O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish toʻgʻrisida ariza

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
  • (ariza berilgan tuman (shahar) sudi nomidan oldin sudning sohasi (fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ishlar boʻyicha) koʻrsatilishi lozim)
Ariza beruvchi
  • (viloyat, tuman (shahar), MFY, koʻcha nomlari va uy raqami yoziladi)
Ariza mazmuni
  • (qaror qabul qilgan tuman (shahar) sudi nomidan oldin sudning sohasi (fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ishlar boʻyicha) koʻrsatilishi lozim)
  • (tuman (shahar) MIB boʻlimi nomi yoziladi)
  • (undirilishi lozim boʻlgan narsalarning turi va soni batafsil yoziladi)

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan sud nomiga

Ariza beruvchining yashash manzilida yashovchi

Ariza beruvchining F.I.O.si tomonidan

 

AR I Z A

(Sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish toʻgʻrisida)

 

Beraman ushbu arizani shu haqdakim, Hal qiluv qarori qabul qilingan sana kunda Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud nomi sudi tomonidan daʼvogar Ish boʻyicha daʼvogarning F.I.O.sining menga nisbatan Daʼvogarning daʼvo arizasi mazmuni haqidagi fuqarolik ishi koʻrib chiqilib, daʼvogarning daʼvo talabi qanoatlantirilgan.

Hozirda menga mazkur ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Hal qiluv qarori ijrosini taʼminlayotgan MIB boʻlimi nomi boʻlimidan daʼvogarning foydasiga Hal qiluv qarorida daʼvogarning foydasiga nima undirish belgilangan undirish, davlat boji uchun Undirilishi belgilangan davlat boji miqdori soʻm toʻlash lozimligi haqida ogohlantirish xati kelgan.

Bugungi kunda ushbu pullarni toʻlashga imkoniyatim yoʻq, chunki oilaviy ahvolim ogʻir, oʻzim hech qayerda ishlamayman, kam taʼminlangan oilalar hisobida turaman, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 454-moddasiga asosan hal qiluv qarori ijrosini kechiktirishingizni soʻrayman.

Ilova: Arizaga asos sifatida ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

Ariza beruvchining F.I.O.si

_____________________

Ariza berilgan sana

Sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish toʻgʻrisida ariza

Sud hujjatining ijrosini qiyinlashtiradigan obyektiv holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sud undiruvchining, qarzdorning yoki davlat ijrochisining arizasiga binoan hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoʻl qoʻyishga haqli.

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishi mumkin. Taraf oʻzining ijroni kechiktirish toʻgʻrisidagi iltimosini sudga ariza taqdim etish orqali ifodalaydi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur turdagi ariza namunasi tayyorlangan boʻlib, namunadagi soʻrovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.

Ijro harakatlariga oid qoidalar toʻgʻrisida batafsi