O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) ko‘rsatiladi)
Ijrochi to‘g‘risida maʼlumotlar
Ijrochining rekvizitlari

Yuklab oling

Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy ommaviy shartnoma

Shartnoma raqami-son shartnoma

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

 

Ushbu Ommaviy shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasi talablariga muvofiq tuzilgan va jismoniy shaxslarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini, shuningdek, Ijrochi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli,bundan buyon matnda (tashkilot nomi) “Ijrochi” deb ataluvchi nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari (direktori) Ijrochi tashkilot rahbarining F.I.O. va ushbu shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi ommaviy taklif (oferta)ni qabul qilgan (akseptlagan) turar joy mulkdori (ijaraga, arendaga oluvchi), bundan buyon matnda “Isteʼmolchi” deb ataluvchi (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb yuritiladi) oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda munosabatlar tartibini belgilaydi.

1. Mazkur shartnomada qoʻllanilgan asosiy tushunchalar:

qattiq maishiy chiqindilar – jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ular hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);

suyuq maishiy chiqindilar – jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashtirilmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);

qurilish chiqindilari – uylar, maʼmuriy bino, koʻp kvartirali uy kvartiralarini qurishda, rekonstruksiya qilishda, taʼmirlashda va buzishda hosil boʻladigan chiqindilar;

“signal” usuli chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan Isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.

2. Shartnoma mavzusi

1. Quyidagilar shartnoma mavzusi hisoblanadi:

a) Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maxsus ajratilgan maydonlar (chiqindi toʻplash shoxobchalari)dan va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish;

b) Isteʼmolchi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar haqini toʻlanishi.

2. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish Isteʼmolchilarning buyurtmanomasi asosida alohida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.

3. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari

3. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega: 

shartnomaga muvofiq zarur koʻlamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish;

Ijrochidan xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar tariflari toʻgʻrisida maʼlumot olish;

Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan – bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida – uch kunda bir marotaba; 

oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun oldindan haq toʻlash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik; 

Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrishi lozim boʻlgan dispetcherlik xizmatiga Dispetcherlik xizmatining telefon raqami telefon raqami orqali buyurtmanoma berish; 

Ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan hollarda Ijrochiga yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda shikoyat qilish va Ijrochidan xizmatlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish; 

xizmatlar koʻrsatilayotganda Ijrochi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini talab qilish; 

doimiy yashash joyida vaqtincha boʻlmaganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash majburiyatlaridan toʻliq ozod boʻlish;

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha sifatsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli, agar Ijrochi oʻz vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat koʻrsatsa, zararlar undirilishini talab qilib sudga murojaat qilish. Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

4. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlash; 

konteynerda toʻplash tizimida – chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda chiqindilarni konteynerlarga tashlash; 

toʻplashning “signal” usulida – qattiq maishiy chiqindilarni oʻz uylarida saqlash va Ijrochining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali boʻyicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish; 

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (koʻchalarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida);

qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (idishlar, yer oʻralari va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida yoqmaslik;

koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylari tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik;

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun Ijrochining ortish joyiga bemalol oʻtishini taʼminlash;

chiqindi toʻplash konteynerlari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda Ijrochini darhol xabardor qilish;

oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillarini oʻn ish kuni mobaynida xabardor qilish;

yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ular chiqindi toʻplash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik;

Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

4. Ijrochining huquq va majburiyatlari

5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha Isteʼmolchilarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish;

yirik gabaritli, qurilish chiqindilari, suyuq maishiy va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish.

Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 6. Ijrochi quyidagilarga majbur:

oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan – bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida – uch kunda bir marotaba;

Isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlar koʻrsatish;

Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining dispetcherlik xizmatiga tushgan Isteʼmolchilarning buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish;

koʻrsatilayotgan qoʻshimcha xizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish;

Isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish (koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar boʻyicha);

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Isteʼmolchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;

aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;

chiqindi toʻplash shoxobchalari va konteynerlarning holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlash;

chiqindi toʻplash shoxobchalarining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini taʼminlash;

chiqindi toʻplash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini taʼminlash;

maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni taʼminlash;

chiqindi toʻplash shoxobchalarini joriy va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish;

fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar);

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida eʼlonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Isteʼmolchini xabardor qilish;

Isteʼmolchilarga ularning soʻroviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bepul maʼlum qilish;

qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;

Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalini va mazkur shartnomani joylashtirish;

Isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;

maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini taʼminlash.

Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

5. Hisob-kitob qilish tartibi va shartlari

7. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar majburiy hisoblanadi. 

8. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar Isteʼmolchilar tomonidan toʻlov amalga oshirilayotgan, oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni olib chiqish boʻyicha alohida xizmatlar uchun toʻlovlar bevosita Ijrochining bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov jismoniy shaxslarning ixtiyoriga koʻra cheklanmagan holda tijorat banklari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari, elektron toʻlov tizimi va boshqa toʻlov shakllarida amalga oshiriladi.

9. Toʻlovni hisoblash tegishli davrlarda amalda boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno) olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov tariflari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

10. Isteʼmolchilar boʻnak tariqasida toʻlangan toʻlovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, toʻlov amalga oshirilgan sanadan oʻn ikki oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar.

11. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarning qayta hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

12. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganda yoki xizmat koʻrsatilmagan taqdirda Isteʼmolchi tegishli davr uchun toʻlovlardan ozod etiladi.

13. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmagan yoki tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holati aniqlangan hollarda manfaatdor shaxslar tomonidan Isteʼmolchi, Ijrochining vakili, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.

Xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish, uchun asos hisoblanadi.

Ijrochi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar bilan bogʻliq ravishda Isteʼmolchiga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, Isteʼmolchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yetkazilgan zarar holati qayd etilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Isteʼmolchining imzosi, Ijrochi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Ijrochining vakili kelmagan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi.

Ijrochining vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda u ushbu dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganlik sabablarini yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda Isteʼmolchi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni sud qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatishga haqlidir.

Mulk egalari tomonidan Sanitar tozalash markaziga yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillariga koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov undirilmaydi.

6. Isteʼmolchining javobgarligi

14. Isteʼmolchi quyidagilar uchun javob beradi:

shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik;

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaslik;

oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi va ularni oʻz vaqtida taqdim etmaslik.

15. Abonentlar boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilmagan va ular haqida Sanitar tozalash markaziga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga istiqomat qiluvchi shaxslar aniqlanganda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.

Bir vaqtning oʻzida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Sanitar tozalash markazi xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan propiska qilinganligi (shu jumladan, vaqtincha propiska qilinganligi)ning tasdigʻi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDYO)ning tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni ortgan (koʻchib kirish, tugʻilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab toʻliq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda esa – oʻtgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi.

16. Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.

7. Ijrochining javobgarligi

17. Ijrochi quyidagilar uchun javob beradi:

shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur tarzda bajarmaslik;

maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar muddatining va ushbu xizmatlar koʻrsatilayotganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilishi;

xizmat koʻrsatmaslik yoki sifatsiz koʻrsatilgan xizmatlar natijasida Isteʼmolchining hayoti, salomatligi va mulkiga yetkazilgan zarar.

18. Xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda Ijrochi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima toʻlaydi.

8. Shartnomaning amal qilish muddati

19. Shartnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

20. Shartnoma Isteʼmolchi tomonidan ommaviy taklif (oferta) qabul qilgan (akseptlagan) paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Isteʼmolchi tomonidan ushbu shartnomada koʻrsatilgan shartlarni bajarish yuzasidan qilingan harakatlar (chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda, chiqindilarni konteynerlarga tashlash yoki Ijrochining maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun tegishli summani toʻlash va shu kabilar) aksept hisoblanadi.

21. Shartnoma nusxalari u kuchga kirgan sanadan boshlab bir kun mobaynida xizmat koʻrsatiladigan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuboriladi (shaxsan imzo qoʻydirilgan holda yoki taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta orqali).

22. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.

9. Nizolarni hal qilish

23. Tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

 

10. Ijrochining rekvizitlari:

 

Manzil: Tashkilot manzili

Telefon Tashkilotning telefon raqami

Bank nomi: Tashkilotning bank nomi

H/r: Tashkilotning hisob raqami

MFO: Tashkilotning bank kodi MFO

STIR: Tashkilotning STIR raqami

IFUT: Tashkilotning IFUT raqami

(rahbarning F.I.O.) Rahbarning F.I.O.(imzo) ___________________________

 

 

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma