O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Uy joyni ijaraga berish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (yil, oy, kun yoziladi)
  • (tuman (shahar) nomi koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • (viloyat, tuman (shahar), koʻcha (qishloq) nomi koʻrsatiladi)
  • (yil, oy, kun son bilan yoziladi)
  • (tuman (shahar) IIB koʻrsatiladi)
  • (viloyat, tuman (shahar) koʻcha (qishloq) nomi)
  • (tuman, (shahar) IIB koʻrsatiladi)
Shartnoma predmeti
  • ( viloyat, tuman (shahar), koʻcha (qishloq) nomi)
  • (soʻz bilan yoziladi)
  • (soʻz bilan yoziladi)
  • (uydagi xonalar turi (masalan yashash xonasi, dahliz, oshxona, sanuzel va hokazo) va soni )
  • Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius (F.I.O.) yoki tuman (shahar) davlat notarial idorasi notariusi koʻrsatiladi
  • (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi, qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga va hokazo)
  • (yil, oy, kun koʻrsatiladi)
  • (yil, oy, kun koʻrsatiladi)
Ijara xaqi
  • (oyning ijara haqi toʻlanadigan sanasi yoziladi)
Tomonlar haqida maʼlumotlar
  • (viloyat, tuman (shahar), mahalla, koʻcha nomi va uy raqami yoziladi)
  • (viloyat, tuman (shahar), mahalla, koʻcha nomi va uy raqami yoziladi)

Yuklab oling

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

 

Biz, Ijaraga beruvchining doimiy yashash manzili,Ijaraga beruvchining doimiy yashayotgan uy raqami-sonli uy doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan, Ijaraga beruvchining tugʻilgan sanasida tugʻilgan Ijaraga beruvchining F.I.O. (pasport seriyasi Pasport seriyasi,raqami Pasport raqami,Pasport berilgan sana yilda Pasport bergan IIB boʻlimidan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga beruvchi deb yuritiladi) bir tomondan va Ijaraga oluvchining doimiy yashash manzili,Ijaraga oluvchining doimiy yashash uy raqami-sonli uy doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan, Ijaraga oluvchining tugʻilgan sanasi yilda tugʻilgan Ijaraga oluvchining F.I.O. (pasport seriyasi Pasport seriyasi,raqami Pasport raqami,Pasport berilgan sana yilda Pasport bergan IIB boʻlimi nomidan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga oluvchi deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

 

1. Shartnomaning predmeti

1. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan Ijaraga beriluvchi obyektning joylashgan manzili,Ijaraga beriluvchi obyekt joylashgan uy raqami-uyda joylashgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga berdim, men Ijaraga oluvchi ushbu uy-joyni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun qabul qildim.

2. Ijaraga berilayotgan uy-joy quyidagilardan iborat: umumiy foydalanish maydoni Ijaraga beriluvchi obyekt umumiy maydoni m2, yashash (foydalanish) maydoni Ijaraga beriladigan obyektning foydalanish maydoni m2 boʻlgan (Ijaraga berilayotgan uydagi xonalar)ni tashkil etadi.

3. Yuqorida koʻrsatilgan uy-joy Ijaraga beruvchiga Notarial idora turi.tomonidan Reyestrdan oʻtkazilgan sanada Ijaraga berilayotgan uy-joyni ijaraga beruvchiga rasmiylashtirish boʻyicha shartnomaning reyestr raqami-reyestr raqami bilan qayd qilingan uy-joy Ijaraga berilayotgan uy ijaraga beruvchiga qanday shartnomaga asosan tegishli asosan tegishli boʻlib, uy-joyni roʻyxatga olinganligi haqida Uy-joy roʻyxatga olingan reyestr raqami reyestr raqami roʻyxatga olingan.

4. Ijaraga beruvchi yuqorida koʻrsatilgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga Uy-joy ijaraga topshiriladigan muddat muddatga, yaʼni Uy-joyni ijarachiga topshiriladigan oxirgi sanagacha topshiradi.

2. Ijara haqi

5. Ijaraga berilgan uy-joyidan foydalanish uchun ijara haqi taraflar kelishuviga asosan har oyga Ijara haqqining bir oylik miqdori soʻmdan, umumiy ijara haqi Ijara haqining umumiy miqdori soʻmni tashkil qiladi. Ijaraga oluvchi toʻlovni har oyning Ijara haqi toʻlash sanasi kuniga qadar Ijaraga beruvchiga toʻlashi shart.

6. Ijaraga oluvchi berilgan uy-joydan foydalanish uchun ijara haqi toʻlov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzsa Ijaraga beruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga va ijaraga berilgan uy-joyni boʻshatib berishni Ijaraga oluvchidan talab qilishga haqli.

 

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

7. Men, Ijaraga oluvchi ijaraga olingan uy-joyni vazifasiga muvofiq ravishda foydalanishni, oʻz holatida saqlanishini taʼminlashni, uni yaxshi holda tutishni hamda sanitariya va yongʻindan saqlash qoidalariga toʻliq rioya etishni, ijara haqini oʻz vaqtida toʻlab turishni oʻz zimmamga olaman.

8. Men, Ijaraga oluvchi (yoki Ijaraga beruvchi) sovuq va issiq suvdan, elektr energiya va gazdan, telefon aloqasi hamda maishiy chiqindilardan foydalanganlik uchun, shuningdek uy-joy bilan bogʻliq boʻlgan barcha toʻlovlarni oʻz vaqtida tegishli tashkilotlariga qonun hujjatlarida belgilangan tariflarda va muddatda toʻlashni oʻz zimmamga olaman.

9. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli mulkni ijaraga berganligim va buning natijasida daromad olayotganim uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida tegishli davlat soliq xizmati organiga toʻlab borishni oʻz zimmamga olaman.

 

4. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish

10. Ushbu shartnoma talablarini lozim darajada bajarmagan yoki bajarishdan bosh tortgan taraf qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

11. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki unga oʻzgartirishlar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi, nizo kelib chiqqan taqdirda sud tartibida hal qilinadi. Shartnomani bekor qilish haqida taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantiradi. Uy-joyni ijaraga oluvchi oʻzi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.

 

5. Yakuniy qoidalar

12. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129, 375, 396 va 397-moddalari mazmun va mohiyati biz taraflarga tushunarli.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 606-moddasi va taraflarning kelishuviga asosan ijaraga berilgan uy-joyda Ijaraga oluvchi bilan birga uning oila aʼzolari (birgalikda yashovchi oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi koʻrsatiladi) yashaydi.

14. Men, Ijaraga beruvchi mazkur shartnoma imzolangunga qadar ijaraga berilayotgan uy-joy boshqa shaxsga oʻtkazilmagan, garovga qoʻyilmagan, nizoda yoʻq va ijaraga berilishi taqiqlanmaganligini kafolatlayman.

15. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib imzolandi, ulardan bir nusxasi davlat soliq xizmati organida saqlanadi, qolgan nusxalar taraflarga berildi.

 

Tomonlarning yashash manzillari:

 

Ijaraga beruvchi

Ijaraga beruvchining F.I.O.

Manzil: Ijaraga beruvchi shaxsning manzili

Imzo _________________________

Ijaraga oluvchi

Ijaraga oluvchining F.I.O.

Manzil:Ijaraga oluvchi shaxsning manzili

 

Imzo ________________________

 

Uy joyni ijaraga berish shartnomasi

Uy joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga olish uchun shartnoma namunasi ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi tomonlar foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlib, kelishilgan haq evaziga amalga oshiriladi.

Ushbu turdagi shartnomaga ijaraga berilayotgan turar joyning umumiy maydoni, ijara haqining miqdori, ijara munosabatlarining boshlanish va yakunlanish vaqti koʻrsatiladi.

Tomonlar shartnoma namunasidagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.

Uy-joyni haq evaziga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish mulk ijarasi hisoblanadi.

Uy-joy ijarasi munosabatlari tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan tartibga solinadi. Ushbu turdagi shartnomaga ijaraga berilayotgan uyning umumiy maydoni, ijara haqining miqdori, ijara munosabatlarining boshlanish va yakunlanish vaqti va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar koʻrsatiladi.

Amaliyotda ijara munosabatlari boʻyicha shartnoma tuzilmasligi, koʻpgina nizolarga olib kelishini koʻrishimiz mumkin.

Shu sababli turar joy binosini ijaraga berish shartnomasining namunasi tayyorlangan boʻlib, tomonlar shartnoma namunasidagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.