Shartnoma
(turar-joy binosini ijaraga berish shartnomasi)
Shartnoma tuzilgan sana № Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan hudud
Biz, Ijaraga beruvchi korxona nomi va tashkiliy huquqiy shakli korxonasi rahbari Ijaraga beruvchi korxona rahbarining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda “IJARAGA BERUVCHI”) bir tomondan va oʻz Nizomiga asosan faoliyat koʻrsatuvchi Ijarachi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan uning rahbari Ijarachi tashkilot raxbarining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda “IJARAGA OLUVCHI”) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:
1. Shartnoma mazmuni
1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI”ga vaqtinchalik foydalanib turish uchun Ijara obyekti joylashgan manzil,Ijara obyekti joylashgan uy raqamida joylashgan turar-joy binosini shartnoma asosida ijaraga topshiradi, “IJARAGA OLUVCHI” esa oʻz Nizomida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish uchun, ushbu turar-joy binosidan shartnoma shartlari boʻyicha foydalanishni yoʻlga qoʻyadi xamda shartnomada oʻzaro kelishilgan toʻlovni amalga oshiradi.
2. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
2.1. “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI”ga shartnomada kelishilgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasini oʻz ichiga olgan turar – joy binosini taqdim qiladi.
2.4. Zarurat tugʻilgan taqdirda, “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI” bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish huquqiga ega boʻladi va bu haqda “IJARAGA OLUVCHI”ni Ijara shartnomasini bekor qilish uchun oldindan ogohlantirish muddati kun oldin yozma ravishda rasman ogohlantiradi.
3. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
3.1. “IJARAGA OLUVCHI” oʻziga taqdim etilgan binodan foydalanishda amaldagi sanitariya-gigiyena, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda mavjud mehnat qonunlariga qatʼiy amal qilgan holda ish tashkil etishni oʻz zimmasiga oladi.
3.2. “IJARAGA OLUVCHI” turar-joy binosi uchun belgilangan ijara toʻlovini shartnomada kelishilgan miqdorda va muddatlarda toʻlab borishni yoʻlga qoʻyadi.
3.3. “IJARAGA OLUVCHI” turar-joy binosiga yetkazilgan moddiy zararlarni oʻz hisobidan bartaraf qilishi shart hisoblanadi.
3.4. “Ijaraga oluvchi” turar-joy binosi uchun belgilangan yer va mulk soliqlarini, statsionar telefon, tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa barcha kommunal xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq toʻlovlarni oʻz hisobidan toʻlab borishi belgilab qoʻyiladi.
4. Ijara haqini toʻlash
4.1. “IJARAGA OLUVCHI” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasini oʻz ichiga olgan turar-joy binosidan foydalanganligi uchun “IJARAGA BERUVCHI”ga har oy Ijara toʻlovi miqdori soʻmdan ijara xaqi toʻlashni oʻz zimmasiga oladi.
4.2. Ijara haqi har bir oyning 2 – sanasiga qadar “IJARAGA BERUVCHI”ning shaxsiy hisob raqami (SPK) ga pul oʻtkazish yoki naqd pul bilan hisob-kitob qilish yoʻlga qoʻyiladi.
4.3. Bozor munosabatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqi miqdori va narx-navolarda boʻladigan oʻzgarishlarga qarab, ijara shartnomasidagi ijara toʻloviga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
4.4. “IJARAGA OLUVCHI” tomonidan toʻlov shartlari buzilgan taqdirda, har bir kechikkan kun uchun Ijara toʻlovi kechiktirilganda toʻlanadigan penya miqdori foiz miqdorida jarima (penya) undiriladi. Agarda Ijara haqi toʻlanmaganda shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladigan muddat davomida muntazam ravishda ijara toʻlovini oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, ijaraga berilgan turar – joy binosi olib qoʻyiladi va oʻzaro tuzilgan shartnoma bekor qilinadi.
5. Nizolarni hal etish tartibi
5.1. Har qanday kelib chiqadigan nizolarni tomonlar ikki tomonlama muzokara yoʻli bilan hal etadilar, bunda kelishishga erishish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda nizolar begilangan tartibda mavjud qonunchilik asosida Iqtisodiy sudi orqali hal etiladi.
6. Shartnomaning amal qilish muddati
6.1. Shartnoma taraflar imzolagan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va Shartnomani amal qilish muddati yilga qadar amalda boʻladi.
7. Alohida shartlar
7.1. “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI”dan ushbu shartnomaga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, belgilangan tartibda toʻlovni talab qilishga xaqli.
7.2. “IJARAGA OLUVCHI” turar-joy binosiga yetkazilgan moddiy zarar uchun, hozirgi kundagi narx-navodan kelib chiqqan holda toʻlov qilishni amalga oshiradi.
8. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari
IJARAGA BERUVCHI Ijaraga beruvchi tashkilot nomi X/R: Ijaraga beruvchi tashkilot hisob raqami MFO: Ijaraga beruvchi tashkilotning bank kodi MFO STIR: Ijaraga beruvchi tashkilot STIR raqami Ijaraga beruvchi tashkilotning bank nomi XXTUT: Ijaraga beruvchi tashkilot XXTUT raqami Ijaraga beruvchi tashkilot manzili Ijaraga beruvchi tashkilot raxbari F.I.O. va imzosi |
IJARACHI Ijarachi tashkilot nomi X/R: Ijarachi tashkilot hisob raqami Ijarachi tashkilot bankining kodi MFO STIR: Ijarachi tashkilot STIR raqami Ijarachi tashkilot bankining nomi XXTUT: Ijarachi tashkilot XXTUT raqami Ijarachi tashkilot manzili Ijarachi tashkilot raxbari F.I.O. va imzosi |
Turar joy binosini haq evaziga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish mulk ijarasi hisoblanadi.
Turar joy binosi ijarasi munosabatlari tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan tartibga solinadi. Ushbu turdagi shartnomaga ijaraga berilayotgan uyning umumiy maydoni, ijara haqining miqdori, ijara munosabatlarining boshlanish va yakunlanish vaqti va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar koʻrsatiladi.
Amaliyotda ijara munosabatlari boʻyicha shartnoma tuzilmasligi, koʻpgina nizolarga olib kelishini koʻrishimiz mumkin.
Shu sababli turar joy binosini ijaraga berish shartnomasining namunasi tayyorlangan boʻlib, tomonlar shartnoma namunasidagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.