O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xususiy uy joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasida toʻgʻrisida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Shartnoma predmeti
Tomonlar haqida maʼlumotlar (rekvizitlari)

Yuklab oling

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan joy

 

Keyingi oʻrinlarda “Shirkat” deb nomlanuvchi Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining nomi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati nomidan Ustav asosida ish yurituvchi boshqaruv raisi Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbarining F.I.O bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Mulkdor” deb nomlanuvchi, Jismoniy shaxsning binoga boʻlgan huquqini belgilovchi hujjat yoki yuridik shaxs vakilining vakolatini belgilovchi hujjat asosida ish yurituvchi, turar joyga moʻljallanmagan umumiy maydoni Noturar joyni umumiy maydoni kv. metr boʻlgan Binoning pochta manzili bino mulkdori Jismoniy shaxsning F.I.O. yoki yuridik shaxsning nomi ikkinchi tomondan “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzishdi:

I. Shartnoma predmeti

1. Mulkdor koʻp kvartirali uyning umumiy mulkidagi Mulkdor binosining uyning umumiy maydoniga proporsional boʻlgan ulushni toʻlash majburiyatini, Shirkat esa uni belgilangan meʼyorlar, standartlar va qoidalarga, shuningdek Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarorlariga muvofiq saqlash majburiyatini qabul qiladi.

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Shirkat quyidagi huquqlarga ega:

umumiy mulkni saqlash boʻyicha ishlarni bajarish usullarini mustaqil belgilash;

Mulkdor tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda va Mulkdor yoki uning vakili ishtirokida shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari tomonidan umumiy mulkning Mulkdor binosi chegarasidagi qismlarini koʻzdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal taʼmirlash uchun Mulkdor binosiga kirish;

boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariyani bartaraf etish uchun Mulkdor binosiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan tartibda, Mulkdor yoʻqligida va avariya paytida uni xabardor qilish imkoni boʻlmaganda);

koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkning saqlanishini taʼminlash maqsadida Mulkdor tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinganda binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari boʻyicha kelishuvga erishish;

umumiy mulk va yer uchastkasidan va Shirkat mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;

Mulkdor umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortsa va shartnoma shartlarini boshqacha tarzda buzsa, qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda choralar koʻrish.

2.2. Shirkat quyidagilarga majbur:

Mulkdorga boshqa mulkdorlar bilan birga Shirkat ustavida koʻzda tutilgan tartibda umumiy mulkni saqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularning ijrosi boʻyicha hisobotlarni koʻrib chiqishda qatnashish imkonini berish;

agar Shirkatga bittadan ortiq uydagi turar joy mulkdorlari birlashgan boʻlsa – uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishida muhokama qilish va Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida qarorlar qabul qilish orqali umumiy mulk va uy oldidagi yer uchastkasidan birgalikda foydalanish boʻyicha Mulkdor manfaatlarining boshqa mulkdorlar manfaatlari bilan muvofiqlashtirilishini taʼminlash;

umumiy xarajatlar va umumiy xarajatlardagi Mulkdorning har oylik majburiy va maqsadli badallari miqdorini asoslash;

Mulkdorning shaxsiy hisob raqamini yuritish va toʻlovnomalarni rasmiylashtirish;

umumiy mulk boʻyicha texnik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni yuritish;

Mulkdorni koʻzdan kechirishlar, profilaktika ishlari, shuningdek Mulkdorga tegishli bino chegarasida boʻlgan umumiy mulkning qismlari taʼmirlanishi haqida oʻz vaqtida, kamida bir kun avval xabardor qilish;

Mulkdorni umumiy xarajatlarda ishtirok etish boʻyicha majburiy badallar miqdorining oʻzgarishi haqida oʻz vaqtida, kamida bir oy avval xabardor qilish;

Mulkdorga umumiy mulkning texnik holati, uni saqlash rejalari va ushbu maqsad uchun qilinadigan xarajatlar haqida Shirkatning umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda axborot berish;

Mulkdorga Shirkatning uy-joy fondini saqlash, umumiy mulki va yer uchastkasidan, mulkidan foydalanish qoidalari, Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarorlari haqida axborot berish.

2.3. Mulkdor quyidagi huquqlarga ega:

mustaqil ravishda, Shirkat bilan kelishmagan holda oʻziga mulkchilik huquqi asosida tegishli boʻlgan binoga maqsadli tarzda, uydagi boshqa binolar mulkdorlari huquq va manfaatlarini buzmagan holda egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish;

uydagi turar joylar mulkdorlari yigʻilishida va umumiy mulkni saqlash boʻyicha birgalikda qaror qabul qilishda, shuningdek Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida maslahat ovozi bilan ishtirok etish;

uydagi umumiy mulkdan (uydagi boshqa turar joy mulkdorlari tasarrufida boʻlgan qismlaridan tashqari), uy atrofidagi yer uchastkasidan (Shirkatning yer uchastkasidan) va unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan Shirkat tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish;

Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori asosida Shirkat umumiy mulkining ayrim qismlarini va/yoki yer uchastkasini Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda va shartlarda olish;

Shirkat Ustavi bilan tanishish.

2.4. Mulkdor quyidagilarga majbur:

koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkni, unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlarini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda Mulkdorning umumiy mulkka nisbatan umumiy ulushbay mulk huquqiga muvofiq ishtirok etish;

oʻz vaqtida, mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda har oylik majburiy badallarni Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, agar Shirkatga bir uydan ortiq turar joylar mulkdorlari birlashgan boʻlsa, uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishi tasdiqlagan xarajatlar smetasi asosida toʻlash, shuningdek umumiy mulk qismlari va/yoki yer uchastkasidan istisno tarzida foydalanganlik uchun Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan toʻlovni toʻlash;

umumiy mulk, yer uchastkasidan va unda joylashgan obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda boshqa mulkdorlarning ulardan foydalanish boʻyicha huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik;

oʻziga tegishli boʻlgan bino hududidagi umumiy mulkning saqlanishini taʼminlash;

Shirkat tomonidan belgilangan umumiy mulkdan foydalanish qoidalariga rioya qilish;

oʻziga tegishli binodan maqsadli tarzda, texnik jihatdan soz, sanitariya talablariga muvofiq tarzda foydalanish, uni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini oʻz hisobidan bajarish;

oldindan xabardor qilib, oʻzi ishtirok etgan holda yoki oʻz vakili ishtirokida oʻziga tegishli binoda shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari tomonidan umumiy mulkning bino chegarasidagi qismlarini koʻzdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun darhol kirishga ruxsat berish;

Shirkat bilan oʻziga tegishli binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari boʻyicha kelishish;

haqiqiy turgan joyi oʻzgargani va bogʻlanish haqidagi maʼlumotlarni berish;

binoning ijaraga berilgani, shuningdek ijara shartnomasiga koʻra umumiy xarajatlarda ishtirok etish majburiyatlarini bergan-bermaganligi haqida Ijara shartnomasiga koʻra ogohlantirish muddati kun muddatda Shirkatni xabardor qilish;

umumiy mulkka va/yoki boshqa mulkdorlar mulkiga, shuningdek shirkat mulkiga oʻzi, ijarachi yoki binoni ijara shartnomasiga yoxud boshqa asoslarga muvofiq egallab turgan ijarachi yoki boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni oʻz hisobidan bartaraf etish;

mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mulkni sotish paytida qonunchilikda belgilangan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda Shirkat va oʻzining Shirkat oldidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xaridorga taqdim etish;

Shirkatni binoga egalik qilish huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgani haqida xabardor qilish va yangi mulkdor haqida maʼlumot berish.

III. Majburiy badallar miqdori va ularni toʻlash tartibi

3.1. Mulkdorning umumiy xarajatlar boʻyicha har oylik majburiy badali miqdori Shirkat tomonidan har yili Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi tasdiqlagan ish rejasi hamda Shirkat daromadlari va xarajatlarining yillik smetasi asosida hisoblab chiqiladi.

Shirkat Majburiy badal haqida mulkdorni habardor qilish muddati kun muddatda Mulkdorni Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tasdiqlagan har oylik majburiy badal miqdori haqida xabardor qiladi.

3.2. Mulkdorlarning har oylik majburiy badallari Shirkatning hisob raqamiga joriy oyning Mulkdor tomonidan oylik majburiy badal toʻlash muddati-kunidan kechiktirmay, Shirkat tayyorlagan toʻlovnoma asosida toʻlanadi.

3.3. Yil davomida har oylik majburiy badallar miqdori Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.

3.4. Shirkat Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarori bilan umumiy mulkni mukammal taʼmirlash yoki umumiy mulkni saqlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun maqsadli majburiy yigʻim belgilashi mumkin.

Maqsadli yigʻim Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda va muddatda toʻlanadi.

3.5. Agar amalda qilingan umumiy xarajatlar umumiy mulk mulkdorlari tomonidan toʻlangan badallar summasidan oshib ketsa, Mulkdor xarajatlarning toʻlanmagan summasidagi oʻz ulushini Shirkat xabarnomasini olgan paytdan boshlab Mulkdor tomonidan oʻzgargan toʻlovlar farqini toʻlash muddati kun mobaynida toʻlaydi.

Agar umumiy xarajatlar boʻyicha amalda qilingan xarajatlar umumiy mulk mulkdorlari tomonidan toʻlangan summadan kam boʻlsa, mablagʻlarning foydalanilmagan qismi umumiy mulkni kelgusidagi taʼmirlash ishlariga yoʻnaltiriladi.

IV. Tomonlarning javobgarligi

4.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyalarini bajarmaganlik uchun uning shartlariga koʻra va qonun hujjatlariga muvofiq moddiy javob beradi.

4.2. Barcha turdagi zararlar yoki ziyonlar shirkat yoki uning xodimlarining notoʻgʻri xatti-harakati tufayli yuzaga kelmagan boʻlsa, Shirkat ular uchun javob bermaydi.

4.3. Shirkat yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot vakiliga koʻzdan kechirish va xizmat koʻrsatish, taʼmirlash ishlarini bajarish uchun kirishga yoʻl qoʻymagan Mulkdor buning natijasida koʻrilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.

4.4. Ushbu shartnomada koʻzda tutilgan badallarni toʻlash muddati buzilgan taqdirda Mulkdor har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlov muddati kechikkan summaning Mulkdor tomonidan oylik toʻlov kechiktirilganda toʻlanadigan penya miqdori (foizda) foizi miqdorida penya toʻlaydi.

4.5. Binodan foydalanmaslik va/yoki umumiy mulkdan (yoki uning qismlaridan) foydalanishdan bosh tortish Mulkdorni ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.

4.6. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

V. Nizolarni hal etish

5.1. Ushbu shartnoma shartlarini bajarish boʻyicha barcha eʼtirozlarni Tomonlar yozma tarzda rasmiylashtirishi va shaxsan vakolatli shaxsga tilxat orqali topshirishi yoki ikkinchi Tomonga buyurtma xat orqali yetkazishi kerak.

5.2. Ushbu shartnoma boʻyicha Tomonlar oʻrtasidagi nizolar Mulkdor bilan Shirkat boshqaruvi oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan yoki Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida va/yoki agar Shirkatga bittadan ortiq uydagi turar joy mulkdorlari birlashgan boʻlsa – uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishida hal qilinadi, kelishuvga erishilmasa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda hal qilinadi.

VI. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va toʻxtatish

6.1. Ushbu shartnoma Shartnomani amal qilish muddati gacha muddatga tuzildi.

6.2. Tomonlardan biri Shartnoma shartlarini oʻzgartirish boʻyicha ariza bermagan taqdirda uning amal qilish muddati shartnomada belgilangan muddat va oʻsha shartlar boʻyicha uzaytirilgan hisoblanadi (har yili belgilanadigan majburiy badallar miqdori bundan mustasno).

6.3. Tomonlar oʻzaro kelishuvga binoan ushbu Shartnomaga qonun hujjatlari talablariga va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorlariga zid boʻlmagan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

6.4. Tomonlarning ushbu Shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi bitimi shartnoma kabi shaklda rasmiylashtiriladi.

6.5. Binoga egalik qilish huquqi muddatidan oldin tugagan taqdirda shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

VII. Boshqa shartlar

7. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi, bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilgan, bir nusxadan Shirkatda va Mulkdorda saqlanadi.

VIII. Tomonlarning manzillari

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati

Mulkdor (roʻyxatdan oʻtgan manzili, pasport maʼlumotlari yoki rekvizitlari

XUJMSH manzili

Mulkdor haqidagi maʼlumotlar

Tomonlarning imzolari

XUJMSH nomi

Mulkdorning F.I.O.

XUJMSH raxbari F.I.O. va imzosi

________________

Mulkdorning imzosi

________________

M.Oʻ.

Xususiy uy joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasida toʻgʻrisida shartnoma

Mazkur turdagi shartnomaga koʻra, mulkdor koʻp kvartirali uyning umumiy mulkidagi mulkdor binosining uyning umumiy maydoniga proporsional boʻlgan ulushni toʻlash majburiyatini, shirkat esa uni belgilangan meʼyorlar, standartlar va qoidalarga, shuningdek shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarorlariga muvofiq saqlash majburiyatini oladi.

Ushbu turdagi shartnoma namunasi koʻp kvartirali uydagi bino egalari va uy-joy mulkdorlari shirkati oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Dasturdan foydalangan holda shartnoma namunasini bepul va mustaqil holda yuklab olish imkoni mavjud. Buning uchun esa foydalanuvchi tomonlarning shaxsiy maʼlumotlari hamda ish holatiga oid maʼlumotlar hujjatning tegishli maydonlariga aks ettirilishi lozim boʻladi.