|
Iqtisodiy ishlar boʻyicha Ariza berilgan iqtisodiy sudi nomiga Manzil: Ariza beruvchining manzili Ariza beruvchi yuridik shaxs nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)ning F.I.Osidan |
AR I Z A
kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Iqtisodiy ishlar boʻyicha Ariza berilgan iqtisodiy sudi nomi sudining ish yurituvida mening javobgar Ish boʻyicha javobgar tashkilotning tashkiliy huquqiy shakli va nomiga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni haqidagi daʼvo arizam yuzasidan yuritilgan iqtisodiy ishi mavjud.
Men oʻz daʼvo arizamda Daʼvo ariza mazmunini soʻraganman.
Ishni sudda koʻrish davomida javobgar men bilan kelishib, daʼvo arizamda koʻrsatilgan talablarimni ixtiyoriy ravishda qanoatlantirdi. Biz bu toʻgʻrida kelishuv bitimi tuzdik.
Javobgar bilan kelishuv bitimini ixtiyoriy ravishda tuzdik, kelishuv bitimi mazmuni bizga tushunarli.
Menga kelishuv bitimi tuzish oqibatlari sud tomonidan tushuntirildi. Mazkur kelishuv bitimining tuzilishi boshqa shaxslarning huquq va manfaatlariga daxl qilmaydi.
Yuqoridagilarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 42, 130-133-moddalariga asoslanib, men bilan javobgar Ish boʻyicha javobgar tashkilotning tashkiliy huquqiy shakli va nomi oʻrtasida mazkur iqtisodiy ishi yuzasidan tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni va iqtisodiy ishni ish yuritishdan tugatishni soʻrayman.
Ilova:
1. Ariza nusxasi
2. Kelishuv bitimi nusxasi
Ariza beruvchi yuridik shaxs rahbarining yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)ning F.I.Osi
|
imzo |
Ariza berilgan sana |
Kelishuv bitimi - oʻzaro kelishishga asoslangan va nizoni hal qilish yuzasidan taraflarning yozma kelishuvi hisoblanadi.
Kelishuv bitimi fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. Qonunchilikka koʻra, taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv, sudda koʻrib chiqilib, tasdiqlanib, nizo yuzasidan yuritilgan ish yurituvdan tugatiladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kelishuv bitimi namunasi tayyorlangan boʻlib, bitim tomonlarga hamda ish holatiga oid maʼlumotlarni hujjatning tegishli maydonlariga aks ettirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.