O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Buyurtmachi” bo‘yicha maʼlumot
"Ish bajaruvchi" bo‘yicha maʼlumot
Shartnoma mavzusi

Yuklab oling

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun

Shartnoma raqami-sonli shartnoma

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma tuzilgan joy

 

Viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” “Buyurtmachi” tarafning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli filiali (kelgusi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladi) nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi “Buyurtmachi” taraf vakilining lavozimi va F.I.Sh.i bir tomondan, "Ish bajaruvchi" tarafning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Bajaruvchi” deb ataladi) nomidan Nizom asosida ish yurituvchi "Ish bajaruvchi"tarafning rahbarining lavozimi va F.I.Sh.i ikkinchi tomondan quyida koʻrsatilgan obyekt boʻyicha texnik koʻrigidan oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boʻyicha shartnoma tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha majlis o‘tkazilgan (bayonnoma tuzilgan) sanadagi Obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan majlis bayonnomasi raqami-sonli yigʻilish bayonnomasiga asocan “Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanayotgan obyekt nomi obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tayyorlashni Bajaruvchi oʻz zimmasiga oladi.

1.2. Buyurtmachi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriq berish, loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan dastlabki maʼlumotlarni berish, bajarilgan ishlarni qabul qilib olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

1.3. Bajaruvchi loyiha-smeta hujjatlarini amaldagi tartib-qoidalar va meʼyorlarga rioya etgan holda ishlab chiqadi.

1.4. Bajariladigan ishlar tartibi, amalga oshirish muddatlari quyidagi tartibda:

-bajariladigan ishlar muddatining kalendar rejasi - 1-ilovaga muvofiq;

-asoslashtirilgan kelishuv bayonnomasi 2- ilovaga muvofiq;

-loyiha ishlarini bajarish smetasi – 3 ilova muvofiq belgilanadi va ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

TARAFLARNING MAJBURIYATLARI

 

2.1. Buyurtmachining majburiyatlari:

2.2. Bajaruvchi shartnomada koʻzda tutilgan shartlar va tartiblar asosida toʻlovni amalga oshirish.

2.3. Tayyor boʻlgan loyiha-smeta amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda qabul qilib olishni taʼminlash majburiyatini oladi.

2.5. Bajaruvchining majburiyatlari:

2.6. Bajaruvchi ishlarni texnik topshiriq va kelishilgan grafik asosida oʻz vaqtida sifatli bajarishni, Buyurtmachi bilan bajarilgan ishlarning (bosqichlarning) natijalarini kelishish;

2.7. Obyektning qurilish-montaj jarayonida mualliflik nazoratini olib borish ishlari amalga oshirishi shart;

2.8. Ushbu shartnoma boʻyicha Bajaruvchi oʻz majburiyatlarini sifatsiz bajarsa, bir haftadan oshmagan muddatda, talab qilingan sifat darajasida oʻz hisobidan qaytadan bajarish majburiyatini oladi.

 

ISHLARNING TOPSHIRISH VA QABUL QILISH TARTIBI

 

3.1.Quyidagi shartlarning toʻliq amalga oshirilganda taraflar imzolangan shartnoma majburiyatlarning bajarilishi boshlangan hisoblanadi.

3.2. Ishlar tugagandan soʻng Bajaruvchi buyurtmachiga ishlarni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi bilan 3 nusxada loyiha-smeta hujjatlar toʻplamini topshiradi.

3.3. Buyurtmachi ishlarni qabul qilmasligining asosli rad javobini bergan holda zarur boʻlgan qoʻshimcha ishlarning ruyxati va ularning bajarilish muddatlarini koʻrsatgan holda, ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi.

3.4. Agar ishlarni bajarilish jarayonida uni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlansa, tomonlar 5 kun muddat ichida uni toʻxtatish bir-birini xabardor qilishi va 15 ish kunida ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi shart. Ishlarning toʻxtalishi tomonlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida koʻzda tutilgan oqibatlar va javobgarlikka olib keladi.

3.5. Tomonlardan biri mazkur shartnomada koʻzda tutilgan ishlarni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma xabar bergan vaqt oʻzaro hisob-kitob qilish vaqti hisoblanadi.

 

SHARTNOMA BAHOSI VA TOʻLOV TARTIBI

 

4.1. Shartnoma boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning bahosi qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan – Shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning bahosi (qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan birga) miqdori soʻmni tashkil etadi.

4.2. Mazkur obyekt boʻyicha toʻlov manzilli dasturga tasdiqlangandan keyin moliyalashtirish manbai aniqlanib, mablagʻ ajratilgandan soʻng toʻlov amalga oshiriladi.

4.3. Bajaruvchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun moliyalashtiriuvchi organlar tomonidan mablagʻ moliyalashtirilmagan taqdirda “Buyurtmachi” toʻlovni amalga oshira olmaydi.

4.4. “Buyurtmachi” shartnoma imzolangandan soʻng shartnoma bahosining 30 % miqdorida boʻnak (avans) toʻlovini amalga oshiradi.

4.5. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi. Quyidagi hollarda:

-ishlar qiymati koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan yaʼni (fors-major) holatlari sabab boʻlganda va ishlar Buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda.

 

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1.Ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taraflar bajarmaganda mazkur shartnomaning amaldagi talablari va Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi.

5.2. Bajaruvchi loyiha-smeta hujjatlaridagi kamchiliklar uchun qurilish loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlangunga qadar javob beradi. Loyiha-smeta hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda Bajaruvchi Buyurtmachining talabi bilan loyiha-smeta hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqadi.

5.3. Shartnomaga tomonlar roziligi asosida, yozma ravishda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

5.4. Mazkur shartnoma boʻyicha nizo kelib chiqqan hollarda, tomonlar kelishuviga erishmagan taqdirda, qonunlarda belgilangan tartibda va iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqlidir.

5.5. Buyurtmachi tomonidan dastlabki toʻlov va ishlarni topshirilganda shartlashilgan haqi kechiktirilgan har bir kun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,01 foizi miqdorida Bajaruvchiga penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar qiymatining 10 foizidan oshmasligi lozim.

5.6. Bajaruvchi tomonidan smeta hujjatlarini tayyorlash oʻz vaqtida bajarilmay majburiyatlar buzilgan boʻlsa Bajaruvchi Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majbiriyatlarning bajarilmagan qismining 0,01 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining 10 foizidan oshmasligi lozim.

5.7. Shartnoma “Bajaruvchi”ning tashabbusi bilan bekor qilinganda, shartnoma bekor qilingunga qadar bajarilgan ishlar uchun toʻlangan mablagʻ “Bajaruvchi”ga qaytarilmaydi.

5.8. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilish taklifini bildirgan taraf 10 kun oldin muddatda ikkinchi tarafni xabardor qilishi lozim. Bunda taraflar oʻrtasida haqiqatda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha belgilangan hujjatlar asosida toʻliq hisob-kitob qilingan holda amalga oshiriladi.

Penya toʻlash

Bajaruvchining bajarilgan ishlari hajmidan yoki moliyaviy hisob-kitoblardan aniqlangan kamchiliklar natijasida Buyurtmachiga qaytariladigan mablagʻlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmasa, Buyurtmachi ushbu mablagʻlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan chegirib qolish huquqiga ega.

Mazkur shartnoma bilan nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

 

FORS-MAJOR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

6.1. Taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati boʻlmagan holatlar (yengib boʻlmas kuch), epidemiya va h.k. oqibatida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflardan birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar boʻlmaydi.

6.2. Ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan barcha nizolar va ziddiyatlar muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.

6.3. Muzokoralar olib borish yoʻli bilan ziddiyatlarni hal qilishga erishilmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarini oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Iqtisodiy sudida koʻrib chiqiladi.

 

SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA UNGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH

 

7.1. Ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va u oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.

7.2. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov manzilliy dasturiga kiritilib, ushbu obyekt boʻyicha hisob raqami ochilganidan keyin, hisob raqamiga mablagʻ ajratilgandan soʻng toʻlovlar amalga oshiriladi.

 

TOMONLARNING MANZILLI VA HISOB RAQAMLARI

 

“BUYURTMACHI”

“ISH BAJARUVCHI”

“Buyurtmachi” tarafning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

"Ish bajaruvchi" tarafning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Manzili: “Buyurtmachi” tarafning manzili

Manzili: "Ish bajaruvchi" tarafning manzili

Hisob raqami: “Buyurtmachi” tarafning hisob raqami

Hisob raqami: "Ish bajaruvchi" tarafning hisob raqami

STIR raqami: “Buyurtmachi” tarafning STIR raqami

STIR raqami: "Ish bajaruvchi" tarafning STIR raqami

MFO raqami: “Buyurtmachi” tarafning MFO raqami

MFO raqami: "Ish bajaruvchi" tarafning MFO raqami

OKED raqami: “Buyurtmachi” tarafning OKED raqami

OKED raqami: "Ish bajaruvchi" tarafning OKED raqami

“Buyurtmachi” taraf vakilining lavozimi va F.I.Sh.i

"Ish bajaruvchi"tarafning rahbarining lavozimi va F.I.Sh.i

_____________

(imzo, muhr)

______________

(imzo, muhr)

 

 

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun shartnoma

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati kundan-kunga rivojlanib, ushbu faoliyatni amalga oshirishda turli tashkiliy, huquqiy shakldagi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etuvchi fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Ushbu shartnoma namunasida loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash xizmatini ko‘rsatishga oid munosabatlar belgilanadi.

Shuningdek, ushbu namunada loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriq berish, loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan dastlabki maʼlumotlarni berish, bajarilgan ishlarni qabul qilib olish va boshqa muhim masalalar aks ettirilgan.