O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida

Hujjat tavsifi
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumot
Shartnoma predmeti
  • ( talabgorning mutaxassisligi yoki kasbi toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi)
  • (hizmatga haq toʻlash raqam bilan zarur boʻlganda soʻz bilan yoziladi)
Yuboruvchi tashkilot haqida maʼlumotlar
Talabgor haqida maʼlumotlar
Shartnoma rekvizitlari
  • (туман ёки шаҳар тўлиқ киритилади)

Yuklab oling

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish

boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida

NAMUNAVIY SHARTNOMA

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan hudud

 

Ushbu shartnoma Ustav hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan Litsenziya berilgan sana dagi Litsenziya raqami-son litsenziya asosida faoliyat koʻrsatuvchi Yuboruvchi tashkilot nomi, manzili va bank rekvizitlari direktori Yuboruvchi tashkilot rahbarining F.I.O. nomidan Yuboruvchi tashkilot vakilining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda Yuboruvchi tashkilot deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Fuqaroning F.I.O. (keyingi oʻrinlarda Talabgor deb ataladi), (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataladi) quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb ataladi) tuzdi:

1. Shartnoma maqsadi

1.1. Yuboruvchi tashkilot Talabgorga Mutaxassislik nomi mutaxassisligi/kasbi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlarini tanlash, ketishdan oldin moslashtirish va xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.

1.2. Talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasidagi namunaviy shartnoma (keyingi oʻrinlarda namunaviy shartnoma deb ataladi) mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olingach, ishga joylashtiriladigan davlat hududida imzolanadi.

2. Shartnomaning amal qilish muddati

2.1. Ushbu Shartnoma mehnat shartnomasida koʻrsatilgan muddatga teng muddatda amal qiladi.

2.2. Mehnat shartnomasi muddati tugagach, xodim xorijiy ish beruvchi bilan kelishgan holda uning muddatini uzaytirish huquqiga ega, bu esa tegishli ravishda mazkur shartnomani uzaytirishga sabab boʻladi.

3. Hisob-kitoblar miqdori va tartibi

3.1. Talabgor Xizmatga haq toʻlash miqdori soʻm miqdorida yuboruvchi tashkilot tomonidan koʻrsatiladigan raqamlar va soʻz bilan xizmatlarga haq toʻlaydi;

3.2. Tomonlar ushbu Shartnomani imzolagach, Talabgor 2 (ikki) ish kuni davomida Yuboruvchi tashkilot xizmatlarining ushbu Shartnoma 3.1. kichik bandida koʻrsatilgan qiymatini toʻlaydi va bank toʻlov kvitansiyasining nusxasini Yuboruvchi tashkilotga taqdim etadi. Agar Talabgor tomonidan amalga oshirilgan toʻlov tasdiqlanmasa, Yuboruvchi tashkilot tasdiqnomani olgunga qadar barcha xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatib turish huquqiga ega.

4. Ishga joylashtiriladigan davlatda ishlash shartlari

4.1. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Talabgor, agar ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, maxsus ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak.

4.2. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida yashash va boshqa ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bogʻliq xarajatlar, odatda, Talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida imzolangan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.

4.3. Mehnat faoliyati davrida, ish haqi va boshqa toʻlov summalari mehnat shartnomasi asosida Talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida aniqlanadi. Talabgorning ish haqi summasi xodimlarning tegishli toifasi uchun ishga joylashtiriladigan davlat fuqarolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan ish haqidan kam boʻlmasligi kerak.

4.4. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat migrantining ish vaqti qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti muddatidan oshmasligi kerak. Shunga muvofiq mehnat shartnomasi asosida hafta davomida ish vaqtining davomiyligi aniqlanadi. 

4.5. Xodimni ish vaqtidan keyin ishga jalb qilishga yoʻq qoʻyilmaydi. Xodim va ish beruvchi oʻrtasida xodimning roziligi bilan oʻzaro bitim tuzilgan holat bundan mustasno.

4.6. Ish vaqtidan keyin, shuningdek, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun ishga joylashtiriladigan davlatning mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlanadi. 

4.7. Mehnat faoliyati davrida xodim ishga yoki ish joyiga moslasha olmasa yoki mehnat majburiyatlarini muntazam buzsa, u oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzi yashaydigan mamlakatga qaytariladi.

5. Yuboruvchi tashkilotning huquqlari va majburiyatlari

5.1. Yuboruvchi tashkilot fuqarolarni ishga joylashtirish, ularning malakasini oshirish/ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ishga joylashtiriladigan davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborishda quyidagi huquqlarga ega:

mazkur Shartnoma talablarini buzgan va joʻnab ketishdan oldin moslashtirish jarayonida ishtirok etmagan Talabgorlarni chetlashtirish;

5.1.-bandning ikkinchi xatboshiga muvofiq chetlashtirilgan fuqarolardan ishlab chiqarish xarajatlarini oʻqitish soatlariga yoki yetkazilgan zararga teng miqdorda undirish. 

5.2. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida Talabgorlar huquqlarini va kafolatlarini taʼminlash boʻyicha Yuboruvchi tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

xorijiy ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasini Talabgorga taqdim etish va uni mazkur loyiha shartlari bilan batafsil tanishtirish; 

xorijiy ish beruvchining asosiy talablari va ishga joylashtirish shartlari boʻyicha Talabgorlarga umumiy axborot va tavsiyalar berish; 

tibbiy koʻrik yakunlari boʻyicha sogʻlom deb topilgan Talabgorni mehnat faoliyatiga joʻnab ketishdan oldin tayyorlash jarayonini malakali oʻqituvchilar/mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etish;

ishga joylashtiriladigan davlatning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Talabgorning oʻquv-tayyorgarlik, moslashish (til boʻyicha, ixtisoslashtirilgan va kasb bilan bogʻliq) kurslari hamda tadbirlarida ishtirok etishini tashkil qilish; 

imtiyozli chiptalarni xarid qilish uchun Talabgorni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bazasida albatta roʻyxatdan oʻtkazish;

chiptalar xarid qilishda amaliy yordam berish va Talabgorlarni ishga joylashtiriladigan davlatga uyushgan holda joʻnatish;

Talabgorlarga ishga joylashtiriladigan davlatda hamrohliq qilish;

mehnat shartnomasi tugaguniga qadar ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;

xorijiy ish beruvchining talablariga muvofiq Talabgorlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil etish;

mehnat migrantlariga xorijiy ish beruvchilar tomonidan ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;

ishga joylashtiriladigan davlat fuqarolari uchun moʻljallangan darajadan past boʻlmagan darajada munosib mehnat qilish va yashash sharoitlari normalariga rioya etish;

xodim mehnat faoliyatini boshlagan davrdan boshlab, uni ishlab chiqarishdagi koʻngilsiz hodisalardan, shu jumladan ish vaqtidan tashqari koʻngilsiz hodisalardan tibbiy sugʻurta qilishni xorijiy ish beruvchi bilan birgalikda taʼminlash.

6. Talabgorning huquqlari va majburiyatlari

6.1. Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish; 

ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilingan taqdirda, shaxsiy huquqlar va erkinliklar, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan foydalanish;

ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida olingan ish haqidan va boshqa daromadlardan erkin foydalanish;

sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini talab qilish va ulardan foydalanish;

xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrida yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun Yuboruvchi tashkilotga va Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasiga/konsullik muassasalariga bevosita murojaat qilish. 

6.2. Ushbu shartnomaga muvofiq Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etish va mazkur davlat anʼanalarini hurmat qilish; 

ushbu Shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni ishga joylashtiriladigan davlatga joʻnab ketishidan oldin toʻlash;

belgilangan ichki tartibga rioya qilish hamda oʻqitish va moslashtirish jarayonida albatta ishtirok etish;

ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish, mehnat faoliyatini xorijiy ish beruvchi va mehnat migranti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshirish;

ishga joylashtiriladigan davlat hududida boʻlish tartibiga rioya qilish; 

ushbu Shartnoma majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan/uni murakkablashtiradigan holatlar yuzaga kelganda, Yuboruvchi tashkilotga murojaat qilish;

xorijiy ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilish; 

mehnat shartnomasi muddati va ishga joylashtiriladigan davlatda vaqtincha roʻyxatdan oʻtish (viza) muddati tugagach (yoki xorijiy ish beruvchi bilan kelishilgan holda muddat tugashidan oldin) oʻzi yashaydigan mamlakatiga oʻz vaqtida qaytib kelish;

mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat (patent) olgunlariga qadar yashash va ovqatlanish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan qoplash.

6.3. Talabgor fuqarolik-huquqiy munosabatlar doirasida yuzaga keladigan qarz majburiyatlari va ularning oqibatlari uchun shaxsan oʻzi javob beradi (Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat (patent) olmaganligi va gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirganligi sababli).

7. Qoʻshimcha shartlar

7.1. Ishga joylashtiriladigan davlat hududiga kelgandan keyin barcha javobgarlik quyidagi hollarda Talabgor zimmasiga yuklanadi:

agar mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsa/xorijiy ish beruvchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor qilingan boʻlsa; 

Talabgor talab etilgan mutaxassislikka va/yoki xorijiy ish beruvchining boshqa talablariga mos kelmasa;

uzrsiz/nomaʼlum sabablarga koʻra ish joyida boʻlmasa.

7.2. Mehnat migranti ishlab chiqarishda jarohat olsa/mayib boʻlsa, tibbiy xizmat koʻrsatish va/yoki oʻzi yashaydigan mamlakatga qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Yuboruvchi tashkilot tomonidan va/yoki sugʻurta kompaniyasi hisobidan qoplanadi. 

7.3. Mehnat migranti halok boʻlsa/ishlab chiqarishda jarohat olsa, uning hayotiga va/yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik Yuboruvchi tashkilot/sugʻurta kompaniyasi zimmasiga yuklanadi. Mehnat migranti halok boʻlsa, jasadni (jasad qoldiqlarini) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish boʻyicha xarajatlar yuboruvchi tashkilotlar va/yoki sugʻurta kompaniyasi hisobidan amalga oshiriladi.

7.4. Mehnat migranti ishlab chiqarish jarayonidan boshqa vaqtda jarohat olganligi tufayli mehnat faoliyatini davom ettirish imkoni boʻlmasa, tibbiy xizmat koʻrsatish va/yoki oʻzi yashaydigan mamlakatga qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar uning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. 

7.5. Mehnat migranti ishlab chiqarish jarayonidan boshqa vaqtda jarohat olishi va/yoki baxtsiz hodisaga uchrashi oqibatida halok boʻlsa, jasad (jasad qoldiqlari) sugʻurta kompaniyasi hisobidan olib kelinadi. Mehnat migrantining hayoti baxtsiz hodisalardan va/yoki oʻlimdan sugʻurta qilinmagan boʻlsa, jasadni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish bilan bogʻliq xarajatlar mehnat migrantining shaxsiy jamgʻarmasi va/yoki uning oila aʼzolarining hisobidan amalga oshiriladi. 

7.6. Deportatsiya qilingan taqdirda, chiqarib yuborish bilan bogʻliq xarajatlar mehnat migranti zimmasiga yuklanadi.

8. Fors-major xolatlar

8.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlar oldindan bilishi, oqilona choralar bilan oldini olishi mumkin boʻlmagan favqulodda xususiyatga ega voqealar natijasida vujudga kelgan yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major holatlari)tufayli yuzaga kelganligini va Tomonlar oʻz majburiyatlarini tegishlicha bajarish yuzasidan barcha mumkin boʻlgan va oʻzlariga bogʻliq boʻlgan choralarni koʻrganligini isbotlasa, javob bermaydi.

8.2. Quyidagilar fors-major holatlarga kiradi: harbiy harakatlar, tabiat kuchlari taʼsiri (zilzila, suv toshqini va hokazolar), davlat organlari qarorlari.

8.3. Fors-major holatlar yuzaga kelishi toʻgʻrisida Tomonlar bunday holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

8.4. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amal qiladigan davrga koʻchiriladi.

9. Nizolarni xal qilish

9.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan yoki mazkur majburiyatlarni bajarish chogʻida yuzaga keladigan barcha nizolar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.

9.2. Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan nizolar hal etilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sudda hal etiladi.

10 Yakunlovchi qoidalar

10.1. Ushbu Shartnoma 2 ta (ikkita) nusxada tuzilib, ular bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. 

10.2. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

10.3.Ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

11. Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari:

 

Yuboruvchi

Yuboruvchi tashkilot nomi, manzili va bank rekvizitlari

Yuboruvchi tashkilot raxbarining F.I.O.

Talabgor

Talabgorning manzili

Talabgorning F.I.O.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida

Mehnat munosabatlarining shartnoma orqali tartibga solinishi kelgusida taraflar oʻrtasidagi nizolar, ishlarni bajarish va ish haqi toʻlashda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.

Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasi yurtimizda rivojlanib borayotgan soha boʻlib, mazkur faoliyat huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solinishi mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida, ishsizlik kamayishida muhim ahamiyatga ega.

Shartnoma namunasida uning amal qilish muddati, hisob-kitoblarlarni amalga oshirish tartibi va miqdorlari, taraflarning huquq va majburiyatlari nizolarni hal qilish tartibi va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa masalalar aniq belgilangan.

Ushbu namunadan foydalanib, shartnoma tuzilishi kelgusida mehnat nizolari kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.