O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Bank hisobvarag‘i shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Mijoz bo‘yicha maʼlumotlar
Bank bo‘yicha maʼlumotlar
Shartnoma mazmuni:

Yuklab oling

BANK HISOBVARAGʻI SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

 

Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli tomonidan Bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sana kuni berilgan Bank boshqaruvchisiga berilgan ishonchnoma raqami-son ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda -“Bank”) bir tomondan va Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi Mijoz tashkilot nomidan ish olib boruvchi vakilning F.I.O.si (keyinchalik matnda - “Mijoz”), birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar Bank hisobvaragʻi shartnomasini (keyinchalik matnda – Shartnoma)quyidagilar haqida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Mazkur Shartnoma Mijozning arizasiga koʻra bank hisobvaragʻini (keyinchalik matnda hisobvaraq”)ochish,hisobvaraqqa tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish,Mijozning toʻlov hujjatlariga asosan hisobvaraqdan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish va toʻlash,masofaviy xizmatlar dasturiy majmualari orqali elektron bank xizmatlarini koʻrsatish,kassa xizmatlarini koʻrsatish hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa amaliyotlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

1.2. Bankning masofaviy bank xizmat koʻrsatish tizimlari mijozga oʻz hisobvaraqlarining xolati va pul aylanmasi xaqida maʼlumot olish, elektron toʻlov topshiriqnomalarini oʻtkazish, dastur imkoniyati doirasida bank xizmatlari xaqida maʼlumotlarni olish imkoniyatini beradi.

1.3. Bank tomonidan koʻrsatiladigan kreditlash, faktoring, moliyaviy lizing, qimmatli qogʻozlarni xarid qilish-sotish, qimmatli qogʻozlar hisobini yuritish va saqlash, qimmatli qogʻozlarni boshqarish, bankda qimmatbaho buyumlarni (hujjatlar, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar va h.k.) saqlash, maxsus xonalarni yoki ulardagi poʻlat seyflarni hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun ijaraga berish, anderrayting, konsalting, kafolat berish, Mijozning pul mablagʻlarini jamgʻarma va muddatli depozitlarga joylashtirish, Mijozdan erkin valyuta mablagʻlarini xarid qilish xizmatlari uchun hamda Bank tomonidan bank amaliyoti doirasida boshqa xizmatlarni taqdim etganlik uchun haq miqdori alohida shartnomalar bilan tartibga solinadi.

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

 

2.1. Bankning majburiyatlari:

2.1.1. mijozning arizasiga asosan hujjatlar taqdim qilingan kundan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmay milliy va xorijiy valyutada asosiy, ikkilamchi, maxsus, akkreditiv hisobvaraqlar ochadi, yopadi, asosiy hisobvaraqni boshqa banklarga koʻchiradi;

2.1.2. mijoz hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunning oʻzida yoki operatsiya kuni tugaganidan keyin olingan boʻlsa, keyingi ish kunidan kechiktirmay mijoz hisobvaragʻiga kiritadi;

2.1.3. Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart;

2.1.4. mijoz hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjatlari yoki mijozdan Masofaviy bank xizmatlari dasturlari orqali olingan elektron toʻlov topshiriqnomasi asosida oʻtkazish (toʻlash) toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarini bajaradi;

2.1.5. mijozning qarz majburiyatlari boʻyicha toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini qonunchilik doirasida ijro qiladi;

2.1.6. amaldagi qonunchilikka muvofiq mijozdan naqd pul mablagʻlarini qabul qiladi va beradi;

2.1.7. boshqa hisob va kassa xizmatlarini koʻrsatish (Bank va Mijoz oʻrtasida tuzilgan alohida shartnomalar bilan tartibga solinadigan amaliyotlar bundan mustasno);

2.1.8. hisobvaraqdagi pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 781-moddasi asosida Bank Mijozga foizlar toʻlaydi;

2.1.9. Mijozning hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini yechib olish faqat Mijozning topshirigʻi boʻyicha yoki uning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi (akseptsiz toʻlov talabnomasi va inkasso topshiriqnomasi bundan mustasno). Mijoz hisobvaragʻida pul mablagʻlari boʻlmaganida yoki ular yetarli boʻlmaganida, Bank toʻlov hujjatining toʻlanmagan summasini qonunchilikda belgilangan tartibda 2-sonli kartotekaga oʻtkazadi;

2.1.10. Mijozlarga xizmat koʻrsatish jadvalida belgilangan vaqtda Mijozga bank xizmatlarini koʻrsatadi, dam olish va bayram (ish kuni hisoblanmagan) kunlari bundan mustasno.

2.1.11. Mijoz topshirigʻi boʻyicha hisob-kitob amaliyotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiradi. Bank Mijoz va/yoki Mijoz tomonidan vakil qilingan shaxslar imzolarining namunalari va muhrining izi (agar mavjud boʻlsa) qoʻyilgan varaqchadagi shaxslardan pul-hisob hujjatlarini bajarish uchun qabul qiladi.

2.1.12. Toʻlov hujjatlari qabul qilinganda barcha zaruriy rekvizitlar, imzolar va boshqa axborotlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganini tekshirish, rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatining ijrosini tegishli tartibda operatsiya kuni davomida taʼminlaydi.

2.1.13. Mijozni kassa hujjatlari (naqd mablagʻlarni kiritish uchun arizalar blanklari va boshqa zarur blanklar) bilan taʼminlaydi.

2.1.14. Mijozning topshirigʻi boʻyicha unga yoki uning vakiliga (ishonchnoma asosida) hisobvaraqdan koʻchirmalar va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.

2.1.15. Bank siri hisoblangan Mijoz haqidagi axborot va maʼlumotlarning sir saqlanishini kafolatlaydi.

2.1.16. Mijoz hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarining butligini taʼminlaydi.

2.1.17. Bank mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mulklari bilan amaliyot toʻxtatilsa, bank amaliyoti toʻxtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda Mijozga uning hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan xabarnoma yuborishi shart.

2.2. Mijozning majburiyatlari:

2.2.1. hisob-kitob amaliyotlarini bajarishi uchun Bankka barcha zarur hujjatlarni taqdim etish;

2.2.2. bankning ish jadvaliga, toʻlov hujjatlarini hamda mazkur Shartnoma predmetiga doir Bankning boshqa ichki normativ hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibiga amal qilish hamda qonunchilik talablarini bajarish;

2.2.3. har yili yanvar oyi davomida, yangi hisobvaraqlarni ochgan mijozlar esa – keyingi oydan kechiktirmasdan, bankka naqd pul tushumlarini topshirish tartibi, muddati, bank kassasidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun naqd pul olish muddati boʻyicha hamda kun yakunida oʻz kassasida naqd pul qoldigʻining ruxsat etilgan limitini belgilash boʻyicha hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotnomani ikki nusxada toʻldirib topshirish;

2.2.4. hisobvaraqda mablagʻlar mavjud boʻlganida, ish haqi, pensiya va nafaqalarni berish jadvaliga muvofiq, Bankka naqd pul olish uchun pul chekini taqdim etish va olingan pul mablagʻlaridan qatʼiy maqsadi boʻyicha foydalanish;

2.2.5. mijoz hisobvaragʻiga qoʻyilgan talablarni va toʻlovlarni amalga oshirish uchun oʻzining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida yetarli mablagʻlar boʻlishini taʼminlash;

2.2.6. koʻrsatilgan Bank xizmatlari uchun toʻlovlarni Bank tariflarida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshirish;

2.2.7. bankning talabi boʻyicha, chet el davlatlarining subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan eksport-import va boshqa amaliyotlar haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, zarurat boʻlganida, oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadalrni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirgʻin quroli tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻzda tutilgan majburiyatlarni bajarish qismida ham, Bankka zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etish;

2.2.8. tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, ushbu oʻzgarishlar haqida Bankni 3 (uch) ish kuni ichida, yuridik manzili oʻzgargan taqdirda – 5 (besh) ish kuni davomida Bankni xabardor qiladi. Bunda rahbar yoki bosh buxgalter oʻzgarganida, ushbu oʻzgarishlar haqida Bankni oʻsha kunning oʻzida xabardor qiladi va bankka yangi mansabdor shaxslarni koʻrsatgan holda, imzolar namunalari va muhr izi (agar mavjud boʻlsa) qoʻyilgan varaqchani taqdim etish;

2.2.9. belgilangan muddatlarda Bank kassasidan pul cheklari boʻyicha olingan va deponentga oʻtkazilgan naqd pul mablagʻlarini Bank kassasiga topshirish;

2.2.10. oʻz kassasidagi naqd mablagʻlarning kelish va sarflanish tartibiga amal qiladi, kassa intizomi hamda limitdan tashqari naqd mablagʻni Bankka topshirish tartibiga amal qilish;

2.2.11. mazkur Shartnomaning 3.1.4-bandiga muvofiq, Bank tomonidan soʻraladigan zarur hujjatlarni taqdim etadi, shuningdek zarurat boʻlgan taqdirda, shubhali amaliyotlar aniqlanganida, Bankning birinchi talabi boʻyicha amaliyotlarning oʻtkazilishi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;

2.2.12. Masofaviy bank xizmatlari dasturlari bilan ishlaydigan masʼul shaxs oʻzgarsa, elektron raqamli imzo kaliti, masofaviy bank xizmatlari dasturi oʻrnatilgan telefon va SMS xabari biriktirilgan telefon raqami oʻzgarsa, yoʻqolib qolsa, oʻgʻirlansa ushbu holat boʻyicha oʻsha kunning oʻzida xizmat koʻrsatuvchi bankni xabardor qilish;

2.2.13. Masofaviy bank xizmatlari dasturlarida ishlash boʻyicha berilgan login va parollarni sir saqlash va uchinchi shaxslarga dasturlardan foydalanish xuquqini bermaslik;

2.2.14. Masofaviy bank xizmatlari dasturlari orqali oʻtkazilgan elektron toʻlov topshiriqnomalarning tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va masʼul shaxslar tomonidan imzolangan qogʻoz nusxalarini oʻzida saqlab borish;

2.2.15. Masofaviy bank xizmatlari dasturlari orqali yuborilgan elektron toʻlov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash.

 

TOMONLARNING HUQUQLARI

 

3.1. Bankning huquqlari:

3.1.1. Qonunchilikda va Bankning ichki normativ hujjatlarida belgilangan hisob-kitoblar tartibi buzilishi hamda Mijoz tomonidan toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirish va oʻz vaqtida taqdim etish tartibining buzilishi holatlari aniqlanganida, Bank amaliyotlar oʻtkazilishini toʻxtatish boʻyicha choralarni koʻradi, yaʼni qonunchilikka zid boʻlgan toʻlovni oʻtkazishni rad etish va uning oʻtkazilishini toʻxtatish;

3.1.2. Mijoz mablagʻlarining butligi va ulardan erkin foydalanishini kafolatlagan holda, Mijozning boʻsh mablagʻlaridan resurslar sifatida foydalanish;

3.1.3. qonunchilikda belgilangan tartibda Mijozning roziligisiz (akseptsiz) uning hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish;

3.1.4. bank amaliyotlarini oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlarning haqiqiyligi boʻyicha shubha paydo boʻlganida, operatsiyani oʻtkazishni toʻxtatish, bunda imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan Mijozning mansabdor shaxslarini xabardor qilish hamda Mijozdan oʻtkazilayotgan amaliyotning qonuniyligini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish.

3.1.5. Bank quyidagi hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqli:

a) haqiqiy boʻlmagan hujjatlar taqdim etilganida yoki qonunchilikka muvofiq soʻralgan hujjatlar taqdim etilmaganida;

b) terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etishi yoki ishtirok etganlikda gumon borligi haqida amaldagi qonunchilikka muvofiq olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganida;

v) hisobvaraqdagi pul mablagʻlari xatlanganda yoki qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlarda hisobvaraq boʻyicha amaliyotlarni toʻxtatilganda.

Bunda, qonunchilikka muvofiq shaxslar terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilganida, Bank Mijozni oldindan xabar qilmasdan Mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan amaliyotlarni toʻxtatish (pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha amaliyotlar bundan mustasno) huquqiga ega.

Pul mablagʻlari va boshqa mulk bilan operatsiyalar toʻxtatilganida, mijozning topshiriqlari asosida hisobvaraqdan pul mablagʻlari boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi, bankda saqlanayotgan mulk esa berilmaydi.

3.1.6. Quyidagi holatlarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatish huquqiga ega:

a) uning ishtirokchilaridan biri terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxsning nomidan yoki uning topshirigʻi boʻyicha harakat qilsa;

b) terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxsga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlgan hamda amaliyotni oʻtkazish uchun foydalanilayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk;

v) amaliyot ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorati ostida boʻlsa.

3.1.7. Mijozning talab qilib olguncha asosiy hisobvaragʻida 2-sonli kartoteka boʻlsa, Mijozning boshqa banklarda ochilgan boshqa hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari Mijozning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu talab taalluqli boʻlmagan hisobvaraqlar bundan mustasno).

3.1.9. Bankning ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilganidan keyin xatoliklar aniqlangan taqdirda, Bank keyingi bank ish kunida Mijozning roziligisiz uning hisobvaragʻidan teskari buxgalter yozuvlari kiritish (storno berish) yoʻli bilan, memorial order asosida notoʻgʻri oʻtkazilgan summa yechib oladi.

3.1.10. Mijozning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda va uning valyuta hisobvaragʻida valyuta mablagʻlari mavjud boʻlganida, byudjet va boshqa qarzdorliklar toʻlovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Mijozning roziligisiz Mijozning valyuta mablagʻlarini sotish kuniga belgilangan kurs boʻyicha qarzdorlikni uzish uchun zarur boʻlgan hajmda sotadi.

3.1.12. Bank tariflari bilan belgilangan komissiya mukofoti miqdorini Bank Mijozi bilan kelishgan holda oʻzgartiradi.

3.1.13. Mijozning hisobvaragʻiga akseptli toʻlov talabnomasi kelib tushishi (elektron yoki qogʻoz shaklda) munosabati bilan ushbu toʻlov talabnomasi bilan tanishish va uni akseptlash yoki akseptlamaslik masalasini hal qilish majburiyatini oladi. Agar Mijoz tomonidan toʻlov talabnomasi akseptlanmasa, Bank akseptli toʻlov talabnomasini ijroga qabul qilmaydi.

3.2 Mijozning huquqlari:

3.2.1. Hisobvaraqdagi pul mablagʻlarini erkin tasarruf qilish;

3.2.2. Bankka hisob-kassa amaliyotlarini bajarishga topshiriq berish, ularning oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish, inkasso boʻyicha hisob-kitoblar haqida soʻrovlar berish;

3.2.3. Hisobvaraqda pul mablagʻlari mavjud boʻlganida va ular bronlab qoʻyilganida ish haqini toʻlash jadvaliga binoan qonunchilikka muvofiq naqd pul mablagʻlarini olish;

3.2.4. Bankka belgilangan joyga tushmagan pul mablagʻlarini izlash, ularning qayerdaligini aniqlash va qaytarish haqida murojaat qilish;

3.2.5. Oʻzbekiston Respublikasi bank qonunchiligiga kiritilgan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar boʻyicha axborot olish.

 

ChET EL VALYUTASINI XARID QILISH VA SOTISH BOʻYICHA AMALIYOTLARNI OʻTKAZISH TARTIBI.

 

4.1. Mijoz uchun ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilish boʻyicha amaliyotlar “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari” (roʻyxat raqami: 3281-son, 2020-yil 31-avgust) asosida amalga oshiriladi.

4.2. Mijozning arizasiga binoan Bank Mijozga chet el valyutasi hisobvaraqlarini ochadi, unga valyuta bozorida xarid qilingan chet el valyutasi oʻtkaziladi.

4.3. Agar Mijoz tomonidan chet el valyutasini oldi-sotdi bitimlari boʻyicha hisob-kitoblar ikki ish kuni ichida amalga oshirilmasa unda bitim bekor qilinadi va bunda Mijoz Bankka kursdagi ikki kunlik farqni toʻlab berish majburiyatini oladi.

4.4. Mijoz xarid qilingan chet el valyutasidan, mablagʻlar Mijozning maxsus valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazilgan paytdan boshlab yetti bank ish kuni davomida maqsadi boʻyicha foydalanishi shart. Mijoz tomonidan xarid qilingan, ammo mablagʻlar Mijozning maxsus valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazilgan paytdan boshlab yetti bank ish kuni ichida foydalanilmagan chet el valyutasi Bankka qayta sotilishi shart. Bunda chet el valyutasini qayta sotish Bank tomonidan akseptsiz tartibda sotuv kunidagi kurs boʻyicha amalga oshiriladi.

4.5. Maxsus valyuta hisobvaragʻidan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham uch bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada koʻrsatilgan maqsadlar uchun takroran oʻtkazib berilishi mumkin. Bunda uch bank ish kuni ichida foydalanilmagan chet el valyutasi Bankka qayta sotilishi shart.

 

BANK SIRI

 

5.1. Bank “Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bank sirini tashkil qiluvchi Mijoz haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini kafolatlaydi.

5.2. Bank sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlar Bank tomonidan Mijozga yoki uning vakiliga mazkur shartnomada kelishilgan aloqa vositalari orqali taqdim qilish faqat ularning yozma murojaati boʻyicha taqdim etiladi.

5.3. Uchinchi shaxslarga bank sirini tashkil qiluvchi Mijoz haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishga faqat qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlarda yoʻl qoʻyiladi.

 

BANK XIZMATLARI UCHUN KOMISSIYA HAQI VA UNI TOʻLASH TARTIBI

 

6.1. Mijoz bank xizmatlari uchun toʻlovni Bank tariflari asosida amalga oshiradi.

6.2. Bank tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq miqdori Mijozning hisobvaragʻidan uning topshirigʻisiz (akseptsiz tartibda) har bir operatsiyadan soʻng/har oyda (tegishliligi koʻrsatiladi) memorial order bilan yechib olinadi.

6.3. Mijoz hisobvaragʻida Bank xizmatlari uchun qarzdorliklarni qoplashga pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganida yoki ular yetarli boʻlmaganida, qarzdorlikning qoplanmagan qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasi asosida akseptsiz tartibda toʻlov talabnomasini qoʻyish yoʻli bilan 2-sonli Kartotekaga joylashtiriladi.

 

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

7.1. Mazkur Shartnomada belgilangan majburiyatlarning toʻliq yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi.

7.2. Bank:

7.2.1. Bank Mijozning hisobvaragʻi boʻyicha amaliyotlar oʻz vaqtida va tegishli tarzda amalga oshirilishi hamda bank sirini tashkil qiluvchi Mijoz haqidagi maʼlumotlarning noqonuniy oshkor etilishi uchun javobgar boʻladi;

7.2.2. Mijozning hisobvaraqlarida mablagʻlar mavjud boʻlganida, Bank tomonidan Mijozga ish haqini toʻlash va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa ehtiyojlarga naqd pul mablagʻlari oʻz vaqtida berilmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun Bank BHMning Mijozning so‘roviga asosan naqd pul mablag‘lari o‘z vaqtida berilmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun BHMning nechi baravari miqdorida mijozga jarima to‘laydi baravari miqdorida mijozga jarima toʻlaydi;

7.2.3. Qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda bank tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda mijozga penya toʻlaydi;

7.2.4. Bank mijozning hisobvaragʻidagi mablagʻlarni uning topshirigʻisiz yoki qonunchilikda belgilangan tartibda roziligi olinmagan (akseptlanmagan) holda hisobdan chiqargan (oʻtkazib bergan) taqdirda, ushbu mablagʻlarni keyingi ish kunidan kechiktirmay hisobvaraqqa tiklaydi.

Agar bank belgilangan muddatda mablagʻlarni mijozning hisobvaragʻiga tiklamasa, har bir kechiktirilgan kun uchun akseptsiz oʻtkazilgan mablagʻning 0,1 foizi, biroq ushbu mablagʻning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda mijozga penya toʻlaydi.

7.3. Mijoz:

7.3.1. Mijoz hisobvaraq boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgar boʻladi.

7.3.2. Mijoz Bankdan olingan naqd pul mablagʻlarining oʻz vaqtida kassaga kirim qilinishi, ushbu pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda kassa intizomiga amal qilinishi uchun javobgar boʻladi.

7.3.3. Masofaviy bank xizmatlari dasturlari bilan ishlaydigan masʼul shaxs oʻzgarsa, shuningdek dastur oʻrnatilgan telefon va SMS xabari biriktirilgan telefon raqami oʻzgarsa, yoʻqolib qolsa, oʻgʻirlansa ushbu holat boʻyicha oʻsha kunning oʻzida xizmat koʻrsatuvchi bankni xabardor qilmaganligi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar boʻyicha javobgarlik mijozning oʻziga yuklatiladi.

7.3.4. Mijoz Bankka taqdim etiladigan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va qonuniyligi uchun javobgar boʻladi.

 

BANKNI JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH

8.1. Bank quyidagi holatlarda shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani uchun javobgarlikdan ozod etiladi:

8.1.1. Fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida roʻy berishi mumkin boʻlgan uzilishlarda;

8.1.2. Bank mijozi tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga mos kelmaydigan toʻlov hujjatlari taqdim qilinganda;

8.1.3. qonunchilikda belgilangan tartibda mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilganda;

8.1.4. naqd pul olish uchun zarur boʻlgan toʻlov hujjatlari oʻz vaqtida taqdim etilmaganida yoki taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar va xatoliklar boʻlganda;

8.1.5. Masofaviy bank xizmatlari dasturi orqali yuboriladigan maʼlumotlar SMS koʻrinishida, yaʼni ochiq (parol yoki boshqa ximoya vositasisiz) maʼlumotlar boʻlganligi sababli bankka bogʻliq boʻlmagan holda (telefon apparatining yoʻqolishi, raqamning boshqa shaxsga oʻtishi va boshqa holatlarda bankka vaqtida maʼlum qilinmagan sabablar orqali) mijoz xisobvaragʻi boʻyicha bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor boʻlganda;

8.1.6. Bank oʻziga bogʻliq boʻlmagan xolda va Mijoz tomonidan belgilangan texnik shartlarga rioya qilinmaslik natijasida axborotlarni uzatish va qabul qilishdagi uzilishlarda;

8.1.7. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan boshqa holatlarda.

9. ALOHIDA SHARTLAR

 

9.1. Bank Mijozning pul mablagʻlaridan oʻz ixtiyoriga koʻra (qonunchilikda va mazkur shartnomada koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno) foydalanish va tasarruf etish boʻyicha huquqlarini cheklashga haqli emas.

9.2. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan Bank va Mijoz oʻrtasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

9.3. Mijozlarning bank hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni kiritib qoʻyganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik haqi undirilmaydi.

9.4. Mijoz bankka yozma, pochta xizmati, Mijoz tashkilotning elektron pochtasi elektron pochtasi orqali, bank mijozga esa Bankning telefon raqami mobil raqamiga SMS xabarnoma yuborish, yozma, pochta xizmati orqali murojaat qiladi.

Taraflar taqdim qilgan aloqa vositalari orqali bogʻlanish imkoniyatini taʼminlashlari lozim.

 

FORS-MAJOR HOLATLAR

10.1. Tomonlarning hech biri Tomonlarning xohish-irodasi va istaklaridan tashqari yuzaga kelgan, oldindan koʻrib boʻlmagan va oqilona choralar bilan oldini olib boʻlmagan holatlar, shu jumladan suv toshqinlari, yongʻinlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalar va epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatlarda shartlangan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun boshqa Tomon oldida javobgar boʻlmaydi.

 

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

 

11.1. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi, u nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi.

11.2. Mazkur shartnoma mijozning arizasi boʻyicha yoki Mijoz tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda sud tartibida bekor qilinadi.

11.3. Mazkur Shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat yozma shaklda kiritilib, Tomonlar imzolangan boʻlsagina kuchga ega boʻladi.

11.4. Mazkur Shartnoma Mijoz tomonidan unga koʻrsatiladigan bank xizmatlari bilan bogʻliq barcha toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin istalgan paytda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

11.5. Shartnoma bekor qilinganidan keyin Bank hisobvaraqni yopadi, Mijozning arizasiga, shuningdek ushbu shartnomaning 11.6-bandida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq 7(yetti) kundan kechiktirmasdan unga hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarining qoldigʻini beradi yoki uning topshirigʻi boʻyicha pul mablagʻlarining qoldigʻini boshqa hisobvaraqqa oʻtkazadi. Shartnomaning bekor qilinishi Mijoz hisobvaragʻining yopilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Agar Mijoz shartnoma bekor qilingan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida pul mablagʻlarini boshqa hisobvaraqqa oʻtkazish haqida Bankka yozma koʻrsatma bermasa, unda Bank Mijozning hisobvaragʻidagi mablagʻlar qoldigʻini “Harakatsiz depozit majburiyatlari” hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

11.6. Agar ushbu shartnoma boʻyicha Mijozga ikkilamchi hisobvaraq shaklida talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilgan boʻlsa va mazkur hisobvaraqda 6 (olti) oy mobaynida hech qanday operatsiyalar amalga oshirilmasa va unda pul mablagʻlari boʻlmasa, Mijoz Bankka qoʻshimcha xabarnoma taqdim qilmagan holda ushbu hisobvaraqni yopish boʻyicha topshiriq beradi. Shu munosabat bilan shartnomaning mazkur bandi Mijozning ikkilamchi hisobvaraqni yopish boʻyicha arizasi deb tan olinadi va yopish uchun asos hisoblanadi.

 

SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

 

12.1. Shartnoma shartlari va ularni bajarish boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, kelishmovchilik tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan hal etiladi.

12.2. Tomonlar kelishuvga erishmagan nizolar va kelishmovchiliklar sudda hal etiladi.

12.3 Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Bankda, ikkinchi nusxasi Mijozda saqlanadi.

13. TOMONLARNING POCHTA MANZILLARI VA REKVIZITLARI

 

Bank

Mijoz

 

Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Bank manzili

Manzil: Mijoz tashkilotning manzili

H/r: Bank hisob raqami

H/r: Mijoz tashkilotning hisob raqami

Bank STIR raqami

STIR: Mijoz tashkilotning STIR raqami

Telefon: Mijoz tashkilotning telefon raqami

Tel: Bankning telefon raqami

El. pochta: Mijoz tashkilotning elektron pochtasi

Bank boshqaruvchisining F.I.O.si

 

 

_____________(imzo, muhr)

Mijoz tashkilot nomidan ish olib boruvchi vakilning F.I.O.si

 

____________

(imzo, muhr)

 

Bank hisobvarag‘i shartnomasi

Bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.

Bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajaradi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bank hisobvarag‘i shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.