O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Autsorsing shartlari asosida xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma toʻgʻrisida maʼlumot
  • (tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumot
  • (nizom, ustav, ishonchnoma, buyruq va h.k. koʻrsatiladi)
Shartnoma predmeti
  • (Koʻrsatiladigan xizmatning boshlanish sanasi koʻrsatiladi)
  • (koʻrsatiladigan xizmatning yakuniy sanasi koʻrsatiladi)
  • (raqam va qavz ichida soʻz bilan yoziladi)
Tomonlar haqidagi maʼlumotlar (rekvizitlari)

Yuklab oling

Autsorsing shartlari asosida xizmatlarni koʻrsatish boʻyichaNAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma raqami-son Shartnoma tuzilgan sana

 

Buyurtmachi tashkilotning nomi nomidan Harakat qilinadigan hujjatning turi (nomi) asosida faoliyat yurituvchi Buyurtmachi tashkilot nomidan harakatlanuvchining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) bir tomondan va Autsorser tashkilotning nomi nomidan Harakat qilinadigan hujjatning turi (nomi) asosida faoliyat yurituvchi Autsorser nomidan harakat qiluvchinining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda Autsorser deb ataladi), ikkinchi tomondan keyinchalik Tomonlar deb ataladi, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Autsorser Buyurtmachining buyurtmasi boʻyicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar uchun pul toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Autsorser mazkur shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni Buyurtmachini Koʻrsatiladigan xizmat nomi hamda Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan buyurtmalarni bajarish jadvaliga muvofiq taʼminlash majburiyatini, keyingi oʻrinlarda Xizmatlar deb ataladi, oʻz zimmasiga oladi.

1.3. Xizmat koʻrsatish muddati:

Koʻrsatiladigan xizmatning boshlanishi

Koʻrsatiladigan xizmatning yakunigacha.

1.4. Tomonlar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda koʻrsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-faktura imzolanib Buyurtmachi Autsorserning mazkur Shartnomada koʻrsatilgan bank hisob-raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazgandan soʻng Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanadi.

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:

2.1.1. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish;

2.1.2. Ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish

2.1.3. Xizmatlar tannarxining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;

2.1.4. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish;

2.1.5. Koʻrsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;

2.1.6. Buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;

2.1.7. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.

2.2. Autsorser quyidagilarga majbur:

2.2.1. Ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi, shuningdek, kommunal xarajatlarini qoplashi;

2.2.2. Autsorsing xizmatini koʻrsatishda texnika, yongʻin, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;

2.2.3. Tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini taʼminlashi;

2.2.4. Maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi;

2.2.5. Shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi;

2.2.6. Xizmatlarni sifatli, mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda koʻrsatishi;

2.2.7. Xizmatlar koʻrsatish jarayonida Autsorser mazkur shartnoma shartlariga amal qilmasdan, xizmatlar sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi boʻyicha bir kun davomida bepul toʻgʻrilashi;

2.2.8. Xizmatlarning sifatsizligi, xizmatlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) xonalari holati, shuningdek, tegishli inventarlarning sanitariya qoidalariga javob bermasligi aniqlanganda, Autsorser zudlik bilan Buyurtmachining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonuniy talabini bajarishi;

2.2.9. Malakali, tajribali, qoʻyilgan vazifani (xizmatni, ishni) amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan, shuningdek, belgilangan tartibda va muddatda tibbiy tekshiruvdan (koʻrikdan) oʻtgan xodimlarga (talab etilgan hollarda) xizmatlarni bajarish jarayoniga ruxsat etishi;

2.2.10. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalariga, shuningdek, ichki tartibga rioya qilish majburiyatini yuklashi;

2.2.11. Xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni shaxsan bajarishi, mazkur Shartnoma shartlarini bajarishni uchinchi shaxsga topshirmasligi;

2.2.12. Mazkur shartnoma shartlarini bajarish doirasida Buyurtmachi tomonidan vaqtincha foydalanishga topshirilgan uskunalar, jihozlar, idishlar, asboblar, mebellar, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni soz holda saqlashi, taʼmirlashi, shuningdek, binolarni taʼmirlashi;

2.2.13. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda, Buyurtmachidan binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni qabul qilib olishi;

2.2.14. Mazkur shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachiga xizmatlarni uzluksiz koʻrsatilishini taʼminlashi;

2.2.15. Mazkur shartnomaga asosan Xizmatlarni koʻrsatish ishlariga jalb etilgan xodimlarni oʻqitishni (malakasini oshirishni) amalga oshirishi (talab etilgan hollarda);

2.2.16. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.

2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

2.3.1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, koʻrsatilishi)ni talab qilish;

2.3.2. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish;

2.3.3. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida 10 kun oldin Autsorserni yozma ravishda ogohlantirish, bunda koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda toʻlash;

2.3.4. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.

2.4. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:

2.4.1. Bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar boʻyicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini toʻlashi;

2.4.2. Autsorserga mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqa moddiy vositalarni vaqtincha foydalanishga berishi;

2.4.3. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.

III. Xizmatlar narxi va oʻzaro hisob-kitoblar tartibi

3.1. Mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq xizmatlar narxi Xizmat haqi miqdori soʻmni tashkil etadi.

3.2. Autsorser tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati boʻyicha bir oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.

3.3. Koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi soni haqidagi maʼlumotlar va xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik buyurtmaga muvofiq Autsorser bilan birgalikda har oʻn kunda, toʻlanishi lozim boʻlgan summasi koʻrsatilgan, Autsorser va Buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi tuziladi va hisob-faktura rasmiylashtiradi.

3.4. Buyurtmachi tomonidan amalda koʻrsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.

3.5. Mazkur Shartnomaning ilovasida koʻrsatilgan, shartnomaning prognoz summasini hisoblash uchun xizmatlarning narxlari tomonlardan birining tashabbusi bilan qayta koʻrib chiqiladi.

IV. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Autsorser shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan hollarda, Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak.

4.2. Penya (jarima) toʻlash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf qilishdan ozod etmaydi.

4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgar boʻladilar.

4.4. Buyurtmachiga har chorakda bir marotaba koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati, ijaraga berilgan bino va inshootlarning holatini monitoring oʻtkazishga (autsorserning moliyaviy faoliyatiga aralashmagan holda) sharoitlar yaratish.

4.5. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi

5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.

5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf qilish tartib-taomili amalga oshirilgandan soʻng ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun beriladi.

VI. Fors-major holatlar

6.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holatlar yengib boʻlmas kuch, yaʼni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi.

VII. Yakunlovchi qoidalar

7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismini tashkil etadi.

7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas.

7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi boʻladi.

VIII. Shartnomaning amal qilish muddati

8.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va bir kalendar yili davomida yoki muddatidan oldin bekor qilinguniga qadar amal qiladi.

 

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

 

“Autsorser” “Buyurtmachi”

Autsorserning manzili va bank rekvizitlari Buyurtmachining manzili va bank rekvizitlari

Autsorsing shartlari asosida xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma

Autsorsing inglizcha “outsourcing” soʻzidan olingan boʻlib, bunda tashqi manba (resurs) dan foydalanish tushuniladi. Autsorsingda shartnoma asosida biron bir tashkilot tomonidan ishlab chiqarish, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari yoki funksiyalari talab qilinadigan sohada faoliyat koʻrsatadigan boshqa tashkilotga (kompaniyaga) topshiriladi.

Ushbu shakl Autsorser Buyurtmachining buyurtmasi boʻyicha mazkur shartnomada koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar uchun pul toʻlash majburiyatini olganligi toʻgʻrisida ikki tomonlama kelishuv uchun moʻljallangan. Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatiladigan xizmat nomi, koʻrsatiladigan xizmatni boshlanishi va koʻrsatiladigan xizmatning yakuni sanalarini hamda xizmat haqi miqdorlarini koʻrsatib oʻtilgan joylarga kiritib oʻtish shartnomaning mustahkamligini taʼminlaydi. Shuningdek, shartnoma tuzishda shartnoma tuzilgan hudud, shartnoma tuzilgan sana va tomonlarning manzillarini toʻgʻri talab etiladi.