Ipoteka krediti berish toʻgʻrisida Shartnoma raqami-son
SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma tuzilgan sana
Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Nizom va Bank filiali boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sana dagi Bank filiali boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan raqam-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan Bank filialining nomi filiali boshqaruvchisi Bank filiali boshqaruvchisining F.I.O.,keyingi oʻrinlarda “Bank” deb ataladi, bir tomondan va Qarz oluvchiga pasport berilgan sanada berilgan pasporti seriyasi Qarz oluvchining pasport seriyasi,Qarz oluvchining pasport seriya raqami raqamli, keyingi oʻrinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qarz oluvchining F.I.O.,ikkinchi tomondan, hamda Birgalikda qarz oluvchiga pasport berilgan sanada berilgan pasporti seriyasi Birgalikda pasport oluvchining pasport seriyasi,Birgalikda pasport oluvchining pasport seriyasi raqamli, keyingi oʻrinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Birgalikda pasport oluvchining F.I.O.,uchinchi tomondan, keyingi oʻrinda “Tomonlar” deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnomaning predmeti
1.1. Bank Qarz oluvchiga (Birgalikda qarz oluvchiga) “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi masʼuliyati cheklangan jamiyat (keyingi oʻrinlarda “injiniring kompaniyasi” deb ataladi) ishtirokida ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Oʻzbekiston Respublikasi, Qurilayotgan uy-joyning joylashgan manzilidagi Uy-joy joylashgan aholi punkti aholi punktida umumiy maydoni Uy-joyning umumiy maydoni kv. metr, turar joy maydoni Uy-joyning turar joy maydoni kv. metr boʻlgan Uy-joyning xonalar soni xonali Uy raqami-son uyni (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi) yakka tartibdagi uy-joyni qurish uchun maqsadli mablagʻlar hisobidan Kredit summasi soʻm miqdorida ipoteka krediti beradi, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) esa ipoteka kreditidan kredit olishning umumiy prinsiplariga (maqsadining xarakteri, moddiy taʼminlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va toʻlovliligiga) rioya etgan holda foydalanadilar.
2. Umumiy tushunchalar
2.1. Ushbu Shartnoma matnining keyingi oʻrinlarida uchraydigan barcha atamalar, agar kontekstdan boshqacha maʼno anglanmasa, quyidagi boʻlimda bayon qilingan tushunchalarni anglatadi:
ipoteka krediti –barpo etilayotgan uy-joy garovi ostida, injiniring kompaniyasi ishtirokida, tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan uzoq muddatli kredit;
yakka tartibdagi uy-joy –doimiy yashash, dam olish va xoʻjalik yuritish uchun moʻljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, oʻziga qarashli boʻlgan yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turar joylar (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi);
namunaviy loyiha –tabiiy-iqlim sharoitlari va joyning relyefi, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlari hisobga olingan holda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarni qoʻllagan holda namunaviy uy-joylar qurishga “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha quyidagilardan iboratdir: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari; poydevorlar, yer toʻlalar, qavatlar, uy-joyning kesimlari va old tomonlari aks ettirilgan holda yer uchastkasining rejasi; smeta-moliya hisob-kitobi;
qarz oluvchi – qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
birgalikda qarz oluvchi –Qarz oluvchining ipoteka krediti boʻyicha va uning boʻyicha foizlarni har oyda toʻlashda qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha birgalikda javob beradigan eri (xotini) va yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari);
pudratchi –“tayyor holda topshirish” sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat qurilish tashkiloti;
toʻlovga qodirlik –Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini yalpi daromadlari tahlilidan kelib chiqqan holda belgilangan oʻz vaqtida va toʻliq bajarish qobiliyati;
kredit boʻyicha taʼminlash –qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joyni yer uchastkasi bilan birga belgilangan tartibda garovga qoʻyish;
boshlangʻich badal – Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs – Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar;
uzil-kesil toʻlov –yakka tartibdagi uy-joyning boshlangʻich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov;
ipoteka –yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi ostida belgilangan tartibda beriladigan ipoteka kreditini olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi;
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma –tomonlarning kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni taʼminlashda ipotekani belgilash toʻgʻrisidagi bitimi;
kredit boʻyicha foizlar –kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov;
imtiyozli davr –kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
kreditni berish sanasi –mablagʻlarni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyaning depozit hisob raqamiga oʻtkazish sanasi;
kreditni toʻlash sanasi –Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarning jami qoldigʻini va qarz qoldigʻini qoplaydigan oxirgi toʻlov tushgan sana;
toʻlov majburiyatlari –Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning boʻyicha foizlarni ushbu Shartnomada koʻrsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa toʻlovlar (ipotekani rasmiylashtirish, sugʻurtalash va shu kabilar uchun xarajatlar) boʻyicha majburiyatlar;
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarz –Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan, ipoteka krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik boʻyicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha qarzlar summasi;
kredit boʻyicha qarz –kreditning hammasi yoxud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldigʻi, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.
3. Qarz oluvchining tasdiqlari
3.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:
kreditni rasmiylashtirish va olish uchun bankka taqdim etilgan/taqdim etiladigan barcha hujjatlar va maʼlumotlar bunday hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;
Birgalikda qarz oluvchi majburiyatlar boʻyicha ushbu Shartnoma doirasida birgalikda javob beradi va bu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu Shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlishiga olib keladi;
Agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu Shartnomada belgilangan toʻlovni amalga oshirishga yoki belgilangan har qanday talablardan istalganini bajarishga qodir boʻlmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni, shuningdek boshqa toʻlovlarni toʻlashni talab qilish huquqiga ega. Bu holda bank undirishni kredit boʻyicha taʼminlashga va Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankni kredit boʻyicha istalgan taʼminlashni realizatsiya qilishga va undan foydalanishga va/yoki Bankning oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha zarur choralarni koʻrishga chaqirib olishsiz va soʻzsiz tartibda vakil qiladi.
4. Kredit summasi va kreditdan foydalanganlik
uchun foiz stavkasi
4.1. Qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati Qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati soʻmni tashkil qiladi.
Ipoteka krediti summasi Ipoteka krediti summasi soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining Ipoteka krediti miqdori foiziga tengdir.
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlangʻich badali Boshlagich badali miqdori soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining Boshlangich badal miqdori foiziga tengdir.
Uzil-kesil toʻlov summasi Uzil-kesil to‘lov qiymati soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining Uzil-kesil to‘lov miqdori–foiziga tengdir (uzil-kesil toʻlov mavjud boʻlganda toʻldiriladi).
4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi foiz stavkasi belgilanadi:
dastlabki Dastlabki yil mobaynida ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi yil mobaynida – yillik Yillik foiz miqdori foiz miqdorida va qolgan davrda – ushbu shartnoma tuzilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, aynan yillik Kreditning yillik foiz stavkasi foiz miqdorida.
Shartnoma tuzilgan sana dan tuzilgan shartnomalar uchun – birinchi yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan Birinchi yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan foiz miqdori foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida.
4.3. Ipoteka krediti boʻyicha foizlar Bank tomonidan har kuni, ushbu Shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqqan holda, Bank tomonidan Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida hisobga olinadigan kredit summasi qoldigʻiga hisoblab yoziladi.
5. Ipoteka krediti boʻyicha taʼminlash
5.1. Ushbu Shartnoma boʻyicha berilgan kredit belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan taʼminlanadi.
5.2. Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashning bir nechta usullarining mavjud boʻlishi bir-biriga zid hisoblanmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga bogʻliq boʻlmaydi.
5.3. Undirishni majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullariga qaratish zarur boʻlgan taqdirda tanlash huquqi Bankda qoladi, u oʻz ixtiyoriga koʻra majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan istalganiga yoki barcha usullariga talab qoʻyishi mumkin.
5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni taʼminlashni kredit summasi darajasida tutish, Bank foydasiga kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning toʻliq qiymatida yoʻqotish va shikastlanish xavfi yuzasidan sugʻurta qilish majburiyatini oladi.
5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish boʻyicha har qanday xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
5.6. Kreditning taʼminlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
6. Ipoteka kreditini berish tartibi
6.1. Kredit ikki (Imtiyozli kredit davridan tuzilgan shartnomalar uchun - bir) yillik imtiyozli davr bilan Imtiyozli kredit davrigacha boʻlgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.
6.2. Kreditni berish Qarz oluvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq bosqichma-bosqich, Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida mablagʻlarni Bank ochgan alohida ssuda hisob raqamiga oʻtkazish, keyinchalik injiniring kompaniyasining Korxonaning maxsus depozit hisob raqami-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga yuqorida koʻrsatilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6.3. Bankning kredit berish boʻyicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin yuzaga keladi:
tuman hokimining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish xavfidan sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi;
7. Ipoteka kreditini toʻlash tartibi
7.1. Kredit boʻyicha qarzni toʻlash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yoʻnaltiriladigan toʻlovlar quyidagicha navbat bilan toʻlanadi:
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan foizlarni toʻlash;
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻlash;
muddatli foizlarni toʻlash;
kredit boʻyicha muddatli qarzlarni toʻlash;
Qarz oluvchining boshqa toʻlov majburiyatlarini toʻlash.
7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni muddatidan oldin – ushbu Shartnomada belgilangan toʻlov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega.
Kreditni muddatidan oldin toʻlashda Bank biron-bir qoʻshimcha vositachilik haqlarini undirmaydi.
7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni toʻlaydi.
7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini toʻlash:ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha boshqa daromadlar hisobiga mablagʻlarni naqdsiz shaklda oʻtkazish;
naqd pullar toʻlash;
mablagʻlarni omonat qoʻyilmalar boʻyicha hisob raqamlaridan oʻtkazish;
mablagʻlarni plastik kartochkalardan oʻtkazish yoʻli bilan;
pul mablagʻlarini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablagʻlar hisobidan naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
7.5. Agar ushbu Shartnoma boʻyicha istalgan summalarni toʻlash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, u holda ushbu summalarni toʻlash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
8. Tomonlarning huquqlari
8.1. Bankning huquqlari:
8.1.1. Qarz oluvchining aybi bilan ushbu Shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
8.1.2. Kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida ipoteka krediti va uning boʻyicha foizlarning toʻlanishi, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda oʻz ixtiyoriga koʻra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:
Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;
ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini qoʻshimcha ravishda taʼminlanishini talab qilish;
Qarz oluvchidan (Birgalikda qarz oluvchidan) ushbu Shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
undirishni majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit boʻyicha taʼminlashga qaratish (undirishni taʼminlashga qaratish tartibi majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning tegishli shartnomalarida belgilanmagan hollarda undirishni kredit boʻyicha taʼminlashga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
ushbu Shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu Shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi);
kredit boʻyicha foiz stavkasini oshirish (kredit oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda);
ushbu Shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.
8.1.5. Ushbu Shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgaga berishni amalga oshirish.
8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari:
8.2.1. Bankda boʻsh resurslar mavjud boʻlgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish.
8.2.2. Olingan kreditni toʻliq qaytarib va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlab Bank bilan ushbu Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.
9. Tomonlarning majburiyatlari
9.1. Bankning majburiyatlari:
9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish.
9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni muddatidan oldin undirib olish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish.
9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari:
9.2.1. Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kungacha boʻlgan muddatda Bank xodimi bilan ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomasini tuzish.
9.2.2. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha Qarz oluvchiga berilgan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) kungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organlarida qurilgan uy-joyga egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, soʻngra uy-joyga egalik qilishning roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini Bankka taqdim etish.
9.2.3. Ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash.
9.2.4. Bank talabiga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu Shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun boʻyicha axborot taqdim etish.
9.2.5. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga taʼsir koʻrsata oladigan boshqa holatlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari
10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi:
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki hamda boshqa toʻlovlarning ushbu Shartnoma, unga toʻlovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu Shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar boʻyicha zarur sanada toʻlashni amalga oshirmaganlik;
Bankni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar taqdim etish yoʻli bilan ataylab chalgʻitish;
Bankka kredit, Bank xulosasi boʻyicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday taʼminlashning oʻz qimmatini qisman yoki toʻliq yoʻqotganligi yoki haqiqiy boʻlmay qolganligi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq axborotning yashirilishi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning Bank oldidagi majburiyatlari bajarilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa hodisalar;
ushbu Shartnoma shartlarining buzilishi;
ushbu shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnomalar (sugʻurta va boshqalar) shartlarining buzilishi.
11. Undirishni kreditni taʼminlashga qaratish
11.1. Bank ushbu shartnoma shartlari bilan garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni taʼminlash sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.2. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28 moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa – undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.3. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank oʻz talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank oʻrtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.
11.4. Undirishni majburiyatni taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam ravishda, yaʼni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
11.5. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
12. Alohida shartlar
12.1. Bank oʻz ixtiyoriga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu Shartnoma boʻyicha oʻzi ega boʻlgan huquqlardan istalganini qoʻllashi yoxud qoʻllamasligi mumkin.
12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qoʻllanmasligi yoxud qisman qoʻllanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qoʻllanishi mumkin.
13. Qoʻshimcha shartlar
13.1. Uy-joyning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, oʻzgaga berishga, ijaraga topshirishga, tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili boʻyicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishga Bankning yozma roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
13.3. Tomonlar ushbu Shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi.
13.4. Injiniring kompaniyasi bilan Qarz oluvchi (yakka tartibda imorat quruvchi) oʻrtasida tuzilgan asosiy shartnoma bekor qilingan taqdirda Bank ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Ushbu Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha asosiy qarz summasi, agar Tomonlar oʻrtasida boshqacha ahdlashuv mavjud boʻlmasa, qurilgan uy-joy sotilgandan keyin Qarz oluvchiga qaytariladi. Bunda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar unga qaytarilmaydi.
14. Fors-major holatlari
14.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan koʻra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo boʻlgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir boʻlgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.
14.2. Yengib boʻlmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga koʻra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.
14.3. Agar shartnomaning ushbu boʻlimida koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni xabardor qilgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari boʻyicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar.
15. Shartnomaning amal qilish muddati
15.1. Ushbu Shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amal qiladi.
16. Nizolarni hal etish
16.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun sud organlariga oʻtkaziladi.
17. Yakunlovchi qoidalar
17.1. Ushbu Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
17.2. Ushbu Shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlar imzolagan qoʻshimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
17.3. Ushbu Shartnoma har qaysi Tomon uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzildi.
Tomonlarning manzillari, rekvizitlari vaimzolari:
Bank: Bank filialining to‘liq nomi Bank filialining indeksi, manzil va telefon raqami Bank rekvizitlari Bankning STIR raqami Filial boshqaruvchisining F.I.O. __________________ M.Oʻ. (imzo) |
Qarz oluvchi: Qarz oluvchining F.I.O. Qarz oluvchining indeks, manzil, telefon raqami Qarz oluvchining tug‘ilgan sanasi Qarz oluvchining tug‘ilgan joyiQarz oluvchining STIR raqami __________________ (imzo) |
Birgalikda qarz oluvchi: Birgalikda qarz oluvchining F.I.O.Birgalikda qarz oluvchining indeksi, manzil va telefon raqamlari Birgalikda qarz oluvchining tug‘ilgan sanasi Birgalikda qarz oluvchining tug‘ilgan joyi Birgalikda qarz oluvchining STIR raqami _________________ (imzo) |
Aholining uy-joy sharoitlarini yana-da yaxshilash, fuqarolarning hayot darajasi oshishda ipoteka kreditlarining o‘rni beqiyos bo‘lib, kreditlashning ushbu turi bosqichma-bosqich rivojlanib, takomillashib bormoqda.
Ipoteka munosabatlarida nizolar, tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi ipoteka shartnomalarining to‘liq va har tomonlama mukammal tuzilishiga bevosita bog‘liq.
Shu sababli mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.