O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Haq evaziga xizmat ko‘rsatish

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (yil, oy, kun kiritiladi)
  • tuman yoki shahar nomi kiritiladi
Tomonlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • (viloyat (shahar) nomi yoziladi)
  • (tuman (shahar) nomi yoziladi)
Shartnoma predmeti
Shartnoma narxi va hisob-kitoblar tartibi
Taraflarning huquqi, majburyaitlari va javobgarligi
Buyurtmachi tashkilot haqida maʼlumotlar (rekvizitlari)
Ijrochi tashkilot haqida maʼlumotlar (rekvizitlari)

Yuklab oling

Haq evaziga xizmat koʻrsatish

shartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

 

Buyurtmachi tashkilot joylashgan manzili “Suvoqova” DUK Buyurtmachi tashkilot joylashgan filiali filiali nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi rahbar Buyurtmachi korxona rahbarining F.I.O. keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi fuqaro Ijrochi fuqaroning F.I.O. ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar.

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi”ning topshirigʻi bilan ushbu shartnomada kelishilgan va koʻrsatilgan xizmatlarni koʻrsatishni (bajarishni), “Buyurtmachi” esa koʻrsatilgan xizmatlar ishlar uchun shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda amaldagi qonunchilik boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Ushbu shartnomaga koʻra “Ijrochi” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlari:

1.2.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi” tomonidan oʻziga biriktirilgan hududlardagi aholi xonadonlarida suv oʻlchash asboblarida plombalarning butligi, oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmaganligini, ularning yaroqliligini nazorat qilib boradi va suv oʻlchash asbobidagi koʻrsatkichlarini oyma oy “Buyurtmachi”ga Water Control dasturining mobil ilovasi orqali (online) taqdim etadi;

1.2.2. “Ijrochi” tomonidan hududlarda isteʼmolchilarni taʼminlanish kategoriyasi (obodonlashtirish kodi)ning haqqoniyligini koʻrib chiqish, bundan isteʼmolchilarning suv olish manbaasi qayerdaligi (obodonlashtirish kodlari: koʻcha kolonkasi-1, hovli kolonkasi-2, ichki suv tarmogʻli, rakovinali, unitazli va moykali oʻylar-3, kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda ichki suv tarmogʻi va rakovina (moyka)li va unitazli boʻlgan turar joylar-4, suv tarmogʻi, kanalizatsiya oʻtkazilgan, vannali, markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan turar joylar-5),shunga asosan har oylik haqqoniy isteʼmol keltirib chiqishini nazorat qilish;

1.2.3.“Ijrochi” oʻziga biriktirilgan hududlar boʻyicha aholidan, yaʼni jismoniy shaxslarning ichimlik suvi isteʼmolidan boʻlgan qarzdorliklarni undirilishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi, lozim boʻlganda aholini (isteʼmolchini) ehtiyojidan kelib chiqib, joylarda tegishli tartibda naqd pullarni va terminal orqali toʻlovlarni qabul qiladi va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan mobil ilovasidagi “MUNIS” elektron toʻlov orqali kunlik “Buyurtma”chining bank hisob-raqamiga oʻtkazib boradi;

1.2.4. Jismoniy shaxslar (isteʼmolchi)ni har biri bilan shartnoma rasmiylashtiradi, rasmiylashtirilgan shartnomalarni kunlik suv taʼminot boʻlimi (otd. sbыt)ga yetkazib beriladi, har uch oyda toʻliq xatlovdan oʻtkazib, oʻtkazilgan hatlov dalolatnomalariga asosan maʼlumotlarni kunlik “Buyurtma”chiga Water Control dasturidagi mobil ilovasi orqali (online) kiritib boradi.

1.2.5. Ichimlik suvi isteʼmolchilari bilan toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha tushuntirish ishlarini olib boradi, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish boʻyicha isteʼmolchilarga yozma ravishda ogohlantirish xatlari taqdim etadi hamda taqdim etilgan ogohlantirish xatlarini Ogohlantirish xatlari topshirish mudddati kun ichida suv taʼminoti boʻlimiga topshiradi;

1.3. Xizmatlar koʻrsatish muddati:

1.3.1. Ushbu shartnoma Shartnomani amal qilish muddaticha amal qiladi va bunda “Ijrochi” xizmatlarni muddatidan oldin ham koʻrsatish huquqiga ega.

II. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI

2.1. “Buyurtmachi” “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun u tomonidan filial hisobiga suv isteʼmolidan tushirilgan mablagʻdan “Ijrochi” tushirgan pul mablag‘i hisobidan oladigan pul miqdori (foizda) (oʻn) foiz miqdorida haqni toʻlab berish majburiyatini oladi.

Bunda, “Ijrochi”ga belgilangan reja boʻyicha va undan ortiq terilgan (undirilgan) pul tushumining Ijrochi”ga belgilangan reja bo‘yicha va undan ortiq undirilgan pul miqdoridan to‘lanadigan mablag‘lar miqdori (foizda) % foizi miqdorida xizmat haqi belgilanadi, rejada belgilangan summaning Reja bo‘yicha belgilangan pul mablag‘ining eng kam miqdori foizidan Reja bo‘yicha belgilangan pul mablag‘ining yuqori miqdori foizigacha miqdorda pul mablagʻi unrdirilsa, undirilgan mablagʻning Undirilgan pul mablag‘idan “Ijrochi”ga to‘lanadigan foizi foizi, rejada belgilangan summaning Reja bo‘yicha belgilangan pul mablag‘ining eng kam miqdori foizdan kam miqdorda pul mablagʻi undirilsa Undirilgan pul mablag‘idan “Ijrochi”ga to‘lanadigan foizi foizi miqdorida xizmat haqi olishi belgilanadi.

“Ijrochi”ga hisoblangan xizmat haqidan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq va ajratmalar hisoblanadi.

“Ijrochi” tomonidan aholidan suv isteʼmoli uchun toʻlovlarni naqd koʻrinishda qabul qilinish bank tomonidan ajratilgan termoprinterlardan chek berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar (isteʼmolchi) tomonidan isteʼmol qilingan ichimlik suvi boʻyicha qarzdorliklarni undirilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi hamda boshqa turdagi hujjatlar “Buyurtmachi” tomonidan har oyning Undirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish sanasi sanasiga qadar ishlab chiqiladi va uning bajarilishini taʼminlash uchun “Ijrochi”ga taqdim etiladi.

“Ijrochi” oʻziga biriktirilgan hududda ichimlik suv tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holatlarini aniqlab, dalolatnoma tuzib, tarmoqdan uzilgandan soʻng, yetkazilgan zarar toʻliq undirilgandan keyin, undirilgan zarar summasining Undirilgan zarar summasidan to‘lanadigan rag‘batlantirish miqdori foizi, lekin mehnatga xaq toʻlashning eng kam miqdorining bir barobaridan oshmagan miqdorida ragʻbatlantirish toʻlab beriladi.

2.2. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun “Buyurtmachi” toʻlovlarni toʻlash xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan ochilgan plastik kartochkasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. “Ijrochi”ning huquq va majburiyatlari:

3.1.1. Xizmatlarni lozim darajada sifatli koʻrsatish;

3.1.2. Oʻziga biriktirilgan hududlardagi debitor qarzdorliklar yuzasidan, shuningdek, isteʼmolchilarda suv oʻlchagich asboblari oʻrnatilganligi, ularning yaroqliligi hamda koʻrsatkichlari yuzasidan tegishli maʼlumotlarni va hisobotlarni “Buyurtmachi”ga taqdim etib borish;

3.1.3. Oʻziga biriktirilgan hududda sodir boʻlgan halokatli (avariya) holatlari yuz berganda “Buyurtmachi”ni shu kunning oʻzida xabardor qilish;

3.1.4. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va ushbu shartnoma shartlarida hamda unga ilova tariqasida berilgan hujjatlarda koʻrsatilgan muddatda koʻrsatish yoki bajarish;

3.1.5. Isteʼmolchi va “Ijrochi” oʻrtasida yigʻilgan pullar isteʼmolchining shaxsiy hisob raqamida kam yoki koʻp kiritilmasligi yoxud yigʻilgan pullar ijrochining bank aylanmasi va isteʼmolchining shaxsiy hisob raqami bilan bir xil boʻlishini taʼminlash;

3.1.6. “Ijrochi” “Buyurtmachi” bilan kelishilgan muddatda hisobotlarini toʻgʻri va sifatli topshirish;

3.1.7. “Ijrochi” xizmatlar koʻrsatish jarayonida koʻrsatilgan xizmatlar natijasining sifati yomonlashuviga olib kelgan va ushbu shartnoma shartlaridan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Buyurtmachi”ning talabiga koʻra barcha aniqlangan kamchiliklarni bir oy davomida yoki kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oʻz hisobidan va tekinga bajarish;

3.1.8. “Buyurtmachi” tomonidan belgilab berilgan hamda ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan oʻzi koʻrsatish (bajarish);

3.1.9. “Ijrochi”ga berilgan tovar moddiy boylik (terminal, termoprinter va bank va “Burtmachi” tomonidan taqdim etilgan mobil ilovalarga biriktirilgan loginlar, parollar va h.k)larni asrab-avaylab ishlatishi va javobgar etib belgilanadi;

3.1.10. Zarur hollarda “Buyurtmachi”ning topshirigʻiga koʻra, filial xodimlari ishtirokida monitoring yoki xatlov oʻtkazishda ishtirok etish.

3.1.11. Oʻziga biriktirilgan hududda isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suv tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holatlarini aniqlangan taqdirda, tegishli tartibda hujjatlar (dalolatnoma) rasmiylashtirgan holda suv tarmoqdan uzish choralarini koʻrish va ushbu hujjatlarni uch (uch) kun ichida suv taʼminoti boʻlimiga taqdim etish.

3.2. “Buyurtmachi”ning huquq va majburiyatlari:

3.2.1. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlash;

3.2.2. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va sifatli koʻrsatilishini talab qilish;

3.2.3. “Ijrochi” tomonidan taqdim etib boriladigan maʼlumotlar va hisobotlarni umumlashtirish va ularning natijalari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

3.2.4. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni ushbu shartnomada belgilangan tartibda va koʻrsatilgan narxlar boʻyicha hisobot oyi tugagandan keyin Hisob kitobni amalga oshirish muddati kun ichida amalga oshirish;

3.2.5. “Ijrochi” tomonidan isteʼmolchilarning aniqlangan (muddati oʻtgan yoki oʻzoq vaqtdan buyon toʻlanmasdan kelinayotgan) qarzdorliklari, noqonuniy yoki oʻzboshimchalik bilan suv tarmogʻiga ulanganlik holatlari yuzasidan taqdim etgan hujjatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan muddatda va tartiblarda ularni undirish choralarini koʻrish;

3.2.6. “Ijrochi”ga mazkur shartnomaga asosan belgilangan xizmat haqini, ragʻbatlantirishlarni koʻrsatilgan muddatlarda toʻlab berilishini kafolatlaydi va amalga oshiradi.

3.2.5. Istalgan vaqtda “Ijrochi”ning faoliyatiga aralashmagan holda koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ishlarning borishi va sifatini tekshirish;

3.2.6. Zarur hollarda “Ijrochi”ga har kunlik xizmat koʻrsatish boʻyicha vaqt belgilash hamda ishlar bajarilayotgan joyda boʻlishini nazorat qilish.

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. “Ijrochi” xizmatlarni ushbu shartnomada belgilangan shartlarda va koʻrsatilgan muddatlarda bajarmaganligi yoki koʻrsatmaganligi uchun “Buyurtmachi”ga yetkazilgan zararni toʻliq qoplaydi hamda amaldagi qonunchilikka asosan bajarilmagan majburiyatlar miqdorining “Ijrochi” tomonidan majburiyat bajarilmaganda to‘lanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

4.2. “Ijrochi” quyidagi hollarda, yaʼni mazkur shartnoma boʻyicha “Buyurtmachi” tegishli shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnika jihozlari bilan toʻliq taʼminlamaganda javobgar boʻlmaydi.

4.3. “Ijrochi”ga biriktirib berilgan xududlarda isteʼmolchilar bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy ichimlik suvidan foydalanishiga yoʻl qoʻyib bersa, hisoblagich koʻrsatgichlari olinmasa, shartnoma shartlari bajarilmagan deb topilib “Ijrochi” bilan shartnoma bekor qilinadi.

4.4. “Buyurtmachi” ushbu shartnomada kelishilgan muddatdan keyin 30 kun davomida hisob-kitoblarni amalga oshirmasa yoki ragʻbatlantirishlar bilan taʼminlamasa “Ijrochi”ga toʻlov kechiktirilgan summaning “Buyurtmachi” tomonidan majburiyat bajarilmaganda to‘lanadigan jarima miqdori foizi miqdorda jarima toʻlaydi.

4.5. “Buyurtmachi” quyidagi hollarda, yaʼni mazkur shartnoma boʻyicha “Ijrochi”ning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda javobgar boʻlmaydi.

4.6. Yetkazilgan zararlarini qoplash va neustoyka toʻlash Taraflarni oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq bajarilishidan ozod qilmaydi.

4.7. Taraflarning ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻllaniladi.

4.8. “Ijrochi”ga biriktirib berilgan hududni monitoring qilish vaqtida noqonuniy isteʼmolchilar aniqlansa, isteʼmolchiga berilgan chek (kvitansiya) bilan bank aylanmasi va Water Control dasturiga “MUNIS” tizimi orqali kelib tushgan toʻlovlar bir xil aks etmaganlik javobgarligi masalasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

5.1. Ushbu shartnomani bajarish chogʻida va bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar hamda kelishmovchiliklar Taraflar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.

5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmagan taqdirda Taraflar kelishmovchiliklarni sudgacha tartibga solishning amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibotini amalga oshirganlaridan soʻng ularni koʻrib chiqish va hal qilish uchun tegishlilik hamda taalluqliligi boʻyicha Sudga murojaat etiladi.

VI. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va Shartnomani amal qilish muddati kuniga qadar amal qiladi.

VII. QOʻSHIMCHA SHARTLAR VA YAKUNLOVCHI QOIDALAR

7.1. Mazkur shartnomani oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mehnat toʻgʻrisida qonunchiligidan kelib chiqadigan munosabatlar tadbiq etilmaydi.

7.2. “Ijrochi” ushbu shartnoma va unga ilova tariqasida berilgan chora-tadbirlar rejalari, dasturlari, shuningdek boshqa tartibdagi majburiyatlarni kunlik va oylik bajarilishi yuzasidan tegishli maʼlumotlarni hamda hisobotlarni keyingi kundan kechiktirmasdan “Buyurtmachi”ga taqdim etadi.

7.3. “Ijrochi” oʻziga biriktirilgan hududdagi debitor qarzdorliklarni oʻz vaqtida undirilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.

7.4. “Ijrochi” tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda “Byurtmachi”ning talabiga asosan shartnoma muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilinadi.

7.6. “Ijrochi” tomonidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish yozma ravishda murojaat etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda shartnoma boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilgan yohud majburiyatlar bajarilmagan boʻlsa, uning bajarib boʻlmaslik sabablari koʻrsatilishi shart. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish sabablari Taraflar ishtirokida koʻrib chiqiladi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. Shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilgan boʻlsa, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar, shartnoma boʻyicha majburiyatlar taraflarning biri tomonidan bajarilmagan boʻlsa, uni toʻliq bajarilishi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi va ushbu holat boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda shartnomaning V-boʻlimida nazarda tutilgan yoʻnalishda hal qilinadi.

7.7. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin taraflar oʻrtasidagi majburiyatlarning bajarilishi oʻz-oʻzidan toʻxtatiladi. Bunda taraflarning yozma ravishdagi roziliklari talab etilmaydi.

7.8. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki taraflarning talabiga koʻra muddatidan oldin bekor qilinganda “Buyurtmachi” tomonidan “Ijrochi”ga berilgan moddiy-texnika jihozlar va boshqa filialga tegishli buyumlar qabul qilish va topshirish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu holat taraflar tomonidan bajarilmagan taqdirda yetkazilgan zararni oʻrnini qoplash uchun amaldagi qonunchiliklar asosida huquqni muhofaza qilish organlariga yohud sudga murojaat etilishiga asos hisoblanadi.

7.9. Ushbu xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanib, uning bajarilishi tartibi Mehnat kodeksi va qonunchiligidagi normalarga, shuningdek, munosabatlarga tadbiq etilmaydi.

7.10. Mazkur shartnoma boʻyicha ilovalar uning ajralmas qismini tashkil etadi.

7.11. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilib, ikkala nusxa bir xil kuchga ega va har bir Tarafda ushbu shartnomaning bir nusxasi saqlanadi.

TARAFLARNING MANZILLARI

Buyurtmachi

Buyurtmachi tashkilot nomi

Buyurtmachi tashkilot yuridik manzili

Buyurtmachi tashkilot telefon raqami

Buyurtmachi tashkilot faks raqami

_________________________

M.Oʻ.

Shartnoma imzolangan sana

Ijrochi

Ijrochi fuqaroning F.I.O.

Ijrochi fuqaro telefon raqami

Ijrochi fuqaro pasport seriyasi va raqami

_________________________

M.Oʻ.

Shartnoma imzolangan sana

Haq evaziga xizmat ko‘rsatish