O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Temir yo‘l shaxobchasiga vagonlarni berish va olib chiqish haqida shartnoma (shaxobcha egasi lokomotivi bilan xizmat ko‘rsatilganda)

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Temir yo‘l taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Kontragent to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Шартнома мазмуни
  • Изоҳ: Ушбу бандга хабарнома келиб тушганидан сўнг вагонни олиб чиқиб кетиш лозим бўлган соат кўрсатилиши лозим

Yuklab oling

 

Temir yoʻl shaxobchasiga vagonlarni berish va olib chiqish haqida

SHARTNOMA

3 shakli

(shaxobcha egasi lokomotivi bilan

xizmat koʻrsatilganda)

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Bundan buyon matnda “Temir yoʻl” deb yuritiluvchi, Temir yo‘l tashkiloti nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Temir yo‘lning korxonasi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjatga asosan xarakat qiluvchi Temir yo‘l tashkiloti nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si,bir tomondan va bundan buyon matnda “Kontragent” deb yuritiluvchi Kontragentning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Kontragent nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Kontragent nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si,ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar xaqida tuzdik:

1. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomi, Texnik foydalanish qoidalari, Poyezdlar xarakati va manevr ishlari Yoʻriqnomasi, Signalizatsiya boʻyicha Yoʻriqnoma, Temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalari va ushbu shartnoma shartlari asosida Kontragentga tegishli boʻlgan, Vagonlarni berish va olib chiqish amalga oshiriladigan stansiya nomi stansiyasidagi Vagonlarni berish va olib chiqish amalga oshiriladigan temir yoʻl shaxobchasi nomi temir yoʻl shaxobchasiga Vagonlarni berish va olib chiqish amalga oshiriladigan strelkali oʻtkazgichning raqami-sonli strelkali oʻtkazgich orqali ulangan, Kontragentning lokomotivi bilan xizmat koʻrsatiladigan Vagonlarni berish va olib chiqish amalga oshiriladigan temir yoʻl shaxobchasi nomi temir yoʻl shaxobchasiga vagonlarni berish amalga oshiriladi.

Temir yoʻl shaxobchaning chegarasi stansiyaga tutashgan strelkali oʻtkazgichdan Temir yoʻl shaxobchasi chegarasi (pog.m) p.m. masofada oʻrnatilgan “Temir yoʻl shaxobcha chegarasi” belgisi xisoblanadi.

Temir yoʻl shaxobchaning kengaytirilgan uzunligi Temir yoʻl shaxobchasining kengaytirilgan uzunligi (pog.m) pog.m. ni tashkil qiladi.

Shaxobcha egasining temir yoʻl shaxobchasi va qurilmalari temir yoʻl ajratish mintaqasida Temir yoʻl shaxobchasi va qurilmalari egallagan hudud hajmi (kv.metr) kv.metr yer maydonini band qilgan.

2. Poyezdlar va vagonlarning temir yoʻl shaxobchadagi harakati Texnik foydalanish qoidalari, Poyezdlar harakati va manevr ishlari, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarida signalizatsiya va harakatlanish boʻyicha mahalliy Yoʻriqnomalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

3. Temir yoʻl shaxobchaga topshirilayotgan vagonlar temir yoʻl lokomotivi bilan kunu-tun davomida Kontragentning nomi, tashkiliy huquqiy shakliga beriladi, vagonlarning keyingi xarakati Kontragentning lokomotivi bilan amalga oshiriladi. Vagonlarni yuk tushirish va yuklash joylariga qoʻyish Kontragentning lokomotivi bilan amalga oshiriladi.

Temir yoʻl shaxobchadan qaytariladigan vagonlar Kontragentning lokomotivi bilan Temir yoʻl shaxobchadan qaytariladigan vagonlar Kontragentning lokomotivi bilan olib chiqib quyiladigan joyga olib chiqib quyiladi.

Vagonlarni temir yoʻl lokomotivi bilan temir yoʻl shaxobchaga berish va olib chiqish toʻlovlarini undirish uchun masofa, xar ikki tomonga – Vagonlarni berish va olib chiqishda toʻlovlarni amalga oshirish uchun taraflarga belgilangan masofa (km.) km. qilib belgilanadi.

Vagonlarni berish va olib chiqish uchun yigʻimlar kun davomida berilgan va olib chiqilgan vagonlarning xaqiqiy soni boʻyicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi kengashining 15.05.2013-yil kungi 7K sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 1-son Tarif qoʻllanmasining Vagonlarni temir yoʻl shaxobchasiga berish va olib chiqish uchun yigʻimlar 1-son Tarif qoʻllanmasining undirishga asos boʻluvchi jadvali soni-son jadvali (Vagonlarni berish va olib chiqish yigʻimlari sharxi) asosida undiriladi.

4. Kontragentga topshiriladigan har bir uzatmadagi vagonlar soni koʻpi bilan Shaxobcha egasiga har bir uzatmada topshiriladigan vagonlarning eng koʻp soni ta vagon, yalpi ogʻirligi (brutto) Shaxobcha egasiga har bir uzatmada topshiriladigan vagonlarning yalpi ogʻirligi (brutto) miqdori tonna qilib belgilanadi (shaxobcha Yoʻriqnomasiga muvofiq).

Temir yoʻl Kontragentni vagonlar berilishidan 2 soatdan kechiktirmay telefon orqali vagonlar berilishi rejalashtirilayotganligi haqida ogohlantiradi.

Temir yoʻl shaxobchadan vagonlar Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻlining texnik ekspluatatsiyasi qoidalariga muvofiq shakllangan butun poyezdlarda yoki kamida taqdim etilgan vagonlar soni guruhlarida temir yoʻlga qaytariladi.

Kontragent stansiyani temir yoʻl shaxobchaga bir vaqtning oʻzida berilgan vagonlar bilan yuk yuklash va tushirish ishlari tugatilgani, qoʻyish yoʻliga olib chiqilgani va olib chiqib ketishga tayyorligi xaqida vagonlar raqamini, vagonlar boʻsh yoki yukli ekanligini koʻrsatgan xolda yozma ravishda xabardor qiladi.

Temir yoʻl olib chiqib ketishga tayyor vagonlarni Kontragentdan vagonlar olib chiqib ketishga tayyor boʻlganligi haqida yozma xabarnoma olganidan soʻng Tayyor vagonlarni olib chiqish toʻgʻrisida xabarnoma kelib tushgandan keyin vagonlarni olib ketish muddati soat ichida temir yoʻl shaxobchadan olib chiqib ketadi.

Olib chiqib ketishga tayyor vagonlar temir yoʻl tomonidan bir sutkada kamida bir marta olib chiqiladi.

Zarur hollarda Kontragent Vagonlarni berish va olib chiqish amalga oshiriladigan stansiya nomi stansiyasi yoʻllarida vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berilgunga qadar ularga boʻrda belgi qoʻyish ishlarini tashkil etadi.

5. Vagonlarni texnik va tijoriy jixatdan topshirish va qabul qilish ishlari Yuk tashish qoidalariga muvofiq vagonlarni topshirish-qabul qilish yoʻllarida (qoʻyish yoʻllarida) amalga oshiriladi. Qabul qilish operatsiyalari tugagandan soʻng vagonlar va yuklarning butligi uchun javobgarlik qabul qiluvchi tomonga yuklanadi.

6. Temir yoʻl shaxobchada vagonlarga quyidagi vagon aylanmasi muddati belgilanadi :

a) bir operatsiyali (yuklash yoki tushirish) vagonlar uchun -Bir operatsiyali vagonlar uchun vagon aylanmasi muddati (soat) soat

b) ikki operatsiyali (tushirish va yuklash) vagonlar uchun - Ikki operatsiyali vagonlar uchun vagon aylanmasi muddati (soat) soat.

V) marshrutlarni yuklash yoki tushirish uchun - Marshrutlarni yuklash yoki tushirish uchun vagon aylanmasi muddati (soat) soat.

d) barcha vagonlar uchun umumiy muddat (yagona) – Barcha vagonlar uchun umumiy muddat (soat) soat.

Yuk joʻnatuvchilar, yuk oluvchilar tomonidan temir yoʻl umumiy parki vagonlarining belgilangan muddatlardan kechiktirilgan taqdirda, temir yoʻl Nizomining 132-bandida koʻrsatilgan miqdorlarda jarima undiriladi.

Xususiy (ijaraga olingan) vagonlar stansiya temir yoʻllarida turib qolgan taqdirda, jarima temir yoʻl Nizomining 132-bandiga muvofiq 50% miqdorida undiriladi.

Kontragent vagonlarning kunu-tun davomida, shu jumladan tunda berilgan vagonlarning uzluksiz yuklanishi va tushirilishini vagonlar aylanmasiga belgilangan muddatlariga rioya etilgan xolda taʼminlashi va vagonlardan unumli foydalanishni taʼminlashi lozim

7. Vagonlarning temir yoʻl shaxobchadagi aylanmasini hisobga olish raqamlangan usul bilan amalga oshiriladi.

8.Kontragent ushbu shartnoma boʻyicha temir yoʻlga quyidagi toʻlovlarni amalga oshiradi:

a) vagonlarni shaxobcha yoʻlga berish va olib chiqish uchun - ushbu shartnomaning 3-bandida belgilangan tartibda

b) Kontragentning temir yoʻl shaxobchasi, omborlari va inshoatlari bilan temir yoʻl ajratish mintaqasida band qilingan yer maydoni uchun - Korxonaning temir yoʻl shaxobchasi, omborlari va inshoatlari bilan temir yoʻl ajratish mintaqasida band qilingan yer maydoni uchun toʻlov miqdori soʻm

Ushbu toʻlovlar Kontragent tomonidan temir yoʻlga “Oʻztemiryoʻlxisob” markazi texnologik markazlari orqali, Kontragent va TexPD oʻrtasida tuzilgan aloxida “Temir yoʻl transportida tashishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xisob kitob qilishning tartibi va aloxida xususiyatlari toʻgʻrisidagi Kelishuv” ga asosan amalga oshiriladi.

9. Oʻziga qarashli temir yoʻl shaxobchasi mavjud boʻlmagan yuk oluvchilar, yuk joʻnatuvchilar nomiga kelgan vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berish Kontragent va yuk egasi oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuvi va ular tomonidan stansiya boshligʻi nomiga bergan buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi. Unda yuk operatsiyalari uchun qanday meʼyorlar qoʻllanilishi, va vagonlarning belgilangan meyoriy vaqtlardan ortiq turib qolganligi uchun kim (Kontragent yoki yuk egasi) javobgar ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Agar stansiya boshligʻi kelishuv shartlariga rozi boʻlsa, vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berishga ruxsat beradi. Kelishuv stansiyada qoladi.

10. Kontragent temir yoʻl shaxobchasi tutashgan, asosiy temir yoʻl shaxobchasi boʻlgan Vagonlarni berish va olib chiqish amalga oshiriladigan temir yoʻl shaxobchasi nomi temir yoʻl shaxobchasi amortizatsiyasi bilan bogʻliq toʻlovlar barcha xolatlarda asosiy temir yoʻl shaxobcha egasi va uning Kontragenti oʻrtasida, bevosita Temir yoʻl ishtirokisiz amalga oshiriladi.

11. Vagonlarni oʻz-oʻzidan chiqib ketishdan saqlash uchun Kontragent temir yoʻl shaxobchaga xizmat koʻrsatish va xarakatni va manevr ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomada belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda doimiy soz holatdagi tormoz bashmaklariga ega boʻlishi lozim.

Tormoz bashmaklarini toʻgʻri ishlatilishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik Kontragentning zimmasiga yuklatiladi. Turli metall va yogʻoch buyumlar, gʻisht va hokazolardan vagonlarni maxkamlashda foydalanish qatʼiyan man yetiladi. Kontragent tormoz bashmaklari boʻyicha qatʼiy xisobot yuritadi va ularining mavjudligi va butligi uchun javobgardir.

12. Tungi vaqtlarda, shuningdek koʻrish cheklangan vaqtlarda ishni yaxshi tashkil qilish uchun, yoritish uskunalari ayniqsa yuk tushirish-yuklash joylarida yetarli va doimiy soz xolatda boʻlishi lozim. Kontragent vagonlardan yuklarni toʻgʻri va xavfsiz tushirish, yuklash uchun javobgardir.

13. Kontragent temir yoʻl shaxobcha va uning barcha inshootlarini toza va doimiy soz xolatda saqlashi shart. Yoʻl, yoʻl yoqalari, strelkali oʻtkazgichlar, yuk yuklash-tushirish maydonlari, intensiv manevr ishlari bajariladigan joylar oʻz vaqtida taʼmirlanishi, yuk qoldiqlari, axlatdan, ishlatib boʻlingan detallardan va boshqalardan Kontragent kuchi bilan tozalangan boʻlishi kerak.

14. Kontragent temir yoʻl shaxobcha, strelkali oʻtkazgichlar, yoʻllar oraligʻi tozaligi, gabartilarning taʼminlanishi, temir yoʻl xududining, shuningdek yuk yuklash, tushirish joylarining yetarli yoritilishi, texnik jixozlarning soz xolatda saqlash, gabaritsiz va xavfli joylarni, kesishmalarni belgilash va temir yoʻl shaxobchada xavfsiz ish sharoitini yaratish boʻyicha boshqa choralarni koʻrgan xolda, temir yoʻl shaxobchada oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan temir yoʻl xodimlarining xavfsiz ish sharoitini taʼminlaydi.

15. Stansiya boshligʻi temir yoʻl shaxobchada harakat xavfsizligi va temir yoʻl inshootlari holatini tekshirish huquqiga ega. Harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozliklar aniqlangan taqdirda, nosozliklar toʻliq bartaraf etilmaguncha vagonlarni berish toʻxtatilishi kerak.

16. Vagonlarning turib qolish vaqtini kamaytirish va yuklash - tushirish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirishni mustahkamlash va vagonlar butligini taʼminlash uchun, Kontragent quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish majburiyatini oladi (tomonlar kelishuviga koʻra toʻldiriladi):

 

Chora – tadbirlar nomi

Bajarish muddati

 

 

 

17. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida” gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomi va boshqa amaldagi temir yoʻl meʼyoriy qoidalariga amal qiladilar.

Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi va agar tomonlar kelishuvga kelmasa, masala iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar vakolatli organlar temir yoʻl transportining ishlash shartlarini oʻzgartiruvchi meyoriy xujjatlar chiqarsalar, tomonlar shartnoma matniga belgilangan tartibda zarur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritib, shartnomani ushbu qoidalarga muvofiqlashtirishga majburdirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllari Nizomining 90-bandiga muvofiq Temir yoʻl Kontragent tomonidan xarakat xavfsizligini, temir yoʻl vagonlari butligini tizimli ravishda buzib kelgan taqdirda, shuningdek temir yoʻl xizmatlari uchun debitor qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda shartnomani bir tomonlama bekor qilish xuquqiga ega.

18. Vagonlar (konteynerlar) butligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida:

a) yuklarni yuklash va tushirishda Kontragent vagonlarning butligini taʼminlashning texnik shartlariga qatʼiy rioya qilishi kerak;

b) Vagonlarga (konteynerlarga) zarar yetkazilganligi yoki temir yoʻl shaxobchada vagonlar (konteynerlar) qismlarini yoʻqotganligi uchun Kontragent Temir yoʻl tomonidan tasdiqlangan narxlar roʻyxati boʻyicha vagonlarning (konteynerlarning) shikastlangan (yoʻqolgan) qismlari qiymatidan oʻn barobar miqdorida jarima toʻlaydi.

v) VU-25 shaklidagi dalolatnoma tuzilgunga qadar vagonlar Kontragent temir yoʻl shaxobchasida saqlandi va ularning turib qolganligi uchun jarima vagonlarni shikastlantirgan aybdor tashkilot tomonidan toʻlanadi.

19. Kontragent temir yoʻl shaxobchaga tushirish uchun berilgan xususiy (ijaradagi) vagonlarni (qaysi temir yoʻlga tegishliligidan qatʼiy nazar), Kontragent nomiga berilgan xususiy (ijaradagi) vagonlardan tashqari, berilgan vaqtdan belgilangan meʼyoriy vaqtda tushirishni oʻz zimmasiga oladi. Yuklarni tushirish vaqtida vagonlar belgilangan meʼyoriy vaqtdan koʻp vaqt turib qolgan taqdirda, Temir yoʻl tomonidan taʼqiq choralari koʻriladi (konvensiya taʼqiqlari, temir yoʻl shaxobchaga vagonlar berishni, shu jumladan temir yoʻl shaxobchasi mavjud boʻlmagan yuk oluvchilar nomiga kelgan vagonlarni berishni cheklash va boshqalar).

20. Qoʻshimcha shartlar

Shartnoma mazmuniga oid boshqa qoʻshimcha shartlar

21. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

Temir yoʻl:

 

Shaxobcha egasi:

Manzil: Temir yo‘l tashkilotining manzili

 

Manzil: Kontragentning manzili

Bank: Temir yo‘l tashkilotining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: Kontragent ning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Temir yo‘l tashkilotining hisob raqami

 

H/R: Kontragentning hisob raqami

STIR: Temir yo‘l tashkilotining STIR raqami

 

STIR: Kontragentning STIR raqami

Telefon: Temir yo‘l tashkilotining telefon raqami

 

Telefon: Kontragentning telefon raqami

Temir yo‘l tashkiloti nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si

 

Kontragent nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si

__________________

(imzo, muhr)

 

 

_________________

(imzo, muhr)

 

 

 

 

 

Temir yo‘l shaxobchasiga vagonlarni berish va olib chiqish haqida shartnoma (shaxobcha egasi lokomotivi bilan xizmat ko‘rsatilganda)

Vagonlarni temir yo‘l lokomotivi bilan temir yo‘l shaxobchaga berish va olib chiqish to‘lovlarini undirish uchun masofa, xar ikki tomonga Vagonlarni berish va olib chiqishda to‘lovlarni amalga oshirish uchun taraflarga belgilangan masofa km. qilib belgilanadi.

Mazkur shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.