Kichik sanoat zonasi hududida joylashgan ishlab chiqarish
maydonlarini uzoq muddatli ijaraga olishning
NAMUNAVIY SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud
“Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DM (keyingi oʻrinlarda Ijaraga beruvchi deb ataladi) Ustav asosida ish yurituvchi Ijaraga beruvchi korxona rahbarining F.I.O. direktor nomidan bir tomondan va ikkinchi tomondan, Ijaraga oluvchi tashkilotning (ho‘jalik subyekti) nomi (keyingi oʻrinlarda Ijaraga oluvchi deb ataladi) Ijaraga oluvchi tashkilot rahbarining F.I.O. direktor nomidan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga kichik sanoat zonalari hududida (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) joylashgan Ijara obyekti joylashgan manzil manzildagi umumiy maydoni Ijara obyektining umumiy maydoni kv. metr boʻlgan binoni, inshootni (uning qismini) (keyingi oʻrinlarda Obyekt deb ataladi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar xokimi tomonidan tasdiqlangan (oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan) eng kam stavkasi boʻyicha ijaraga beradi, “Ijaraga oluvchi” esa oʻz navbatida, “Obyekt”ni qabul qilib oladi va “Ijaraga beruvchi”ga mazkur ijara shartnomasida belgilangan ijara haqini toʻlaydi.
1.2. “Ijaraga oluvchi”ga ushbu Shartnomaga muvofiq ijara toʻlovi belgilanadi. Ijara toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar xokimining har yilgi ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi qarorlari asosida oʻzgaradi va kalendar yilning oxirida tomonlar oʻrtasida yilning boshida qayta rasmiylashtiriladi.
1.3. “Ijaraga oluvchi” mazkur Shartnomaga asosan “Obyekt”dan foydalangani uchun 1-ilovaga muvofiq har oyning 10 kuniga qadar 100 foiz miqdorida “Ijaraga beruvchi”ga ijara toʻlovini oldindan toʻlaydi.
II. UMUMIY QOIDALAR
2.1. Mazkur Shartnoma va unga ilova barcha ogʻzaki va yozma kelishuvlarni, bitimlarni va tomonlar oʻrtasidagi qarorlarni va boshqa hujjatlarni bekor qiladigan toʻliq kelishuvni anglatadi. Shartnomaga ilova uning ajralmas qismi hisoblanadi va bir xil yuridik kuchga egadir.
2.2. Ijara shartnomasining barcha qoida va shartlari majburiy tusga ega boʻlib, tomonlarga va ularning vorislariga yoki tomonlar oʻrtasidagi bitimga muvofiq huquq va majburiyatlari berilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
2.3. “Ijaraga beruvchi” va “Ijaraga oluvchi” boshqalarning yozma roziligisiz ushbu Shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlarini toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga berishga haqli emas.
2.3.1. Ijara shartnomasining shartlarini buzgan holda, huquq va majburiyatlar boshqa shaxslarga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, aks holda mazkur harakatlar haqiqiy emas deb topiladi. Xususan, “Ijaraga oluvchi” tomonidan binoni ijaraga (subijaraga) berishga yoʻl qoʻyilmaydi. “Ijaraga oluvchi”ning shartnoma qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarni amalga oshirganligi, “Ijaraga beruvchi” tomonidan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish uchun asos boʻladi.
2.3.2. Ijara shartnomasi boʻyicha barcha huquqlarni yoki ularning bir qismining kelishmasdan va rejalashtirilmasdan boshqa shaxsga oʻtkazilishi, huquqlarini boshqa shaxsga berayotgan tomonni mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlardan ozod qilmaydi, basharti majburiyatlardan bu tarzda ozod etish ishtirokchilar tomonidan yozma ravishda taqdim qilinmagan boʻlsa.
2.4. Ijara shartnomasi davlat tilida uch nusxada tuziladi, har bir nusxa bir xil yuridik kuchga ega boʻlib, “Ijaraga beruvchi”, “Ijaraga oluvchi”, shuningdek, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DKda saqlanadi.
2.5. Ijara shartnomasini “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DKda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun barcha xarajatlar “Ijaraga oluvchi” tomonidan amalga oshiriladi.
2.6. Ijara shartnomasi boʻyicha tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar, kelishmovchiliklar yoki eʼtirozlar yoxud ijara shartnomasini bekor qilish, uning amal qilishini toʻxtatish va uni haqiqiy emas deb topish tomonlarning kelishish imkoniyati boʻlmasa, qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Tomonlar sud organlariga murojaat qilishdan oldin, yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarni qoʻllash majburiyatini oladi.
2.7. Tomonlar mazkur ijara shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarga nisbatan qoʻllaniladigan va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan huquqni tan oladi.
2.8. Ushbu shartnoma amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat organlarida roʻyxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar davr mobaynida barcha majburiyatlarini bajarmagunicha amal qiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
2.9. Ushbu shartnomaga kiritiladigan keyingi barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib, tomonlar imzolagan taqdirda haqiqiy deb hisoblanadi, shuningdek, ushbu Shartnomaning 2.8-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
2.10. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tomonlar kelishuvi asosida tartibga solinadi va belgilangan tartibda (barcha soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash, shuningdek, loyihani amalga oshirish boʻyicha bitimni ijrosi taʼminlash sharti bilan) 5 yil muddatiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.
III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARIB OLISH TARTIBI
3.1. “Obyekt” “Ijaraga oluvchi”ga ushbu Shartnomaga 2-ilovaga muvofiq bayonnomaga asosan “Ijaraga beruvchi” ishtirokida shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab 3 kun ichida topshiriladi.
3.2. Ijara shartnomasining muddati tugagandan soʻng “Ijaraga oluvchi” 3 kun muddat mobaynida “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzish orqali “Ijaraga beruvchi”ga topshiradi.
3.3. Tomonlar oʻrtasida “Obyekt”ni qabul qilish va qaytarish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi imzolanib, tasdiqlangan paytdan boshlab, “Obyekt” topshirilgan va qaytarilgan hisoblanadi.
IV. TOMONLARNING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
ijara toʻlovining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
“Ijaraga oluvchi” tomonidan ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlariga, uchinchi shaxslarning huquqlariga (servitut, garov va boshqalar) rioya etilishini nazorat qilish;
“Ijaraga oluvchi” “Obyekt”ni subijaraga bermaganligini nazorat qilish.
4.2. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
“Ijaraga oluvchi” tomonidan ushbu shartnomada belgilangan miqdorlarda va muddatlarda ijara toʻlovlari toʻlanishini nazorat qiladi;
ushbu ijara shartnomasining shartlariga muvofiq “Ijaraga beruvchi” tomonidan “Obyekt”ning “Ijaraga oluvchi”ga topshirilishini, ijara muddati tugagandan soʻng “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt” “Ijaraga beruvchi”ga qaytarilishini tashkil etadi.
4.3. “Ijaraga oluvchi” quyidagi huquqlarga ega:
ijaraga olingan “Obyekt”da oʻz hisobidan kapital va/yoki joriy taʼmirlash, “Ijaraga beruvchi” bilan kelishgan holda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish va yangi qurilishni amalga oshirish;
shartnomaga muvofiq xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz majburiyatlarini zarur darajada bajarganida, ijara shartnomasini yangi muddatga tuzishda ustuvor huquqqa ega boʻlish.
4.4. “Ijaraga oluvchi” quyidagi majburiyatlarga ega:
ijaraga olingan “Obyekt”ni garovga topshirmaslik va uchinchi shaxslar tomonidan undan boshqa maqsadlarda foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik;
ijaraga olingan “Obyekt”ni subijara shartlarida topshirmaslik;
ushbu ijara toʻgʻrisida shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorlarda ijara toʻlovini amalga oshirish;
ushbu Shartnomaning 4.1-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida “Ijaraga beruvchi”ning masʼul shaxslarining ijaraga olingan hududga hech qanday toʻsiqlarsiz kirishini taʼminlash;
bank rekvizitlari va pochta manzili, bogʻlanish uchun raqamlar (shu jumladan, masʼul shaxslarning uyali telefon raqamlari) oʻzgarganda, bu haqda 10 kun mobaynida “Ijaraga beruvchi”ga xabar berish;
“Ijaraga beruvchi” bilan ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha alohida shartnoma tuzish;
shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorda ekspluatatsiya xizmatlari uchun toʻlov qilish;
“Ijaraga beruvchi” bilan kelishilgan holda elektr energiyasi, suv va gazdan foydalanishda hisoblagichlarni oʻrnatish;
oʻzining aybi bilan “Obyekt”da kommunal tizimining buzilishiga yoʻl qoʻyilsa, oʻz hisobidan taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;
ijaraga olingan hududda noqonuniy qurilishni amalga oshirmaslik, koʻchmas mulklarni (konteyner, garaj va boshqalarni) joylashtirmaslik, shuningdek, KSZda umumiy yotoqxona tashkil etmaslik;
ijaraga olingan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun ruxsat olish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni rekonstruksiya qilish;
shartnoma muddati tugaganidan soʻng 2 hafta mobaynida “Ijaraga beruvchi”ga “Obyekt”dan foydalanish davomida yetkazilgan zararni qaytarib berish dalolatnomasi boʻyicha baholash tashkilotining xulosasiga koʻra qoplab berish;
ushbu shartnoma bekor qilingan taqdirda, 3 kun mobaynida “Obyekt”ni “Ijaraga beruvchi”ga dalolatnoma asosida qaytarib berish.
4.5. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
“Ijaraga oluvchi”ning xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, mulkining jismoniy holatini kuzatib borish;
“Ijaraga oluvchi”dan ijara toʻlovini ijara shartnomasida koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda amalga oshirishni talab qilish;
“Ijaraga oluvchi”da ekspluatatsiya xizmatlari uchun har yili rasmiylashtiriladigan shartnoma boʻyicha oʻz vaqtida toʻlovni amalga oshirishini talab qilish;
“Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”ga zarar yetkazilgan hollarda, “Ijaraga oluvchi”dan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash tashkilotining xulosasiga koʻra zarar summasini qoplashni talab qilish.
4.6. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarga ega:
“Obyekt”ni topshirish va qabul qilish daloaltnomasini imzolashi va tasdiqlash;
“Ijaraga oluvchi”ning ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq toʻlovlarni koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorda amalga oshirilishini nazorat qilish;
“Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ni subijaraga bermasligini nazorat qilish, agar bunday holatlar aniqlansa, bu haqda “Ijaraga beruvchi”ni xabardor qilish;
ichki qoidalarga asosan “Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ga toʻsiqlarsiz kirishi va chiqishini taʼminlash uchun sharoit yaratish;
“Ijaraga oluvchi” bilan ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha alohida shartnoma tuzish;
“Ijaraga oluvchi”ning aybisiz kommunal tizimda buzilish sodir boʻlsa, oʻz hisobidan darhol taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
“Ijaraga oluvchi” tomonidan ijaraga olingan hududda noqonuniy qurilish amalga oshirilmasligi, koʻchmas mulkni joylashtirmaslik, shuningdek, KSZda umumiy yotoqxonalar tashkil etilmasligini nazorat qilish.
V. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI
5.1. Shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bir tomonlama boʻyin tovlash va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5.2. “Ijaraga beruvchi” 5.3-bandda koʻrsatilgan tartibga muvofiq ushbu shartnomani quyidagi holatlarda bir tomonlama bekor qilishga haqli:
agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaga 1-ilovada koʻrsatilgan ijara toʻlovi muddatini ikki oy mobaynida kechiktirsa yoki toʻlov intizomini doimiy ravishda buzib kelsa;
agar “Ijaraga oluvchi” ekspluatatsiya xarajatlarini ekspluatatsiya xizmatini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorida toʻlamasa;
agar “Ijaraga oluvchi” ijaraga olgan mulkini subijaraga topshirgan boʻlsa.
5.3. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 5.2-bandida koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarmasa, 10 kun mobaynida “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga majburiyatlarini bajarishi yoki bartaraf etishi haqida xat yuboradi.
5.3.1. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 5.2-bandda koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarish haqidagi xatga 10 kun mobaynida javob bermasa yoki hech qanday harakatni amalga oshirmasa, “Ijaraga beruvchi” Maʼmuriy kengash bilan kelishib, Shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
5.4. Tomonlar oʻrtasidagi ijara shartnomasi bekor qilinsa, “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”ga kiritilgan investitsiya (ajratilgan mulklardan tashqari) qaytarilmaydi va ular uchun badal toʻlanmaydi.
5.5. Shartnomani bekor qilish davomida, agar “Obyekt”ning holati “Ijaraga oluvchi” investitsiya majburiyatlarini bajarmagani yoki ularni tegishli darajada bajarmagani oqibatida yomonlashsa, keltirilgan zarar aybdor tomonidan qoplanadi.
5.6. Ushbu shartnoma ikki tomonning kelishuvga koʻra yozma shaklda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, bunda shartnomani bekor qilayotgan tomon 30 kun mobaynida ikkinchi tomonni xabardor qiladi, shuningdek, ikkinchi tomon bilan kelishuvga erishishi mumkin.
5.7. Shuningdek, ushbu shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa asoslarga muvofiq bekor qilinadi.
VI. SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BUZGANLIGI UCHUN
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. “Obyekt” dalolatnomaga asosan topshirilmasa yoki oʻz vaqtida topshirilmasa, “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga har bir oʻtkazilgan kun uchun ijaraning oylik toʻlovning 0,4 foizini toʻlaydi, ammo penya umumiy miqdori 1-ilovada nazarda tutilgan oylik ijara toʻlovi qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
6.2. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 1.3-bandda koʻrsatilgan muddatda ijara toʻlovini amalga oshirmasa, toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun “Ijaraga oluvchi” “Ijaraga beruvchi”ga toʻlovi kechiktirilgan summaning 0,4 foizi miqdorda penya toʻlaydi, ammo bu muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Bunda agar “Ijaraga oluvchi” tomonidan 1.3-bandida nazarda tutilgan muddat tugaganidan soʻng ikki oy davomida ijara toʻlovi va penya toʻlanmasa, “Ijaraga beruvchi” mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
6.3. Ushbu Shartnomada koʻrsatilmagan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, “Xoʻjalik subyektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
VII. FORS-MAJOR
7.1. Agar tomonlarning biri bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar (toshqin, yongʻin, zilzila, sel, doʻl va boshqalar) oqibatida shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmaganini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.
7.2. Har ikkala tomon ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan fors-major holatlarning boshlanishi va tugashi haqida bir-birini darhol xabardor qilishi shart.
7.3. Agar fors-major holatlari oqibatida ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uch oydan ortiq muddatga choʻzilsa, tomonlarning har biri shartnoma qismini bajarishdan bosh tortishga haqli.
VIII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.1. Tomonlar oʻrtasida ushbu Shartnoma boʻyicha yuzaga keladigan nizolar tomonlarning kelishuviga binoan hal etiladi. Agar bunday kelishuvga erishilmasa, ular sud tartibida hal qilinadi.
IX. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI:
“IJARAGA BERUVCHI” Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi Tel.:Tashkilotning telefon raqami Manzil: Tashkilotning manzili H/R: Tashkilotning hisob raqami MFO: Tashkilot bankning raqami (kodi) STIR: Tashkilotning (STIR) raqami Direktor: Tashkilot rahbarining F.I.O. (imzo, muhr) ______________________ |
“IJARAGA OLUVCHI” Tashkilotning nomi Tel.: Tashkilotning telefon raqami Manzil: Tashkilotning manzili H/R: Tashkilotning hisob raqami Bank:Tashkilot bankining nomi MFO: Tashkilot bankning raqami STIR: Tashkilotning (STIR) raqami Boshliq ____________________(imzo) |
Mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligi ham mamlakatimizda investitsion muhitni yaxshilash uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar buning isbotidir.
Investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan tadbirkorning faoliyati ko‘pincha muhim shartnomalar tuzish bilan bog‘liq. Shu sababli mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, unda kichik sanoat zonasi hududida joylashgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishga oid qonunchilik normalari, taraflarning huquq va majburiyatlari, majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Namunadagi so‘rovnomalar sifatli to‘ldirilishi, kelgusida tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishining oldini oladi.