Daʼvo ariza berilgan sud nomi va manziliga
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.
Daʼvogarning yashash manzili
Daʼvogarning telefon raqami
Daʼvogarning elektron manzili
Javobgar: Notarial idora joylashgan tuman (shahar) nomi tumani (shahri)dagi
Notarial idora-
Notarial idoraning manzili
Notarial idoraning telefon raqami
Notarial idoraning elektron manzili
Uchinchi shaxs: Uchinchi shaxsning F.I.O.
Uchinchi shaxsning yashash manzili
Uchinchi shaxsning telefon raqami
Uchinchi shaxsning elektron manzili
Daʼvo mazmuni:Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sanadagi vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida
DAʼVO ARIZA
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga koʻra, Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga muvofiq meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchar va koʻchmas mulk, ashyolar, shu jumladan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga boʻlgan huquq, dehqon xoʻjaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish huquqlar kiradi.
Mening daʼvo ariza kiritishdan asosiy maqsadim, oʻzim tugʻilib oʻsgan ota-onamning uyiga meros huquqiga ega boʻlish hamda undan foydalanishdan iborat.
Otam Daʼvogarning otasining F.I.O. Daʼvogarning otasining tugʻilgan sanasida tugʻilgan, onam Daʼvogarning onasining F.I.O. esa Daʼvogarning onasining tugʻilgan sanasida tugʻilgan. Ular Meros qoldirgan ota-onaning qonuniy nikohdan oʻtgan sanasida turmush qurishgan (nikoh guvohnomasi seriya va raqami Meros qoldirgan ota-onaning nikoh guvohnomasi seriyasi va raqami). Ularning birgalikdagi turmushlaridan Ota-onaning farzandlari soni nafar farzandlari bor. Birinchi farzand Birinchi farzandning F.I.O.,Birinchi farzandning tugʻilgan sanasida, ikkinchi farzand Ikkinchi farzandning F.I.O.,Ikkinchi farzandning tugʻilgan sanasida, keyingi farzand Uchinchi farzandning F.I.O. Uchinchi farzandning tugʻilgan sanasi yilda tugʻilgan. Shuningdek, men ham shu oilada tugʻilganman. Meros mol-mulki hisoblanuvchi uy-joy qurilgan sanada marhum otam oʻziga tegishli boʻlgan Vasiyatnoma boʻyicha taqdim etilgan mulkning manzili manzilida joylashgan yer maydonida uy-joy qurgan. Shu manzilning bir qismida Meros qoldirgan uy-joyning bir qismida javobgar uy-joy qurgan sanasi yilda javobgar uy-joy qurgan. Uchinchi shaxs tomonidan meros mol-mulki joylashgan hududda uy-joy qurilgan sana yilga kelib shu yer maydonining bir qismida ukam yaʼni ish boʻyicha uchinchi shaxs Uchinchi shaxsning F.I.O. ham uy-joy qurgan.
Javobgar tomonidan Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sanada vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan boʻlib, otam Uchinchi shaxsning F.I.O.ga uy-joyning faqatgina oʻziga tegishli boʻlgan qismini vasiyat qilib qoldirgan. Notarius esa ushbu uy-joyning umumiy mulk ekanligiga va qolgan merosʼhoʻrlarning ham ushbu uy-joyga nisbatan ulushi borligiga ahamiyat qaratmasdan, uy-joyni butunligicha Uchinchi shaxsning F.I.O.ga rasmiylashtirib bergan.
Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1120-1124-moddalari talabiga koʻra, fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi. Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Fuqaro oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin. Vasiyat qiluvchi qonun boʻyicha merosxoʻrlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli. Qonun boʻyicha merosxoʻrni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi boʻyicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli jumladan notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar.
Fuqarolik Kodeksining 1118-moddasiga koʻra, meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin. Mazkur modda talabidan kelib chiqqan holda men otamning mol-mulki boʻyicha merosxoʻr hisoblanaman.
Mazkur Kodeksning 1130-moddasida vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilishidan mulkiy oqibatlarga ega boʻladigan shaxsning daʼvosi boʻyicha vasiyatnoma uni tuzish, imzolash va tasdiqlashning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi buzilishi natijasida haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu vasiyatnomaga binoan merosdan mahrum boʻlgan merosxoʻr umumiy asoslarda meros olish huquqiga ega boʻladi.
Shuningdek, Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga asosan, Vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda, unda merosxoʻr tariqasida koʻrsatilgan, biroq tegishli navbatdagi qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan shaxs umumiy asoslarda qonun boʻyicha vorislik huquqidan mahrum etilmaydi.
Bunday hollarda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan vasiyatnomaga koʻra merosdan mahrum etilgan qonun boʻyicha merosxoʻr ham umumiy asoslarda vorislik huquqiga ega boʻladi.
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga, Fuqarolik kodeksining 1120-1124, 1130-moddalarisi, hamda Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga asosan, suddan
SOʻ R A Y M A N:
1. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana dagi vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topishingizni;
2. Ish koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq xarajatlar va davlab bojini javobgardan undirishingizni.
Ilova: Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O. ____________ (imzo)
Daʼvo ariza berilgan sana
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga koʻra, tegishli shaklda tuzilmagan vasiyatnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Tegishli shaklda tuzilmagan vasiyatnomani va vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.
Fuqarolik sudlari tomonidan koʻrib chiqilayotgan nizolarning aksariyat qismini uynan shunday nizolar tashkil etmoqda.
Shu sababli, vasiyatnomani va vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo ariza namunasi tayyorlandi.
Daʼvo ariza namunasida mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi, daʼvo arizani asoslovchi normalar bayon etilgan boʻlib, foydalanuvchidan oʻziga hamda ish holatiga oid boʻlgan maʼlumotlarni savolnomaga asosan kiritish talab etiladi.