Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish NAMUNAVIY SHARTNOMASI |
||
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy
|
Ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkasining manzili hududidagi yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi Ijaraga beruvchi nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si (bundan buyon-“ikkilamchi ijaraga beruvchi”) bir tomondan, Ijaraga oluvchi nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomonidan ikkilamchi ijaraga oluvchi (bundan buyon-“ikkilamchi ijaraga oluvchi”) ikkinchi tomondan quyidagi shartlar asosida mazkur shartnomani tuzishdi: |
||
I. Shartnomaning predmeti |
||
1. Ikkilamchi ijaraga beruvchi Yer uchastkasini foydalanish muddati boshlanadigan sana Yer uchastkasini foydalanish muddati tugaydigan sana muddatga Ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkasining manzili hududi qishloq xoʻjaligi joylashgan Yer uchastkasini qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga joyining maydoni gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga topshiradi, ikkilamchi ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi. Ikkilamchi ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan xaritada koʻrsatiladi. Ikkilamchi ijaraga berilgan yer uchastkasi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkasining manzili ixtisoslashuvi boʻyicha (yer uchastkasini uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun Yer uchastkasini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun berilgan muddati muddatga beriladi. |
||
2. Yuqorida koʻrsatilgan yer uchastkasi “Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish” bo‘yicha shartnomasi ro‘yxatga olingan sanasiida “Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish” bo‘yicha shartnomasi ro‘yxatga olingan raqami-son bilan roʻyxatga olingan “Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish” shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida ijaraga beruvchiga tegishlidir. |
||
3. Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish paytida unda quyidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar mavjud: Sugʻoriladigan yerlar hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan sug‘oriladigan yerlar hajmi (gektar)i(gektar) gektar Lalmikor (sugʻorilmaydigan) yerlar hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan lalmikor (sug‘orilmaydigan) yerlar hajmi (gektar) gektar Bogʻ yerlari hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan bog‘ yerlari yerlar hajmi (gektar)gektar Uzumzor yerlar hajmiIkkilamchi ijaraga berilayotgan uzumzor yerlar hajmi (gektar) gektar Tutzor yerlar hajmi IIkkilamchi ijaraga berilayotgan tutzor yerlar hajmi (gektar)gektar Boshqa koʻp yillik daraxtlar hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan boshqa ko‘p yillik daraxtlar yerlar hajmi (gektar)gektar Pichanzor, yaylov va boʻz yerlar hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan pichanzor, yaylov va bo‘z yerlar hajmi (gektar) gektar Boshqa toifadagi yerlar hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan boshqa toifadagi yerlar hajmi (gektar) gektar Ikkilamchi ijaraga berilayotgan jami yer uchastkasi hajmi Ikkilamchi ijaraga berilayotgan jami yer uchastkasi hajmi (gektar) gektar |
||
II. Ijara haqi |
||
4. Ikkilamchi ijaraga oluvchi mazkur shartnomaning 1-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasidan foydalanganligi uchun Ijaraga beruvchiga har bir gektar yer uchastkasi uchun Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga har bir gektar yer uchastkasi uchun to‘laydigan ijara summasi soʻmdan, jami Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga jami yer uchastkasi uchun to‘laydigan ijara summasi soʻm hisob-kitobni amalga oshiradi. Ijara haqini oʻzaro kelishilgan muddatda, biroq mazkur shartnoma amalda boʻlgan muddat ichida hisob kitob qilinadi. 5. Ikkilamchi ijaraga olingan yer uchastkasining ijara haqi hajmi taraflarning kelishuviga asosan oʻzgartirilishi mumkin. |
||
III. Ikkilamchi ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari |
||
6. Ikkilamchi ijaraga beruvchining huquqlari: ikkilamchi ijaraga olingan yer uchastkasidan belgilangan maqsadda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; shartnoma shartlari asosida ijara xaqini olish; mazkur shartnoma va sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari asosida boshqa huquqlarni amalga oshirish; 7. Ikkilamchi ijaraga beruvchining majburiyatlari: ikkilamchi ijaraga oluvchiga ushbu shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, Ijaraga beruvchi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng necha kun ichida yer maydonini egalik qilish uchun topshirish lozim kun ichida belgilangan yer uchastkasidan egalik qilishga, undan mustaqil foydalanishga shart-sharoit yaratib berish hamda shartnoma asosida ajratilgan yer uchastkasi taraflar tomonidan imzolanib, tasdiqlangan dalolatnoma asosida topshirish; “Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi”dan kelib chiqib, ijaraga beruvchi oʻz oldidagi barcha huquq va majburiyatlari hamda uchinchi shaxs (mahalliy hokimlik)ning yerga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida ikkilamchi ijaraga oluvchini xabardor qilish; ikkilamchi ijarachining faoliyatiga aralashmaslik; ushbu shartnomani belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishiga hamkorlik koʻrsatish; ikkilamchi ijaraga olingan (sugʻoriladigan yer toifasidagi) yer uchastkasini belgilangan tartibda sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv olish limitlariga muvofiq suv resurslari yetkazib berilishida hamkorlik koʻrsatish; ikkilamchi ijara muddati tugaganidan soʻng yer uchastkasini belgilangan tartibda qabul qilib olish; mazkur shartnoma hamda sohani tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talabiga rioya etish; |
||
IV. Ikkilamchi ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari |
||
8. Ikkilamchi ijarachining huquqlari: shartnoma shartlariga muvofiq yer uchastkasini qabul qilish va topshirish; yer uchastkasidan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish; yer uchastkasidan olingan foyda va daromadni mustaqil tasarruf etish; oʻz mablagʻlari hisobidan ikkilamchi ijaraga olingan yer uchastkasida belgilangan tartib boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish; hududdagi suv yetkazib beruvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari bilan shartnoma rasmiylashtirgan holda belgilangan tartibda ajratilgan suv olish limitlariga muvofiq suv resurslaridan foydalanish; mazkur shartnoma va sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari asosida boshqa huquqlarni amalga oshirish; |
||
9. Ikkilamchi ijarachining majburiyatlari: ijaraga olingan yer uchastkasidan maqsadli va oqilona foydalanish; ikkilamchi ijaraga olingan yer uchastkasi holatini yomonlashishini oldini olish; shartnomada belgilangan miqdor va muddatda ijara xaqini toʻlash; shartnomani amal qilish muddati tugaganidan soʻng, yer uchastkasini Shartnomani amal qilish muddati tugaganidan so‘ng yer uchastkasi nechi kun ichida qaytarilishi lozim kun ichida ijarachiga oʻzaro tuzilgan dalolatnoma asosida qaytarish; ushbu shartnomani belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishiga hamkorlik koʻrsatish; irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash; oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirilishi jarayonida oʻzga yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik; ijaraga olingan yer uchastkasidan belgilangan maqsadda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida ijaraga beruvchining yer uchastkasiga erkin kirishi huquqini taʼminlash; mazkur shartnoma va sohani tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari asosida boshqa huquqlarni amalga oshirish; |
||
V. Shartnomani amal qilish muddati va oʻzgartirish hamda bekor qilish tartibi |
||
10. Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati boshlanadigan sanadan Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha amalda boʻladi. Ushbu shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, oʻzaro kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tartibida oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 11. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab boʻladi. 12. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga koʻra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi. 13. Ikkilamchi ijarachi muomalaga layoqatsiz deb topilganda shartnomaning amal qilishi qonunda belgilangan tartibda va shartlarda toʻxtatiladi. Bunday hollarda ijarachining oila aʼzolaridan biri ijara shartnomasi tuzishda ustun huquqqa ega boʻladi. |
||
VI. Nizolarni hal qilish va tomonlarning javobgarligi |
||
14. Shartnomada nazarda tutilgan yer uchastkasini topshirish muddati buzilgan taqdirda, ijarachi ikkilamchi ijaraga oluvchiga har bir kechiktirilgan kunlari uchun shartnomaning umumiy qiymatining Shartnomadagi majburiyatlar buzilgan taqdirda ijarachi ikkilamchi ijaraga oluvchiga har bir kechiktirilgan kunlari uchun shartnoma umumiy qiymatining nechi foizi miqdorida jarima to‘laydi % hajmida jarima toʻlaydi. 15. Ushbu shartnomada koʻzda tutilgan yer uchastkasini qaytarish muddatini buzgan taqdirda ikkilamchi ijaraga oluvchi ijarachiga har bir kechiktirilgan kunlari uchun shartnomaning umumiy qiymatining Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda ikkilamchi ijaraga oluvchi ijarachi har bir kechiktirilgan kunlar uchun shartnoma umumiy qiymatining nechi foizi miqdorida jarima to‘laydi % hajmida jarima toʻlaydi. 16. Ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan ijara haqi muddatida amalga oshirilmagan taqdirda, u ijaraga beruvchiga har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlanmagan ijara haqining Ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan ijara haqi muddatida amalga oshirilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun necha foiz miqdorida penya to‘laydi % hajmida penya toʻlaydi. 17. Ushbu shartnoma shartlari buzilishi boʻyicha tomonlar oʻzaro kelishuv asosida, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tartibida hal qilinadi. |
||
VII. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari |
||
18. Ushbu shartnomaning biron bir taraflarining irodasi, istaglariga zid boʻlgan vaziyatlardan yoki oldini olib boʻlmaydigan holatlardan kelib chiqib majburiyatlar bajarilmaganligi, taraflarni javobgarlikdan ozod qiladi. Aybning yoʻqligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanishi lozim. |
||
VIII. Yakuniy qoidalar |
||
19. Ushbu shartnoma uch nusxada tuzilib, birinchisi “ijaraga beruvchi”ga, ikkinchisi “ikkilamchi ijaraga oluvchi”ga, uchinchisi yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish organiga taqdim etiladi. |
||
Tomonlarning rekvizitlari: |
||
Ijaraga beruvchi: |
Ijaraga oluvchi: |
|
Manzil: Ijaraga beruvchi tarafning manzili |
Manzil: Ijaraga oluvchi tarafning manzili |
|
Bank: Ijaraga beruvchi tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank: Ijaraga oluvchi tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
H/R: Ijaraga beruvchi tarafning hisob raqami |
H/R: Ijaraga oluvchi tarafning hisob raqami |
|
STIR: Ijaraga beruvchi tarafning STIR raqami |
STIR: Ijaraga oluvchi tarafning STIR raqami |
|
Telefon: Ijaraga beruvchining telefon raqamiIjaraga oluvchining telefon raqami |
||
Ijaraga beruvchi nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si |
Ijaraga beruvchi nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si |
|
_________________ imzo |
_________________ imzo |
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, dehqon xo‘jaliklari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki uning bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida vaqtincha foydalanishga berishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tayyorlangan mazkur shartnoma namunasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, shartnomani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.