“Klasterning nomi” paxta-toʻqimachilik klasteri
faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
BITIM
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana |
Joylarda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
bir tarafdan Vazirlikning nomi vazirligi (bundan buyon – “Vazirlik”) nomidan Vazirlik nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi Vazirlik nomidan ish olib boruvchi shaxs F.I.O.si;
ikkinchi tarafdan “Klasterlar uyushmasining nomi va tashkiliy huquqiy shakli”uyushmasi (bundan buyon – “Uyushma”) nomidan Klasterlar uyushmasi nomidan ish olib boruvchi vakolatli shaxsning lavozimi Klasterlar uyushmasi nomidan ish olib boruvchi vakolatli shaxsning F.I.O.si;
uchinchi tarafdan Hokimlikning nomi hokimligi (bundan buyon–“Hokimlik”) nomidan Hokimlik nomidan ish olib boruvchi vakolatli shaxsning lavozimi Hokimlik nomidan ish olib boruvchi vakolatli shaxsning F.I.O.si;
toʻrtinchi tarafdan Klasterning nomi paxta toʻqimachilik klasteri (bundan buyon – “Klaster”) nomidan Klaster nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi Klaster nomidan ish olib boruvchi shaxsning F.I.O.si birgalikda “taraflar” ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar.
I. Bitimning predmeti
1.1. Ushbu bitim Tashkil etilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterining manzilida paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini samarali tashkil etish, paxta-toʻqimachilik klasteri va taraflarning munosabatlarini tartibga soladi.
II. Klaster shakli
2.1. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish hamda paxta xom ashyosi yetishtiruvchilardan shartnoma asosida paxta xom ashyosini sotib olish.
III. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. “Vazirlik”ning huquqlari:
3.1.1. “Klaster”dan biznes-reja va investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni olish;
3.1.2. “Uyushma” hamda “Hokimlik” bilan birgalikda “Klaster” tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish majburiyatlari, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi va paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkazish;
3.1.3. “Klaster”ning biznes-reja, ushbu bitim ijrosi hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish;
3.1.4. bitimni bekor qilish toʻgʻrisida “Uyushma” hamda “Hokimlik” tomonidan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish hamda bitimni bekor qilish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga kiritish.
Vazirlikning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.2. “Vazirlik”ning majburiyatlari:
3.2.1. bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;
3.2.2. oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha “Klaster”ga maslahat va metodik yordam koʻrsatish;
3.2.3. agar “Klaster”ning xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va ushbu Bitim shartlariga zid kelmasa, uning faoliyatiga aralashmaslik;
3.2.4. paxta-toʻqimachilik klasteriga imtiyozli va tijorat kreditlari, shuningdek, subsidiya va kompensatsiyalar berilishiga koʻmaklashish;
3.2.5. paxta-toʻqimachilik klasterining paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan bogʻliq munosabatlarini barqarorlashtirishga koʻmaklashish;
3.2.6. paxta-toʻqimachilik klasteri xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Vazirlikning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
3.3. “Uyushma”ning huquqlari:
3.3.1. “Klaster”dan biznes-reja va investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni olish;
3.3.2. taraflar bilan birgalikda “Klaster” tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish majburiyatlari, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi va paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkazish;
3.3.3. “Klaster”ning biznes-reja, ushbu bitim ijrosi hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish;
3.3.4. tahliliy maʼlumotlar asosida sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan “Vazirlik” bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
3.3.5. bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan takliflarni “Hokimlik” bilan kelishilgan holda koʻrib chiqish uchun “Vazirlik”ka kiritish.
Uyushmaning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.4. “Uyushma”ning majburiyatlari:
3.4.1. bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;
3.4.2. paxta-toʻqimachilik klasterining paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan bogʻliq munosabatlarini barqarorlashtirishga koʻmaklashish;
3.4.3. paxta-toʻqimachilik klasteri xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish;
3.4.4. ichki va tashqi bozorlarda talab va takliflarni oʻrganish hamda marketing tadqiqotlaridan kelib chiqib, tarmoqni rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish;
3.4.5. davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida hamda sudlarda “Klaster” ning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
3.4.6. “Klaster”lar oʻrtasida bir yilda kamida bir marotaba ilmiy-tadqiqot, injiniring, logistika, konsalting, sertifikatlashtirish organlari, yirik qayta ishlash korxonalari, yengil sanoat, yigʻish zavodlari, texnopark va yetkazib beruvchilar vakillari hamda boshqa potensial hamkorlarni jalab etgan holda uchrashuvlar, muzokaralar, konferensiyalarni tashkil etish;
3.4.7. “Klaster” faoliyatiga xalqaro standartlar va sertifikatlarni olishda koʻmaklashish.
3.4.8. “Klaster” xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish;
3.4.9. “Klaster” rahbari va xodimlarini stajirovkadan oʻtkazish, ularni sohaga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.
Uyushmaning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
3.5. “Hokimlik”ning huquqlari:
3.5.1. “Klaster”dan biznes-reja va investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni olish;
3.5.2. taraflar bilan birgalikda “Klaster” tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish majburiyatlari, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi va paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkazish;
3.5.3. tahliliy maʼlumotlar asosida sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan “Vazirlik” hamda “Uyushma” bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
3.5.4. bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan takliflarni “Uyushma” bilan kelishilgan holda koʻrib chiqish uchun “Vazirlik”ka kiritish.
Hokimlikning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.6. “Hokimlik”ning majburiyatlari:
3.6.1. bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;
3.6.2. oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha “Klaster”ga maslahat va metodik yordam koʻrsatish;
3.6.3. agar “Klaster”ning xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va ushbu Bitim shartlariga zid kelmasa, uning faoliyatiga aralashmaslik;
3.6.4. yerlarning melioratsiya holatini yaxshilash maqsadida xoʻjaliklararo irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini kapital taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
3.6.5. “Klaster” mazkur bitimning 2.1 va 2.2-bandlari talabi boʻyicha tashkil etilgan taqdirda u bilan uch ish kunida yer ijarasi shartnomasini tuzish;
3.6.6. “Klaster”ning ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashish;
3.6.7. “Klaster”ga imtiyozli va tijorat kreditlari, shuningdek, subsidiya va kompensatsiyalar berilishiga koʻmaklashish;
3.6.8. “Klaster”ning paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan bogʻliq munosabatlarini barqarorlashtirishga koʻmaklashish;
Hokimlikning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
3.7. “Klaster”ning huquqlari:
3.7.1. “Klaster” oʻz faoliyatini yuritishda ishlab chiqaradigan mahsulotlarini, tijorat banklaridan oladigan kreditlarni, oʻzining tasarrufidagi koʻchmas mulk obyektlarini, texnika vositalari va ishlab chiqarish texnologiyalari asbob va uskunalarini sugʻurtalashda mustaqil ravishda xohlagan sugʻurta tashkiloti xizmatlaridan foydalanib amalga oshirish;
3.7.2. zarurat boʻlganda, agrotexnologik xaritaga oʻzgartirishlar kiritish;
3.7.3. gʻoʻza navlari urugʻlik chigitlarini mustaqil ravishda ishlab chiqarish;
3.7.4. suv resurslarini oʻz vaqtida yetkazib berishni mutasaddi tashkilotlardan talab qilish;
3.7.5. yetishtirilgan paxta xom ashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni erkin tasarruf etish;
3.7.6. ishlab chiqarilgan paxta tolasining oʻz ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojidan ortiq qismini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish;
3.7.8. paxta xom ashyosidan olinadigan chigit va boshqa mahsulotlarni mustaqil ravishda qayta ishlash yoki ularni, shu jumladan qayta ishlangan mahsulotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish.
3.7.9. “Klaster” mazkur bitim “qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish” yoki “qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish hamda paxta xom ashyosi yetishtiruvchilardan shartnoma asosida paxta xom ashyosini sotib olish” shakllarda tashkil etilgan taqdirda uch ish kunida tegishli hokimlik bilan yer ijarasi shartnomasini tuzish;
3.7.10. gʻoʻza navlarini mustaqil joylashtirish;
3.7.11. ajratilgan yer uchastkalarida almashlab ekishni joriy etgan holda, ushbu yerlarning konturlarini tuzish;
3.7.12. tasdiqlangan agrotexnologik xaritadagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish;
3.7.13. mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini import qilish;
3.7.14. qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tamoyillariga asoslangan klaster–fermer, klaster–dehqon xoʻjaligi, klaster–oilabay pudrat va qishloq xoʻjaligida ish yuritishning zamonaviy usullarini joriy etish;
3.7.15. oʻziga biriktirilgan yer uchastkalarini shartnomaga asosan yuridik
va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijara asosida berish.
Klasterning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.8. “Klaster”ning majburiyatlari:
3.8.1. biznes-reja va bitim parametrlariga rioya qilish hamda bir yilda kamida bir marta hisobotlarni “Vazirlik”ka, “Uyushma”ga hamda “Hokimlik”ka taqdim etish;
3.8.2. ajratilgan imtiyozli moliyaviy resurslardan tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq maqsadli foydalanish;
3.8.3. paxta xom ashyosi yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha boʻlgan ishlab chiqarishning uzluksiz zanjirini, shu jumladan kooperatsiya asosida tashkil etish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
3.8.4. raqamli va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
3.8.5. “Uyushma” bilan “Klaster” oʻrtasida tuzilgan aʼzolik shartnomalari doirasida olingan majburiyatni bajarish hamda aʼzolik badallarini belgilangan muddatlarda toʻlab borish;
3.8.6. mazkur bitimning 4.1 va 4.2-bandlarida koʻrsatilgan “Klaster”ning yillar kesimida investitsiyalar kiritish va ish oʻrinlarini yaratish hamda ularni amalga oshirish muddatlariga rioya qilish.
3.8.7. paxta yetishtirishda mexanizatsiya darajasini oshirib borish hamda suv tejaydigan zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish;
3.8.8. yerlarning irrigatsiya va melioratsiya holatini yaxshilash, tuproq tarkibini laboratoriyadan oʻtkazish;
3.8.9. yerlarning hosildorligini oshirish, ball bonitetini doimiy nazorat qilib borish.
Klasterning shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
IV. Investitsiyalar kiritish va ish oʻrinlarini yaratish muddatlari
4.1. “Klaster”ning yillar kesimida investitsiyalar kiritish va ish oʻrinlarini yaratish hamda ularni amalga oshirish muddatlari. Xususan:
2022-yilda Klasterning 2022 yilda amalga oshiradigan loyihalari soni ta loyiha Klasterning 2022 yilda kiritadigan investitsiya miqdori mln. AQSH doll.Klasterning 2022 yilda yaratadigan ish o‘rni soni nafar ish oʻrni;
2023-yilda Klasterning 2023 yilda amalga oshiradigan loyihalari soni ta loyiha Klasterning 2023 yilda kiritadigan investitsiya miqdori mln. AQSH doll. Klasterning 2023 yilda amalga yaratadigan ish o‘rni soninafar ish oʻrni;
2024-yilda Klasterning 2024 yilda amalga oshiradigan loyihalari soni ta loyiha Klasterning 2024 yilda kiritadigan investitsiya miqdori mln. AQSH doll. Klasterning 2024 yilda yaratadigan ish o‘rni soni nafar ish oʻrni;
2025-yilda Klasterning 2025 yilda amalga oshiradigan loyihalari soni ta loyiha Klasterning 2025 yilda kiritadigan investitsiya miqdori mln. AQSH doll. Klasterning 2025 yilda yaratadigan ish o‘rni soni nafar ish oʻrni;
2026-yilda Klasterning 2026 yilda amalga oshiradigan loyihalari soni ta loyiha Klasterning 2026 yilda kiritadigan investitsiya soni mln. AQSH doll. Klasterning 2026 yilda yaratadigan ish o‘rni soni nafar ish oʻrni yaratiladi.
V. “Klaster” faoliyati moliyaviy auditini oʻtkazish
5.1. “Klaster” auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan moliyaviy yil yakunida “Klaster” moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshirilishini amalga oshiradi. Bunda, yillik paxta xom ashyosi hajmi 30 ming tonnadan yuqori boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarida xalqaro auditorlik tashkilotlari jalb qiladi.
VI. Bitimning bajarilishi va bekor qilinishi
6.1. Taraflar mazkur bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarilishi shart.
6.2. Quyidagilar bitimni bekor qilishga (toʻliq yoki muayyan hududga nisbatan) asos boʻladi:
a) “Klaster” faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda bekor qilinganda;
b) bitim tarafi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatilishi;
v) bitim tarafi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining bitimni bekor qilish boʻyicha Vazirlikka, Uyushmaga hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga murojaatlari;
g) “Klaster” tomonidan bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmaganda (fors-major holatlar va (yoki) oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra vujudga keladigan holatlar bundan mustasno);
d) paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan shartnoma munosabatlarini uch yil davomida bajarilmay kelganligini asoslovchi yozma murojaatlari boʻlganda;
ye) bitimni mazkur bandda va bitimning oʻzida koʻrsatilmagan boshqa asoslarga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
yo) mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bitimni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksi hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
j) mazkur bandning “g” va “d” kichik xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bitimni bekor qilish Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari yoki boshqa manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi.
6.3. Taraflar mazkur bitimda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga, oʻzgartirishga yoki qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
6.4. Ushbu bitimning 2.1 va 2.2-bandlari talablari asosida tashkil etilgan “Klaster”ning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi Yer kodeksida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
6.5. “Klaster” bilan tuzilgan bitim bekor qilingan taqdirda, “Vazirlik” tomonidan ularning klasterlik faoliyatini tugatish yuzasidan bir oy muddatda tegishli hujjat loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Faoliyati tugatilayotgan “Klaster”ga tugatilayotgan yildagi mavsum boʻyicha paxta hosilini toʻliq yigʻib (sotib) olishga ruxsat beriladi.
VII. Bitimning amal qilishi
7.1. Mazkur bitim 30 yil (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda 25 yil) amal qiladi va “Taraflar” imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
7.2. Bunda faoliyat yuritayotgan “Klaster” bitimning amal qilish muddati tugaganidan keyin bitimni yangilashda ushbu paxta-toʻqimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustunlik huquqiga ega boʻladi.
VIII. “Taraflar”ning javobgarligi
8.1. Mazkur Bitim boʻyicha “Taraflar” zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
8.2. “Taraflar” ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli “Taraflar”ning biriga yetkazilgan zararni qonunchilikka muvofiq qoplash majburiyatini oladi. Davlat organi mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida “Klasterga” yetkazilgan zararni qoplash sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
8.3. “Klaster” ushbu Bitimning 4.1-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish taʼminlanmasligi yoki oʻz vaqtida taʼminlanmasligi holatlarida har bir kechiktirilgan kun uchun bajarilmagan majburiyatlar summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq bajarilmagan majburiyatlar summasining 50% idan oshmagan miqdorda “Hokimlik”ka penya toʻlaydi.
8.4. “Klaster” ushbu Bitimning 4.2-bandida nazarda tutilgan yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyatlarini bajarmaganda, “Klaster” “Hokimlik”ka har oyda ushbu Bitimning 4.2-bandida belgilangan meʼyordan kam boʻlgan har bir ishchi uchun ishchilarning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida jarima toʻlaydi.
8.5. Penya va jarimalarni toʻlash “Taraflar”ni ushbu Bitim boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
IX. Korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlar
9.1. Taraflar bitim tuzishda, bitimning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan soʻng, bitim bilan bogʻliq korrupsiyaviy harakatlarni sodir qilmaslikka kelishib oladilar.
9.2. Taraflar bitimdagi korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi boʻyicha hamkorlikni taʼminlaydilar.
9.3. Har bir taraf bitim tuzilgan paytida bevosita oʻzi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bitim bilan bogʻliq holda qonunga xilof ravishda pul, moddiy qimmatliklar (otkat) berilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga vaʼda qilinmamaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi yoki qilishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi.
Taraflar, ular tomonidan bitim doirasida jalb qilingan shaxslarning ushbu harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan choralar koʻradi.
9.4. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarda belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yoʻl qoʻyganligi maʼlum boʻlib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan oqilona muddat ichida tegishli choralar koʻrilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart.
Tarafning talabi boʻyicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish boʻyicha oqilona muddat ichida tegishli choralar koʻrilmaganda, ushbu taraf bitimni bir taraflama toʻxtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni toʻliq qoplab berishni talab qilishga haqli.
X. Fors-major
10.1. “Taraflar” ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar u oldini olib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda vaziyatlar va ushbu sharoitlarda muqarrar boʻlgan holatlar oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa: tashqi obyektiv omillar (harbiy harakatlar, epidemiyalar, ish tashlashlar, shartnomaga muvofiq Tomonlarga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga toʻsqinlik qiluvchi sud jarayonlarining mavjudligi, oqilona nazorat qilinmaydigan boshqa hodisalar) taʼsiri natijasida tabiiy hodisalar (zilzilalar, suv toshqinlari va hokazolar), agar ushbu holatlar ushbu Bitimning bajarilishiga bevosita taʼsir qilgan boʻlsa, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida.
10.2. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddatlari bunday favqulodda vaziyatlarning amal qilish muddati mobaynida orqaga suriladi.
10.3. Agar vaziyatlar bir yildan ortiq vaqt davom etadigan boʻlsa, “Taraflar” oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa “Taraf”ga yetkazilgan zararni kamaytirish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan choralarni qoʻllab, jarimalar va (yoki) penyalarni toʻlamasdan ushbu Bitimni davom ettirishdan voz kechishga haqli.
10.4. “Taraflar” favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun har qanday saʼy-harakatlarni amalga oshirishlari kerak.
XI. Nizolarni hal etish tartibi
11.1. “Taraflar” oʻzaro muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali ushbu bitimni bajarish bilan bogʻliq yuzaga kelgan nizolarni hal qilish uchun barcha choralarni koʻradi, shu jumladan maqbul qarorga erishishi uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilinishi lozim.
Basharti, “Taraflar” oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda, mavjud nizoli holatlar Shartnoma yuzasidan taraflar o‘rtasida nizolar kelib chiqqan taqdirda, nizoni ko‘rib chiqadigan sud nomi sudiga murojaat qilish orqali hal etiladi.
XII. Yakuniy qoidalar
12.1. Mazkur bitimda har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda amalga oshirilishi va “Taraflar”ning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
12.2. Bitim “Taraflar”ning har biri uchun bir nusxadan toʻrt nusxada tuzilib, ularning barchasi teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
XIII. Taraflarning rekvizitlari
Vazirlik: |
Uyushma: |
|
Manzil: Vazirlikning manzili |
Manzil: Klasterlar uyushmasining yuridik manzili |
|
Bank Vazirlikning hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank Klasterlar uyushmasining hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
H/R: Vazirlikning hisob raqami |
H/R: Klasterlar uyushmasining hisob raqami |
|
STIR: Vazirlikning STIR raqami |
STIR: Klasterlar uyushmasining STIR raqami |
|
MFO raqami Vazirlikning Mfo raqami |
MFO raqami Klasterlar uyushmasining MFO raqami |
|
Telefon: Vazirlik bilan aloqa telefon raqami |
Telefon: Klasterlar uyushmasining telefon raqami |
|
_______________ (imzo, muhr) |
_______________ (imzo, muhr) |
|
Hokimlik: |
Klaster: |
|
Manzil: Hokimlikning yuridik manzili |
Manzil: Klasterning yuridik manzili |
|
Bank Hokimlikning hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank Klasterning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
H/R: Hokimlikning hisob raqami |
H/R: Klasterning hisob raqami |
|
STIR: Hokimlikning STIR raqami |
STIR: Klasterning STIR raqami |
|
MFO raqami Hokimlikning MFO raqami |
MFO raqami Klasterning MFO raqami |
|
Telefon: Hokimlikning telefon raqami |
Telefon: Klasterning telefon raqami |
|
_______________ (imzo, muhr) |
_______________ (imzo, muhr) |
Klaster deganda muayyan xususiyatga ega bo‘lgan bir necha bir subyektlarning o‘z faoliyatlarini yana-da yuksaltirish maqsadida birlashishi tushuniladi. Xususan, paxtachilik sohasida klaster yaratilishi paxta yetishtirishdan tortib, uni tolaga aylantirish, tolani ip kalavaga, ip kalavani esa matoga aylantirib, matodan mahsulot ishlab chiqarishgacha davom etishi mumkin.
Qonunchilikka ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi.
Fermer, xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chikarish bilan shugullanuvchi fermer xo‘jaligi aʼzolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi shaxsdir.
Fermer xo‘jaligining faoliyatiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan o‘z savdo shahobchalari orqali sotish, tijorat faoliyati va marketinng tadqiqotlarini tashkil qilish, faoliyatning qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa turlarni amalga oshirish kiradi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tayyorlangan mazkur shartnomaning mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, shartnomani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.