O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ijtimoiy uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Ijaraga beruvchi:
Ijaraga oluvchi:
Tuman (shahar) hokimligi
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

 

SHARTNOMA

(Ijtimoiy uy-joyni ijaraga berish shartnomasi)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt yil

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisidagi”gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, kelgusida “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi Ijaraga beruvchining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli Ijaraga beruvchining lavozimi Ijaraga beruvchi shaxsning F.I.O.si bir tomondan va kelgusida “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqaro Ijaraga oluvchining F.I.O.si ikkinchi tomondan, ijara puli kompensatsiya toʻlovini amalga oshiruvchi Shartnomada taraf sifatida qatnashayotgan tuman (shahar) hokimligi nomi Hokimlik nomidan qatnashuvchi shaxsning lavozimi Shartnomada hokimlik nomidan ish yurituvchi shaxsning F.I.O.si uchinchi tomondan, quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:

 

1. Shartnomaning predmeti

 

1.1 Mazkur shartnoma boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun oylik pul kompensatsiyasini (keyingi oʻrinlarda — ijara kompensatsiyasi) toʻlash shartlarini belgilaydi.

1.2 Ijaraga beruvchi” mazkur shatnomaga asosan “Ijaraga oluvchi”ga Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk joylashgan manzil manzilida joylashgan Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulkning hajmi kv.m boʻlgan Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk necha xonadan va yordamchi xonalardan iboratligi xonali turar joyni Ijara munosabati (ijaraga berish) boshlanadigan muddat yildan Ijara munosabati (ijaraga berish) tugaydidigan muddat yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beradi.

1.3. Taqdim etilayotgan turar joyning xususiyatlari va texnik koʻrsatkichlari, uning sanitar-texnik va boshqa jihozlari topshirish dalolatnomasida koʻrsatiladi.

2. Ijara toʻlovi va kompensatsiyasi miqdori, toʻlash tartibi va muddatlari

 

2.1 Taraflarning kelishuviga koʻra ijara toʻlovi miqdori bir oy uchun Bir oylik ijara to‘lovining umumiy miqdori soʻm etib belgilandi.

Ijara kompensatsiyasi miqdori hokimiyatning ijara kompensatsiyasini toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib, Bir oylik ijara to‘lovining ijara kompensatsiyasi miqdori soʻm etib belgilandi. Shuningdek, 6 oy davomida oʻzgarishsiz qoladi (ijara shartnomasi yangidan tuzilgan hollarda ham ushbu miqdor oʻzgarmaydi).

2.2 Ijara kompensatsiyasi miqdori ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan holda belgilanadi.

2.3 Ijara kompensatsiyasi to‘lovini amalga oshiruvchi bo‘lim nomi boʻlimi tomonidan tuman hokimining qaroriga hamda ijara shartnomasiga asosan har oyning 5-kuniga qadar mahalliy byudjetlarda ushbu maqsad uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ijara kompensatsiyasi toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beruvchiga toʻlanadi.

2.4. Ijara toʻlovining ijara kompensatsiyasidan tashqari miqdorini “Ijaraga oluvchi” har oyning 5-kuniga qadar “Ijara beruvchi”ga toʻlab boradi.

2.5. Ijara shartnomasiga muvofiq ijtimoiy uy-joyni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlash va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni, shu jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik va boshqa kommunal xizmatlar haqini toʻlab borish ijtimoiy uy-joyda istiqomat qiluvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

3. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1 Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:

a) turar joydan foydalanish, turar joy va unga tutash hududni saqlash Qoidalariga rioya qilish;

b) turar joyni uning maqsadi boʻyicha foydalanish;

v) turar joy va undagi sanitar-texnik va boshqa jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. Kvartirada nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish boʻyicha tezkor choralarni koʻrish va agar zarur boʻlsa, bu haqida ijaraga beruvchi yoki tegishli avariya xizmatiga xabar qilish; 

g) uy-joy, obodonlashtirish obyektlari va yashil koʻchatlarni asrab-avaylash; 

d) turar joy va qoʻshimcha xonalar, balkon va lodjiyalarni ozodalikda saqlash, yoʻlaklar, lift kabinalari, zinalar va umumiy foydalanishdagi boshqa joylarni tozalik va tartibda saqlash, maishiy chiqindilarni turar joydan foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan maxsus joyga olib chiqish va tashlash;

ye) elektr, gaz va boshqa asboblardan foydalanish davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, qoʻlda yasalgan elektr moslamalarning oʻrnatilishi, yoʻlaklar, zinalar, koridorlar, yongʻin xavfsizligi uchun qoʻshimcha chiqish eshiklarini turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyishga yoʻl qoʻymaslik va yongʻin xavfsizligining boshqa talablariga rioya etish; 

j) suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik energiyasini tejamli ishlatish;

z) turar joy xonalaridan foydalanish, uy-joy va uy oldi hududlarini saqlash Qoidalarida nazarda tutilgan tegishli ruxsatnomasiz yashash va boshqa yordamchi xonalar, shuningdek balkon va lodjiyalarni buzmaslik va qayta qurish ishlarini amalga oshirmaslik; 

i) televizor, radiopriyomnik, musiqa markazlari va boshqa ovozi baland qurilmalardan foydalanishda uyda yashovchi boshqa odamlarning tinchligini buzmaslik; 

k) oʻzi yashayotgan xonadonga undagi sanitar-texnik va boshqa uskunalar, turar joyning texnik va sanitariya holatiga baho berish va tekshirish uchun balansda saqlovchi, uy-joy ekspluatatsiyasi tashkiloti va uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillariga kirish uchun ruxsat berish; 

l) jami oila aʼzolari bilan turar joydan boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, uni va uning yashash, yordamchi xonalari, sanitar-texnik va boshqa uskunalarini dalolatnoma boʻyicha ijaraga beruvchiga tegishli holatda topshirish. 

m) Ijara toʻlovining kompensatsiyadan tashqari miqdorini shartnomaning 2.4-bandida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlab borish

Ijaraga oluvchining boshqa majburiyatlari

3.2 . Ijaraga oluvchining huquqlari: 

a) yashaydigan turar joyga farzandlari, ota-onasi, boshqa qarindoshlari, mehnatga layoqatsiz va boshqa shaxslarni oila aʼzolarining barcha voyaga yetgan aʼzolaridan yozma ruxsat olgan holda kiritish; 

b) oilasining voyaga yetgan aʼzolarining oʻzaro roziligi bilan oʻzlarining foydalanishida boʻlgan turar joyda boshqa fuqarolarning (vaqtinchalik yashovchilar) vaqtinchalik yashashi uchun ruxsat berish; 

v) qonunda belgilangan hollarda, oila aʼzolarining roziligi bilan yashayotgan turar joyni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirishni talab qilish; 

g) oila aʼzolarining roziligi bilan istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilish; 

Ijaraga oluvchining boshqa huquqlari

3.3 Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarga ega: 

a) ijaraga oluvchiga turar joyni tegishli holda topshirish; 

bunda, ijtimoiy uy-joy belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi, foydalanishga tayyor holda boʻlishi lozim.

b) turar joy uylari va yashash xonalarini tizimli ravishda tekshirib borish va ulardagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarga profilaktik xizmat koʻrsatish; 

v) sanitar-texnik va boshqa uskunalarni taʼmirlash; 

g) ijaraga oluvchining kvartirasidagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalardagi nuqson va nosozliklarni ijaraga oluvchidan kelib tushgan buyurtma olingan sanadan boshlab uch kun muddatda, avariya yuz bergan taqdirda esa - darhol tuzatib berish; 

d) turar-joy uylari, undagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarni qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash. 

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari

3.4. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega: 

a) Ijaraga bergan bino va maydonlarning “Ijaraga oluvchi” tomonidan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini, uni ozoda saqlanishi, yongʻinga qarshi va sanitariya qoidalariga amal qilinishini koʻzdan kechirib borish, dalolatnoma yoki boshqa hujjatlar tuzish;

b) Ijara haqini tegishli muddatlarda toʻlanishini talab qilish, “Ijaraga oluvchi” bilan birgalikda hisob kitoblarni solishtirish dalolatnomalarini tuzish.

v) Shartnoma shartlarini oʻzaro yoki sud orqali tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish.

g) Ijaraga oluvchidan oʻz majburiyatlari belgilangan muddatlarda va tartibda bajarilishini talab qilish;

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari

3.5. Hokimlik quyidagi majburiyatlarga ega:

a) Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksa yoshdagi va oʻzi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi choralarini amalga oshirishi

b) Ijara kompensatsiyasiningn belgilangan miqdorini mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda toʻlanishining choraalrini koʻradi

Hokimlikning boshqa majburiyatlari

3.6. Hokimlik quyidagi huquqlarga ega:

a) fuqaroning ijaraga olingan manzilda istiqomat qilayotganligini oʻrganadi

b) Fuqaroning ijaraga olingan uyning jihozlari va gaz, elektr energiyasidan oqilona foydalanilayotganligi ustidan nazorat olib boradi.

v) Ijara kompensatsiyasi toʻlovini quyidagi hollar aniqlanganda toʻxtatib qoʻyadi:

ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan boʻlsa;

fuqaro yoki u bilan birga yashaydigan oila aʼzolari mulk huquqi asosida turar joyga ega boʻlganda;

ijara kompensatsiyasi toʻlash muddati tugaganda (6 oydan keyin);

fuqaro sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganda;

fuqaro toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;

Toshkent shahridan boshqa hududga doimiy yashash uchun koʻchib ketganda;

fuqaro vafot etganda.

Hokimlikning boshqa huquqlari

3.7. Ushbu shartnoma boʻyicha tomonlar oʻrtasida vujudga keladigan kelishmovchiliklar sud yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ularning vakolat doirasida hal etiladi. 

3.8. Mazkur shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, bittadan nusxa ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchiga beriladi, uchinchi nusxasi hisobga oluvchi organga yuboriladi. 

3.9 Mazkur shartnomada belgilangan talablarni taraflar bajarmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik belgilanadi. 

3.10. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim. 

Agar fors-major holati ijara shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega. 

3.11 Mazkur shartnoma taraflar imzolagan vaqtdan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati sanasiga qadar amal qiladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

Ijaraga beruvchi:

 

Ijaraga oluvchi:

Ijaraga beruvchining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

Ijaraga oluvchining F.I.O.si

Ijaraga beruvchining manziliIjaraga oluvchining ro‘yxatga olingan manzili

Ijaraga beruvchining hisob raqami

 

Ijaraga oluvchining tug‘ulgan sanasiyilda tugʻilgan

Ijaraga beruvchining STIR raqami

 

Ijaraga oluvchining pasport seriyasi va raqami Ijaraga oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan

Ijaraga beruvchining MFO raqamiIjaraga beruvchining OKED raqami

 

Ijaraga oluvchiga pasport berilgan sana yilda berilgan

Ijaraga beruvchining lavozimi (Imzo)

 

Ijaraga oluvchining F.I.O.si (Imzo)

 

Tuman (shahar) hokimligi:

Shartnomada taraf sifatida qatnashayotgan tuman (shahar) hokimligi nomi

Hokimlikning manzili

Hokimlikning hisob raqami

Hokimlikning STIR raqami

Hokimlikning MFO raqamiHokimlikning OKED raqami

Shartnomada hokimlik nomidan ish yurituvchi shaxsning F.I.O.si

 

 

Ijtimoiy uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

ijtimoiy uy-joy (kvartira) — uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sotib olingan uy-joy fondi;

noturar joylarda istiqomat qilayotgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zida (shu jumladan, oila aʼzolarida) mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar;

ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan, voyaga yetgunga qadar ota-onasi yoki ulardan biri vafot etgan (bedarak yo‘qolgan) hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida istiqomat qilayotgan voyaga yetgan (18 yoshdan 35 yoshga qadar bo‘lgan), o‘zida (shu jumladan, oila aʼzolarida) mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar.