O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Byudjet tashkilotlari (II guruh)ga suv tarqatish shaxobchalari (gusak)dan avtotransport orqali suv yetkazib berish bo‘yicha shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Taʼminotchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: raisi S.Karimov, direktori I. Alimov
“Isteʼmolchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandda suv qaysi muddat (davr) davomida yetkazib berilishi ko‘rsatiladi

Yuklab oling

 

Tarif qiymati:

Suv 1 m3 “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 ichimlik suvi uchun toʻlov miqdori soʻm

Byudjet tashkilotlari (IIguruh)ga suv tarqatish shaxobchalari (gusak)dan avtotransport orqali suv yetkazib berish boʻyicha Shartnoma raqami-SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ushbu shartnoma “Taʼminotchi” tarafning nomi suv taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida ish yurituvchi “Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, Isteʼmolchining manzili manzilida joylashgan xonadon egasi Isteʼmolchining F.I.Osi (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar haqida tuzildi.

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Suv yetkazib berish muddati uchun suv yetkazish hajmi boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq byudjet tashkilotlari va II guruh isteʼmolchilari uchun suv yetkazish 1m3 suv yetkazib berish uchun belgilangan narx narx boʻyicha m3ni, 1m3suv uchun Suv taʼminoti xizmatlari tariflariga isteʼmolchilar uchun belgilangan ustama xaq miqdori soʻm (+QQS 15%, + (maxsus ustama haq)soʻm) ni tashkil qilmoqda.

1m3oqova suv uchun “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 oqova suvi uchun to‘lov miqdori soʻm (+QQS 15%)

Oʻrtacha sutkalik ichimlik suv isteʼmoli limiti O‘rtacha sutkalik ichimlik suv isteʼmoli limiti m3.

Shu tariqa shartnomaning umumiy qiymati Shartnomaning umumiy qiymati necha so‘mni tashkil qiladi soʻmni tashkil qildi.

Shu jumladan, byudjet mablagʻlaridan Mablag‘ning qancha miqdori davlat byudjetidan to‘lanishi ko‘zda tutilgan soʻm, byudjetdan tashqari mablagʻlaridan Mablag‘ning qancha miqdori davlat byudjetidan tashqari manbalardan to‘lanishi nazarda tutilgan soʻm toʻlanishi koʻzda tutilgan.

Byudjet tashkilotlari II guruh isteʼmolchilari tomonidan toʻlov oyma-oy tarzda “Taʼminotchi” tomonidan taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalarga asosan, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali suv taʼminoti uchun oʻtkazilgan mablagʻlar orqali amalga oshiriladi.

1.2. “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ni amaldagi standartga muvofiq ravishda barqaror ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Ushbu standart nazorat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan amalga oshirilib, suv tarif qiymatida (QQSni hisobga olgan holda) xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish-texnologik ehtiyojlarga yoʻnaltiradi.

1.3. “Isteʼmolchi” oʻrnatilgan muddatlar ichida “Taʼminotchi”ga koʻrsatilgan suv taʼminoti uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.4. Taraflar ushbu shartnomaning suv taʼminoti boʻyicha shartlarini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish Qoidalari”ga (keyinchalik matnda – Qoidalar deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 16 noyabdagi “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5241-sonli Farmoni, Ichimlik suvi uchun taʼrif belgilash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadagi Ichimlik suvi uchun taʼrif belgilash to‘g‘risidagi qarorning raqami-sonli qarorga, muvofiq tarifga 1 m3 uchun Suv taʼminoti xizmatlari tariflariga isteʼmolchilar uchun belgilangan ustama xaq miqdori soʻm maxsus ustama haq joriy etilgan hamda “Taʼminotchi” tomonidan taqdim qilingan ichimlik ichimlik suv yetkazib berish uchun ruxsat etuvchi hujjatlarga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.

1.5. “Isteʼmolchi” ushbu shartnomaga ularning suvda ehtiyoji, yetkazib berishning miqdori koʻrsatgan holda, kadastr nusxasini taqdim qiladi, “Taʼminotchi”ni oʻz vaqtida bank maʼlumotlari va yuridik manzilidagi oʻzgarishlar haqida xabardor qiladi.

II. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi ichimlik suvi “Isteʼmolchi”larning xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari, yongʻinlarni oʻchirish, shuningdek, ichimlik suvi talab etiladigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun moʻljallangan.

“Taʼminotchi”ning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlgan holatlarda, ixtisoslashgan isteʼmolchilarga ichimlik suvini markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan maxalliy davlat xokimliklari tomonidan bir km. masofaga xisoblangan narxda, belgilangan avtotransport vositasida aniq muddatda va miqdorda yetkazib beriladi.

2.2. Suv xovizini rekonstruksiyasi, ishga tushirish, “Isteʼmolchi” tomonidan faqat “Taʼminotchi” tarafidan tasdiqlangan texnik shartlar va loyiha asosida amalga oshirilishi mumkin boʻlib ular “Isteʼmolchi”ning soʻrovnomasi asosida barcha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda beriladi. “Taʼminotchi”dan olingan texnik shartlar asosida “Isteʼmolchi” buyurtmasiga asosan, amaldagi meʼyor, qoidalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida loyihalashtirish tashkiloti tomonidan xoviz qurish ishlari loyihasi ishlab chiqiladi.

2.3. Agar suv taʼminoti uchun narxlarda oʻzgarish vujudga kelsa, toʻlov yangi tariflar asosida amalga oshiriladi.

2.4. “Isteʼmolchi”dan limitdan ortiqcha suv talab qilingan holatlarda, “Taʼminotchi” tomonidan belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash yoʻli bilan haq undiriladi.

III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. “Isteʼmolchi”ning huquqlari:

a) “Taʼminotchi”dan u bilan tuzilgan shartnoma asosida, ichimlik suv markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan mahalliy davlat xokimiyati tomonidan bir km. masofaga hisoblangan narxda, belgilangan avtotransport vositasida aniq muddatda va miqdorda uzluksiz amalga oshirilishini, oʻz hayoti va sogʻligʻiga, mulkiga havf tugʻdirmaydigan darajadagi sifatli ichimlik suv yetkazib berishni taʼlab qilish;

b) tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv talablarini bajarmaganligi uchun “Taʼminotchi”dan qonunchilikda va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan miqdorda jarima (penya)lar toʻlashni talab qilish;

v) “Taʼminotchi”ni shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv taʼminoti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;

g) ichimlik suv taʼminoti uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar va maʼlumotnomani (shaxsan yoki oʻz vakili orqali) bepul olish;

d) “Taʼminotchi”dan ichimlik suv taʼminoti hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, toʻlovlar tarifi va tartiblarining oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni bepul olish;

ye) ichimlik suv taʼminoti koʻrsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida “Taʼminotchi”dan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;

yo) Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi organlari tomonidan tasdiqlangan amaldagi standartlarga javob beradigan sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanmaganlik (sifatsiz ichimlik suv mavjudligi aniqlangan davrdan u tegishli darajaga olib kelingan vaqt) uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish.

3.2. “Isteʼmolchi”ning majburiyatlari:

a) shartnoma shartlarini bajarish;

b) oʻzining hududida joylashgan va ularga tegishli boʻlgan ichimlik suv xovizi qurilmalarinig muvofiq ravishda qoʻriqlanishini, ularga suv toshishi yoki shikastlanishiga, muzlab qolishiga yoʻl qoʻymaslik, quduq qopqoqlarini qor va muzdan tozalash, quduqlardan yuza oqovasi mavjudligini taʼminlash, yongʻinga qarshi oʻtish yoʻllarini bekitmaslik, yongʻinga qarshi xovuzdan suvni kulay olishini nazorat qilish;

v) “Isteʼmolchi” hududida yoki uning tasarrufidagi suv xovuz qurilmalarining ustiga turli buyum va materiallarning yigʻilishiga hamda qurilmalarining ustidan inshootlar qurilmaslik;

g) “Taʼminotchi”ni oʻz vaqtida bank maʼlumotlari va yuridik manzilidagi oʻzgarishlar haqida xabardor qilish.

3.3. “Taʼminotchi”ning huquqlari:

a) “Taʼminotchi” quyidagi hollarda, isteʼmolchini 5 kun avval xabardor qilgan holda, suv yetkazishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish huquqiga ega:

b) “Isteʼmolchi” hududida joylashgan va uning tasarrufidagi suv tarqatish moslama va qurilmalarining texnik holati qoniqarsiz holatda boʻlsa va “Isteʼmolchi” texnik foydalanish qoidalarini buzish natijalarini “Taʼminotchi” vakillari talabiga koʻra bartaraf etmasa;

v) “Isteʼmolchi” tomonidan ichimlik suv taʼminoti shartlariga rioya qilinmaganda;

g)  energiya taʼminoti toʻxtatilganda;

d) tabiiy ofatlarda;

ye) avariyalarda;

yo) yongʻin chiqqan yerlarga suv yetkazish hajmini oshirish zaruriyati tugʻilganda.

3.4. “Taʼminotchi”ning majburiyatlari:

a) suv yetkazish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish;

b) suv yetkazilishini belgilangan muddatda taʼminlash;

v) tizimli ravishda davlat suv taʼminoti, isteʼmol obyektlari va qurilmalariga yetkazilgan suv taʼminoti holatini va ishini tizimli nazorat qilishni amalga oshirish va ularni toʻgʻri ishlashni tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish;

g) “Isteʼmolchi”ga ushbu shartnomaning shartlarini bajarmagan hollarda jarima penya toʻlovlarini amalga oshirish;

d) suv taʼminoti va isteʼmoliga oid meʼyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarning qabul qilinganligi haqida “Isteʼmolchi”larni xabardor qilish;

ye) suv yetkazish uchun xizmat haqi toʻlovlarining tariflari oshganda, ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yordamida isteʼmolchilarni xabardor qilish;

yo) ichimlik suv taʼminoti uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlarni “Isteʼmolchi”ga bepul berish;

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. “Taʼminotchi” ushbu shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda kelib chiqqan zararni, “Isteʼmolchi” esa yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart.

4.2. “Isteʼmolchi” quyidagilar uchun javobgardir:

a) qonunchilikda oʻrnatilgan boshqa hollarda;

4.3. “Taʼminotchi” quyidagi hollarda javobgardir:

a) amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq, yetkazilgan suvning sifati hamda qonunchilikda va shartnoma shartlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda;

b) “Isteʼmolchi”larga suv yetkazish uchun zarur boʻlgan texnik shartlarning oʻz vaqtida va ishonchli taqdim qilinishi uchun;

v) “Isteʼmolchi”ning hayoti, salomatligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar, maʼnaviy zarar uchun qonunchilikda oʻrnatilgan tartib va miqdorda, qoplash;

g) shartnoma shartlari va yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;

d) qonunchilikda oʻrnatilgan boshqa hollarda.

 

V. SUV TAʼMINOTI UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

5.1. Ichimlik suv taʼminoti tizimidan yetkazilgan suvning hisobi hisoblash amaldagi tariflar boʻyicha QQSni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

VI. ALOXIDA SHARTLAR

6.1. “Isteʼmolchi”ning suv yetkazish xoʻjaligidagi barcha oʻzgarishlar “Taʼminotchi” tomonidan “Isteʼmolchi”ning xati kelib tushgan kundan boshlab hisobga olinadi.

6.2. “Taʼminotchi” toʻlovning har bir davri uchun, avvalgi oy toʻlovining 100% miqdorda oldindan toʻlovni belgilaydi va bu toʻlov keyingi oy hisobiga qoʻshiladi. Agarda “Isteʼmolchi” keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasa, “Taʼminotchi” hech qanday ogohlantirishlarsiz ichimlik suvini yetkazib berishni qarzlarni undirmagunga qadar toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega. Bunday hollarda yongʻindan saqlanish va sanitariya holatlari uchun javobgarlik toʻliq “Isteʼmolchi” zimmasiga yuklatiladi.

6.3. Hisob-kitoblarning notoʻgʻri qilinganligi (tariflarning notoʻgʻri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) toʻgʻrisida “Isteʼmolchi” yoziladigan eʼtiroznoma toʻlov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda “Taʼminotchi”ga taqdim etilishi kerak. Eʼtiroznoma “Isteʼmolchi”ni toʻlov xujjatida koʻrsatilgan summani toʻlq va belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.

VII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

7.1. Taraflar oʻrtasida shartnoma yuzasidan kelib chiqqan nizolar, kelishuv yoʻli bilan hal qilinadi. Agarda ikki tomonlama kelishuvga erishilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida koʻriladi va bartaraf etiladi.

7.2. Ushbu shartnomada belgilanmagan holatlar yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, Qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.

VIII. FORS – MAJOR

8.1. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.

Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

8.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon 3 kun ichida boshqa tomonni fors-major holati boshlangan muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

8.3. Agar fors-major holatining shartnoma shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat toʻsqinlik qilsa, tomonlardan biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

 

IX. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

9.1 Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikki tarafda bir nusxadan saqlanadi.

9.2  Shartnoma gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyhatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilishi tugaydigan kun (muddat)gacha amal qiladi, yoki taraflardan biri boʻlmish isteʼmolchi yetkazib beruvchini ogohlantirgan holda, toʻlovlarni toʻliq toʻlagan kuniga qadar amalga qiladi.

 

 

 

X. TARAFLARNING YURIDIK MANZILI:

Taʼminotchi:

Isteʼmolchi:

“Taʼminotchi” tarafning nomi

Manzil: Isteʼmolchining manzili

Manzil: “Taʼminotchi” tarafning manzili

Pasport raqami: Isteʼmolchining pasport seriyasi va raqami

Bank: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi

Tugʻilgan sanasi: Isteʼmolchining tug‘ilgan sanasi

H/R: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami

Pasport qachon va kim tomonidan berilgan: Isteʼmolchiga pasport qachon va kim tomonidan berilgan

STIR: “Taʼminotchi” tarafning STIR raqami

Telefon: Isteʼmolchining telefon raqami

Telefon: “Taʼminotchi” tarafning telefon raqami

Isteʼmolchining F.I.Osi

“Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

_________________

imzo

_________________

imzo

Byudjet tashkilotlari (II guruh)ga suv tarqatish shaxobchalari (gusak)dan avtotransport orqali suv yetkazib berish bo‘yicha shartnoma

Mazkur shartnomaga ko‘ra, byudjet tashkilotlari (II guruh) isteʼmolchilari tomonidan to‘lov oyma-oy tarzda “Taʼminotchi” tomonidan taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalarga asosan, Moliya vazirligi G‘aznachiligi orqali suv taʼminoti uchun o‘tkazilgan mablag‘lar orqali amalga oshiriladi.

Ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi ichimlik suvi “Isteʼmolchi”larning xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek, ichimlik suvi talab etiladigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan.

“Taʼminotchi”ning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lgan holatlarda, ixtisoslashgan isteʼmolchilarga ichimlik suvini markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan maxalliy davlat xokimliklari tomonidan bir km. masofaga xisoblangan narxda, belgilangan avtotransport vositasida aniq muddatda va miqdorda yetkazib beriladi.