O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sanatoriyada dam olish xaqida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Shartnoma predmeti, baxosi va toʻlov shartlari
  • (raqam va soʻz bilan yoziladi)
Dam oluvchi haqida maʼlumotlar
Sanatoriya haqida maʼlumotlar

Yuklab oling

 

Shartnoma

(Sanatoriyada dam olish toʻgʻrisida)

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan sana

 

Nizom asosida faoliyat koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash Vazirligi huzuridagi Sanatoriya nomi sanatoriyasi (keyingi matnlarda “Sanatoriya”) rahbari Sanatoriya rahbarining F.I.O. va ikkinchi tomondan Nizom asosida ish yurituvchi Tashkilot nomi korxonasi rahbari Tashkilot rahbarining F.I.O. (keyingi matnlarda “Dam oluvchi”) birgalikda taraflar deb ataluvchilar quyidagi mazmunda mazkur shartnomani tuzdilar:

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. “Dam oluvchi” Sanatoriya nomi sanatoriyasida Dam oluvchilar soni kishi Dam olish kunlari (soni) kun Shartnoma umumiy summasi soʻm davolanish muolajalarini qabul qiladi.

1.2. “Sanatoriya” “Dam oluvchi”ning sifatli va mazmunli dam olishi hamda daʼvolanishini taʼminlaydi.

II. SHARTNOMANING BAXOSI VA TOʻLOV SHARTLARI

2.1. “Dam oluvchi” sanatoriyada koʻrsatilingan Dam oluvchilar soni kishi Dam olish kunlari (soni) kun sanator-davolanish uchun Shartnoma umumiy summasi soʻm pul mablagʻini xizmat xaqi sifatida sanatoriyaga naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlaydi.

2.2. “Dam oluvchi” shartnoma boʻyicha sanatoriyada dam olishi uchun oldindan oʻrin band qilgach, shartnoma summasini toʻliq toʻlaydi.

III. TARAFLARNING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. “Sanatoriya” “Dam oluvchi”ga daʼvolanishdan tashqari 4-5 maxal sifatli va sogʻliq uchun foydali ratsionlardan tarkib topgan ovqatlanishni taʼminlaydi, “Dam oluvchi”ga madaniy-maʼrifiy xizmatlardan foydalanishni (kutubxona, tennis, suzish) kafolatlaydi.

3.2. “Dam oluvchi” sifatli daʼvolanish va ovqatlanish, sanatoriyada tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy xizmatlardan foydalanishga xaqli.

3.3. “Dam oluvchi” sanatoriyada belgilangan ichki tartib qoidalari va qatʼiy intizomga rioya qilishga majbur.

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI

XAL ETISH TARTIBI.

4.1. “Dam oluvchi” shartnomaga koʻra sifatli klinik sanator xizmat koʻrsatilishini talab qilishga xaqli. Shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi.

4.2. Sanatoriya mazkur shartnoma asosida “Dam oluvchi”ga sifatli dam olish va daʼvolanishni taʼminlashi lozim.

4.4. Shartnoma imzolangan kundan boshlab, mazkur shartnomani bajarilishi bilan bogʻliq nizolar yuzaga kelganida, taraflar nizoni avvalo oʻzaro kelishuv yoʻli bilan xal qiladilar, agarda kelishuv yoʻli bilan nizoni xal qilish imkoniyati boʻlmasa, taraflar oʻrtasidagi nizo amaldagi qonunlar asosida Iqtisodiyot sudida xal etiladi, kompensatsiya toʻlovi shartnoma umumiy baxosining 50 % dan oshishi mumkin emas.

V. SHARTNOMANI BEKOR QILISH TARTIBI.

5.1. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan bekor qilinishi mumkin.

5.2. Mazkur shartnoma “Dam oluvchi” tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi boshlanishidan Vaqt (soat) koʻrsatiladi soat oldin “Sanatoriya”ni yozma ogoxlantirgan taqdirdagina bir taraflama bekor qilinishi mumkin, biroq bu xolatda shartnoma umumiy summasining Foiz (protsent) koʻrsatiladi % klinik sanatoriyaga yetkazilgan noqulayliklar uchun kompensatsiya tariqasida dam oluvchidan ushlab qolinadi.

VI. SHARTNOMANI AMAL QILISH MUDDATI.

6.1. Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilishini boshlanish muddati yildan Shartnomaning amal qilishini yakuniy sanasi yilgacha amal qiladi va taraflar tomonidan imzo qoʻyilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

6.2. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri “Dam oluvchi”da, ikkinchi nusxasi “Sanatoriya”ning ixtiyorida boʻladi.

 

 

VII .TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

Dam oluvchi

Dam oluvchi korxonaning nomi

Dam oluvchi korxonaning manzili

Dam oluvchi korxonaning bank nomi

Dam oluvchi korxonaning hisob raqami

Dam ouvchi korxonaning bank kodi MFO

Dam oluvchi korxonaning STIR raqami

Dam oluvchi korxona rahbarining F.I.O. va imzosi

Sanatoriya

Sanatoriyaning nomi

Sanatoriyaning manzili

Sanatoriyaning bank nomi

Sanatoriyaning hisob raqami

Sanatoriyaning bank kodi MFO

Sanatoriyaning STIR raqami

Sanatoriya rahbarining F.I.O. va imzosi

Sanatoriyada dam olish xaqida shartnoma

Спорт ва соғломлаштириш тадбирлари нафақат ходимлар соғлиғи тикланишига балки, меҳнат унумдорлиги ошишига ҳам олиб келади.

Мазкур тадбирларга оид муносабатлар қонун талабларидан келиб чиққан ҳолда шартномага асосан тартибга солиниши тарафлар ўртасида низолар келиб чиқишининг олдини олади.

Фойдаланувчиларга қулайлик яратиш мақсадида мазкур шартнома намунаси Қонун талабларига мувофиқ тайёрланган бўлиб, шартнома сўровномаларни тўлдириш орқали осонлик билан шакллантирилади.