O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvi chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Taʼminotchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: raisi S.Karimov, direktori I. Alimov
“Isteʼmolchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvi chiqarishShartnoma raqamixizmatlarini koʻrsatish yuzasidan  Shartnoma raqami– sonli shartnoma

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ushbu shartnoma “Taʼminotchi” tarafning nomi suv taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida ish yurituvchi “Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, Isteʼmolchining manzili manzilida joylashgan xonadon egasi Isteʼmolchining F.I.Osi (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar haqida tuzildi.

I. Shartnoma predmeti

1.1.“Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ga ichimlik suvi taʼminotini amalga oshirishni va oqova suvlarni chiqarish xizmatini (keyingi oʻrinlarda xizmatlar deb yuritiladi) koʻrsatishni zimmasiga oladi.

1.2.Isteʼmolchi koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni zimmasiga oladi.

1.3.Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalari”ga asoslanadi.

II. Umumiy qoidalar

2.1. Xizmatlardan foydalaniladigan “Isteʼmolchi”ning:

Manzili: Isteʼmolchining manzili

suv hisoblagich toʻgʻrisidagi maʼlumot “Isteʼmolchi”ning suv hisoblagich (lar) to‘g‘risidagi maʼlumot

suv olish joylari soni “Isteʼmolchi”ning suv olish joylari soni (ta)

xonalar soni (koʻp kvartilik uylar uchun) “Isteʼmolchi”ning xonalar soni (ko‘p kvartilik uylar uchun) (ta)

koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun shaxsiy hisob raqami “Isteʼmolchi”ning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun shaxsiy hisob raqami

telefon raqami Isteʼmolchining telefon raqami

toʻlovlar boʻyicha hisoblarni qabul qilish uchun qoʻshimcha manzillari (shaxsiy kabinet, messenjer va boshqalar) “Isteʼmolchi”ning to‘lovlar bo‘yicha hisoblarni qabul qilish uchun qo‘shimcha manzillari (shaxsiy kabinet, messenjer va boshqalar)

xizmatlarni qabul qilish joyi (quvurlarning xizmat koʻrsatish chegarasi) ichimlik suvi taʼminoti uchun Isteʼmolchi”ning xizmatlarni qabul qilish joyi (quvurlarning xizmat ko‘rsatish chegarasi) ichimlik suv taʼminoti uchundan va oqova suv chiqarishda oqova suv quvurining Isteʼmolchi”ning xizmatlarni qabul qilish joyi (quvurlarning xizmat ko‘rsatish chegarasi) oqova suv quvurining taʼminoti uchundan boshlab.

2.2. Xizmatlar koʻrsatuvchi “Taʼminotchi”ning:

manzili “Taʼminotchi” tarafning manzili

telefon raqami “Taʼminotchi” tarafning telefon raqami

toʻlovlar boʻyicha hisoblarni maʼlum qilish uchun ijtimoyi tarmoqlardagi sahifa va dasturlari “Taʼminotchi”ning to‘lovlar bo‘yicha hisoblarni maʼlum qilish uchun ijtimoyi tarmoqlardagi sahifa va dasturlari

xizmatlarni koʻrsatish joyi (xizmat koʻrsatish chegarasi) ichimlik suv taʼminotida “Taʼminotchi”ning xizmatlarni ko‘rsatish joyi (xizmat ko‘rsatish chegarasi) ichimlik suv taʼminoti uchun gacha va oqova suv chiqarishda oqova suv quvurining “Taʼminotchi”ning oqova suv chiqarishda oqova suv quvurining taʼminoti uchungacha.

III. Tomonlarning majburiyat va huquqlari

 

3.1. “Taʼminotchi”ning majburiyatlari:

a)“Isteʼmolchi”ga sanitariya qoidalari va normalari, gigiyena normativlari hamda davlat standartlariga muvofiq tayyorlangan ichimlik suvni uzluksiz yetkazish;

b)“Isteʼmolchi”ning oqova suvlarini oqova suv quvurlariga qabul qilish orqali uzluksiz olib chiqib ketish;

v)“Isteʼmolchi”ga tegishli barcha ichimlik suvini hisoblagichlarini, zulfin va gidrantlarini plombalash;

g)har oyda bir marotaba “Isteʼmolchi”dagi ichimlik suvi hisoblagichlari koʻrsatkichlarini qayd etish, “Isteʼmolchi”ga tegishli barcha ichimlik suvini hisoblagichlari, zulfin va gidrantlardagi taʼminotchi tomonidan oʻrnatilgan plombalar holatini oʻrganish;

d)xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tariflar bilan “Isteʼmolchi”ni tanishtirish, tariflar oʻzgarishi haqida “Isteʼmolchi”ni 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yordamida xabardor qilish;

ye)xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar “Isteʼmolchi”ga hisoblarni taqdim etish;

yo) xizmatlarni koʻrsatishda rejali toʻxtatish haqida besh ish kun oldin “Isteʼmolchi”ni ogohlantirish;

j)xizmatlar koʻrsatishda buzilishlar aniqlangandan boshlab bir sutka mobaynida ularning sabablari, xizmat koʻrsatishdagi toʻxtalish muddatlari va cheklanishlar, shuningdek koʻrsatilayotgan xizmat sifatlarining oʻzgarishi sabablari haqida “Isteʼmolchi”ga axborot berish;

z)xizmatlarni koʻrsatishda rejali toʻxtash davomiyligi 12 soatdan oshganda, “Isteʼmolchi”ga transportda ichimlik suvi yetkazish;

k)ichimlik suvi hisoblagichlaridan foydalanishning cheklangan muddati tugashidan kamida 30 kalendar kun avval “Isteʼmolchi”ni hisoblagichlaridan foydalanish muddati tugayotganligi va bu borada amalga oshirishi zarur boʻlgan tadbirlar haqida aniq manzil va telefon raqamlarni koʻrsatgan holda ogohlantirish.

3.2. “Isteʼmolchi”ning majburiyatlari:

a)ichimlik suvidan samarali va oqilona foydalanish, ichimlik suvini behuda oqib ketishini oldini olish;

b)hududidagi ichimlik suv va oqova suv quvurlari hamda qurilmalarining soz holatda saqlash, ularga tashqi taʼsir va obhavo sababli zarar yetishini oldini olish;

v)ichimlik suvini hisoblagichlari, zulfin va gidrantlariga oʻrnatilgan plombalarni soz holatda saqlanishini kuzatib borish;

g)xizmatlarni qabul qilish joyidan boshlab quvurlarda sodir boʻlgan nosozliklar haqida “Taʼminotchi”ga 24 soat ichida maʼlumot berish va “Taʼminotchi”ning texnik nazorati ostida nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda buning natijasida “Taʼminotchi”ning ichimlik suvi isrof boʻlishi yuzasidan keltirilgan zararni qoplash;

d)ichimlik suv hisoblagichlarda yaqqol koʻrinib turgan nosozliklar aniqlanganda aloqa vositalari orqali “Taʼminotchi”ni xabardor qilish;

ye)oqovaga quvurlariga maishiy oqova suvlardan tashqari oqovalarni oqizmaslikka;

yo)ichimlik suvi hisoblagichlari koʻrsatkichlarini qayd etish va oʻziga tegishli barcha ichimlik suvini hisoblagichlari, zulfin va gidrantlardagi plombalar holatini oʻrganish uchun “Taʼminotchi” xodimini guvohnomasi bilan tanishgan holda har oyda bir marotaba oʻz hududiga kiritish;

j) ichimlik suvi hisoblagichlaridan foydalanishning cheklangan muddati tugashi haqida “Taʼminotchi” tomonidan ogohlantirilgandan keyin kamida 30 kalendar kun ichida qiyoslashdan oʻtkazish;

z) “Taʼminotchi” tomonidan toʻlov boʻyicha hisoblar taqdim etilgandan soʻng xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish;

k)boshqa manbaalar boʻlmaganda, faqat tungi vaqtda soat 00–00 dan 05–00 gacha ichimlik suvidan sugʻorish ishlarini amalga oshirishish.

3.3.“Taʼminotchi”ning huquqlari:

a)quyidagi holatlarda isteʼmolchini kamida besh ish kuni oldin ogohlantirgan holda ichimlik suvini yetkazish va oqova suvni chiqarish xizmati koʻrsatishni toʻxtatish:

istyemolchilarning ichimlik va oqova suv tarmoqlari, inshootlari texnik nosozligi natijasida behuda sarflanganda, ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan aniqlangan texnik kamchiliklar bartaraf etilmaganda;

koʻrsatilgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari uchun bir oydan oshgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;

ichimlik suvi va oqova suv tozalash inshootlari hamda quvurlarida rejali taʼmirlash, profilaktika ishlari oʻtkazilganda, shuningdek yangi isteʼmolchilarni ulash ishlari amalga oshirilganda 72 soatdan oshmagan muddatga;

isteʼmolchi tasarrufida boʻlgan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari yoki tarmoqlariga subabonentlarning oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlanganda;

oqovaga quvurlariga maishiy oqova suvlardan tashqari oqovalarni oqizilganda;

b)quyidagi holatlarda isteʼmolchini ogohlantirmasdan ichimlik suvini yetkazish va oqova suvni chiqarish xizmati koʻrsatishni toʻxtatish:

tabiiy ofatlar roʻy berganda;

ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatilganda;

ichimlik suvi va oqova suv tozalash inshootlari xamda quvurlarida avariya roʻy berganda;

yongʻin chiqqan joylarga suv uzatishni koʻpaytirishga zarurat tugʻilganda;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining oʻz tasarrufidagi ichimlik va oqova suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish aniqlanganda;

v)har oyda bir marotaba ichimlik suvi hisoblagichlari koʻrsatkichlarini qayd etish, ichimlik suvini hisoblagichlari, zulfin va gidrantlardagi taʼminotchi tomonidan oʻrnatilgan plombalar holatini oʻrganishi uchun isteʼmolchilarning xududlariga kirish;

g)ichimlik suv taʼminoti va oqova suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzilishi holatlari boʻyicha davlat nazorati organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilish.

3.4. Isteʼmolchining huquqlari

a)xizmatlar uzluksiz amalga oshirilishini, oʻz hayoti va sogʻligʻiga, mulkiga xavf tugʻdirmaydigan darajadagi sifat va miqdorda ichimlik suv berilishini talab qilish;

b)“Taʼminotchi”dan ichimlik suvini hisoblagichlarini oʻrnatish, ularni belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratdan oʻtkazishni talab qilish;

v)xizmatlarining uzluksiz amalga oshirilishini, oʻz hayoti, sogʻligʻiga va mol-mulkiga xavf tugʻdirmaydigan darajadagi sifat va miqdorda ichimlik suvi berilishini, majburiyatlar lozim bajarilmaganda suv taʼminoti tashkilotidan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda jarima (penya)lar toʻlashni talab qilish;

g)xizmatlar boʻyicha tegishli toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;

ye)ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish xizmatlarini isteʼmol qilishda qarzdorligi boʻyicha suv taʼminoti tashkilotidan maʼlumotlarni bepul olish;

yo)ISKX tashkilotidan ichimlik suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, toʻlovlar tarifi va tartiblarining oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni bepul olish;

j) ichimlik suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida ISKX tashkilotidan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;

z)sanitariya qoidalari va normalari, gigiyena normativlari hamda davlat standartlariga muvofiq boʻlmagan ichimlik suvi yetkazish aniqlangan davrdan u tegishli darajaga olib kelingan vaqtga qadar qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish;

k)ortiqcha hisoblanib, undirilgan toʻlovlarni ichimlik suvi taʼminoti tashkilotidan qaytarilishini talab qilish.

IV. Xizmatlarni hisobga olish va toʻlovlarni hisob-kitobqilish tartibi

 

4.1.“Taʼminotchi” tomonidan yetkazib berilgan ichimlik suvining miqdori hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.

4.2.“Isteʼmolchi”da ichimlik suvi hisoblagichi mavjud boʻlmaganda, u tomonidan sarflangan ichimlik suvi miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmoli normalariga muvofiq aniqlanadi.

4.3.“Isteʼmolchi”ning oqova tizimiga chiqariladigan oqova suvlari miqdori ichimlik suv taʼminoti tizimidan sarflangan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.

4.4.Markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti va boshqa suv quvurlaridan (manbalardan) oʻz ehtiyojlari uchun qoʻshimcha suv sarflanganda:

markazlashtirilgan issiq suv sarflanganda qoʻshimcha suvning hisoblagichlari koʻrsatkichlari boʻyicha yoki hisoblagichlar bilan taʼminlanmaganda olingan ichimlik suvining ikki barobari miqdorida;

boshqa suv quvurlaridan (manbalardan) suv sarflanganda qoʻshimcha suvning hisoblagichlari koʻrsatkichlari boʻyicha yoki hisoblagichlar bilan taʼminlanmaganda suv olish manbalarini quvvati boʻyicha oqova suv miqdori hisoblanadi.

4.5.“Isteʼmolchi” oʻtgan oy uchun koʻrsatilgan xizmatlar uchun keyingi oyning 10-sanasiga haq toʻlashni amalga oshirishlari shart.

4.6.Koʻrsatilgan hizmatlar miqdoriga tariflarni koʻpaytirgan holda hamda mahsus ustama haqni qoʻshgan holda koʻrsatilgan hizmatlarning toʻlov miqdori aniqlanadi. Mazkur shartnomaning 4.2. bandida keltirilgan holatda belgilangan tariflarga orttiriluvchi 1,5 koeffitsiyentini qoʻllab hisoblanadi.

4.7.Koʻrsatiladigan xizmatlarning tariflari va ustama haq miqdori quyidagicha:

1m3 ichimlik suv:

1m3 ichimlik suv uchun tarif narxisoʻm tarif narxi;

1m3 ichimlik suv uchun maxsus ustama xaq narxi soʻm maxsus ustama xaq.

1m3 oqova suv olib chiqish xizmati:

1m3 oqova suv olib chiqish xizmati uchun tarif narxi soʻm tarif narxi;

1m3 oqova suv olib chiqish xizmati uchun maxsus ustama xaq miqdori soʻm maxsus ustama xaq.

4.8.Mazkur shartnoma imzolangandan keyin tarif va maxsus ustama haqlarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida “Isteʼmolchi”ga ommaviy axborot vositalari orqali axborot berilganda, mazkur shartnomaning 4.7. bandida belgilangan narx va maxsus ustama haq midori yangi belgilangan tarif va maxsus ustama haq miqdoriga oʻzgargan hisoblanadi.

4.9.Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar “Isteʼmolchi”ning tanlovi boʻyicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki zamonaviy toʻlov dasturlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

4.10. “Isteʼmolchi” avans tariqasida ichimlik va oqova suv xizmati (shuningdek, maxsus ustama) uchun 12 oydan koʻp boʻlgan muddatga toʻlovlarni avvaldan amalga oshirib qoʻygan boʻlsalar, ular shu vaqt mobaynida tariflar (shuningdek, maxsus ustama miqdori)ning oʻzgarishi tufayli toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlardan ozod etiladi.

4.11. “Isteʼmolchi” aybi bilan hisobga olish pribori ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda “Taʼminotchi” xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, ichimlik suvi hisoblagichlaridan foydalanishning cheklangan muddati tugashi haqida “Taʼminotchi” tomonidan ogohlantirilgandan keyin 30 kalendar kun ichida qiyoslashdan oʻtkazilmaganda olingan suv miqdori, soʻnggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan boshlab holatlar bartaraf etilgunga qadar (yangi suvni hisoblagich oʻrnatish, qiyoslovdan oʻtkazish) mazkur shartnomaning 4.2. bandiga asosan toʻlov hisoblanadi.

 

V. Alohida shartlar

5.1.Ichimlik suvi hisoblagichlaridan foydalanishning cheklangan muddati tugashi haqida “Taʼminotchi” tomonidan ogohlantirii berilmaganda isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun mazkur sharnomaning 4.2. bandiga asoan toʻlov hisoblash mumkin emas.

5.2.Suvni hisobga olish pribori yoʻq xonadonlarda yoz mavsumlarida nasos bosimi orqali suv mikroiqlim (mikroklimatlar) foydalanish taqiqlanadi.

 

VI.Tomonlarning javobgarligi

6.1.Tomonlar mazkur shartnoma talablarini bajarmaganliklari uchun hamda buning oqibatida tomonlarga yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashga javobgar boʻladilar.

 

VII. Nizolarni hal etish tartibi

7.1.Taraflar oʻrtasida shartnoma yuzasidan kelib chiqqan nizolar, kelishuv yoʻli bilan hal qilinadi. Agarda ikki tomonlama kelishuvga erishilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “Isteʼmolchi” istiqomat qiladigan hududdagi iqtisodiy sudlar orqali hal qilinadi.

7.2.Ushbu shartnomada belgilangan holatlar yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, Qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.

 

VIII. Fors – major

8.1.Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat xodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch (fors major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar muzkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

8.2.Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon 3 kun ichida boshqa tomonni fors-major xolati boshlangan muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

8.3.Agar fors-major holatining shartnoma shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat toʻsqinlik qilsa, tomonlardan biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

 

IX. Shartnomaning amal qilish muddati

9.1.Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikki tarafda bir nusxadan saqlanadi.

9.2.Shartnoma, imzolangan kundan haqiqiy hisoblanadi.

9.3.Shartnoma 20 yilga tuziladi va ushbu muddat tugishi bilan tomolarda uni davom ettirishga eʼtiroz boʻlmasa amal qilish muddati davom etadi, ushbu holatda shartnomani bekor qilish uchun tomonlar biri ikkinchisini eng kamida 15 kun oldin ogohlantirishi shart.

X. Taraflarning rekvizitlari

“Taʼminotchi” tarafning nomi

Manzil: Isteʼmolchining manzili

Manzil: “Taʼminotchi” tarafning manzili

Pasport raqami Isteʼmolchining pasport seriyasi va raqami

Bank: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi

Tugʻilgan sanasi Isteʼmolchining tug‘ilgan sanasi

H/R: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami

Pasport qachon va kim tomonidan berilgan Isteʼmolchiga pasport qachon va kim tomonidan berilgan

STIR: “Taʼminotchi” tarafning STIR raqami

Telefon: Isteʼmolchining telefon raqami

Telefon: “Taʼminotchi” tarafning telefon raqami Isteʼmolchining F.I.Osi

“Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

 

_________________

imzo

_________________

imzo

 

 

Yuriskonsult: ___________________________ (imzo) (F.I.O)

 

 

 

 

 

 

 

 

Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvi chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma

Qonunchilikka ko‘ra, suv taʼminoti - ichimlik va texnologik suvni olish, tayyorlash, uzatish va isteʼmolchi (subisteʼmolchi)ga yetkazishni taʼminlaydigan texnologik jarayon hisoblanadi.

Shuningdek, oqova suvni chiqarish isteʼmolchi (subisteʼmolchi)lardan oqova suvlarni qabul qilib olish, keyinchalik uni kanalizatsiya tozalash inshootlariga uzatishni taʼminlaydigan texnologik jarayon.

Suv isteʼmoli - isteʼmolchi (subisteʼmolchi) tomonidan o‘zining shaxsiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirishi, shuningdek ishlab chiqarishda texnologik ehtiyojlarni qondirish maqsadida ichimlik suvdan foydalanish holatlari hisoblanadi.

Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”ga asoslanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.