Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan hudud
Shartnoma raqami-son Shartnoma tuzilgan sana
Boshqarmaning to‘liq nomi qoʻriqlash boshqarmasi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi Boshqarma nomidan harakat qiluvchining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan Buyurtmachi tashkilotning to‘liq nomi nomidan Faoliyat turini belgilovchi hujjat nomi asosida faoliyat yurituvchi Buyurtmachi nomidan harakat qiluvchining lavozimi va F.I.O. (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1-bob. Shartnoma predmeti
1. Ijrochi ichki ishlar organi, harbiylashtirilgan va soqchilik qoʻriqlashi koʻrinishida texnik qoʻriqlash punktidan (keyingi oʻrinlarda TQP deb yuritiladi) foydalangan holda Buyurtmachining mulkini qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa mazkur Shartnoma shartlariga asosan oʻz vaqtida koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
2-bob. Umumiy shartlar
2. Buyurtmachi Qo‘riqlash turi ko‘rsatiladi Qo‘riqlash vaqti, postlar soni, chegaralari, alohida xona va boshqalar ko‘rsatiladi Obyektning to‘liq nomi, Obyekt manzili(keyingi oʻrinlarda obyekt deb yuritiladi) Ijrochiga topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.
3. Obyektning qoʻriqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlarining (yoʻnalishlari) joylashuvi chizma-rejada koʻrsatiladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. Obyektdagi kirish-chiqish, ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan kirish-chiqish va ichki obyekt rejimini tashkil etish yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi hamda mazkur Shartnomaga ilova qilinib uning ajralmas qismi hisoblanadi.
5. Obyektni texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlash va taʼmirlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi, texnik qoʻriqlash vositalari Ijrochining aybi bilan ishdan chiqqan hollar bundan mustasno. Obyektni yongʻindan qoʻriqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
6. Obyektni qoʻriqlashda Buyurtmachi bilan kelishilgan holda soqchi itlardan foydalanish mumkin.
7. Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, obyektda Qo‘riqlanishni boshlash uchun muddat ish kuni ichida ichki ishlar organi qoʻriqlash turi yoʻlga qoʻyiladi.
Obyektda soqchilik qoʻriqlash turi va harbiylashtirilgan qoʻriqlash obyektga Soqchilik qo‘riqlash turi va harbiylashtirilgan qo‘riqlash obyektga qo‘riqlashni boshlash uchun muddat ish kuni ichida yoʻlga qoʻyiladi.
8. Buyurtmachi koʻzdan kechirish dalolatnomasida koʻrsatilgan talablarni bajarmaganda Ijrochi qoʻyilmaydi, qoʻyilgan Ijrochi esa chaqirib olinadi.
3-bob. Toʻlovlarni amalga oshirish
9. Mazkur Shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga mos holda quyidagicha hisoblanadi: post-soat hisobida qoʻriqlash xizmati oyiga Quriqlash xizmatining bir oylik haqi soʻm, 12 oyga Quriqlash xizmatining bir yillik haqqi soʻm; Ijrochi balansida turgan soqchi itni saqlash uchun oyiga Qo‘riqchi it uchun bir oylik to‘lanadigan summa soʻm, 12 oyga Qo‘riqchi it uchun bir yillik to‘lanadigan summa soʻm.
10. Ijrochi xizmatlari uchun toʻlovlarga oʻzgartirishlar kiritish qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta koʻrib chiqiladi.
11. Buyurtmachi mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, Avans to‘lash muddati kun ichida mazkur Shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshiradi. Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida dalolatnoma taqdim qilingandan soʻng Buyurtmachi besh kun ichida avans toʻlovini chiqarib tashlagan holda oylik toʻlovni amalga oshiradi. Buyurtmachi byudjet tashkiloti yoki byudjet mablagʻlari oluvchi boʻlsa, oylik toʻlovning 100 foizi miqdorida avans toʻlovini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiradi.
12. Xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblangan Buyurtmachi mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan oylik toʻlovni (avans toʻlovini) oʻz vaqtida toʻlamasa, Ijrochi Buyurtmachiga akseptsiz toʻlov talabnomasini taqdim qilishga haqlidir. Mazkur Shartnoma bekor qilingan hollarda Ijrochi Buyurtmachi bilan toʻlangan toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitobni amalga oshirishi zarur.
4-bob. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
13. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ijrochidan belgilangan qoʻriqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;xizmat koʻrsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini toʻxtatish va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha kerakli choralar koʻrilishini Ijrochidan talab qilish;
Ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qoʻriqlash turlariga mos boʻlgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati boʻyicha
Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda Ijrochidan ularni bartaraf etishni talab qilish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
14. Buyurtmachining majburiyatlari:
mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan Koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuzilgan sanadagi koʻzdan kechirish dalolatnomasiga asosan qoʻriqlashga topshiriladigan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni bajarish, oʻz hisobidan texnik qoʻriqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri boʻylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yongʻin oʻchiruvchi vositalar va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni taʼmirlash;
har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor toʻsigʻidan Moddiy qiymatliklar va devor oʻrtasida qoldiriladigan masofa metr uzoqlikda (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
Ijrochi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnik mustahkamligini, qoʻriqlashning texnik vositalari bilan taʼminlanganini, shu jumladan yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish koʻrigini oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda Tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
belgilangan qoʻriqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qoʻriqlash vositalarining tegishli holatini taʼminlash;
binoda rejalashtirilayotgan kapital taʼmirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimini va ishlar profilini oʻzgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash
joyini oʻzgartirish yoki yangilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini oʻtkazish, qoʻriqlash turini, postlar dislokatsiyasini oʻzgartirish yoki qoʻshimcha qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalarini oʻrnatish boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi haqida Ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan kamida Obyektdagi oʻzgarishlar haqida Ijrochini ogohlantirish muddati kun oldin ogohlantirish;
obyektda ish kuni yakunida qoʻriqlash signalizatsiyasini yoqish, uning nosozligi holatida bu haqda Ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilmagunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qoʻriqlashga topshirish. Obyektni qoʻriqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan soʻng obyektning qoʻriqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
obyektni, yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qoʻriqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilyatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qoʻriqlash signalizatsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qoʻriqlanadigan binolarda elektr jihozlarining, boshqa yongʻin manbalarining yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
qoʻriqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, oʻralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qoʻriqlashga topshirish;
maxsus jurnalda oʻz vakili tomonidan imzo qoʻyish yoʻli bilan obyektlarni, alohida xonalarni qoʻriqlashga topshirish, qoʻriqlash tugagandan soʻng qoʻriqlashdan chiqarish;
qoʻriqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud boʻlganda zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish va obyektga Ijrochi vakili yetib kelguniga qadar koʻrsatilgan joylarning daxlsizligini taʼminlash;
begona shaxslarga qoʻriqlash va signalizatsiya tamoyillari va tizimini, shuningdek berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik;
Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan ularning oʻz vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish;
15. Ijrochining huquqlari:
Buyurtmachidan obyektda oʻrnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
mazkur shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish munosabati bilan
zarur boʻlgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
koʻzdan kechirish dalolatnomasida koʻrsatilgan qoʻriqlash-texnika vositalarini joriy qilish boʻyicha Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
16. Ijrochining majburiyatlari:
obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul yoʻnalishiga) muvofiq qoʻriqlash naryadini joriy etish;
mazkur Shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qoʻriqlashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qoʻriqlashni tashkil etish va taʼminlash;
qoʻriqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, oʻralgan yoki qadoqlangan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
propusk rejimi mavjud boʻlgan obyektlarda kun davomida nazoratdan oʻtkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini taʼminlash;
obyektni qoʻriqlash vaqtida joydagi yongʻin xavfsizligi qoidalarining bajarilishini taʼminlash;
obyektda yongʻin chiqishi yoki yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasining ishlab ketishi holatida zudlik bilan yongʻin boʻlimiga yoki Buyurtmachiga xabar berish;
obyektga begona shaxslarning kirib ketganligi aniqlanganda zudlik bilan Buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini taʼminlash;
yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan holatlarda signalizatsiyaning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun Buyurtmachi vakilini chaqirtirish, tekshirish natijalari va obyektni qayta topshirish boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qoʻriqlash turlariga mos boʻlgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini taʼminlash;
obyektni qoʻriqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik boʻyicha va qoʻriqlashning texnik vositalari bilan bogʻliq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida Buyurtmachini xabardor qilish;
Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qoʻriqlashning texnik vositalari bilan taʼminlanishini, jumladan yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasini tekshirish koʻrigini oʻtkazish, Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari hamda Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablarining har bir buzilishi boʻyicha Ijrochi va Buyurtmachining vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Ijrochining rahbariga tegishli choralar koʻrish uchun berish;
qoʻriqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar toʻgʻrisida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va Buyurtmachiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organi vakili yetib kelgunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini taʼminlash.
5-bob. Tomonlarning javobgarligi
17. Mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan summaning Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida toʻlamaganligi uchun Buyurtmachi Ijrochiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
18. Ijrochining xodimi postda va patrul yoʻnalishlarida boʻlmaganida Ijrochi Buyurtmachiga har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorda penya toʻlaydi, biroq bunda koʻrsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim.
19. Penyani toʻlash Buyurtmachi va Ijrochini oʻz majburiyatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
20. Ijrochi mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
Ijrochining aybi bilan zarar yetkazilganligi aniqlangan hollarda zarar toʻliq miqdorda qoplanadi.
21. Ijrochining aybi bilan yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash uchun tomonlar vakillaridan iborat komissiya tuzilishi mumkin. Bunda, zarar miqdori tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, komissiya aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi. Nizo mavjud boʻlgan taqdirda zarar miqdori sudning qarori bilan aniqlanadi.
22. Quyidagi hollarda Ijrochi zararni qoplamaydi:
ijrochi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq bajargan boʻlishiga qaramasdan zarar uchinchi shaxslarning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan boʻlsa va bu sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlansa;
qabul qilish-topshirish jurnalida qayd etilmagan mulkka zarar yetkazilganda;
buyurtmachining xodimlari tomonidan yoki ularning aybi bilan zarar yetkazilganda.
23. Mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoyka (jarima, penya) toʻlash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
6-bob. Nizolarni hal qilish tartibi
24. Mazkur shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar qonun hujjatlari belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
7-bob. Fors-major
25. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo boʻlgan, yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
26. Yengib boʻlmaydigan kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi va tamom boʻlganligi toʻgʻrisida ikki kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Ushbu muddat ichida xabar bermagan Tomon mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida koʻrsatishga haqli emas. Fors-major holatlariga suv toshqinlari, yer qimirlashi va boshqa tabiiy halokatlar, shuningdek epidemiyalar, yongʻinlar, portlashlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita taʼsir koʻrsatgan qarorlari kiradi.
27. Mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi. Agarda fors-major uch oy davom etsa Tomonlar mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
8-bob. Yakuniy qoidalar
28. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Mazkur Shartnoma byudjet tashkilotlari yoki byudjet mablagʻlari oluvchilari bilan tuzilganda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng kuchga kiradi.
29. Mazkur Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda tuzilganda hamda Buyurtmachi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiydir. Tomonlar mazkur shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
30. Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi: hoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha – Tomonlar tarafidan imzolangan kundan boshlab Tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarguniga qadar;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilari boʻyicha – belgilangan tartibda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.
Buyurtmachi hoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlgan taqdirda Buyurtmachi mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Ijrochiga Shartnoma muddati tugashidan Shartnomani bekor qilish haqida ogoxlantirish muddati kun oldin maʼlum qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
31. Agar texnik qoʻriqlash vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqqan, kapital yoki joriy taʼmirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi buni rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga yetti kun oldin yozma maʼlum qilgan holda alohida obyektlarni qoʻriqlashni rad etishi mumkin.
32. Buyurtmachi ketma-ket uch marta mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan toʻlovni belgilangan muddatda toʻlamasa, Ijrochi mazkur shartnomani Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
33. Ijrochi ketma-ket uch marta post va patrul yoʻnalishlarida qoʻriqlash tartibini buzsa, Buyurtmachi mazkur shartnomani Ijrochini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
34. Tomonlar mazkur Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida Shartnomani bekor qilish haqida yozma ravishda xabar qilish muddati kun oldin yozma ravishda maʼlum qiladi.
35. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar mazkur Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi qoʻshimcha bandlar kiritishlari mumkin.
9-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari
Ijrochi Ijrochining toʻliq nomi Ijrochining yuridik manzili Ijrochining bank revizitlari Ijrochining bank kodi (raqami)Ijrochining STIR raqami Ijrochining IFUT raqami Ijrochi nomidan harakatlanuvchining lavozimi va F.I.O.
(imzo, muhr) _______________________ |
Buyurtmachi Buyurtmachining to‘liq nomi Buyurtmachining yuridik manzili Buyurtmachining bank rekvizitlari Buyurtmachining bank kodi (raqami) Buyurtmachining STIR raqami Buyurtmachining IFUT raqami Buyurtmachi nomidan harakatlanuvchining lavozimi va F.I.O. (imzo, muhr, (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) __________________________________
|