PULLIK TAʼLIM XIZMATLARINI KOʻRSATISH BOʻYICHA SHARTNOMA
|
||
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Ustav asosida ish koʻruvchi Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) nomi va raqami maktabi (keyingi oʻrinlarda “Maktab” deb yuritiladi) direktori Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) direktorining F.I.O.si bir tomonidan, ushbu maktabning Pullik taʼlim tashkiloti (maktab)da tahsil olayotgan oʻquvchining sinfi sinf oʻquvchisi Pullik taʼlim tashkiloti (maktab)da tahsil olayotgan oʻquvchining F.I.O.sining manfaatlarini ifoda etuvchi Buyurtmachining manzili manzilida yashovchi, Buyurtmachining F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: |
||
1. SHARTNOMA PREDMETI
|
||
1.1. Ushbu shartnoma oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar, jumladan, toʻgarak hamda sport seksiyalarini tashkil etish munosabatlarini tartibga soladi. |
||
1.2. Shartnomaga asosan oʻquvchi pullik xizmatlar asosida quyidagilar bilan taʼminlanadi: Mashgʻulotlar soat Pullik taʼlim tashkiloti (maktab)da darslarni boshlanish vaqti dan soat Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) da darslar yakunlanish vaqtigacha boʻlgan vaqt mobaynida tasdiqlagan dars jadvaliga asosan olib boriladi. Dars mashgʻulotlari bilan bir qatorda, oʻquvchi Shartnoma tuzilayotgan oʻquvchi qatnashadigan toʻgalaklar nomlari toʻgaraklariga ham qatnashadi.
2. MAKTABNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
|
||
2.1. Maktabning huquqlari: Oʻquvchidan oʻquv rejasi va dasturlari, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishini talab qilish; Dars jarayoni vaqtida oʻquvchidan oʻquv va ijro intizomiga qatʼiyan rioya etishini talab qilish; Oʻquvchidan ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ustoz va murabbiylarni hurmat qilishni, maktab mulki, nufuzini himoya qilishni talab qilish; Buyurtmachidan mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish; Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda oʻquvchini qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirish. 2.2. Maktabning majburiyatlari: Davlat taʼlim standarti, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq maktabda oʻquvchini oʻqitishni tashkil etish; Maktabda qoʻshimcha mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etish; Oʻquvchida bilim olish salohiyatini shakllantirish maqsadida oʻquv rejasiga qoʻshimcha ravishda turli interaktiv darslarni tashkil etish; Qoʻshimcha mashgʻulotlarda oʻquvchiga maktabning mavjud oʻquv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq oʻqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish; Qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida (oʻquv jarayoni boshlanishidan 10 kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda koʻrsatiladigan pullik xizmatlar shartlari bilan tanishtirish;
|
||
3. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
|
||
3.1. Buyurtmachining huquqlari: Maktabdan oʻquv mashgʻulotlarida va toʻgaraklarda oʻquvchiga zamonaviy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi bilim va koʻnikmalar berilishini talab qilish, tegishli oʻqituvchilardan taʼlim, tarbiya sohasida maslahatlar olish; 3.2. Buyurtmachining majburiyatlari: Koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlar uchun bir kalendar oy uchun belgilangan toʻlov miqdorini mazkur shartnomaning 4.1.1 va 4.2 bandlarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash; Mazkur shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishi nazoratini taʼminlash; Oʻquvchi tomonidan maktab mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash. |
||
4. MOLIYAVIY SHARTLAR
|
||
4.1. Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar uchun bir kalendar oyda amalga oshirilishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori Maktabda bir kalendar oy uchun belgilangan pul toʻlovlari miqdori soʻmni tashkil etadi. |
||
4.1.1. Shu jumladan, ushbu shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun toʻlanadigan mablagʻ quyidagi miqdorda belgilanadi (xizmatlar turlari boʻyicha): |
||
Birinchi toʻgarak nomi — Birinchi toʻgarak uchun bir oylik toʻlov miqdori soʻm; |
||
Ikkinchi toʻgarak nomi — Ikkinchi toʻgarak uchun bir oylik toʻlov miqdori soʻm;
|
||
Uchinchi toʻgarak nomi — Uchinchi toʻgarak uchun bir oylik toʻlov miqdori soʻm;
|
||
4.2. Toʻlov har oyning 5 (beshinchi) sanasidan kechikmagan holda, buyurtmachi tomonidan 100 (yuz) foiz oldindan amalga oshiriladi. Toʻlov banklar orqali maktabning tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. 4.3. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov turi buyurtmachi tomonidan tanlanadi. 4.4. Koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlarning toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishiga mos ravishda oʻzgaradi. 4.5. Ushbu shartnomaning 4.1 va 4.2-bandlariga muvofiq qoʻshimcha pullik xizmatlar uchun toʻlov buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻquvchi qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtiriladi. 4.6. Oʻquvchining kasalligi yoki boshqa asosli sabab va holatlarda, buyurtmachining yozma arizasiga binoan ushbu shartnoma bekor qilinadi va xizmatlarni koʻrsatilmagan qismi uchun oldindan toʻlangan toʻlov qaytariladi. 4.7. Oʻquvchi mashgʻulotlarni sababsiz qoldirgan holatlarda buyurtmachiga xizmatlar uchun oldindan oʻtkazilgan toʻlovlar qaytarilmaydi. |
||
5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
|
||
5.1. Shartnoma tomonlar uni imzolab, maktab hisobraqamiga buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha taʼlim va boshqa pullik xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarni toʻliq bajargunga qadar amal qiladi. |
||
6. SHARTNOMANI BEKOR QILISH HOLATLARI
|
||
6.1. Quyidagi hollarda shartnoma bekor qilinadi: taraflarning kelishuviga muvofiq; oʻquvchi maktabda oʻrnatilgan tartibga muvofiq maktab direktorining buyrugʻiga asosan qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirilganda; tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda; uzrli sabablar bilan buyurtmachining yozma arizasiga koʻra; qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hollarda. |
||
7. BOSHQA SHARTLAR
|
||
7.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Agar nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishning iloji boʻlmasa, nizo qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda koʻrib chiqiladi. 7.2. Ushbu Shartnomada yozma ravishda bajarilgan va ikki tomonlama imzolangan barcha ilovalar, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi boʻladi va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. 7.3. Shartnoma teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi maktabda, ikkinchi nusxasi buyurtmachida saqlanadi. |
||
8. TOMONLARNING MANZILI, BANK REKVIZITLARI VA BOSHQA MAʼLUMOTLARI:
|
||
“MAKTAB” |
|
“BUYURTMACHI” |
Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) nomi va raqami Manzil: Pullik taʼlim tashkiloti (maktabi)ning manzili |
|
Manzil: Buyurtmachining manzili |
Bank Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank: Buyurtmachining hisob raqami joylashgan bank nomi |
H/R: Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) hisob raqami |
|
H/R: Buyurtmachining hisob raqami |
STIR: Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) STIR raqami |
|
STIR: Buyurtmachining STIR raqami |
Telefon: Pullik taʼlim tashkiloti (maktab) telefon |
Telefon: Buyurtmachining telefon raqami |
|
Pullik taʼlim tashkilot (maktab) nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si |
|
Buyurtmachining F.I.O.si |
_________________ |
|
_________________ |
Imzo muhr |
|
imzo |
Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi qonunchilik bilan belgilangan boʻlib, mazkur turdagi xizmat zarur moddiy-texnika bazasi hamda tegishli pedagog xodimlarga ega boʻlgan yoki tegishli mutaxassis jalb qilingan holda maktablarda tashkil qilinishi mumkin.
Bunda pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish oʻquvchining maktablarda oʻquv dasturi boʻyicha olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasligi kerak.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan boʻlib, shartnoma soʻrovnomalarni toʻldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.