O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mulk ijarasi shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • (ustav, nizom v.h. koʻrsatiladi)
  • (ustav, nizom v.h. koʻrsatiladi)
Shartnoma mazmuni
  • (soʻz bilan yoziladi)
Ijarachi toʻgʻrisida maʼlumotlar (rekvizitlar)
Ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (rekvizitlar)

Yuklab oling

MULK IJARASI SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

Keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladigan Ijaraga beruvchi yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy huquqiy shakli Yuridik shaxsning faoliyatini belgilovchi hujjat turi asosida ish yurituvchi Ish yurituvchi, xodimning lavozimi F.I.O. bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijarachi” deb ataladigan Ijarachining toʻliq nomi va tashkiliy huquqiy shakli Ijarachi korxonaning faoliyatini belgilovchi hujjat turi asosida ish yurituvchi Xodimning lavozimi va F.I.O. ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Shartnomaga muvofiq Ijaraga beruvchi topshiradi, Ijarachi esa ushbu shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali quyidagi mol-mulkni Ijaraga beriladigan obyekt nomi (keyingi oʻrinlarda “mol-mulk” deb yuritiladi) ijaraga oladi.

1.2. Mol-mulk Ijara maqsadi maqsadida foydalanish uchun ijaraga beriladi.

2. Ijara haqi va hisob-kitob qilish tartibi

2.1. Ijarachi shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan mol-mulkdan foydalanganlik uchun Ijaraga beruvchiga oyiga Ijara toʻlovi miqdori miqdorda haq toʻlaydi.

2.2. Ijara toʻlovlari Ijarachi tomonidan har chorakda chorak boshlanishidan oldingi oyning Ijara toʻlovi sanasi -sanasidan kechiktirmay toʻlab boriladi.

Ijara haqining hisob-kitobi ushbu shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan “Bazaviy hisobvaraq” asosida belgilanadi.

3. Taraflarning majburiyatlari

3.1. Ijarachining majburiyatlari:

a) mol-mulkdan faqat uning bevosita belgilanishi boʻyicha foydalanish;

b) mol-mulkni yaroqli va soz holatda saqlash;

v) oʻz hisobidan va oʻz vaqtida mol-mulkni taʼmirlash;

g) ijara toʻlovlarini shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlab borish;

d) ijaraga olingan mol-mulkni qaytarishi haqida Ijaraga beruvchini kamida Ijaraga olingan mol-mulkni qaytarish toʻgʻrisida oldindan ogoxlantirish muddati oldin yozma ravishda ogohlantirish;

ye) mol-mulkni dalolatnoma boʻyicha eskirish meʼyorlari hisobga olingan holda soz va yaroqli holatda qaytarish;

j) shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki muddati tugaganda mol-mulkni Ijaraga beruvchiga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan birga topshirish;

z) shartnoma muddati tugamasdan turib mol-mulk qaytarilganda yoki shartnoma muddati tugaganda oʻzining mol-mulkni taʼmirlash boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirmagan taʼmirlash xarajatlarini Ijaraga beruvchiga toʻlash.

3.2. Ijaraga beruvchining majburiyatlari:

a) shartnoma imzolangandan keyin Molk-mulkni ijaraga topshirish sanasi ichida Ijarachiga soz holatdagi mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirish;

b) Ijarachi bilan kelishgan haq miqdorida mol-mulkni taʼmirlash uchun zaruriy moddiy fondlarni berish.

4. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari

4.1. Shartnoma quyidagi hollarda muddatidan oldin Ijaraga beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

Ijarachi:

a) ijara haqini Shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladigan toʻlanmagan oylar oy mobaynida toʻlamasdan kelsa:

b) qasddan mol-mulkning holatini yomonlashtirsa;

v) mol-mulkdan shartnomada nazarda tutilgan tartibda va belgilanishi boʻyicha foydalanmasa.

4.2. Shartnoma quyidagi hollarda muddatidan oldin Ijarachining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

a) mol-mulk Ijarachi javob bermaydigan holatlarga koʻra foydalanishga yaroqsiz holda boʻlsa;

b) Ijaraga beruvchi ijaraga olingan mol-mulkdan shartnomada belgilangan tartibda foydalanishga toʻsqinlik qilsa.

5.Taraflarning javobgarligi. nizolarni hal qilish tartibi

5.1. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.

5.2. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, nizo belgilangan tartibda sudda hal etiladi.

6. Shartnomaning boshqa shartlari

6.1. Ijarachi Ijaraga beruvchining yozma roziligi bilan mol-mulkni qayta ijaraga berishga va mulkni yaxshilash maqsadida oʻzgartirishlar kiritishga haqli.

Mol-mulkni yaxshilash maqsadida kiritilgan oʻzgartirishlar uchun qilingan xarajatlar quyidagi tartibda, muddatda va miqdorda qoplanadi:

Xarajatlarni qoplash tartibi, muddati va miqdori

6.2. Shartnomaga kiritilayotgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilgan va ikkala taraf tomonidan imzolangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.

6.3. Shartnoma Shartnomani kuchga kirish vaqti dan boshlab kuchga kiradi va Shartnomani yakuniy sanasigacha amal qiladi.

6.4. Shartnoma 2 nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega.

6.5. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

Shartnomaga ilovalar:

1. Mol-mulkni ijaraga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.

2. Bazaviy hisobvaraq.

 

7. Taraflarning rekvizitlari:

 

IJARAGA BERUVCHI:

Ijaraga beruvchining nomi

Ijaraga beruvchining valyuta raqami

Ijaraga beruvchining bank boʻlimi (filiali)

MFO: Ijaraga beruvchining bank kodi (MFO)

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

tel: Ijaraga beruvchining telefon raqami

Vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi

IJARACHI:

Ijarachining nomi

Ijarachining hisob-kitob raqami

Ijarachining valyuta hisob raqami

Ijarachining bank boʻlimi (filiali)

MFO: Ijarachining bank kodi (MFO)

STIR: Ijarachining STIR raqami

tel: Ijarachining telefon raqami

Vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi

Mulk ijarasi shartnomasi

Haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish mulk ijarasi hisoblanadi.

Mulk ijarasi munosabatlari tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan tartibga solinadi. Ushbu turdagi shartnomaga ijaraga berilayotgan uyning umumiy maydoni, ijara haqining miqdori, ijara munosabatlarining boshlanish va yakunlanish vaqti va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar koʻrsatiladi.

Amaliyotda ijara munosabatlari boʻyicha shartnoma tuzilmasligi, koʻpgina nizolarga olib kelishini koʻrishimiz mumkin.

Shu sababli mulk ijarasi shartnomasi namunasi tayyorlangan boʻlib, tomonlar shartnoma namunasidagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.