TEKIN FOYDALANISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma raqami-son Shartnoma tuzilgan sana
Ssuda beruvchi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Ssuda beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Faoliyatni belgilovchi hujjat turi (nomi) asosida ish yurituvchi Ssuda beruvchi rahbarining F.I.O. bir tomondan va Ssuda oluvchining nomi (keyingi oʻrinlarda “Ssuda oluvchi” deb yuritiladi) nomidan Faoliyatni belgilovchi hujjat turi (nomi) asosida ish yurituvchi Ssuda oluvchi rahbarining F.I.O. ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Shartnomaga muvofiq Ssuda beruvchi Ssuda oluvchiga ushbu shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali quyidagi mol-mulkni: Molk-mulk nomi vaqtincha tekin (keyingi oʻrinlarda “mol-mulk” deb yuritiladi) foydalanish uchun barcha mansub ashyolari va tegishli hujjatlari (foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar, texnik pasporti va shu kabilar) bilan birga beradi.
1.2. Ssuda oluvchi mol-mulkni qanday olgan boʻlsa, normal yeyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda Ssuda beruvchiga qaytarib berish majburiyatini oladi.
1.3. Mol-mulk Molk-mulkdan foydalanish maqsadi maqsadida foydalanish uchun beriladi.
2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Ssuda oluvchining majburiyatlari:
a) mol-mulkdan faqat uning bevosita belgilanishi boʻyicha foydalanish;
b) mol-mulkni yaroqli va soz holatda saqlash;
v) oʻz hisobidan va oʻz vaqtida mol-mulkni joriy va kapital taʼmirlash;
g) olingan mol-mulkni qaytarishi haqida Ssuda beruvchini kamida Mol-mulkni qaytarish uchun ogohlantirish muddati oy oldin yozma ravishda ogohlanqtirish;
ye) mol-mulkni dalolatnoma boʻyicha eskirish meʼyorlari hisobga olingan holda soz va yaroqli holatda qaytarish;
j) shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki muddati tugaganda mol-mulkni Ssuda beruvchiga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan birga topshirish;
z) shartnoma muddati tugamasdan turib mol-mulk qaytarilganda yoki shartnoma muddati tugaganda oʻzining mol-mulkni taʼmirlash boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirmagan taʼmirlash xarajatlarini Ssuda beruvchiga toʻlash.
2.2. Ssuda beruvchi:
a) shartnoma imzolangandan keyin Molk-mulkni topshirish muddati kun ichida Ssuda oluvchiga mol-mulkni undan tekin hamda vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida berishi;
b) tekin foydalanishga berilayotgan mol-mulkka uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va boshqalar) toʻgʻrisida Ssuda oluvchini ogohlantirishi shart.
3. SHARTNOMANING MUDDATIDAN OLDIN BEKOR QILISH SHARTLARI
3.1.Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli, agar Ssuda oluvchi:
a) mol-mulkdan shartnomaga yoki mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanmasa;
b) mol-mulkni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa;
v) mol-mulkning holatini ancha yomonlashtirsa;
g) uning roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan boʻlsa.
3.2. Ssuda oluvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli:
a) mol-mulkdan normal foydalanishni mumkin boʻlmaydigan yoki qiyin qilib qoʻyadigan nuqsonlarni aniqlagan boʻlsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish paytida bilmagan va bilishi mumkin boʻlmagan taqdirda;
b) agar oʻzi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra mol-mulk undan foydalanish mumkin boʻlmaydigan holatga kelib qolsa;
v) agar shartnoma tuzishda Ssuda beruvchi uni topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida ogohlantirmagan boʻlsa;
g) Ssuda beruvchi mol-mulkni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni berish majburiyatini bajarmasa.
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Ssuda beruvchi:
4.1.1. agar mol-mulkni undan tekin foydalanish uchun barcha mansub ashyolari va tegishli hujjatlarini (foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar, texnik pasporti va shu kabilar) Ssuda oluvchiga berish majubriyatini bajarmasa va ularsiz mol-mulkdan vazifasiga muvofiq foydalanib boʻlmasa yoki undan foydalanish Ssuda oluvchi uchun oʻz ahamiyatini ancha yoʻqotsa, Ssuda oluvchiga shartnoma bekor qilingandan soʻng, u koʻrgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplaydi;
4.1.2. mol-mulkni Ssuda oluvchiga bermasa, shartnoma bekor qilgandan soʻng unga yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplaydi;
4.1.3. shartnomani tuzish paytida qasddan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik bilan mol-mulkning kamchiliklarini aytib qoʻymagan boʻlsa, mol-mulkdagi kamchiliklarni tekin bartaraf etadi yoki molmulkning kamchiliklarini bartaraf etishga Ssuda oluvchi tomonidan qilingan xarajatlarni qoplaydi yoxud shartnomani muddatidan oldin bekor qilingandan soʻng, Ssuda oluvchiga yetkazilgan haqiqiy zararni qoplaydi;
4.1.4. shartnomani tuzishda tekin foydalanish uchun berilayotgan mol-mulkka uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va boshqalar) toʻgʻrisida Ssuda oluvchini ogohlantirmasa, shartnoma bekor qilingandan soʻng Ssuda oluvchiga yetkazilgan haqiqiy zararni qoplaydi.
4.2. Ssuda oluvchi mol-mulkdan shartnomaga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda foydalanishi yoxud uni Ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi tufayli mol-mulk nobud boʻlsa yoki buzilsa, tekin foydalanish uchun olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi uning zimmasida boʻladi. Ssuda oluvchi oʻz mol-mulkidan voz kechib, Ssudaga berilgan mol-mulkning nobud boʻlishi yoki buzilishini bartaraf qilish imkoniyatiga ega boʻlgan boʻlsa ham, mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi uning zimmasida boʻladi.
4.3. Ssuda beruvchi mol-mulkdan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun, basharti bu zarar Ssuda oluvchi tomonidan yoki bu mol-mulk Ssuda beruvchining roziligi bilan qoʻliga tushib qolgan shaxs tomonidan qasddan yoxud qoʻpol ehtiyotsizlik tufayli yetkazilganini yoinki zarar Ssuda oluvchining egaligidan Ssuda beruvchining roziligisiz chiqib ketgan molmulkdan foydalanib yetkazilganini isbot qilmasa, javobgar boʻladi.
4.4. Mol-mulkning shartnomani tuzish vaqtida koʻrsatib oʻtilgan yoki Ssuda oluvchiga oldindan maʼlum boʻlgan yoxud u mol-mulkni koʻzdan kechirish yoki shartnoma tuzish yoxud mol-mulkni topshirish vaqtida uning sozligini tekshirish chogʻida aniqlashi lozim boʻlgan kamchiliklari uchun Ssuda beruvchi javobgar boʻlmaydi.
4.5. Shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taraflar shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
5. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
5.1. Mazkur shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni taraflar muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etadilar.
5.2.Nizoli masalalar muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etilmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdosanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
6. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
6.1. Ssuda oluvchi Ssuda beruvchining yozma roziligi bilan molmulkni uchinchi shaxsga foydalanish uchun berishga haqli.
6.2. Shartnomaga kiritilayotgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilgan va ikkala taraf tomonidan imzolangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
6.3. Har qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin xabardor qilib, shartnomadan xohlagan paytda voz kechishga haqli.
6.4. Ssuda oluvchi muddati koʻrsatib tuzilgan shartnomadan mazkur shartnomaning 6.3-bandida nazarda tutilgan tartibda har qachon voz kechishga haqli.
6.5. Shartnoma Shartnomani boshlanish muddati dan boshlab kuchga kiradi va Shartnomani yakuniy muddati gacha amal qiladi.
6.6. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega.
6.7. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
6.8. Qoʻshimcha shartlar: Qoʻshimcha shartlar.
6.9. Shartnomaga ilova: Mol-mulkni tekin foydalanishga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.
7. TARAFLARNING REKVIZITLARI:
Ssuda oluvchi Ssuda oluvchining manzili va bank rekvizitlari |
Ssuda beruvchi Ssuda beruvchining manzili va bank rekvizitlari |
Текин фойдаланиш (ссуда) шартномаси бўйича бир тараф (ссуда берувчи) иккинчи тарафга (ссуда олувчига) ашёни вақтинча текин фойдаланиш учун бериш мажбуриятини олади, иккинчи тараф эса бу ашёни қандай олган бўлса, нормал ейилишни ҳисобга олиб худди шундай ҳолатда ёки шартномада назарда тутилган ҳолатда қайтариб бериш мажбуриятини олади.
Текин фойдаланиш (ссуда) шартномасининг энг кенг тарқалган тури бу пул маблағлари ссудаси ҳисобланади.
Мазкур шартнома намунаси қонун талабларидан келиб чиққан ҳолда тайёрланган. Юридик ва жисмоний шахслар шартнома намунасидаги сўровномаларни аниқ, равон ва турлича талқин қилинмайдиган сўзлардан фойдаланган ҳолда тўлдиришлари, келгусида низолар келиб чиқмаслигига олиб келади.