O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Birlamchi uy-joy bozoridan ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun kredit ajratish bo‘yicha ipoteka shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Kredit oluvchi
Birgalikda kredit oluvchi
Bank
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Kvartira joylashgan tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi, uy va kvartira raqami aniq ko‘rsatilishi lozim
  • Izoh: Qonunchilikka ko‘ra bir kunlik penya miqdori kechiktirilgan summaning 0.5 foizidan oshmasligi lozim.

Yuklab oling

Birlamchi uy-joy bozoridan koʻp kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun kredit ajratish boʻyicha ipoteka shartnomasi

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

ATB “Bank” nomidan Bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sanadagi № Bank boshqaruvchisiga berilgan ishonchnoma raqami-sonli ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda – “Bank”) bir tomondan, Kredit oluvchining manzili manzilida yashovchi fuqaro Kredit oluvchining F.I.Osi,(keyinchalik matnda – “Kredit oluvchi”) ikkinchi tarafdan, Birgalikda kredit oluvchining manzili manzilida yashovchi fuqaro Birgalikda kredit oluvchining F.I.Osi (keyinchalik matnda – “Birgalikda kredit oluvchi”) uchinchi tarafdan, hammalari birgalikda “Tomonlar” deb nomlanadi, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Mazkur shartnomaga muvofiq Bank Kredit oluvchiga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda va shartlarda, birlamchi uy-joy bozoridan Kredit uchun berilayotgan kvartira manzili kvartirani sotib olish uchun kredit berish, Kredit oluvchi esa olingan pul mablagʻlarini belgilangan muddatda Bankka qaytarish va pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash majburiyatini oladi.

 

SHARTNOMA BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI

 

2.1. Kredit miqdori: Kredit uchun belgilangan mablag‘ soʻm belgilandi.

2.2. Kredit foizi, yillik Kredit uchun belgilangan yillik foiz%.

2.3. Kreditdan foydalanish muddati: Kreditdan foydalanish muddati oy.

2.4. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar ushbu shartnomada belgilangan nominal stavkada kredit qoldigʻiga nisbatan kunlik hisoblab boriladi.

2.5. Kredit qarzdorlikni qaytarish shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan kreditni qaytarish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.

2.6. Mazkur shartnomaga asosan kredit mablagʻi kvartira sotuvchi pudratchining hisobvaragʻiga nadq pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

2.7. Kredit va unga hisoblangan foiz (jarima,penya)ni qaytarish Kredit oluvchi /Birgalikda kredit oluvchining hohishiga koʻra bankning masofaviy bank xizmatlari dasturlari orqali, bank kartasi, naqd pul, pul oʻtkazish yoʻli bilan va qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa toʻlov usullari bilan amalga oshiriladi. Kelib tushgan mablagʻlar quyidagi navbatda kreditni soʻndirishga yoʻnaltiriladi:

-neustoyka;

-muddati oʻtgan kredit foizi;

-muddati oʻtgan kredit boʻyicha asosiy qarz;

-muddatli kredit foizi;

-muddatli kredit boʻyicha asosiy qarz.

 

TARAFLAR MAJBURIYATLARI

3.1. Kredit oluvchi/birgalikda kredit oluvchining majburiyatlari.

Kredit va unga hisoblangan foizlarni ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda va toʻliq miqdorda toʻlash;

Kreditdan faqat mazkur shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish.

Bankka yashash manzili, telefon raqamlari (uyali, uy, ish) elektron pochta manzili haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etish;

Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan holatlar toʻgʻrisida yozma shaklda yoki oʻzlari uchun maqbul boʻlgan boshqa aloqa kanallari orqali Shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarilishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan holatlar to‘g‘risida nechi kun ichida bankga xabar berish lozim kun ichida Bankka xabar berish. Ushbu talab bajarilmasligi oqibatida kelib chiqqan salbiy holatlarga Kredit oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi javobgar hisoblanadilar;

Ipoteka krediti hisobidan sotib olgan kvartirani oʻz nomiga egalik huquqi rasmiylashtirilgach, Kredit oluvchi kvartirani o‘z nomiga rasmiylashtirilganidan so‘ng nechi ish kuni ichida sug‘urtalash, garovga qo‘yish va gurovni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lashi lozim bank ish kuni ichida ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurtalash, belgilangan tartibda kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish, garovni rasmiylashtirish boʻyicha toʻlovlarni toʻlash;

Garov mulkiga shikast yetkazilgan, yaroqsiz holga kelganda zudlik bilan bankka xabar berish va garov mulkini Garov mulkiga shikast yetkazilgan, yaroqsiz holga kelganda zudlik bilan bankka xabar berish va garov mulkini nechi kun ichida teng qiymatga ega bo‘lgan boshqa mulkka almashtirilishi lozim kun ichida teng qiymatga ega boʻlgan boshqa mulkka almashtirish;

Shaxsiy bank kartasini bankning bankning masofaviy bank xizmatlari dasturiga ulash;

Kredit hisobidan xarid qilingan kvartirani but holda saqlanishini taʼminlaydi. Kvartiraning butligi saqlanmaganligi aniqlanganida yoki kvartiraga qasddan shikast yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar miqdorini oʻz hisobidan hisobidan qoplash;

Sotib olingan kvartirani ijaraga berishda Bankning roziligi olish;

Bankka kreditdan maqsadli foydalanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, kvartirani Kredit oluvchiga tegishliligini tasdiqlovchi hujjat(kadastr hujjati asli yoki nusxasi)ni monitoring uchun taqdim etish;

Bank soʻroviga binoan Bank vakillariga ipoteka krediti hisobiga sotib olingan kvartirani, shuningdek Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining majburiyatlari bajarilishiga taalluqli boʻlgan har qanday boshqa mol-mulkni borib koʻrish, shuningdek kreditdan belgilangan maqsadda foydalanilishini tekshirish imkoniyatini taʼminlash;

3.1.15 Kreditni qaytarish jadvalidagidan ortiqcha toʻlangan mablagʻ kelgusi davrlardagi asosiy qarzni soʻndirishga rejalashtirilgan boʻlsa, u holda toʻlov amalga oshirilgan kundan kechiktirmay Bankka bu haqida yozma yoki shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish.

3.2. Bankning majburiyatlari.

3.2.1. Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan kredit berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida kredit oluvchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni taqdim qilish;

3.2.2. Mazkur shartnomaning 3.1.5.-bandidagi majburiyatlar toʻliq bajarilganidan keyin Kredit oluvchi kredit rasmiylashtirish bo‘yicha (3.1.5-band) majburiyatlarini to‘liq bajarilganidan keyin nechi kun ichida kredit ajratilishi lozim bank ish kuni ichida kredit ajratish;

3.2.3. Olingan kredit uchun kredit oluvchi nomiga ssuda hisobraqamlarni ochish;

3.2.4. Kredit oluvchini kreditni muddatidan ilgari undirish holati va sabablari haqida oldindan xabardor qilish;

3.2.5. Shartnoma boʻyicha Kredit oluvchidan majburiyatlari bajarilmasligi sabablari, holati, muddati, summalari, tarkibi haqida soʻrash, shuningdek majburiyatlar buzilgani uchun neustoyka (jarima, penya) qoʻllanishi natijasida xarajatlar summasi ortishi ehtimoli haqida ogohlantirish;

3.2.6. Shartnoma boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, Kredit oluvchi bilan har qanday aloqa bogʻlash usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki boshqa usullardan foydalanib, kredit oluvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida xabar berish;

3.2.7. Garov predmeti sifatida qoʻyilgan birdan-bir turar joy faqat sud tartibida undirilishi mumkinligi va garov predmeti ommaviy savdolar orqali realizatsiya qilinishini (qonunchilik hujjatlarida nazardan tutilgan hollar bundan mustasno) Qarz oluvchiga maʼlum qilish;

3.2.8. Mazkur shartnomaning 3.1.15-bandiga muvofiq kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchining murojaati mavjud boʻlmagan holda, kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushgan taqdirda, ushbu mablagʻning ortiqcha qismini toʻlov amalga oshirilgan kunning ertasidan kechiktirmay kreditning asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltirish xamda kelgusi ish kunidan qoldiq summaga nisbatan foiz hisoblash;

3.2.9. Ushbu shartnoma amal qilish davrida Kredit oluvchining soʻrovi olinganidan soʻng bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlarni yozma shaklda yoki bankning rasmiy veb-saytidagi kredit oluvchining shaxsiy kabineti yoxud bankning masofaviy bank xizmatlari dasturlari orqali elektron shaklda oyda bir marta bepul taqdim etish:

-kreditlash limiti, kredit boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari summasi, asosiy summa boʻyicha qarz qoldigʻi, navbatdagi toʻlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʻlovlar jadvali), kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʻliq soʻndirish istagi bildirilgan taqdirda toʻlash lozim boʻlgan summalar miqdori, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi, kelib tushayotgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilishi haqida axborotlar;

3.2.10. Kredit oluvchi/ Birgalikda kredit oluvchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha toʻlov majburiyatini toʻliq bajargan sanadan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur kredit boʻyicha garov mulkini taqiqdan chiqarish hamda garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestridan oʻchirish;

3.2.11. Shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, bu haqda tegishli qaror qabul qilingan sananing ertasidan kechikmasdan Kredit oluvchiga yozma xabarnoma yuborish;

3.2.12. Kredit shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan foiz stavkasi oʻzgarganda yoki mazkur shartnomaning 3.2.8.-bandida belgilangan vaziyat yuz bergan taqdirda, kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirish va kredit oluvchiga taqdim etish. Bunda, shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan qaytarish jadvali kuchini yoʻqotadi va taraflar uchun yangi qaytarish jadvali majburiy hisoblanadi.

 

TOMONLARNING HUQUQLARI.

4.1. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining huquqlari:

4.1.1. Oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan ipoteka krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish;

4.1.2. Shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida Bankni yozma ravishda xabardor etish orqali foydalanilmagan kreditdan voz kechish. Bunda, voz kechish kunigacha qilingan xarajatlar Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchi zimmasida qoladi;

4.1.3. Kreditni muddatidan oldin qaytarish. Bunda, kredit uchun foizlar kredit toʻliq qaytarilgan kungacha qadar hisoblanadi;

4.1.4. Kredit ajratish va hisob-kitoblar boʻyicha amaldagi qonunchilikka va Bankning ichki meʼyoriy hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida Bankdan maʼlumot olish;

4.1.5. Bankdan majburiyatlarning oʻz vaqtida va lozim darajada bajarilishini talab qilish, majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish;

4.1.6. Olingan kredit toʻlovlarini masofaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish;

4.1.7. Kredit toʻlovlari shaklini hamda kreditni qaytarish turini (differensial va annuitet), shuningdek Sugʻurta yoki baholash xizmatlarini mustaqil tanlash;

4.1.8. Olingan kredit summasini va haqiqatda foydalangan davr uchun hisoblangan foizlarni toʻliq toʻlagan holda Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish;

4.1.9. Mazkur shartnoma imzolanganidan keyin, biroq pul mablagʻlari haqiqatda olingunga qadar kredit olishdan biron-bir toʻlovlarsiz voz kechish.

4.2. Bankning huquqlari:

4.2.1. Kredit oluvchi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran Kreditdan foydalanmagan taqdirda qancha muddatda bir tomonlama tartibda shartnoma bekor qilinadi kun ichida kreditdan foydalanmagan taqdirda, shartnomani bekor qilish haqida ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor etish orqali shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish;

4.2.2. Kredit berish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarishni talab qilish, zarur hujjatlarni Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchidan soʻrab olish;

4.2.3. Garov mulkining holati, saqlanishi va maqsadlilik boʻyicha monitoring oʻtkazish;

4.2.4. Oʻzaro muzokaralarni (bayonnoma shaklida, telefon qoʻngʻiroqlari, audio, video va boshqa istalgan usullarda) yozib olish, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda murojaatni tasdiqlash uchun ushbu dalilni ishlatish;

4.2.5. Kredit oluvchining joriy yoki muddati oʻtgan majburiyatlari (qarzlari)ni soʻndirish maqsadida, mablagʻlarni quyidagi usullar yordamida hisobdan chiqarish:

-Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchining boshqa banklardagi hisobvaraqlariga akseptsiz toʻlov talablarini qoʻyish;

-Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchining Bankdagi omonat va boshqa hisobvaraqlaridan akseptsiz undirish.

 

5. TOMONLAR JAVOBGARLIGI

5.1. Kredit oluvchi/ birgalikda kredit oluvchining javobgarligi

5.1.1. Asosiy qarz va foizlarni oʻz muddatida toʻlamagan taqdirda, toʻlov kechikkan har bir kun uchun kechiktirilgan summaning Kreditni o‘z muddatida to‘lamagan taqdirda, har bir kuni uchun kechiktirilgan uchun summaning nechi foizi miqdorida penya to‘lanadi foizi miqdorida Bankka penya toʻlaydi.

5.1.2. Kredit mablagʻlari hisobiga sotib olingan kvartira shartnomada belgilangan muddatda garovga qoʻyilmagan yoki tegishli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, shuningdek, mazkur shartnoma talablari bajarmaganida Bankka har bir muddati oʻtkazib yuborilgan kun uchun garov summasining Kvartira belgilangan muddatda garovga qo‘yilmagan yoki tegishli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda har bir kechiktirilgan kun uchun garov summasining nechi foizi miqdorida penya to‘lanadi foizi miqdorida penya toʻlaydi.

5.1.3. Kreditdan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganida, maqsadsiz foydalanilgan kredit summasining Kreditdan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda bankka qancha miqdorda jarima to‘lanadi miqdorida jarima toʻlash bilan birga maqsadsiz ishlatilgan kredit mablagʻini Bankka muddatidan oldin qaytaradi.

5.2 Bankning javobgarligi.

5.2.1. Kredit mablagʻlarini berish majburiyatini bajarmaganida yoki oʻz vaqtida bajarmaganida Kredit oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan summaning Kreditdan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda bankka qancha miqdorda jarima to‘lanadi foizi miqdorida penya toʻlaydi.

5.2.2. Kredit oluvchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlarini toʻliq bajargach, Bank ushbu shartnomadagi majburiyatlarini oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun garovga olingan mulk qiymatining Bank ushbu shartnomadagi majburiyatlarini o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun garovga olingan mulk qiymatining nechi foizi miqdorida penya to‘laydi foizi miqdorida penya toʻlaydi.

5.2.3. Shartnoma boʻyicha hisoblangan penya va jarimalarni toʻlash taraflarni shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Shuningdek, ikkinchi tarafni majburiyatlar bajarilmaganligi sababli tegishli choralar qoʻllash huquqidan mahrum qilmaydi.

5.2.4. Qarzdorlik boʻyicha hisoblangan foizlar va neustoykalarning eng koʻp summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligi lozim.

KREDIT TAʼMINOTI.

6.1. Kreditning asosiy taʼminoti kredit hisobiga sotib olingan kvartira hisoblanadi. Garov sugʻurtalanib, sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi bankka taqdim etiladi.

6.2. Kredit hisobiga sotib olinadigan kvartira boʻyicha bank tomonidan yoki tomonlarning birining talabi boʻyicha notarial tasdiqlangan garov shartnomasi tuziladi. Har ikkala holatda ham garov mulki boʻyicha garov reyestriga yozuvlar kiritiladi va garov mulkiga nisbatan taqiq qoʻyiladi.

 

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI HAMDA BOSHQA QOIDALAR

 

7.1. Shartnoma taraflar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va taraflar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amalda boʻladi.

7.2. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda tuzilib, taraflarning vakolatli vakillari imzolaganidan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

7.3. Quyidagi asoslar yuzaga kelganida, Bank mazkur shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va undiruvni garovdagi yoki boshqa likvidli mol-mulklarga qaratishi mumkin:

a)Kredit oluvchi tomonidan shartnoma tuzishda yoki kredit operatsiyalarini bajarish vaqtida Bankka notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish faktlari aniqlanganda;

b)kreditni qaytarish jadvalini kamida 3marotaba buzgan taqdirda;

v) kredit va unga hisoblangan foizlarni kreditni qaytarish jadvalida belgilangan muddatdan 3-marta sababsiz kechiktirilganida;

g)mazkur shartnomada belgilangan, kredit hisobiga sotib olingan kvartiraning oʻz muddatida sugʻurtalanib, garovga taqdim etilmaganida;

d) Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchining garovga olingan kvartirani monitoring qilinishiga toʻsqinlik qilganida;

ye) Kredit oluvchi garovga olingan kvartirani Bankning roziligisiz uchinchi shaxslarga ijaraga bersa.

MAXFIYLIK.

 

8.1. Tomonlar shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish chogʻida boshqa tomonning maʼlumotlarini axborot egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.

8.2.Ushbu talablarni buzgan tomonbuning oqibatida ikkinchi tomonga yetkazilgan barcha zararni toʻliq xajmda qoplaydi.

9. ALOHIDA SHARTLAR

 

9.1. Mazkur shartnomani imzolash bilan Kredit oluvchi Bankka uning shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash, saqlash va undan foydalanishga quyidagi hollarda rozilik beradi:

Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchi manfaatdor boʻlgan shartnomalarni tuzishda va ijrosini taʼminlashda;

Kredit oluvchi/Birgalikda kredit oluvchining shartnomada belgilangan huquqlari va majburiyatlarining bajarilishini taʼminlashda, ularning bajarilishini talab qilish va qarzdorlikni undirishda.

9.2. Ushbu bilan Kredit oluvchi/ Birgalikda kredit oluvchining toʻlov jadvali asosida kredit toʻlovi boʻyicha telefon qoʻngʻiroqlari qilinishiga, SMS-xabarnomalarni uyali telefon raqamlariga, shuningdek Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan boshqa manzillarga (rekvizitlarga), barcha aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilishiga rozilik beradi.

9.3. Bank tomonidan yuborilgan SMS xabarnomalar, qilingan qoʻngʻiroqlar, yuborilgan ogohlantirish xatlari va boshqalar qarzni qaytarishning zarur choralari boʻlib, sudda dalil boʻlib xizmat qiladi.

9.4. Monitoring, joyiga chiqib ishni oʻrganish ishlari yozma ravishda rasmiylashtirib olib boriladi.

 

10. FORS-MAJOR

10.1. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu tomonlarning irodasi, xohishi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron toʻlov hamda taʼminot tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan tahdid (uchinchi shaxslar tarafidan qilingan hujumlar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda taraflarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.

10.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda Tomonlar ushbu holatlar bartaraf etilguniga qadar shartnoma boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladilar.

10.3. Yuzaga kelgan fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi haqida taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab Fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi haqida taraf qancha muddatda ikkinchi tomonni yozma ravishda xabardor qilishi lozim bank ish kuni ichida bu haqda ikkinchi tomonni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.

10.4. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi xabarnomalar tomonlarda mavjud boʻlgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.

11. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

11.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

11.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

11.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

11.4. Mazkur shartnoma va uning ilovasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Bankda, ikkinchi nusxasi Kredit oluvchida, uchinchi nusxasi Birgalikda kredit oluvchida saqlanadi.

 

12. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Kredit oluvchi

Birgalikda kredit oluvchi

Bank

Kredit oluvchining tug‘ilgan sanasi kuni tugʻilgan

Birgalikda kredit oluvchi tug‘ilgan sana kuni tugʻilgan

Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Kredit oluvchining manzili

Manzil: Birgalikda kredit oluvchining manzili

Bank manzili

Pasport: Kredit oluvchiga pasport berilgan sana kuni

Pasport: Birgalikda kredit oluvchiga pasport berilgan sana kuni

H/r: Bank hisob raqami

Kredit oluvchining pasport seriyasi va raqami

Birgalikda kredit oluvchining pasport seriyasi va raqami

STIR: Bank STIR raqami

Kredit oluvchining pasport seriyasi va raqami tomonidan berilgan

Birgalikda kredit oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan berilgan

Tel: Bankning telefon raqami

STIR: Kredit oluvchining STIR raqami

Birgalikda kredit oluvchining STIR raqami

Bank boshqaruvchisining F.I.O.si

Tel: Kredit oluvchining telefon raqami

Tel: Birgalikda kredit oluvchining telefon raqami

 

_____________

imzo

Kredit oluvchining F.I.Osi

____________________

Birgalikda kredit oluvchining F.I.Osi

 

imzo

________________

imzo

 

 

 

 

 

 

 

 

Birlamchi uy-joy bozoridan ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun kredit ajratish bo‘yicha ipoteka shartnomasi

Aholining uy-joy sharoitlarini yana-da yaxshilash, fuqarolarning hayot darajasi oshishda ipoteka kreditlarining o‘rni beqiyos bo‘lib, kreditlashning ushbu turi bosqichma-bosqich rivojlanib, takomillashib bormoqda. 

Ipoteka shartnomasi bo‘yicha odatda bank muassasasi garovga oluvchi taraf va qarzga oluvchi esa garovga qo‘yuvchi taraf bo‘ladi.

Mazkur ipoteka kreditlari bugungi kunda tijorat banklari tomonidan o‘zlarining ichki kredit siyosatiga asosan birlamchi bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun bozor foiz stavkalarida ipoteka kreditlari ajratib kelmoqda.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.