʻjalik” tomonidan qabul qilingan “Moddiy-texnika resurslari” uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak boʻlgan “Moddiy-texnika resurslari” hisobiga haq toʻlanadi va ular hisobiga oʻtkaziladi.

4.5. “Xoʻjalik” muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilishni rad etishga haqli.

4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari”ning oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish “Xoʻjalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.

4.7. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” bevosita “Xoʻjalik”ning masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” miqdori, ularning sifati koʻrsatiladi.

4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik”ning buyurtmanomasida koʻrsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada koʻrsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi.

 

V. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadval boʻyicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlaydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar oʻrtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.

5.2. Agar yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining Yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslariining sifati, assortimenti shartnomada belgilanganidan farq qilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima foizifoizi miqdorida jarima toʻlaydi.

5.3. “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmagan taqdirda “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun bir kunda to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun jami to‘lanadigan penya miqdorifoizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.

5.4. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmaganda “Xoʻjalik” “Yetkazib beruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Moddiy-texnika resurslari uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun to‘lanadigan bir kunlik penya miqdori. foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bu kechiktirilgan toʻlov summasining Moddiy-texnika resurslari haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undiriladigan penyaning umumiy miqdori foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.

5.5. “Xoʻjalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xoʻjalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Yetkazib beruvchi”ning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.

“Yetkazib beruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Yetkazib beruvchi” tomonidan qoplanadi.

5.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

VI. Nizolarni hal etish tartibi

6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita Nizolarni hal qilish bo‘yicha sud nomi (murojaat uchun)sudiga murojaat qilishga haqlidir.

VII. Shartnomaning amal qilishi

7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.

7.2. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.

VIII. Yakuniy qoidalar

8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.

8.4. Mazkur shartnoma, unga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) “Xoʻjalik” joylashgan joy boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.

 

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:

 

Xoʻjalik:

Xo‘jalikning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Xo‘jalikning manzili

Xo‘jalikning hisob raqami

Xo‘jalikning STIR raqami

Xo‘jalikning MFO raqami

Yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslarida aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati

Xo‘jalikning OKED raqami

Xo‘jalik rahbarining lavozimi

 

Yetkazib beruvchi:

Yetkazib beruvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Yetkazib beruvchining manzili

Yetkazib beruvchining hisob raqami

Yetkazib beruvchining STIR raqami

Yetkazib beruvchining MFO raqami Yetkazib beruvchining OKED raqami

Yetkazib beruvchi rahbarining lavozimi

 

 

Moddiy texnik resurslarini yetkazib berish shartnomasiUZOZRU