VOSITACHILIK SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana
|
Vositachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Vositachi” deb yuritiladi) nomidan Vositachi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Vositachi tashkilot masʼul shaxsining lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Komitent tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Komitent” deb yuritiladi) nomidan Komitent tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Komitent tashkilot masʼul shaxsining lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Vositachi Komitent topshirigʻiga muvofiq haq evaziga oʻz nomidan va Komitentning hisobidan quyidagi bitimlarni tuzish majburiyatini oladi:Vositachining komitent hisobidan amalga oshiradigan (tuzadigan) bitimlari nomi
1.2. Bitimlarni tuzishning aniq shartlari, sotishning eng past baholari darajasi, shuningdek mazkur shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan bitimlarga nisbatan Komitentning boshqa koʻrsatmalari Shartnomaga ilovasi sifatida yoxud alohida hujjat koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
VOSITACHINING MAJBURIYATLARI
2.1. Vositachi zimmasiga olgan topshiriqni Komitentning koʻrsatmalariga muvofiq, uning uchun eng foydali shartlarda bajarishi shart. Vositachi ishning holatlariga koʻra Komitentining manfaatlari uchun uning koʻrsatmalaridan chetga chiqish zarur boʻlsa, hamda Komitentdan bu haqda oldindan soʻray olmagan yoki oʻz soʻroviga oʻz vaqtida javob ololmagan boʻlsa, bu koʻrsatmalardan chetga chiqishga haqli.
2.2. Vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimidan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi va barcha huquqlarni amalga oshirishi shart. Vositachi Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitimning shu shaxs tomonidan bajarilishi uchun javob bermaydi (Vositachi bu shaxsni tanlashda zaruriy ehtiyotkorlik choralarini koʻrmagan yoki bitimning bajarilishi uchun kafillikni oʻz zimmasiga olgan (delkredere) hollar bundan mustasno).
2.3. Mulkni komissiyaga qabul qilish yoki uni Komitent uchun sotib olish paytida Vositachi tovarning sifati va butlanishini, idish va oʻrash vositalarining holatini tekshirishi va uning sotish, sotib olish, yuklash, tashish uchun yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Vositachi Komitent tomonidan yuborilgan yoki Komitent uchun Vositachiga keltirilgan mol-mulkni qabul qilish paytida ushbu mol-mulkda tashqi koʻzdan kechirish jarayonida mulkning shikastlanganligi yoki kamomadi aniqlanganda, shuningdek Vositachida saqlanayotgan Komitentning mol-mulkiga kimdir tarafdan zarar yetkazilgan taqdirda, Vositachi Komitent huquqlarini himoya qilishning choralarini koʻrish, jumladan zaruriy isbot-dalillarni toʻplash va bu haqda zudlik bilan Komitentni xabardor qilish majburiyatini oladi.
2.4. Vositachi komissiyaga berilgan tovarni asrashi va uning yoʻqolishi, kamomadi yoki shikastlanishiga yoʻl qoʻymasligi hamda barcha mavjud tahlikalardan sugʻurtalashi shart.
2.5. Topshiriq bajarib boʻlingandan keyin Vositachi Vositachining hisobot bo‘yicha Komitent tomonidan eʼtiroz bildirish muddati kunlik muddatda Komitentga: - tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma hisobot berishi;
- topshiriqni bajarish bilan bogʻliq holda olgan barcha narsalarni topshirishi;
-Komitentning talab qilgan taqdirda, uchinchi shaxs bilan Vositachi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan va uchinchi shaxsga nisbatan barcha huquqlarni topshirishi shart.
Agar Komitentning hisobot boʻyicha eʼtirozlari boʻlsa, u hisobotni qabul qilgan kundan boshlab Vositachining hisobot boʻyicha Komitent tomonidan eʼtiroz bildirish muddati muddat ichida oʻz eʼtirozlari haqida Vositachini xabardor qilishi lozim, aks holda hisobot qabul qilingan deb hisoblanadi.
2.6. Vositachi topshiriqni bajarish bilan bogʻliq holda unga maʼlum boʻlgan va Komitentning tijorat sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni sir saqlash majburiyatini oladi.
3. KOMITENTNING MAJBURIYATLARI
3.1. Komitent shartnomaning 1.1-bandida koʻzda tutilgan bitimlarni tuzish shartlari va xususiyatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida Vositachini xabardor qilishi shart.
3.2. Komitent topshiriqqa muvofiq ijro etilgan hamma narsani Vositachidan qabul qilib olishi, oʻzi uchun Vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni koʻzdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida darhol Vositachini xabardor qilishi, Vositachini vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.
3.3. Topshiriq bajarilgandan soʻng Komitent Vositachiga ushbu shartnomaning 4.1, 4.2-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda haq toʻlashi shart.
3.4. Komitent vositachilik haqidan tashqari, topshiriqni bajarish uchun sarf qilingan, ushbu shartnomaning 4.2 va 4.3- bandlarida nazarda tutilgan zarur xarajatlarni ham Vositachiga toʻlashi shart.
VOSITACHILIK HAQI VA KOMITENTNING TOPSHIRIGʻINI BAJARISH BILAN BOGʻLIQ XARAJATLAR
4.1. Mazkur shartnoma boʻyicha topshiriqni bajarganlik uchun Vositachiga Topshiriqni bajarganlik uchun vositachiga to‘lanadigan to‘lov miqdori soʻm miqdorda vositachilik haqi toʻlanadi. Komitent oldindan toʻlov tartibida Vositachiga toʻlanishi lozim boʻlgan haqning Vositachiga to‘lanadigan avans miqdori (foizda) foizi miqdorida avans toʻlaydi va bu summa taraflar oʻrtasida soʻnggi hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida hisobga olinadi.
4.2. Vositachi uchinchi shaxslar bilan tegishli bitimlarni tuzish payti kelmasdan turib, Komitent oʻzining Vositachiga bergan topshirigʻini toʻliq yoki qisman bekor qilgan taqdirda, u Vositachiga topshiriq bekor qilingunga kadar tuzilgan bitimlar uchun vositachilik haqini hamda mazkur shartnomaning 4.3-bandiga muvofiq, topshiriq bekor qilinguncha qilgan zaruriy xarajatlarini Vositachiga qoplashi shart.
4.3. Komitent topshiriqlarini bajarish yuzasidan Vositachining qilgan zaruriy xarajatlari summasiga tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar kiradi: Komitent topshiriqlarini bajarish maqsadida vositachi tomonidan qilingan xarajatlar
4.4. Vositachilik haqi va Vositachi tomonidan Komitent topshirigʻini bajarish yuzasidan sarf qilgan summalar Vositachiga u Komitentga topshiriqni bajarish haqida yozma hisobot taqdim etgan kundan boshlab Komitent vositachilik haqini to‘lashi uchun belgilangan muddat kun ichida toʻlanishi shart.
5. BAHOLAR, TOPSHIRIQLARNI BAJARISH VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
5.1. Vositachi Komitent tomonidan belgilangan baholar boʻyicha mulkni sotish (sotib olish) majburiyatini oladi. Vositachi Komitent belgilaganidan ham foydaliroq shartlarda bitimni tuzgan taqdirda, qoʻshimcha olingan foydaning Vositachi Komitent belgilaganidan ham foydaliroq shartlarda bitimni tuzgan taqdirda, qo‘shimcha olingan foydaning komitentga tegishli bo‘ladigan qismi (foizda) foizi komitentga Vositachi Komitent belgilaganidan ham foydaliroq shartlarda bitimni tuzgan taqdirda, qo‘shimcha olingan foydaning vositachiga tegishli bo‘ladigan qismi (foizda) foizi vositachiga taqsimlanadi.
5.2. Komitent belgilaganidan pastroq bahoda mulkni sotgan Vositachi mulkni belgilangan bahoda sotish imkoniyati boʻlmaganligini va pastroq bahoda sotish bundan ham koʻproq zararlarning oldini olganligini isbotlab bera olmasa, Komitentga farq summasini toʻlab berishi shart. Agar Vositachi Komitent belgilaganidan yuqoriroq bahoda mulkni sotib olgan boʻlsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan Komitent bu haqda Vositachiga uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqidagi xabarnomasini olgan paytdan boshlab Komitentning o‘zi uchinchi shaxs bilan bitim tuzgan taqdirda tuzilgan bitim haqida Vositachini xabardor qilishi lozim bo‘lgan muddat kun ichida yozma ravishda bildirishi lozim, aks holda ushbu muddat oʻtgandan soʻng xarid Komitent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Agar Vositachi narxlar oʻrtasidagi farqni oʻz zarariga olishini bildirsa, Komitent oʻzi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
5.3. Komitent mol-mulkini sotishdan olingan summadan: berilgan avans summasi; vositachilik haqi; Vositachi Komitent hisobidan qilgan xarajatlari summasi chegirilgan holda Komitentga topshiriqning bajarilganligi haqida yozma hisobot taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida toʻlanishi shart.
5.4. Vositachiga Komitent hisobidan tushgan barcha summalar hisobidan mazkur shartnoma boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summani Vositachi ushlab qolishga haqli.
5.5. Komitent ushbu shartnoma shartlarini buzgan yoki uzrli sabablarga koʻra topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan hollardan tashqari, Vositachi qabul qilingan topshiriqni bajarishdan bosh tortishga haqli emas.Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortishi toʻgʻrisida Komitentga yozma ravishda bildirishi lozim. Komitent Vositachining topshiriqni bajarishdan bosh tortishi toʻgʻrisidagi bildirishnomasini olgan kundan boshlab ikki hafta mobaynida mazkur shartnoma kuchda boʻladi.
5.6. Komitent istagan vaqtda Vositachiga berilgan topshirigʻini mazkur shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilgan holda bekor qilishga haqli.
5.7. Komitent sifatida ish yuritayotgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, Vositachi Komitent vakillaridan tegishli koʻrsatmalar kelgunga qadar unga berilgan topshiriqni bajarishni davom ettirishi shart.
6. VOSITACHILIK SHARTNOMASI NARSASINI TASHKIL QILUVCHI MOL-MULK
6.1. Komitentdan Vositachiga berilgan yoki Komitent hisobidan Vositachi sotib olgan mol-mulk Komitentning mulki hisoblanadi.
6.2. Vositachi Komitent oldida unda saqlanayotgan Komitent mulkining yoʻqolganligi, shikastlanganligi yoki kamomadiga yoʻl qoʻyilganligi uchun javob beradi, basharti mulkning yoʻqolganligi, shikastlanganligi yoki kam kelganligi uning aybi bilan sodir boʻlmaganligini isbotlay olsa.
6.3. Vositachi oʻz qoʻlida boʻlgan, Komitentga yoki Komitent koʻrsatgan shaxsga topshirishi kerak boʻlgan ashyolarni vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini taʼminlash uchun ushlab turishga haqli.
6.4. Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida xabardor qilingan Komitent bu haqda bildirishnoma olgan kundan eʼtiboran 30 kun ichida Vositachi ixtiyoridagi mol-mulkini tasarruf etishi shart. Xuddi shunday majburiyat Komitent Vositachiga bergan topshirigʻini bekor qilgan taqdirda ham Komitentga yuklatiladi.
Komitent ushbu muddatda Vositachi ixtiyoridagi mol-mulkini tasarruf etmagan taqdirda, Vositachi mol-mulkni Komitent hisobidan saqlab qoʻyishga topshirishga yoki Komitentga nisbatan oʻz talablarini qondirish maqsadida bu mol-mulkni Komitent uchun imkoniyati boricha foydali bahoda sotishga haqli.
7. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
7.1. Vositachi mazkur shartnomaning 5.3-bandida nazarda tutilgan summani toʻlash muddatini kechiktirgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kuni uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summaning kelishilgan miqdorda penyani Komitentga toʻlaydi.
7.2. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
8. FORS-MAJOR HOLATLARI
8.1. Taraflar shartnoma tuzilgandan keyin oqilona vositalar bilan oldindan koʻra olmagan yoki bartaraf eta olmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengib boʻlmas kuch oqibatida bajarmaslikka sabab boʻlgan holda, Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bunday holatlar boʻlib tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, epidemiyalar, hamda Taraflar fors-major holati deb hisoblaydigan holatlar boʻlishi mumkin.
9. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
9.1. Ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.
9.2. Muzokaralar olib borish yoʻli bilan nizolarni hal qilishga erishilmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yuzasidan murojaat qilinadigan sud nomi sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
10. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
10.1. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
10.2. Mazkur shartnoma ikkita asl nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Komitentda, ikkinchisi Vositachida saqlanadi.
10.3. Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddatining boshlanish vaqtidan SShartnomaning amal qilish muddatining tugash vaqtigacha boʻlgan muddatga tuzildi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
10.4. Mazkur shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
10.5. Shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
|
TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI |
|
VOSITACHI: Vositachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli |
KOMITENT: Komitent tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli |
||
Manzil: Vositachi tashkilotning manzili |
Manzil: Komitentning manzili |
||
Bank: Vositachinting hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank Komitent hisob raqami joylashgan bank nomi |
||
H/R: Vositachining hisob raqami |
H/R: Komitent hisob raqami |
||
STIR: Vositachining STIR raqami |
STIR: Komitent STIR raqami |
||
Telefon: Vositachining telefon raqami |
Telefon: Komitent tashkilotning telefon raqami |
||
Vositachi tashkilot masʼul shaxsining lavozimi va F.I.O.si |
_______________ |
Komitent tashkilot masʼul shaxsining lavozimi va F.I.O.si |
_______________ |
|
(Imzo) |
|
(Imzo) |
Qonunchilikka ko‘ra, vositachilik shartnomasida bir tiraf (vositachi) ikkinchi taraf (komitent) topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent bir yoqi bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi.
Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo‘yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo‘lsa ham, vositachi huquqlarga ega bo‘ladi va zimmasiga majburiyat oladi.
Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko‘rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko‘zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo‘lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo‘yilgan yoki qo‘yilmagan holda tuzilishi mumkin.