O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Avtotransport garaji uchun mulk huquqini belgilash toʻgʻrisida daʼvo ariza

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo arizasi mazmuni boʻyicha savollar
  • (oldi-sotdi, hadya shartnomasi tuzilgan, meros qabul qilib olingan sana)
  • (meros, hadya, oldi-sotdi va boshqalar)
  • (tuman, mahalla, koʻcha va uy raqami)
Ilova qismi

Yuklab oling

Daʼvo ariza berilgan sud nomiga

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.

Daʼvogarning yashash manzili

Daʼvogarning telefon raqami

Daʼvogarniing elektron manzili

Javobgar: Javobgar (egalik huquqini berish toʻgʻrisida murojaat qilingan hokimlik) nomi

Javobgar (hokimlik) joylashgan manzil

Javobgar (hokimlik)ning telefon raqami

Javobgar (hokimlik)niing elektron manzili

Daʼvo mazmuni: garaj uchun mulk

huquqini belgilash toʻgʻrisida

 

DAʼVO ARIZA

Men Xonadonga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan sanada notarial tasdiqlangan (uy-joyga mulk huquqi vujudga kelishi uchun asos boʻlgan shartnoma turi)ga asosan Xonadon manzili xonadonning mulkdori boʻlganman. Men uyni garaji bilan birga qabul qilib olganman. Garaj ham uyning yonida joylashgan. Biroq, garajga nisbatan mulk huquqimni tasdiqlovchi hujjatim yoʻq. Men shu garajdan 18 yildan buyon foydalanishimni mahalla ahli va qoʻshnilar ham tasdiqlaydi. Mazkur bino boʻyicha qoʻshnilarim bilan mulkiy yoki boshqa tusdagi nizo mavjud emas.

Men garajga nisbatan oʻzimning mulk huquqimni tasdiqlash toʻgʻrisida Egalik huquqini berish toʻgʻrisida tegishli hokimlikka murojaat qilingan sanada Javobgar (egalik huquqini berish toʻgʻrisida murojaat qilingan hokimlik) nomi hokimiyatiga murojaat qildim. Biroq Javobgar (egalik huquqini berish toʻgʻrisida murojaat qilingan hokimlik) nomi hokimiyatining Egalik huquqini berish toʻgʻrisidagi murojaat rad qilingan sana yildagi javob xatiga asosan mening murojaatim rad qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 210-moddasining uchinchi xatboshisi talabiga koʻra, kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ aʼzosi pay badallarini batamom toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi.

Yuqoridigalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 210-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasining 5-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan,

SOʻRAYMAN:

Daʼvogarning yashash manzili manzilidagi xonadonning yonida joylashgan, men foydalanib kelayotgan garajga nisbatan mening mulk huquqimni belgilashni soʻrayman.

Ilova:

Ilova hujjatlarining roʻyxati

Daʼvo ariza berilgan sana

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O. ____________ (imzo)

Avtotransport garaji uchun mulk huquqini belgilash toʻgʻrisida daʼvo ariza

Mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.

Mulkdor boʻlish huquqi insonning asosiy huquqlaridan boʻlib, ayrim hollarda mulk huquqini sud tartibida belgilash zarurati kelib chiqadi.

Shu sababli, mulk huquqini belgilashga oid mazkur daʼvo arizasi namunasi tayyorlangan. Mazkur namuna mulk huquqini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini osonlik bilan, mustaqil holda tayyorlash va yuklab olish imkonini beradi