YUK TASHISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana |
Avtotransport korxonasi nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Tashuvchi” deb yuritiladi) nomidan Avtotransport korxonasi vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Avtotransport korxonasi nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si bir tomondan va Yuk jo‘natuvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Joʻnatuvchi” deb yuritiladi) nomidan Yuk jo‘natuvchi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Yuk jo‘natuvchi taraf nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Tashuvchi unga Joʻnatuvchi tomonidan ishonib topshirilgan, ushbu shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan yukni, ushbu shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan joyga eltib koʻyish va ushbu shartnomaning 1.4-bandida koʻrsatilgan, uning yukni olish vakolatiga ega boʻlgan shaxsiga berish majburiyatini oladi, Joʻnatuvchi esa yukni tashiganlik uchun ushbu shartnomaning 3-bandida belgilangan yoʻl (kira) haqini toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Ushbu shartnomada yuk deganda, keyingi oʻrinlarda “yuk” deb yuritiladigan Tashilayotgan yukning nomitushuniladi. Yukning umumiy massasi Tashilayotgan yukning og‘irligini tashkil etadi.
1.3. Ushbu shartnoma boʻyicha yuk yetkaziluvchi joy, keyingi oʻrinlarda “tayinlangan joy” deb yuritiladigan Yuk tashuvchi tomonidan yukni yetkazib berish joyi dir.
1.4. Yukni olish vakolatiga ega shaxs, keyingi oʻrinlarda “Oluvchi” deb yuritiladigan Yukni olish vakolatiga ega shaxs lavozimi va F.I.O.sidir. Oluvchining vakolatlari Joʻnatuvchi tomonidan Tashuvchiga taqdim etilgan quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: Yukni oluvchi shaxsning yukni olishini tasdiqlovchi hujjatlari
1.5. Yukni berish joyi, keyingi oʻrinlarda “berish joyi” deb yuritiladigan Yuk tashuvchi tomonidan tashilishi lozim bo‘lgan yuklarni qabul qilib olish joyi dir.
2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Tashuvchining majburiyatlari:
2.1.1. yukni tashishni amalga oshiradigan transport vositalarining turi va miqdorini belgilash;
2.1.2. yukni yuklash uchun Yukni avtomashinalarga yuklash uchun belgilangan kun (muddat) dan kechiktirmay ushbu yukni tashish uchun yaroqli boʻlgan, soz va sanitariya talablariga javob beradigan avtomashinalarni keltirish;
2.1.3. berish joyida Yukni avtotransportga yuklash muddati davomida yukni yuklash;
2.1.4. tayinlangan joyda Yukni avtotransportdan tushirish muddati davomida yukni tushirish;
2.1.5. Yukni Yukni belgilangan joyga yetkazib berish muddati dan kechiktirmasdan tayinlangan joyga eltish va Oluvchiga berish;
2.1.6. Yukni tayinlangan joyga transport ustavlari va kodekslarida belgilangan tartibdagi muddatda eltib berish.
2.2. Joʻnatuvchining majburiyatlari:
2.2.1. transport vositalari berish joyiga yetib kelgunga qadar yukni tashishga tayyorlab qoʻyish (idishlarga joylash, yukni tashish hujjatlari, yukni yuklash va tushirish joylariga avtomashinaga oʻtish huquqini beruvchi ruxsatnomalar va hokazolarni tayyorlab qoʻyish);
2.2.2. Yukni yuklash oldidan transport vositalarining shu yukni tashishga yaroqliligini tekshirish;
2.2.3. Oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 2.1.5-bandida belgilangan muddatda yukning qabul qilib olinishini taʼminlash.
3. SHARTNOMA SUMMASI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
3.1. Yukni tashiganlik uchun kira haqi Yukni tashish (belgilangan joyga yetkazish) uchun belgilangan to‘lov miqdori soʻmni tashkil etadi.
3.2. Yukni yuklash va tushirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov miqdori YYukni yuklash va tushirish uchun belgilangan to‘lov miqdori soʻmni tashkil etadi.
3.3. Joʻnatuvchi shartnoma summasining Yukni tashish uchun kelishilgan summaning oldindan to‘lanadigan qismi foizi miqdorida toʻlovni oldindan toʻlov tartibida Yukni tashiganlik uchun kelishilgan summaning oldindan to‘lanadigan qismini to‘lash muddatigacha amalga oshiradi. Qolgan summa Yukni tashiganlik uchun kelishilgan to‘lovning qolgan qismini to‘lash muddatidan kechiktirmasdan toʻlanadi.
3.4. Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar Tashuvchining ushbu shartnomada koʻrsatilgan Hisob-kitob raqami:ga toʻlov topshiriqnomasi bilan pul oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
4.1. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
4.2. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdosanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
5. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
5.1. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq yoki shartnomaning bir tarafi tomonidan, ikkinchi taraf ushbu shartnomaning tegishli bandlari shartlarini buzgan taqdirda bekor qilinishi mumkin.
Shartnomani bir taraflama bekor qilish bu haqda tashabbus bilan chiqqan taraf tomonidan yuboriladigan yozma xabarnoma berish orqali quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi: Yuk tashish shartnomasini bir taraflama bekor qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar
5.2. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Ushbu shartnomaga ilovalar uning ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi.
5.3. Ushbu shartnoma ikki asl nusxada tuzilgan boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega va taraflarga bir nusxadan beriladi
TARAFLARNING REKVIZITLARI
Yuk tashuvchi: |
Yuk joʻnatuvchi: |
Manzil: Avtotransport korxonasi manzili |
Manzil: Yuk jo‘natuvchi taraf manzili |
Bank Avtotransport korxonasi hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank Yuk tashuvchi taraf hisob raqami joylashgan bank nomi |
H/R: Avtotransport korxonasi hisob raqami |
H/R: Yuk tashuvchi taraf hisob raqami |
STIR: Avtotransport korxonasining STIR raqami |
STIR: Yuk tashuvchi taraf STIR raqami |
Telefon: Avtotransport korxonasining telefon raqami |
Telefon: Yuk tashuvchining telefon raqami |
Qonunchilikka ko‘ra, yuk bu tashish jarayonidagi tovar hisoblanadi.
Yukni tashish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, tashuvchi, yukni jo‘natuvchi yoki oluvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnoma, yuridik hujjat hisoblanadi, unda yuk tashish hajmi, muddati va shartlari, ularga rioya qilish yuzasidan tomonlarning huquqlari, majburiyati va javobgarligi tartibga solinadi.
Yuklarni tashishga buyurtma — yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tuzilgan shartnomaga muvofiq yukning kelishilgan turkumini (partiyasini) kelishilgan muddatlarda yetkazib berish uchun tashuvchiga beradigan hujjat hisoblanadi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.