O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma

Hujjat tavsifi
Bildirishnoma rekvizitlari
Taraflar
Bildirishnoma mazmuni
  • (байрам, махсус сана в.ҳ.)

Yuklab oling

Ariza kiritilayotgan davlat organi yoki tashkilotning toʻliq nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Ariza kiritilayotgan davlat organi yoki tashkilot rahbarining lavozimi

Ariza kiritilayotgan davlat organi yoki tashkilot rahbarining F.I.O.ga

 

BILDIRISHNOMA

(Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma)

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 315-moddasida “Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi” deyilgan.

Ushbu keltirilgan qoidaga asosan xodimning bevosita raxbari, yaʼni ish beruvchining tashabbusi bilan ham intizomiy jazolarning amal qilishi muddati avval olib tashlanishi mumkin.

Ijtimoy qoʻllab-quvvatlash uchun asos boʻlgan holat munosabati bilan xodimlarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda ularning mehnatga boʻlgan ijobiy kayfiyatini yanada oshirish maqsadida, Sizdan oʻtgan bir yil davomida intizomiy jazo qoʻllangan hamda ushbu davr ichida oʻzlarini faqat ijobiy tomonda koʻrsata olgan xodimlarga qoʻllanilgan intizomiy jazoning amal qilishini muddatidan avval olib tashlash masalasini koʻrib chiqishingizni soʻrayman.

 

Ilovalar

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

 

Bildirishnoma kiritilgan sana

______________ (imzo)

 

 

Bildirishnoma kiritayotgan boʻlim va mansabdor shaxsning lavozimi va F.I.O.

______________ (imzo)

 

Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 183-moddasida xodimga nisbatan intizomiy jazoni qoʻllagan ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra jazoni bir yil oʻtmasdan oldin olib tashlashga haqli ekanligi koʻrsatilgan.

Ushbu keltirilgan qoidaga asosan xodimning bevosita rahbari yaʼni ish beruvchining tashabbusi bilan ham intizomiy jazolarning amal qilishi muddati avval olib tashlanishi mumkin.

Ushbu dasturda xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma namunasi keltirilgan boʻlib, bildirishnoma soʻrovnomalarni toʻldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.

Kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisida batafsil