Ipoteka shartnomasi
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma raqami
|
Shartnoma tuzilgan joy
|
Ipotekaga oluvchi bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli banki nomidan Bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sanadagi Taraflar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi raqami-sonli ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda – “Ipotekaga oluvchi”) bir tomondan, Ipotekaga qo‘yuvchining manzili manzilida yashovchi fuqaro Ipotekaga qo‘yuvchining F.I.Osi,(keyinchalik matnda – “Ipotekaga qoʻyuvchi”) ikkinchi tarafdan (birgalikda “Tomonlar” deb nomlanadi) ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnomaga asosan Ipotekaga oluvchi, Taraflar o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan sana kunidagi Taraflar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi raqami-sonli Kredit shartnomasi Qarzdor/Ipotekaga qoʻyuvchining majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, oʻz talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan Ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlariga nisbatan imtiyozli suratda qanoatlantirishga haqli boʻladi.
2. IPOTEKA BILAN TAʼMINLANGAN MAJBURIYAT
2.1.Ushbu shartnomaga koʻra ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlar asosi boʻlib Qarzdor/Ipotekaga qoʻyuvchi va Ipotekaga oluvchi oʻrtasida quyidagi shartlarda tuzilgan Taraflar o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan sana kunidagi Taraflar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi raqami-sonli Kredit shartnomasi (keyingi oʻrinlarda Kredit shartnomasi) hisoblanadi:
Kreditning umumiy miqdori: Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan ajratilgan kredit summasi
Kreditni qaytarish muddati: Kreditni qaytarish muddati
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar: Kredit uchun belgilangan yillik foiz
Muddati oʻtgan qarzdorlik uchun jarima foizi: Kredit uchun belgilangan yillik foiz
Muddati kechiktirilgan foizlar uchun penya miqdori: Muddatida to‘lanmagan foizlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan penya miqdori
Boshqa shartlar: Kredit shartnomasining boshqa shartlari
2.2. Kredit shartnomasi boʻyicha Qarzdor sifatida ishtirok etuvchi Ipotekaga qoʻyuvchining F.I.Osi mazkur shartnoma boʻyicha Ipotekaga qoʻyuvchi hisoblanadi.
Kredit shartnomasi boʻyicha Kreditor sifatida ishtirok etuvchi Ipotekaga oluvchi bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli mazkur shartnoma boʻyicha Ipotekaga oluvchi hisoblanadi.
2.3. Mazkur shartnomaga koʻra ipoteka narsasi Ipotekaga oluvchining toʻliq talablarini, xususan ajratilgan kreditning toʻliq miqdorini, shuningdek foizlarini, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zararni, undiruv xarajatlarini toʻlanishini taʼminlaydi.
3. IPOTEKA NARSASI, BAHOSI, SHARTNOMA MUDDATI
3.1. Mazkur shartnoma boʻyicha quyidagi mulk ipoteka narsasi hisoblanadi: Shartnoma bo‘yicha nima ipoteka narsasi hisoblanadi
3.2. Ipotekaga qoʻyuvchiga garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyekti Garovga qo‘yilgan mulk qaysi hujjatga asosan garovga qo‘yuvchiga tegishli kunidagi Garovga qo‘yilgan mulk qaysi kundagi hujjatga asosan garovga qo‘yuvchiga tegishliga asosan tegishli.
3.3. Ipoteka narsasi Ipoteka narsasini baholagan tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli tomonidan Ipoteka narsasini baholash to‘g‘risidagi xulosa berilgan sanada berilgan Ipoteka narsasini baholash to‘g‘risida berilgan xulosa raqami -sonli xulosa yoki baholash dalolatnomasiga asosan Ipoteka narsasi qancha narxga baholangan soʻm deb baholanadi.
3.4. Ushbu shartnoma tuzish bilan bir vaqtda Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasi joylashgan yer uchastkasini ham garovga qoʻyadi.
3.5. Mazkur ipoteka shartnomasining muddati tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻladi.
3.6. Garovga qoʻyilgan ipoteka narsasi Ipotekaga qoʻyuvchida saqlanadi.
4. IPOTEKAGA QOʻYUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Ipotekaga qoʻyuvchining huquqlari:
-Ipoteka narsasidan belgilangan maqsadda muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromad olish;
-Ipotekaga oluvchining oldindan yozma roziligini olib, soʻngra Ipoteka narsasini ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga berish yoxud uni boshqacha tarzda foydalanish;
-ipoteka bilan taʼminlangan kredit shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarish.
4.2. Ipotekaga qoʻyuvchining majburiyatlari:
-Ipotekaga oluvchining garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganda, Ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirish;
-garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi va tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga olish;
-ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda Ipoteka narsasini lozim darajada saqlash, uning qiymatini kamayishiga olib keluvchi buzilish va yomonlashuvga hamda unga sezilarli zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek garovga olingan mol-mulkni butliligini taʼminlash;
-garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻz hisobidan yengib boʻlmas kuch taʼsirida yoʻqolish yoki shikastlanish, shuningdek oʻzini toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish xavfidan sugʻurtalash;
-ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab Ipotekaga qo‘yuvchi shartnoma imzolanganidan keyin necha kun ichida shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim kun ichida oʻz hisobidan shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash va reyestrdan Ipotekaga oluvchiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi koʻchirmani taqdim etish;
-Ipoteka narsasi Ipotekaga qoʻyuvchining aybisiz yoʻqotilganda, Ipotekaga oluvchining roziligi bilan Ipoteka narsasini tiklash yoki bir xil narxdagi boshqa narsa bilan almashtirish;
-garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi va shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida zudlik bilan Ipotekaga oluvchini xabardor qilish;
-Ipotekaga oluvchining vakolatli vakillarini garovga qoʻyilgan mol-mulkning mavjudligi, asralishi (butligi) va saqlash sharoitlarini tekshirish maqsadida, koʻchmas mulk joylashgan joyga kiritish;
- Ipoteka narsasini ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirganda bu haqda ijaraga berilgan yoki topshirilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda ipotekaga oluvchining xabardor qilish;
-bankning oʻzi bilan bogʻlanishi mumkin boʻlgan mobil, uy, ishxona telefon raqamlarini, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) berish;
-majburiyatning bajarilgan qismiga mos ravishda ipoteka narsasini taʼqiqdan chiqarish (agar ipoteka narsasi ikki yoki undan ortiq boʻlsa yoki ipoteka narsasini bir qismini taʼqiqdan chiqarish imkoni mavjud boʻlsa). Bunda, ipoteka narsasi bajarilmagan majburiyatning 125 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
5.Ipotekaga oluvchining huquq va majburiyatlari
5.1.Ipotekaga oluvchining huquqlari:
-Garov bilan taʼminlangan majburiyat Ipotekaga qoʻyuvchi/Qarzdor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda ushbu shartnoma hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni ipoteka narsasiga qaratish;
-Ipotekaga qoʻyuvchining va qarzdorning kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni Banklararo kredit byurosiga taqdim etish;
-Ipoteka narsasining hujjatlar boʻyicha va bevosita joyda amaldagi mavjudligini, miqdori, holatini, asrash, saqlash va foydalanish sharoitini tekshirish, shuningdek Ipotekaga qoʻyuvchidan Ipoteka narsasini asrash va saqlash boʻyicha tegishli choralar koʻrishni talab qilish;
-garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqotilganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan, yaʼni sugʻurta shartnomasida kim foyda oluvchi deb koʻrsatilganidan qatʼiy nazar, asosiy mamjburiyat boʻyicha oʻz talablarini imtiyozli tarzda sugʻurta tovonidan qanoatlantirish;
-qonunchilik hujjatlarida va Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlar Ipotekaga qoʻyuvchi/Qarzdor tomonidan bajarilmaganda, garov bilan taʼminlangan majburiyat (kredit va foizlarni muddatidan oldin qoplash)ning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni Ipoteka narsasiga qaratish;
-garovdagi mol-mulk uning bozor qiymati kamayishi oqibatida garov yetarliligini (kredit summasidan 125%) taʼminlay olmasa, Ipotekaga qoʻyuvchidan qoʻshimcha taʼminot talab qilish.
5.2. Ipotekaga oluvchining majburiyatlari:
-ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat Ipotekaga qoʻyuvchi/Qarzdor tomonidan bajarilganda garov shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish;
-Ipotekaga qoʻyuvchining bogʻlanishi mumkin boʻlgan telefon raqamlarini, elektron pochta manzilini berishi;
-Ipoteka narsasini realizatsiya qilishdan tushgan summa Ipotekaga oluvchining garov bilan taʼminlangan talabidan oshib ketsa, farqni Ipotekaga qoʻyuvchiga qaytarish.
6. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish va
nizolarni hal qilish tartibi
6.1. Undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish Ipotekaga oluvchining talablariga asosan ushbu shartnomaga, Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Fuqarolik kodeksining 280-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
6.2. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
6.3. Shartnoma yuzasidan kelishmovchilik va nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.
6.4. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
7. Boshqa shartlar
7.1. Ipoteka narsasi Ipotekaga qoʻyuvchida qoladi.
Mazkur shartnomaga asosan navbatdagi garov taqiqlanadi/taqiqlanmaydi. Ipoteka narsasini almashtirishga Ipotekaga oluvchining yozma roziligi va mazkur shartnomaga oʻzgartirish kiritish orqali yoʻl qoʻyiladi.
7.2. Ipoteka narsasining sotish yoʻli bilan begonalashtirilishi faqat Ipotekaga qoʻyuvchining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda sotuvdan kelib tushadigan mablagʻlar birinchi navbatda Kredit shartnomasi boʻyicha asosiy majburiyat summasini toʻliq qoplashga yoʻnaltirilishi lozim.
Bunday qoplanish sotuvdan mablagʻlar kelib tushgan kunning ertasiga amalga oshirilishi shart.
7.3. Mazkur shartnoma boʻyicha ipoteka narsasi Ipoteka narsasini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi berilgan sana kunidagi seriya raqami Ipoteka narsasini sug‘urtalash bo‘yicha berilgan sug‘urta polisining seriya va raqami va roʻyxatga olingan raqami Ipoteka narsasini sug‘urtalash bo‘yicha berilgan sug‘urta polisining ro‘yxat raqami boʻlgan Ipoteka narsasini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi bergan tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli tomonidan berilgan sugʻurta polisiga asosan sugʻurtalangan.
7.4. Ipotekaga oluvchining ipoteka narsasiga boʻlgan huquqi (garov huquqi) unga tegishli narsalarga va undan olingan daromadga ham tadbiq etiladi.
7.5. Mazkur shartnomaga qadar, ushbu koʻrsatilgan Ipoteka narsasi hech kimga sotilmagan, garovga qoʻyilmagan, nizoda (tortishuvda) boʻlmagan hamda xatlanmaganligini Ipotekaga qoʻyuvchi tasdiqlaydi.
7.6. Ushbu bilan Ipotekaga qoʻyuvchi oʻzining kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni Ipotekaga oluvchi tomonidan Banklararo kredit byurosiga taqdim etilishiga rozilik beradi.
7.8. Ushbu shartnoma imzolangandan, notarial tasdiqlangandan va vakolatli davlat organida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng kuchga kiradi.
7.9. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar uning ajralmas qismi boʻlib ilova sifatida yozma ravishda rasmiylashtirilib, tomonlar imzolaganlaridan va muhr bilan tasdiqlanganidan keyingina haqiqiy hisoblanadi.
7.10. Mazkur shartnomani notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar Ipotekaga qoʻyuvchining zimmasiga yuklatiladi.
7.11. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikkita nusxada tuzilib, tomonlarning har biriga bir nusxadan beriladi va tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar kuchda boʻladi.
8. Tomonlarning rekvizitlari rekvizitlari
|
Ipotekaga qoʻyuvchi |
|
Ipotekaga oluvchi |
Ipotekaga qo‘yuvchining tug‘ilgan sanasi kuni tugʻilgan |
|
Ipotekaga oluvchi bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli |
Manzil: Ipotekaga qo‘yuvchining manzili |
|
Bank manzili |
Ipotekaga qo‘yuvchiga pasport berilgan sana kuni |
|
|
H/r: Bank hisob raqamiIpotekaga qo‘yuvchining pasport seriyasi va raqami |
|
STIR: Bank STIR raqam |
Ipotekaga qo‘yuvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan berilgan |
|
Tel: Bankning telefon raqami |
STIR: Ipotekaga qo‘yuvchining STIR raqami |
|
Bank boshqaruvchisining F.I.O.si |
Tel: Ipotekaga qo‘yuvchining telefon raqami |
|
_____________
(Imzo, muhr) |
Ipotekaga qo‘yuvchining F.I.Osi
________________________ |
|
|
imzo |
|
|
Aholining uy-joy sharoitlarini yana-da yaxshilash, fuqarolarning hayot darajasi oshishda ipoteka kreditlarining o‘rni beqiyos bo‘lib, kreditlashning ushbu turi bosqichma-bosqich rivojlanib, takomillashib bormoqda.
Ipoteka shartnomasi bo‘yicha odatda bank muassasasi garovga oluvchi taraf va qarzga oluvchi esa garovga qo‘yuvchi taraf bo‘ladi.
Ipoteka munosabatlarida nizolar, tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi ipoteka shartnomalarining to‘liq va har tomonlama mukammal tuzilishiga bevosita bog‘liq.
Kredit shartnomasi bo‘yicha bir tomon – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (qarz beruvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdor va shartlar bo‘yicha boshqa tomonga (qarz oluvchiga) mablag‘ (kredit) berishni va qarz oluvchi olingan pul miqdorini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin