O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ulushlarni boʻlib-boʻlib kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Quruvchi
Ulushdor
Shartnoma shartlari
  • raqam va soʻz bilan yoziladi
  • raqam va soʻz bilan yoziladi
  • raqam va soʻz bilan yoziladi
  • raqam va soʻz bilan yoziladi
  • Mazkur bandga ulushni kiritish uchun belgilangan oxirgi sana koʻrsatiladi (Masalan oyning 15, 20, 30-sanasi)
  • Mazkur bandga xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlarining nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Mazkur bandga elektr taʼminotiga oid ishlarning nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Mazkur bandga tabiiy gaz oʻtkazishga oid qurilish ishlarining nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Mazkur bandga santexnika ishlarining nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Mazkur bandga telefon, internet va aloqaga oid qurilish ishlarining nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Mazkur bandga uyni pardozlashga oid ishlarining nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Mazkur bandga qurilish-montaj ishlariga oid boshqa ishlarining nomi va aniq hajmi koʻrsatilishi lozim
  • Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi Qonunga koʻra penyaning umumiy miqdori majburiyat bajarilmagan qismining 50 foizidan oshmasligi lozim.
  • Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi Qonunga koʻra penyaning umumiy miqdori majburiyat bajarilmagan qismining 50 foizidan oshmasligi lozim.
  • Ushbu bandga kunlar soni yozilishi lozim (masalan 15 kun, 30 kun)
  • Mazkur bandga kunlar soni aniq yozilishi kerak (masalan 15 kun, 30 kun)

Yuklab oling

SHARTNOMA

Ulush kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish toʻgʻrisida

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Quruvchi tashkilotning toʻliq nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan harakat qiluvchi mazkur tashkilot Quruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Quruvchi tashkilot rahbarining F.I.O keyingi oʻrinlarda — “Quruvchi” deb yuritiladi bir tomondan, Ulushdorning manzilida yashovchi Ulushdorning F.I.O (pasport Ulushdorning pasport seriyasi va raqami,Ulushdorga pasport bergan tuman (shahar) IIB nomi IIB tomonidan Ulushdorga pasport berilgan sana yilda berilgan) bundan buyon matnda — “Ulushdor” deb yuritiladi, ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

 

1. ASOSIY TUSHUNCHALAR

1.1. Shartnomada quyidagi asosiy atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:

ulushdor — qurilish majmuasida bir yoki bir nechta qurilish obyektini mulk huquqi bilan olish maqsadida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

ulush kiritish asosida qurilish — koʻp kvartirali uylarni quruvchilar va ulushdorlarning mablagʻlari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish;

ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnoma — koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish boʻyicha quruvchi va ulushdor oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yozma shakldagi bitim;

quruvchi (developer) Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritilgan, koʻp kvartirali uylarni qurishga moʻljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaxs;

qurilish majmuasi — quruvchi tomonidan bir loyiha doirasida qurilishga ajratilgan yer uchastkasida, bir manzilda qurilayotgan bir yoki bir nechta qurilish obyektlari yigʻindisi;

qurilish majmuasining qiymati — quruvchining qurilisholdi xarajatlari, jumladan koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkasini olish (auksion savdolari yoki xususiy mulkdorlarga kompensatsiya toʻlovini amalga oshirgan holda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarda), ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qurish va foydalanishga topshirish bosqichlarini yakunlash uchun loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan xarajatlar yigʻindisi;

qurilish obyekti shartnomaga asosan ulushdorga topshiriladigan xonadon (kvartira) yoki boshqa obyekt;

qurilish obyektining qiymati — shartnomada koʻrsatilgan qurilish obyektining narxi;

Ulush depoziti — Ulushdor tomonidan quruvchining bankdagi hisob raqamiga qoʻyilgan mablagʻlar;

2. SHARTNOMA PREDMETI

 

2.1. Ulushdor quruvchi tomonidan Qurilish majmuasi joylashgan manzil manzilida qurilayotgan qurilish majmuasining qurilishi uchun har bir kv.m uchun Ulushdor sotib olayotgan xonadonning 1 kv.m uchun belgilangan narxi soʻmdan, jami Ulushdor sotib olayotgan xonadon uchun kiritiladigan ulushning umumiy miqdori soʻm miqdorida ulush kiritish, Quruvchi esa yuqoridagi manzilda joylashgan uyning Ulushdor sotib olayotgan xonadon qurilish majmuasining qaysi blokida joylashgan bloki Ulushdor sotib olayotgan xonadon joylashgan yoʻlak raqami yoʻlagi Ulushdor sotib olayotgan xonadon joylashgan qavat qavatida joylashgan Ulushdor sotib olayotgan xonadon raqami-sonli xonadonni ulushdorga mulk qilib berish majburiyatini oladi.

2.2. Mulk xususiyatlari: kvartira raqami, yashash xonalari soni, umumiy maydoni va umumiy miqdori quyida keltirilgan:

2.2.1. Xonadonning umumiy maydoni Xonadonning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi;

2.2.2. Yashash xonalarining umumiy soni: Yashash xonalarining umumiy soni ta;

2.2.3. Yashash xonalarining umumiy maydoni: Yashash xonalarining umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi.

2.2.4. Oshxonaning umumiy maydoni: Oshxonaning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi.

2.2.5. Yordamchi xonalar va dahlizning umumiy maydoni Yordamchi xonalar va daxlizning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi.

2.3. Quruvchi ulushdor bilan tuzilgan mazkur shartnoma Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida hisobga qoʻyilganidan soʻng Ulushdor ulushlarni shartnomaning 2.2.1-bandida koʻrsatilgan miqdorda Quruvchining hisob raqamiga oʻtkazish orqali taqdim etadi. Ulushlarni taqdim etish taraflarning kelishuviga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash tartibida amalga oshiriladi.

Ulushni taqdim etish Ulush sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan dastlabki toʻlov miqdori soʻm miqdoridagi dastlabki toʻlovni shartnoma tuzilgandan soʻng Ulush sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan dastlabki toʻlovni toʻlash muddati kun ichida, qolgan summani Ulush sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan summa necha oyda boʻlib toʻlanishi lozim oy davomida har oyda Ulush sifatida toʻlanadigan summaning bir oylik miqdori soʻmdan toʻlash orqali amalga oshiriladi. Ulushlarni kiritish har oyning Har oyda ulush sifatida toʻlanadigan summani Quruvchining hisob raqamiga oʻtkazish sanasi sanasiga qadar amalga oshiriladi. Mazkur sana bayram yoki dam olish kuniga toʻgʻri kelgan hollarda keyingi ish kuni toʻlovlarni amalga oshirishning oxirgi kuni hisoblanadi.

2.4. Ulushdorga mulk huquqi bilan topshiriladigan obyektdagi ishlar tarkibi va hajmi quyidagi shartlarni hisobga olgan holda arxitektura-dizayn firmasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga mos kelishi kerak:

1) Xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlari: Xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlari;

2) Elektr taʼminotiga oid ishlar: Elektr taʼminotiga oid ishlar;

3) Tabiiy gaz taʼminotiga oid ishlar Tabiiy gaz taʼminotiga oid ishlar;

4) Santexnika ishlari: Santexnika ishlari;

5) Telefon, internet va aloqaga oid ishlar Telefon, internet va aloqaga oid ishlar;

6) Uyni pardozlash ishlari: Uyni pardozlash ishlari;

7) Boshqa ishlar Qurilish-montaj ishlariga oid boshqa ishlar;

2.5. Quruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4732-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda mazkur qurilish majmuasi shartnoma tuzilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritilganligini kafolatlaydi.

 

3. KIRITILAYOTGAN ULUSHNING HAJMI, SHAKLI VA SHARTLARI

 

3.1. Ulushdor tomonidan kiritiladigan ulushning umumiy summasi Ulushdor sotib olayotgan xonadon uchun kiritiladigan ulushning umumiy miqdori soʻmni tashkil etadi. Ulush depozitining belgilangan hajmi oʻzgartirilishi mumkin emas.

Ulush summasiga Obyektga nisbatan Ulushdorning egalik huquqini belgilash, davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar kirmaydi.

3.2. Quruvchining roziligi bilan ulush hissasi toʻliq yoki qisman 2.3-bandlarda belgilangan summaga teng miqdordagi qurilish materiallari koʻrinishida ham kiritilishi mumkin. Qurilish materiallarning turi va miqdori taraflar tomonidan tuziladigan alohida kelishuvga asosan belgilanadi.

3.3. Ulushdor sarmoya sifatida qoʻshilgan qurilish materiallarining sifati ushbu materiallar uchun barcha sifat va xavfsizlik talablariga javob berishiga kafolat beradi.

3.4. Qurilish obyekti foydalanishga topshirilgandan va Obyektga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan maydon 2.1-bandda koʻrsatilgan maydondan farq qilgan hollarda taraflar oʻrtasida qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. Bunda ortiqcha yoki kam chiqqan har bir kv.m maydon uchun hisob-kitoblar 2.1-bandda koʻrsatilgan narxga asosan hisoblanadi.

4. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

 

4.1. Quruvchining majburiyatlari:

4.1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda mazkur shartnomani Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida hisobga qoʻyish;

4.1.2. Ulushdorning ulush depozitidan maqsadli foydalanishni taʼminlash;

4.1.3. Majmua qurilishini tashkil etish va amalga oshirish uchun barcha kerakli loyiha-smeta va boshqa hujjatlarni tayyorlash va qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

4.1.4. Qonun talablaridan kelib chiqqan holda qurilish ishlari yuzasidan barcha zaruriy ruxsatnomalarni va litsenziyalarni olish, uchinchi shaxslar bilan shartnomalarni imzolash va ishlarni bajarish;

4.1.5. Qurilish obyektida onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini taʼminlash;

4.1.6. Ulushdorga qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishi uchun sharoit yaratish;

4.1.7. Ulushdorning talabiga asosan shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha unga yozma shaklda maʼlumot berib borishi;

4.1.8. Qurilish majmuasining qurilishini qurilish materiallari, texnika bilan taʼminlash, ishchilar va xizmatchilarni jalb qilish, qurilishni boshqarishni tashkil etish va qurilishni olib borish;

4.1.9. Qurilish majmuasini Qurilish majmuasini foydalanishga topshirish muddatidan kechiktirmagan holda foydalanishga topshirish;

4.1.10. Qurilish obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin Obyekt foydalanishga topshirilgandan keyin Quruvchi necha kalendar kun ichida Ulushdorga egalik qilishga oid hujjatlarni rasmiylashtirib berishi lozim kalendar kun ichida Qurilish obyektiga egalik qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va notarial tartibda rasmiylashtirib berish;

4.1.11. Obyektga nisbatan ulushdorning mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng Qurilish obyekti boʻyicha kafolat muddati necha oyni tashkil etadi oy davomi (kafolat muddati)da aniqlangan, quruvchi tomonidan bajarilgan ishlardagi xato va kamchiliklarni oʻz hisobidan bartaraf etish;

Quruvchining shartnomada belgilangandan boshqa majburiyatlari

4.2. Quruvchining huquqlari:

4.2.1. Ulushdor bilan tuzilgan shartnoma hisobga qoʻyilganidan soʻng qurilish obyektini qurish uchun ulushdorning mablagʻlarini jalb qilish;

4.2.2. Ulushdordan ulushlarni taqdim etish (pul mablagʻlarini oʻtkazish) muddatlariga rioya qilinishini talab qilish;

4.2.3. Ulush qurilish materiallari koʻrinishida qoʻshilganda, Ulushdordan ushbu materiallar sifat va xavfsizlik talablariga javob berishini talab qilish;

4.2.4 Qurilish obyektiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish zaruratidan kelib chiqqan holda Ulushdordan tegishli davlat idoralariga kelishini talab qilish;

Quruvchining shartnomada belgilangandan boshqa huquqlari

4.3. Ulushdorning majburiyatlari:

4.3.1. Quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ulushlarni taqdim etish (pul mablagʻlarini oʻtkazish) muddatlariga rioya qilgan holda belgilangan muddatlarda ulushlarni Quruvchining hisob raqamiga oʻtkazib borish;

4.3.2. Ulush qurilish materiallari koʻrinishida qoʻshilganda sifat va xavfsizlik talablariga javob beradigan materiallarni taqdim etish;

4.3.3. Qurilish obyektiga egalik qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar Quruvchi tomonidan tayyorlanganda, hujjatlarni notarial tartibda rasmiylashtirishda ishtirok etish va rasmiylashtirishga oid xarajatlarni oʻz hisobidan toʻlash;

4.3.4. Qurilish obyektiga nisbatan egalik huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar unda qayta qurish, rekonstruksiya qilish va qurilish bilan bogʻliq boshqa ishlarni amalga oshirmaslik;

Ulushdorning shartnomada belgilangandan boshqa majburiyatlari

4.4. Ulushdorning huquqlari:

4.4.1. Quruvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda mazkur shartnoma Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida hisobga qoʻyilishini talab qilish;

4.4.2. Oʻzi kiritgan ulush pullaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;

4.4.3. Quruvchidan qurilish obyektida onlayn rejimda kuzatish imkoniyati yaratilishini, qurilish ishlari holati bilan tanishishi uchun sharoit yaratilishini, shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha yozma shaklda maʼlumot berib borilishini talab qilish;

4.4.4. Quruvchidan qurilish majmuasi Qurilish majmuasini foydalanishga topshirish muddatidan kechiktirilmagan holda foydalanishga topshirilishini talab qilish;

4.4.5. Qurilish obyekti foydalanishga topshirilganidan keyin Quruvchidan egalik qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tayyorlanishini va notarial tartibda rasmiylashtirilishini talab qilish;

4.4.6. Quruvchidan kafolat muddati davomida aniqlangan, quruvchi tomonidan bajarilgan ishlardagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish;

Ulushdorning shartnomada belgilangandan boshqa huquqlari

 

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. Quruvchi mazkur shartnomaga asosan zimmasiga olayotgan majburiyatlarni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa (qurish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlamaslik, ishlarni sifatsiz bajarish va hokazo.) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunidan kelib chiqqan holda har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Biroq penyaning umumiy miqdori majburiyatning bajarilmagan qismi qiymatining Quruvchi majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun unga belgilanadigan penyaning umumiy miqdori (foizda) foizidan oshmasligi lozim.

5.2. Ulushdor mazkur shartnomaga asosan zimmasiga olayotgan majburiyatlarni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa (ulush mablagʻlarini belgilangan muddatlarda yoki miqdorda kiritmaslik va hokazo), yuqoridagi Qonundan kelib chiqqan holda har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,4 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Biroq penyaning umumiy miqdori majburiyatning bajarilmagan qismi qiymatining Ulushdor majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun unga belgilanadigan penyaning umumiy miqdori (foizda) foizidan oshmasligi lozim.

Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.

5.3. Quruvchi ulushdor tomonidan kiritilgan mablagʻlardan maqsadsiz foydalanganda, Ulushdorga maqsadsiz foydalanilgan pul mablagʻlari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda foiz toʻlaydi;

5.4. Quruvchi asossiz ravishda qurilish obyektini topshirish muddatini Qurilish obyektini topshirish muddati necha kunga buzilganda Ulushdor shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilishga haqli kunga buzgan taqdirda, Ulushdor shartnomani bir tomonlama bekor qilishni, oʻzi kiritgan ulush mablagʻlari qaytarilishini hamda 5.3. bandda belgilangan foizlar toʻlanishini talab qilishga haqli.

5.5. Ulush mablagʻlarini boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi asossiz ravishda Ulushni boʻlib-boʻlib kiritish necha marotaba kechiktirganda Quruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilishga haqli marotaba kechiktirgan hollarda Quruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilishi mumkin. Bunda Quruvchi shartnomaning 5.2 bandida belgilangan penya toʻlovlarini ushlab qolgan holda Ulushdorning pul mablagʻlarini qaytarib berganidan soʻng, qurilish obyektini uchinchi shaxslarga sotishga haqli.

5.6. Ulushdor ulush hissasini qurilish materiallari koʻrinishida kiritgan hollarda materiallar sifat va xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlansa, taraflar nuqsonli materiallar yuzasidan dalolatnoma tuzadilar. Ulushdor dalolatnoma tuzilganidan eʼtiboran 5 (besh) bank kunidan kechiktirmay materiallarni sifatlisiga almashtirib topshirishi yoki ulushni pul koʻrinishida kiritishi lozim.

5.7. Tomonlarning shartnomada belgilanmagan javobgarlik masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi hamda amaldagi qonunchilikka asosan hal qilinadi.

6. FORS-MAJOR HOLATLARI

6.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlar oldindan bilishi, oqilona choralar bilan oldini olishi mumkin boʻlmagan favqulodda xususiyatga ega voqealar natijasida vujudga kelgan yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major holatlari) tufayli yuzaga kelganligini va Tomonlar oʻz majburiyatlarini tegishlicha bajarish yuzasidan barcha mumkin boʻlgan va oʻzlariga bogʻliq boʻlgan choralarni koʻrganligini isbotlasa, javob bermaydi.

6.2. Fors-major holatlariga harbiy harakatlar, tabiat kuchlari taʼsiri (zilzila, suv toshqini va hokazolar), davlat organlari qarorlari va boshqa holatlar kiradi.

6.3. Fors-major holatlar yuzaga kelishi toʻgʻrisida Tomonlar bunday holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab besh ish kuni davomida bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

6.4. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi.

7. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

7.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan yoki mazkur majburiyatlarni bajarish chogʻida yuzaga keladigan barcha nizolar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.

7.2. Nizolar muzokaralarni oʻtkazish natijasida hal etilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Nizolar muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etilmasa, taraflar murojaat qiladigan sud nomisudida hal etiladi.

8. BOSHQA SHARTLAR

8.1 Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ular bir xil yuridik kuchga ega. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlar imzolagandan soʻng haqiqiy hisoblanadi.

8.2. Qurilish obyekti Ulushdorga topshirilib, kafolat muddati tugagandan soʻng, aniqlangan qurilishdagi yashirin nuqsonlar bilan bogʻliq nizolar amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.

9. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

9.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddatiga qadar amal qiladi.

9.2. Tomonlar mazkur shartnomaning barcha shartlarini toʻliq bajargan taqdirda shartnomaning amal qilishi 9.1-bandda belgilangan muddatdan ilgari tugatilishi mumkin.

10. TOMONLARNING MANZILLARI VA BANK REKVIZITLARI:

Quruvchi tashkilotning toʻliq nomi va tashkiliy huquqiy shakli_

Manzil:Quruvchi tashkilotning manzili

h/rQuruvchi tashkilotning hisob raqami

STIR:Quruvchi tashkilotning STIR raqami

MFO:Quruvchi tashkilotning MFO raqami OKED:Q

uruvchi tashkilotning OKED raqami

tel:Quruvchi tashkilotning telefon raqami

Quruvchi tashkilot rahbarining F.I.O (Imzo)

Muhr

Ulushdorning F.I.O

Manzil: Ulushdorning manzili

Pasport maʼlumoti: Ulushdorning pasport seriyasi va raqami

Ulushdorga pasport bergan tuman (shahar) IIB nomi

Ulushdorga pasport berilgan sanayilda berilgan

STIR:Ulushdorning STIR raqami

h/r:Ulushdorning bankdagi hisob raqami

tel:Ulushdorning telefon raqami

Ulushdorning F.I.O (Imzo)

Ulushlarni boʻlib-boʻlib kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma

Ushbu turdagi shartnomaga koʻra, ulushdor qurilish majmuasining qurilishi uchun ulush (investitsiya)larni boʻlib-boʻlib kiritish, quruvchi esa buning evaziga taraflar oʻrtasida kelishilgan manzildagi koʻchmas mulkni mulk huquqiga asosan berish majburiyatini oladi.

Ulush kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi. Shartnomani yozma shaklda tuzish tartibiga rioya qilmaslik, taraflar oʻrtasida tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishiga olib keladi. Hozirgi kunda tuzilayotgan shartnomalar asosan quruvchilar tomonidan tayyorlangan boʻlib, ularning manfaatlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan boʻlib, shartnoma namunasidagi soʻrovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirilishi, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.